10.03.2021 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qarori ijrosini ta’minlash hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tutzorlarni tashkil qilishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga muvofiq yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etgan holda, yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga 8 million so‘mgacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, tutzorlarni tashkil qilishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, sug‘orish quduqlarini qazish hamda nasos stansiyalarini qurish uchun sarflanadigan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan va 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida subsidiyalar ajratish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha manzilli dasturni shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va suv chiqarish uchun nasos stansiyalarini qurish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini doimiy tahlil qilsin va har chorak yakuniga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi 128-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur nizom qoidalari 2020-yil 1-fevraldan boshlab tashkil etilgan mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan talabgorlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar — mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etuvchi va suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishni joriy etadigan pillachilik va tutchilik tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari — mevali va ozuqa intensiv tutzorlarni tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini va (yoki) suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurish orqali sug‘orish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sug‘orish — sug‘orishning tut daraxtlari ildizi yonidagi zonaga kam miqdorda (tomchilatib) suv yetkazib beradigan usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sug‘orish tizimi — suv tindirgich (hovuz), suv nasosi, suv tozalagichlar (filtrlar), mineral o‘g‘itlar eritmasini tayyorlovchi moslama, suvni boshqarish va o‘lchash vositalari, suv yetkazuvchi, suv tarqatuvchi va suv tomizgichli quvurlardan iborat sug‘orish majmuasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdori ekin maydonining har bir gektari uchun 8 million so‘mgacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 10 gektar uchun har bir metriga 600 ming so‘mdan 120 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlar belgilangan subsidiya miqdoridan kam bo‘lsa, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har bir gektar tutzor maydoniga subsidiya miqdori subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdoriga yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mevali va ozuqa tutzorlar yerlarining bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentlar miqdori quyidagi jadvalga asosan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sug‘orish turi

Yerlarning bonitet ballari hisob-kitobi bo‘yicha koeffitsiyentlar

0 — 20

21 — 40

41 — 60

61 — 80

81 — 100

Tutzorlar

Tomchilatib sug‘orish tizimi

1,0

0,9

0,8

0,7

0,6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha manzilli dasturni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir tumanda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish istagini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qilish, yer uchastkalarining maydonlari, shart-sharoitlari, yer bonitet balli va sho‘rlanish darajasi, barpo etiladigan tutzorlarga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqa tomonlarini joyiga chiqib o‘rganish, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganish natijalari yuzasidan xulosalar berish maqsadida mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — tuman ishchi guruhi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman ishchi guruhi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i, “O‘zbekgidrogeologiya” instituti vakili hamda xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki rahbaridan iborat tarkibda tuziladi. Tuman hokimi tuman ishchi guruhi rahbari hisoblanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman irrigatsiya bo‘limi tuman ishchi guruhining ishchi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Tuman ishchi guruhi tarkibiga pillachilik va tutchilik tashkilotlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga yoki aksiyalarga egalik qiladigan yoxud boshqaruv organi va kuzatuv kengashiga o‘zi yoki yaqin qarindoshlari a’zo bo‘lgan shaxslarning kiritilishi taqiqlanadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgorlar kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha har yili 1-fevraliga qadar tuman ishchi guruhining ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limiga ushbu Nizomga 3-ilovadagi keltirilgan namunaga muvofiq ariza bilan bevosita, pochta xizmati orqali yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman ishchi guruhi talabgorlardan ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tegishli yer uchastkasining maydoni, tuproq bonitet balli hamda yer osti va yer usti suv manbalari mavjudligini o‘rganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish yakuni bo‘yicha tuman ishchi guruhi talabgorlarni kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — tuman manzilli ro‘yxati) kiritish to‘g‘risida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli yer uchastkasi joylashgan hududda yer osti va yer usti suv manbalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, talabgorlarni tuman manzilli ro‘yxatiga kiritish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish natijasi ko‘ra kelgusi yilda tuman manzilli ro‘yxati mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan mezonlarga asosan mevali va oziqa bo‘ladigan yangi tutzorlarning hududlar hamda talabgorlar bo‘yicha yer uchastkasi maydoni, yer bonitet balli, suv manbaini ko‘rsatgan holda shakllantiradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman manzilli ro‘yxati tuman ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxati har yili 15-fevralga qadar ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga muvofiq shakllantirilgan Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhining (keyingi o‘rinlarda — hududiy ishchi guruh) ishchi organi — Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman manzilli ro‘yxatining to‘g‘ri tuzilishiga tuman ishchi guruhi rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarning manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi va kelgusi yilda mevali va ozuqa tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha tumanlar, hududlar hamda talabgorlar bo‘yicha yer uchastkalari maydoni, yer bonitet balli, suv manbai ko‘rsatilgan holda, hududiy manzilli ro‘yxatni (keyingi o‘rinlarda — hududiy manzilli ro‘yxat) shakllantiradi. Zaruratga ko‘ra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqib qo‘shimcha ravishda o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy manzilli ro‘yxat hududiy ishchi guruhning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxat har yili 1-martga qadar belgilangan tartibda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy manzilli ro‘yxatning to‘g‘riligi bo‘yicha hududiy ishchi guruh rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy manzilli ro‘yxatni tahlil qiladi, umumlashtiradi va tegishli hisob-kitoblarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mevali va ozuqa tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha manzilli dastur (keyingi o‘rinlarda — manzilli dastur) loyihasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, har yili 15-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan manzilli dasturni tahlil qiladi va har yili 20-martga qadar tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan manzilli dastur Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda, yangi intensiv mevali va ozuqa tutzorlar hamda ularda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va (yoki) suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurishning amaldagi holatidan kelib chiqib, talabgorlar roziligi asosida tasdiqlangan manzilli dasturga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va suv chiqarish uchun nasos stansiyalarini qurish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablag‘lar ajratishni ko‘zda tutadi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng mablag‘larni belgilangan tartibda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasida ochiladigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Manzilli ro‘yxatga kiritilgan talabgorlar suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining loyihalar asosida to‘liq qurilishini ta’minlaydi hamda ularni foydalanishga qabul qilishni tashkil qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi guruhining ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman ishchi guruhi murojaat tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joyiga chiqib, talabgor va pudrat tashkiloti vakili ishtirokida o‘rganadi va amalda qo‘llab (ishlatib) ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari foydalanishga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor holda bo‘lsa — tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor holda bo‘lmasa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tuman ishchi guruhi rahbari va a’zolari subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosaning haqqoniyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman ishchi guruhi subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni umumlashtirib, ularning ro‘yxatlarini har o‘n kunda hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi. Ro‘yxatlarga dalolatnomalar va xulosalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hududiy ishchi guruh har o‘n kunda taqdim etilgan ro‘yxatlarni umumlashtiradi va subsidiya ajratiladigan talabgorlar ro‘yxatlarini shakllantirib Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etadi. Ushbu ro‘yxatlarga dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ular tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan ko‘rib chiqib umumlashtiradi va kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ro‘yxat belgilangan tartibda kelishilganidan so‘ng besh ish kunida Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha taqdim qilingan yakuniy ro‘yxatlarga asosan talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tasdiqlangan manzilli dastur Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabgorlar tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan shartnomaviy majburiyatlar bo‘yicha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi baholanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning mahsulot yetishtirish hajmi oshganda hamda suv va yoqilg‘i-moylash resurslarining tejalishiga erishilganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “ijobiy”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, suv va yoqilg‘i-moylash resurslarining tejalishiga erishilmaganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgorlarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlari bir qismini qoplash bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Talabgorlar

Kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman ishchi guruhining ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi.

Har yili 1-fevraliga qadar

II bosqich

Tuman ishchi guruhi

(ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limi)

1. Talabgorlar arizasini joyiga chiqqan holda, ularga tegishli bo‘lgan yer uchastkasining maydoni, tuproq bonitet balli hamda yer osti va yer usti suv manbalari mavjudligini o‘rganib chiqadi. Bunda talabgorlarni kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida xulosa beradi.

Uch ish kunida

2. Ijobiy xulosa berilgan talabgorlardan iborat tuman manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va ko‘rib chiqish uchun hududiy ishchi guruhning ishchi organi — Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasiga taqdim qiladi.

Har yili 15-fevralga qadar

III bosqich

Hududiy ishchi guruhi

ishchi organi — (Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi)

Tumanlarning manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi va kelgusi yilda mevali va ozuqa tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha tumanlar, hududlar hamda talabgorlar bo‘yicha yer uchastkalari maydoni, yer bonitet balli, suv manbai ko‘rsatilgan holda, hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi hamda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim qiladi.

Har yili 1-martga qadar

IV bosqich

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi

1. Taqdim etilgan hududiy manzilli ro‘yxatlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va manzilli dasturni ishlab chiqadi.

2. Manzilli dastur loyihasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim qiladi.

Har yili 15-martga qadar

V bosqich

Vazirlar Mahkamasi

1. Manzilli dasturni tahlil qiladi va tasdiqlaydi.

2. Tasdiqlangan manzilli dasturni Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.

Har yili 20-martga qadar

VI bosqich

Talabgorlar

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining loyihalar asosida to‘liq qurilishini ta’minlaydi hamda ularni foydalanishga qabul qilishni tashkil qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi guruhi ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limiga murojaat qiladi.

Qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng

VII bosqich

Tuman ishchi guruhi

(ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limi)

1. Joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joyiga chiqib talabgorlar va pudrat tashkiloti vakili ishtirokida o‘rganadi va amalda qo‘llab (ishlatib) ko‘radi.

2. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari foydalanishga:

tayyor holda bo‘lsa — tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;

tayyor holda bo‘lmasa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar beradi.

Uch ish kunida

3. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Har o‘n kunda

VIII bosqich

Hududiy ishchi guruhi

ishchi organi — (Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi)

Taqdim etilgan ro‘yxatlarni umumlashtiradi va subsidiya ajratiladigan talabgorlar ro‘yxatlarini shakllantirib, dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etadi.

Har o‘n kunda

IX bosqich

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi

1. Taqdim etilgan ro‘yxatlarni ular tushgan kundan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan ko‘rib chiqib umumlashtiradi va kelishadi.

O‘n ish kunida

2. Ro‘yxat belgilangan tartibda kelishilgandan so‘ng suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha taqdim qilingan yakuniy ro‘yxatlarga asosan talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyani o‘tkazib beradi.

Ro‘yxat kelishilganidan so‘ng besh ish kunida

X bosqich

 Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

Doimiy ravishda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekgidrogeologiya” instituti (DUK)ning hududiy bo‘limi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh kotibi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎‎‎‎‎‎_____________________________ tumani hokimi, ‎
‎Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etishga
‎ ‎sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash
‎ ‎uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman
‎ ‎ishchi guruhiga
‎ ‎ ‎________________________________________ tomonidan ‎‎

‎‎‎‎‎‎(pillachilik va tutchilik tashkiloti nomi va rahbarning .FI.O.) ‎‎


‎‎‎ARIZA

‎‎___________________________________________________________________ hududda faoliyat ko‘rsatayotgan

‎‎(hudud nomi)

‎‎__________________________________________________________________________ tumanda 20__ yilda

‎‎(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va (yoki) suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurish manzilli ro‘yxatiga korxona tasarrufidagi jami ____ gektar yer uchastkasida, jumladan, ____ raqamli konturdagi ____ gektar, ____ raqamli konturdagi ____ gektar, ____ raqamli konturdagi ____ gektar maydonda yangi intensiv tut plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish loyihasini kiritishingizni so‘rayman.

‎‎Yer maydonining o‘rtacha bonitet balli ________ ball, sho‘rlanish darajasi
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎‎(sho‘rlanmagan, kuchsiz, o‘rtacha sho‘rlangan)

‎‎Shu jumladan, konturlar bo‘yicha bonitet balli:
‎(1-kontur) _____ ball, (2-kontur) _____ ball, (3-kontur) _____ ball.
‎‎Yer uchastkasi suv bilan ________________________________________________________________________.

(ta’minlangan, ta’minlanmagan)

‎‎Yer uchastkasi elektr tarmog‘iga __________________________________________________________________.

‎‎(ulangan, ulanmagan)

‎‎Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki-_______________________________________________________________.
‎‎Ilova. Yer uchastkasining qishloq xo‘jaligi xaritasidan ko‘chirma.
_____________________________________ rahbari‎‎

‎‎________

‎‎_______________________

‎‎(pillachilik va tutchilik tashkiloti nomi)

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning to‘g‘riligiga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Tasdiqlayman”
‎ _________tuman hokimi,
‎Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy
‎etishga sarflangan xarajatlarning bir
‎qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga
‎ ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi

_________________

_____________________

(imzo, muhr)

(F.I.O.)

20___ yil “____”__________________

__________ tumanida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga va nasos stansiyalarini qurishga ko‘maklashuvchi hamda tugallangan ishlarni foydalanishga qabul qiluvchi ishchi guruhining
‎XULOSASI

__________ (tuman nomi) tumanida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga va suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurishga ko‘maklashuvchi va tugallangan ishlarni qabul qiluvchi ishchi guruhi yangi tut plantatsiyasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan ___________________________________________________ (pillachilik va tutchilik tashkilot nomi) ning 20___ yil ______ dagi murojaatini joyida o‘rganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:

1. ___________________________________________________________________20____ yilda _________ ga

(pillachilik va tutchilik tashkilot nomi)

maydonda, jumladan, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda____ ga, yangi intensiv tut plantatsiyasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun jami qiymati ___________ so‘m bo‘lgan loyiha ishlab chiqqan hamda uni joriy qilish uchun ____________________________________________________________ bilan jami qiymati _________ so‘m

(pudrat, xizmat ko‘rsatish tashkiloti nomi)

bo‘lgan shartnoma tuzgan;

2. ____________________ tijorat banki bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun jami ______________________ so‘mga _______ foizli kredit shartnomasini tuzgan hamda amalda _________________ so‘m kredit olgan (mavjud bo‘lsa);

3. 20____ yilda jami _________ ga maydonda, jumladan, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda ____ ga, ____raqamli konturda____ ga maydonda yangi intensiv tut plantatsiyasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan va ishga tushirgan.

XULOSA:

_______________________________________________________ ga jami _________________________ so‘m

(pillachilik va tutchilik tashkilot nomi)

miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish maqsadga muvofiq.

‎‎Tuman ishchi guruhining a’zolari: ‎

T/r ‎

f.i.o. ‎‎

imzo ‎‎

Lavozimi ‎‎

1.‎

Lavozimga ko‘ra

tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

2.‎

Lavozimga ko‘ra

tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh kotibi.

4.‎

Lavozimga ko‘ra

tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i

5.‎

Lavozimga ko‘ra

“O‘zbekgidrogeologiya” instituti (DUK)ning hududiy bo‘limi rahbari

6.‎

Lavozimga ko‘ra

Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki rahbari

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/128/0198-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son; 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)