O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida:
o‘n yettinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
o‘n sakkizinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n yettinchi — o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori U.B. A’lamov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
521-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/521/1487-son)