Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-fevral,
68-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda):
a) qarorga 1-ilovada:
4-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5.1-kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi va Oʻzbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi” soʻzlari “Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi va Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.2-kichik banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.3-kichik banddagi “Hujjatlarni doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar arxivlari” soʻzlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. Oʻzbekiston milliy arxivlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, markaziy davlat arxivlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.
Viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tuziladi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston milliy arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlar “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi hamda viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlar “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida ishlab chiqiladi hamda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga asosan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“— fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar, notarial harakatlar yozuvlari, sud ishlari, xoʻjalik kitoblari — 75 yil mobaynida, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Idoraviy saqlov muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan chiqarish nuqtai nazaridan koʻrib chiqilgandan soʻng davlat arxivi saqloviga belgilangan tartibda topshiriladi”;
oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishlicha oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib boʻyicha idoralararo arxivlar” soʻzlari “tegishli hokimliklar tomonidan shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar (ilovaga muvofiq) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligida roʻyxatdan oʻtkazadilar, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishib olingan idoraviy meʼyoriy hujjatlar asosida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradilar”;
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“organlari va muassasalari” soʻzlari “arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Vaqtincha saqlashning oxirgi muddatlari tugashi bilan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari tartibga solingan va ishlov berilgan holda tegishli ilmiy-maʼlumot apparati va elektron nusxalari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarga sugʻurta nusxalari bilan doimiy saqlash uchun tegishli davlat arxivlariga beriladi.
Hujjatlarni tayyorlash va doimiy saqlashga berish, shuningdek, sugʻurta nusxalarini tartibga keltirish va doimiy saqlashga topshirish, shuningdek, elektron hamda sugʻurta nusxalarini tayyorlash, hujjatlarni tashish bilan bogʻliq barcha ishlar topshiruvchi va Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat, qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Tegishli hududiy boshqarma yoki davlat arxivi tomonidan doimiy saqlanadigan yigʻmajildlar uchun roʻyxatlar tasdiqlangandan va shaxsiy tarkib boʻyicha yigʻmajildlar uchun roʻyxatlar kelishib olingandan soʻng saqlash muddati tugagan hujjatlar ularning elektron shakllari davlat arxiviga qabul qilingach, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi”;
12-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi organlari va muassasalarining” soʻzlari “Oʻzarxiv” agentligi hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandda “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi muassasalarida” soʻzlari “Oʻzarxiv” agentligi davlat arxivlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arxiv yigʻmajildlari va hujjatlar faqat arxiv rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan koʻrsatiladi. Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shaxsning sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi davlat arxivlari tomonidan idoralararo elektron tizimlar orqali aniqlanadi. Voyaga yetmaganlar davlat arxivlari oʻquv zallariga ota-onalari yoki tartibga rioya etishga masʼul boshqa qonuniy vakillari bilan kiritiladi”;
17-bandning ikkinchi xatboshidagi, 18, 20, 21-bandlardagi, 22 va 23-bandlarning ikkinchi xatboshidagi, 25 va 26-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Davlat geologiya fondi;
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi;
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining davlat standartlari tarmoq fondi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining kartografiya-geodeziya fondi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muzeylari va kutubxonalari”;
b) qarorga 2-ilovaning 3-bandi va 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) qarorga 4-ilovada:
3 va 7-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“11.1”-kichik banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“11.3”-kichik banddagi “davlat tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“11.5”-kichik banddagi “davlat tomonidan saqlashga” soʻzlari “arxivlarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
“11.6”-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11.6.Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi toʻgʻrisida tasdiqlangan statistik shakllar boʻyicha maʼlumotlar beradi;
Idoraviy arxivlar saqlovidagi Milliy arxiv fondi hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat katalogiga belgilangan shaklga muvofiq taqdim etadi”;
“11.8”-kichik banddagi “boʻlinmalarda” soʻzidan keyin “idoraviy” soʻzi qoʻshilsin;
“11.11”-kichik banddagi “tashkilotlari” soʻzidan keyin “idoraviy” soʻzi qoʻshilsin;
“11.12”-kichik banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining 52-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda):
a) qarorga 1-ilovada:
2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“elektron nusxa — anʼanaviy asosdagi (qogʻoz, video, audio kasseta, kinolenta va boshqalar) hujjatlarni raqamlashtirish orqali ularning yaratilgan elektron shakli, asl nusxada mavjud boʻlgan axborotni oʻqish yoki koʻrish (eshitish) imkonini beruvchi elektron koʻchirma nusxasi”;
20-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jamlash manbalari roʻyxatlari har yili yil boshida aniqlashtiriladi va har besh yilda kamida bir marta, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzarxiv” agentligi deb ataladi) Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining ekspert-tekshiruv komissiyasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlari ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi bilan kelishilgandan soʻng qayta tasdiqlanadi. Asosiy jamlash manbalari tarkibi va/yoki soni oʻzgarganda, navbatdan tashqari qayta tasdiqlash amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “tashkil topgan” soʻzlaridan keyin “boshqaruv,” soʻzi qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi — tegishli davlat arxivlariga, davlatga tegishli boʻlmagan qismi — nodavlat arxiviga yoki tegishli davlat arxiviga topshirilishi kerak”;
36-banddagi va 41-bandning ikkinchi xatboshidagi “shu jumladan” soʻzlaridan keyin “elektron hujjatlar” soʻzlari qoʻshilsin;
42-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Audiovizual hujjatlar hisob birliklarining arxiv shifri tarkibiga komplekt elementining (harfli va raqamli) belgilari, negativ oʻlchami, ovozli axborot manbaining turi, elektron hujjatlarning saqlov birliklari — yozuv formati va axborot manbaining turi, elektron hujjatning arxiv shifri tarkibiga arxiv fondi raqami, roʻyxatga olish raqami, roʻyxatdagi elektron hujjatning tartib raqamidan iborat boʻlgan tarkibiy kod kiritiladi”;
65-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“65. Arxiv hujjatlari alohida saqlash tartibi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi: maxfiy; noyob va alohida qimmatli; oʻzida yoki ilovalarida qimmatbaho metallga va toshlarga ega boʻlgan; nitroasosda boʻlgan; biologik zararkunandalar shikast yetkazgan; arxivga depozitar saqlash uchun shartnoma asosida berilgan va MAF tarkibiga kiritilmagan”;
70-bandning yettinchi xatboshidagi “arxivning ekspert-uslubiy komissiyasi (yoki boshqa maslahat organi) qarori asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
93-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat arxivlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida “Oʻzarxiv” agentligida MAF noyob hujjatlari davlat reyestri yuritiladi va uni shakllantirish, yuritish hamda undan foydalanishni tashkil etish tartibi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi”;
birinchi xatboshidagi “alohida daftarlarda” soʻzlaridan keyin “yoki elektron tarzda” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshidagi “daftarida” soʻzidan keyin “yoki elektron tarzda” soʻzlari qoʻshilsin;
122-banddagi “daftarida” soʻzidan keyin “yoki elektron tarzda” soʻzlari qoʻshilsin;
123-bandning ikkinchi xatboshidagi “daftarida” soʻzidan keyin “yoki elektron tarzda” soʻzlari qoʻshilsin;
131-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“131. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrov arxiv tomonidan bepul bajariladi.
Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovni arxivda bajarish muddati roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab:
ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot 20 ish kuni mobaynida;
ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumot 5 ish kuni mobaynida;
oʻquv muassasalarida oʻqiganlik, yuridik shaxsni qayta nomlash, mukofotlanganlikni tasdiqlash 5 ish kuni mobaynida ijro etiladi.
Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi takroriy soʻrovni bajarishda yoki foydalanuvchining iltimosiga koʻra arxiv maʼlumotnomasi qayta tayyorlanayotganda, arxiv maʼlumotnomasiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini arxiv hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtiradi va qoʻshimcha maʼlumotlar aniqlanganda, ularni takroriy berilayotgan maʼlumotnomaga kiritadi.
Mavzuli soʻrovlar toifasiga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, maʼlumotlarni, shuningdek, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) kiradi va ular soʻrov maʼlumotlari toʻliq taqdim etilgan taqdirda, roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda ijro etiladi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi koʻzda tutilgan arxiv maʼlumotnomasi arxiv rahbari tomonidan (yuridik shaxs boʻlmagan idoraviy arxivlar uchun — tegishli tashkilot rahbari tomonidan) tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanilishi koʻzda tutilgan arxiv maʼlumotnomasi arxiv rahbari tomonidan imzolanadi va unga muhr (yuridik shaxs boʻlmagan idoraviy arxivlar uchun — tegishli tashkilot muhri) qoʻyiladi”.
oʻninchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi xatboshidagi “yoʻqolganligi” soʻzidan keyin “, shikastlanganligi (yongʻin, suv bosishi va boshqa favqulodda holatlarda)” soʻzlari qoʻshilsin;
135-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“135. Arxiv nusxasining har bir varagʻi orqasiga arxiv hujjati saqlov birliklarining arxiv shifri va varaqlarning raqamlari qoʻyiladi. Arxiv nusxasining hamma varaqlari tikiladi va tikish joyida arxiv rahbari yoki vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborishga moʻljallangan arxiv nusxasi muhr va arxiv rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi”;
birinchi xatboshida “pochta” soʻzidan keyin “yoki elektron pochta” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshida “manzillariga” soʻzidan keyin “yoki elektron manzillariga” soʻzlari qoʻshilsin;
144-banddagi “Respublikasi markaziy davlat” soʻzlari “milliy” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) qarorga 2-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshidagi “boshqarmalaridagi” soʻzidan keyin “va Oʻzbekiston milliy arxivlaridagi” soʻzlari qoʻshilsin;
5-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “Respublikasi markaziy davlat” soʻzlari “milliy” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Arxiv fondlarini Davlat katalogidan chiqarish “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tegishli meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi, ular arxiv ishi hududiy boshqarmasining ekspert-tekshiruv komissiyasi, Oʻzbekiston milliy arxivining ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi va “Oʻzarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
nizomga 2-ilovaning nomlanishidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) qarorga 3-ilovada:
8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tarmoq davlat arxivi — Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan tuziladigan davlat arxivi”;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Davlat arxivlari faoliyat doirasidan kelib chiqib, quyidagi toifalarga ajratiladi:
Oʻzbekiston milliy arxivlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari;
viloyat davlat arxivlari;
shahar davlat arxivlari;
tuman davlat arxivlari;
viloyat shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari;
shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari;
tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari;
tarmoq davlat arxivlari.
Oʻzbekiston milliy arxivlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etiladi.
Viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzarxiv” agentligi deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tegishli hokimliklarning qarorlari bilan “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Viloyat, shahar, tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi mumkin.
Tarmoq davlat arxivlari tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning taklifiga asosan oʻrnatilgan tartibda tashkil etiladi”;
15-bandning ikkinchi xatboshidagi “huzurida” soʻzidan keyin “, ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyalari esa Oʻzbekiston milliy arxivlari huzurida” soʻzlari qoʻshilsin;
g) qarorga 4-ilovada:
4-bandning uchinchi xatboshidagi “10 yillik muddat uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Faoliyat ixtisosligi boʻyicha, shuningdek, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlanganligidan kelib chiqib, arxivlar va idoraviy arxivlar Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzarxiv” agentligi deb ataladi) tomonidan belgilanadigan tartibda tuziladigan va tasdiqlanadigan Xizmatlar nomenklaturasi boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatadi. Davlat arxivlari oʻzlarining pulli xizmatlarini “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasi orqali koʻrsatadi.
6. Pulli xizmatlar arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida koʻrsatiladi.
Arxivlar va idoraviy arxivlardagi pulli xizmatlar mazkur arxiv yoki idoraviy arxivning shtatdagi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkilotlarning arxiv hujjatlarini tartibga keltirish uchun arxivlar huzurida mehnat shartnomalari asosida jalb etilgan xodimlardan iborat xoʻjalik hisobidagi guruh faoliyat yuritadi.
Arxivlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha lavozim shtat birligini saqlashga va mehnat shartnomalari asosida qoʻshimcha xodimlar jalb etilishiga ruxsat etiladi”;
8-banddagi “tegishli arxiv bilan mehnat shartnomasi tuzgan” va “lavozimga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-banddagi “olingandan soʻng” soʻzlaridan keyin “shuningdek, jamlash zonasidan (hududidan) kelib chiqib” soʻzlari qoʻshilsin;
10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Davlat arxivlari tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar narxi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasiga binoan belgilanadi”;
13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“tashkilot jamlash manbai hisoblangan arxivning roziligisiz arxivlarning jamlash zonasiga (hududiga) kirmagan tashkilotlarga xizmat koʻrsatish”;
d) qarorga 5-ilovaning 6-bandida:
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Respublikasi markaziy davlat” soʻzlari “milliy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
e) qarorga 6-ilovada:
4-band ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
12-banddagi “bosh” soʻzi chiqarib tashlansin;
21-bandning ikkinchi xatboshidagi “Litsenziya” soʻzi “Ruxsatnoma” soʻzi bilan almashtirilsin;
nizomga 2-ilovadagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv asosiy ish turlari boʻyicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 22-apreldagi 100-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 17-son, 193-modda) rus tilidagi matnida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “pri Kabinete Ministrov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) qarorga ilovada:
13-banddagi “istoricheskogo, dosovetskogo” soʻzlari “dosovetskogo (istoricheskogo),” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II-qism nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“II. Normi vremeni i virabotki dlya upravlencheskix dokumentov, dokumentov lichnogo sostava i lichnogo proisxojdeniya”;
3.1.1.1.1., 7.1.1.1. va 7.1.4.1.-pozitsiyalardagi “sentralnix gosudarstvennix” soʻzlari “natsionalnix” soʻzi bilan almashtirilsin;
3.1.1.1.2., 7.1.1.2. va 7.1.4.2.-pozitsiyalardagi “gosudarstvennix” soʻzlaridan oldin “sentralnix gosudarstvennix arxivov i gosudarstvennix” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3.3.4.-pozitsiyadagi “organa” va “gosudarstvennogo” soʻzlari tegishlicha “territorialnogo” va “natsionalnogo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining “Agentliklar” boʻlimi 5-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatining “4. Agentliklar” boʻlimi 2-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 25-son, 500-modda):
a) rus tilidagi matnga 12-ilova “I. Gosudarstvennie arxivi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ I. Gosudarstvennie arxivi
1. Natsionalniy arxiv Uzbekistana;
2. Natsionalniy arxiv nauchno-texnicheskoy i meditsinskoy dokumentatsii Uzbekistana;
3. Natsionalniy arxiv kinofotofonodokumentov Uzbekistana;
4. Sentralniy gosudarstvenniy arxiv Respubliki Karakalpakstan;
5. Gosudarstvennie arxivi oblastey, rayonov, gorodov i ix filiali;
6. Sentralniy gosudarstvenniy arxiv goroda Tashkenta i yego filiali”;
b) qarorga 13-ilovaning 4, 9, 11-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi arxivining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 411-son qarorining 11-bandi birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 34-bandidagi va 35-bandi beshinchi xatboshidagi “davlat arxiviga” soʻzlari “belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 26-avgustdagi 194-son qarorining 1, 2, 9-bandlari va qarorga 1 — 5-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 35-36-son, 347-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 30 va 31-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 20-oktabrdagi 233-son qaroriga ilovaning II-boʻlimi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda) ilovaning 25-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 66-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyuldagi 521-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; 10.04.2025-y., 09/25/208/0326-son)