21.11.2020 yildagi 739-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.02.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan soʻng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari), shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya oladigan muddatda toʻliq davlat taʼminotida boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari toʻlanishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar taʼlim muassasalarini bitirib, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat taʼlim muassasalari faoliyatini moliyaviy taʼminlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼminotiga olingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi (talaba) ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
739-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishga qabul qilingan kundan boshlab oʻqishni tamomlagunga qadar toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab taʼlim muassasalarida, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan davrida yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlib qolgan hamda homiy tayinlashning imkoni mavjud boʻlmaganligi sababli toʻliq davlat taʼminotiga olingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi (talaba);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida tarbiyalanayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim yoʻnalishi, taʼlimning sirtqi shaklida taʼlim olayotgan, shuningdek, magistratura mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichini bitirgan yili oʻqishga qabul qilinmagan talabalarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻliq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi (talaba)lar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari bilan, 2-ilovaga muvofiq kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, oʻquvchi (talaba)larga ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi, ushbu Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan oʻquvchi (talaba)lar bundan mustasno.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar oʻquvchi (talaba)ning yashash joyi u taʼlim olayotgan taʼlim muassasasi joylashgan joydan 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, oʻquvchilar transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan vaqtida voyaga yetganligi (18 yoshga toʻlganligi) munosabati bilan vasiyligi (homiyligi), oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligi toʻhtatilgan yoki bekor qilingan oʻquvchilarga shaxsiy xarajatlari uchun muassasani tamomlagunlariga qadar har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari berib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu pul mablagʻi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan vaqtida toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ushbu muassasalarni tamomlab, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgandan soʻng ham toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan ushbu toifadagi talabalar ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan vaqtda yetim boʻlib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchi (talaba)larga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu oʻquvchi (talaba)larga nisbatan ular taʼlim olayotgan muassasa oʻquvchi (talaba) muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining qarori oʻquvchi (talaba)ning toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar toifasiga kirishiga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi oʻquvchi (talaba)larga taʼlim muassasasini bitirayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — budjet) berilishi belgilangan bir yoʻla toʻlanadigan bitiruv nafaqasi berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida har oʻquv yilida bir marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
(81-band Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻquvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek transportda yurish kartochkalari berish masalasini koʻrib chiqish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim muassasasida oʻquvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy taʼminot yordami), shuningdek, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish yuzasidan murojaatlarni oʻrganish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruh tarkibiga muassasaning tegishli xodimlari kiritiladi va muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh kamida yetti kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh rahbari — muassasa rahbari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhning masʼul kotibi — muassasa rahbarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa yuriskonsulti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa buxgalteri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolaning guruh rahbari yoki murabbiyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida bir nafar pedagog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi (keyingi oʻrinlarda — guruh rahbari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquvchi (talaba) ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasi olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasi berish masalasini hal qilish uchun guruh rahbari tomonidan ishchi guruhga oʻquvchi (talaba)ning murojaatidan soʻng uch ish kunida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻquvchi (talaba)ning arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman (shahar) hokimining oʻquvchi (talaba)ni davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish yoki toʻliq davlat taʼminotiga olish haqidagi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquvchi (talaba)ning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻquvchi (talaba)ning yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasining oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi yoki sudning ota-onani vafot etgan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida ishchi guruhning qarori qabul qilinadi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan barcha hujjatlar toʻliq, asoslangan holda taqdim etilganligi aniqlanganda oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish toʻgʻrisida, aksincha taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik mavjudligi, hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda nafaqa berilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan qaror nusxasi uch ish kunida oʻquvchi (talaba)ga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi (talaba) qaror nusxasini olgan kundan boshlab bir oy davomida tegishli kamchiliklarni bartaraf etgan holda nafaqa olish boʻyicha ishchi guruhga qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishchi guruh rahbari va aʼzolari ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida ishchi guruh qarorining qonuniyligi va uning toʻgʻri qabul qilinganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordamini berishni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga asosan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muassasa buxgalteri tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish boʻyicha ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada soʻrovnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soʻrovnomaning bir nusxasi uch ish kunida tegishliligi boʻyicha budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning moliya-iqtisod boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — moliya organlari) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Soʻrovnoma muassasaning birinchi bosqichiga qabul qilingan oʻquvchi (talaba)lar uchun har yili 15-sentabrgacha, boshqa oʻquvchi (talaba)larga esa kelgusi yil uchun joriy yilning 15-dekabriga qadar shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasada taʼlim olayotgan davrida toʻliq davlat taʼminotiga olingan oʻquvchi (talaba)lar uchun soʻrovnoma u toʻliq davlat taʼminotiga olingandan soʻng 15 kun ichida shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moliya organlari tomonidan soʻrovnomaga binoan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muassasaning xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali mablagʻ ajratiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordamini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordamini berish naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻquvchi (talaba)larning xohishiga koʻra ijtimoiy taʼminot yordamini olish uchun toʻlanadigan pul mablagʻlarining oʻrniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq roʻyxatda belgilangan ashyoviy taʼminot buyumlari orasidan oʻzi istagan buyumlarni koʻrsatgan holda oʻquvchi (talaba)ning muassasa rahbari nomiga yozgan arizasiga binoan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami shaxsiy imzosi qoʻyilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan davr uchun toʻlanmay qolgan ijtimoiy taʼminot yordami keyingi toʻlovlarga qoʻshib toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻquvchi (talaba)larni transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Transportda yurish kartochkalari yoʻlovchi tashish transportida (taksidan tashqari) yurish uchun oylik yoʻl chiptalari joriy etilgan hududlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻquvchi (talaba) oʻqiydigan tuman (shahar)da yoki aholi punktida bu turdagi kartochka tizimi boʻlmasa, u holda ularga jamoat transportida yurishlari uchun oylik yoʻl chiptasi miqdoridagi pul mablagʻi oʻquvchi (talaba)ning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transportda yurish kartochkalari muassasalarning xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan sotib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Transportda yurish kartochkalari muassasalar tomonidan yoʻlovchilar tashish transporti xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan xarid qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Transportda yurish kartochkalari oʻquvchi (talaba)larga joriy oy tugashiga kamida ikki kun qolganida tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transportda yurish kartochkalari oʻqish davri uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi bir marta, ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda oʻzi taʼlim olgan taʼlim muassasasidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari bitiruvchilariga bitiruv nafaqasi ular ishga qabul qilinayotganda, ushbu muassasalardan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar oʻquvchi (talaba) umumiy oʻrta taʼlim muassasasining 11-sinfini yoki muassasani bitirib, oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan taqdirda, unga bitiruv nafaqasi oʻzi taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bitiruv nafaqasi har yili 1-sentabrgacha bitiruvchining bank plastik kartasiga pul oʻtkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi shaxsiy imzosi qoʻyilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bitiruvchi oʻz xohishiga koʻra bitiruv nafaqasi oʻrniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlarini olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-bob. Oʻquvchi (talaba)larning oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlarni ajratishni rasmiylashtirish va berish tartibi ijtimoiy taʼminot yordami kabi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan taʼlim muassasalari rahbarining buyrugʻiga asosan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar taʼlim muassasalarining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ga oʻquv yili boshida lekin 1-oktabrdan kechiktirilmagan holda toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish jarayoni (ularni saralash, tanlash va sotib olish) oʻquvchi (talaba) hamda taʼlim muassasasi yoshlar yetakchisi (Oliy taʼlim muassasalaridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilot yetakchisi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Mazkur bobda nazarda tutilgan tartib taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan (berilgan) yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
(61-bob Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini moliyalashtirish budjet mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori ular taʼlim olayotgan muassasalar tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan muassasalarning xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini berish uchun sarflanadigan mablagʻlarning buxgalteriya hisobi va hisoboti tegishli taʼlim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Muassasalar tomonidan har oʻquv yili yakunida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobot tayyorlanadi va moliya organlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya organlari tomonidan ushbu hisobotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Asossiz ravishda toʻlangan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalari belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Muassasalarning ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini berish bilan bogʻliq faoliyatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamentining hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Shaxsiy javobgarlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini asosli tayinlash va toʻlash tartibiga rioya qilinganligi va moliyaviy hisobotlarning toʻgʻriligi boʻyicha ishchi guruh rahbariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalari uchun ajratilgan mablagʻlarning muassasalarga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazib berilishi boʻyicha moliya organi rahbariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarining oʻquvchi (talaba)ga oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab berilishi boʻyicha muassasa rahbari va bosh buxgalterga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushub Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oziq-ovqat bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(bir kishi hisobiga kuniga gramm (brutto)

T/r

Oziq-ovqatmahsulotlariningnomi

15 — 18 yosh

1.

1-sort bugʻdoy non

600‎

2.

Bugʻdoyuni*

35‎

3.

Kartoshka kraxmali*

3‎

4.

Dukkaklilaryormasi, makaron mahsulotlari*

75‎

5.

Qand-shakar

90‎

6.

Qandolatchilikmahsulotlari

25‎

7.

Sariyogʻ*

30‎

8.

Oʻsimlikyogʻi*

20‎

9‎.

Sut va sutmahsulotlari

400‎

10‎.

Qaymoq

10‎

11‎.

Suzma*

70‎

12‎.

Pishloq*

12‎

13‎.

Goʻsht, parrandagoʻshti

200‎

14‎.

Pishirilgan kolbasa, sosiskalar*

25‎

15‎.

Baliq

35‎

16‎.

Tuxum (dona)

1‎

17‎.

Kartoshka*

400‎

18‎.

Sabzavotlar, oshkoʻklar, tuzlamalar, shu jumladan, tomat (3 g.)

455‎

19‎.

Hoʻlmevalar

250‎

20‎.

Meva, sabzavotsharbatlari

200‎

21‎.

Quruqmevalar, shu jumladan, naʼmatak (5 g.)

15‎

22‎.

Choy

0,5‎

23‎.

Yodlangan tuz

8‎

24‎.

Achitqilar*

1‎

25‎.

Ziravorlar*

2‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bir hafta uchun oʻrtacha sutkalik normalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni asosiy oziq-ovqat moddalari boʻyicha almashtirish jadvaliga muvofiq ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida almashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muassasalar va yotoqxonalarda issiq ovqat mavjud boʻlmaganda, shuningdek, faqat bir martalik issiq ovqat mavjud boʻlganda, oʻquvchi (talaba)larga bir martalik ovqat bilan kompensatsiya qilinmagan miqdorda (savdo ustamasini hisobga olgan holda) toʻliq yoki qisman naqd pul beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muassasalarda boshqa shaharlardan kelgan yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular muassasaga yetib kelgan vaqtdan boshlab oʻqishga qabul qilingungacha bepul ovqat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar nomi

Oʻlchov birligi

Biroʻquvchi (talaba) hisobiga

gʻil bolalar uchun

Qiz bolalar uchun

soni

foydalanish muddati (yil)

soni

foydalanish muddati (yil)

Kiyim-bosh

1.

Qishki palto

dona

1‎

3‎

1‎

3‎

2.

Mavsumiy palto, kurtka

dona

1‎

2‎

1‎

2‎

3.

Oʻqish uchun kostum:

dona

‎1

2‎

‎1

2‎

4.

Qishki

toʻplam

1‎

1‎

1‎

1‎

5.

Yozgi

toʻplam

1‎

1‎

1‎

1‎

6.

Oʻqish uchun ip gazlamadan tikilgan oq koʻylaklar

dona

2‎

2‎

2‎

2‎

7.

Sport formasi va ketalar

toʻplam

2‎

2‎

2‎

2‎

8.

gʻil bolalar uchu kostumlar

toʻplam

3‎

2‎

9.

Qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar)

dona

3‎

2‎

10.

Qizlar uchun uy xalatlari

dona

2‎

2‎

11.

Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar

dona

3‎

1‎

12.

Bayramlar uchun qishki kostum yoki koʻylak

dona

1‎

2‎

1‎

2‎

13.

Bayramlar uchun yozgi kostum yoki koʻylak

dona

1‎

2‎

1‎

2‎

14.

Jun sviter (jemper)

dona

1‎

2‎

1‎

2‎

15.

Qizlar uchun reytuzalar

dona

‎‎

2‎

1‎

16.

Yozgi bosh kiyim

dona

1‎

1‎

1‎

1‎

17.

Qishki bosh kiyim

dona

1‎

2‎

1‎

2‎

18.

Dastroʻmol

dona

4‎

1‎

4‎

1‎

19.

Uyshimlari (jinsilar)

dona

1‎

1‎

1‎

1‎

20.

Oʻgʻil bolalar uchun shimkamarlari

dona

1‎

1‎

21.

Yarim jun sharflar

dona

1‎

3‎

1‎

3‎

22.

Qoʻlqoplar (panjasiz qoʻlqoplar)

juft

1‎

3‎

1‎

3‎

23.

Byustgalter

dona

‎‎

3‎

1‎

24.

Qizlar uchun triko

dona

5‎

1‎

25.

Kalta sport ishtonlari

dona

2‎

1‎

26.

Shortilar

dona

1‎

1‎

1‎

1‎

27.

Mayka

dona

3‎

1‎

28.

Futbolka

dona

2‎

1‎

2‎

1‎

29.

Ip gazlama paypoqlar, golflar

juft

5‎

1‎

5‎

1‎

30.

Tungi koʻylaklar, pijamalar

ta

2‎

1‎

2‎

1‎

31.

Kolgotkalar

juft

5‎

1‎

32.

Choʻmilish koʻylagi, plavkilar

ta

1‎

1‎

1‎

1‎

Poyabzal

33.

Botinkalar, tuflilar, krossovkalar

juft

3‎

1‎

3‎

1‎

34.

Shippaklar

juft

2‎

1‎

2‎

1‎

35.

Etiklar, qishki botinkalar

juft

1‎

1‎

1‎

1‎

Ashyoviy taʼminot buyumlari

36.

Portfellar, sumkalar

dona

2‎

3‎

2‎

3‎

37.

Jomadon

dona

1‎

5‎

1‎

5‎

38.

Choyshablar

dona

3‎

2‎

3‎

2‎

39.

Koʻrpa choyshablari

dona

2‎

3‎

2‎

3‎

40.

Kichik yostiq jildi

dona

1‎

4‎

1‎

4‎

41.

Katta yostiq jildi

dona

3‎

3‎

3‎

3‎

42.

Sochiq

dona

3‎

2‎

3‎

2‎

43.

Paxmoq sochiq

dona

3‎

3‎

3‎

3‎

44.

Jun yoki momiqli adyol

dona

1‎

6‎

1‎

6‎

45.

Paxmoq adyol

dona

1‎

4‎

1‎

4‎

46.

Toʻshak

dona

1‎

4‎

1‎

4‎

47.

Yostiq

dona

1‎

6‎

1‎

6‎

48.

Toʻshak qoplamasi

dona

1‎

6‎

1‎

6‎

49.

Karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha

dona

1‎

6‎

1‎

6‎

Shaxsiy gigiyena buyumlar

50.

Tish pastasi

dona

12‎

1‎

12‎

1‎

51.

Tish choʻtkasi

dona

3‎

1‎

3‎

1‎

52.

Kir sovun

dona

12‎

1‎

12‎

1‎

53.

Atirsovun

dona

24‎

1‎

24‎

1‎

54.

Kir yuvish poroshoklari

oʻram (400 g.)‎

12‎

1‎

12‎

1‎

55.

Soqol olish buyumlari

dona

12‎

1‎

5‎

1‎

56.

Taroq

dona

2‎

1‎

2‎

1‎

57.

Hojatxona qogʻozi

oʻram

24‎

1‎

24‎

1‎

58.

Shampun

dona (200 g.)‎

12‎

1‎

12‎

1‎

59.

Dezodorant (aerozol)

dona

6‎

1‎

6‎

1‎

60.

Gigiyena qistirmalari

oʻram

(10 tadan)

12‎

1‎

61.

Momiq

oʻram

(200 g.) ‎

4‎

1‎

62.

Poyabzal moyi

tyubik‎

6‎

1‎

6‎

1‎

63.

Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson

flakon
(100 —
150 g.) ‎

6‎

1‎

64.

Badanni yuvish uchun gubka

dona

2‎

1‎

2‎

1‎

65.

Togʻora

dona

1‎

3‎

1‎

3‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Muassasalar rahbarlariga koʻrsatib oʻtilgan taʼminot normalariga yangi fasonlarni va oʻquvchi (talaba)lar xohishini hisobga olgan holda ushbu maqsadlar uchun oʻquv muassasasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻquvchi (talaba)

Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi

Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini hal qilish uchun murojaatlarni oʻrganish boʻyicha muassasada tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhga hujjatlarni taqdim etadi.

Oʻquvchi (talaba)ning murojaatidan soʻng uch ish kunida

3-bosqich

Muassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh

1. Oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

2. Tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida

4-bosqich

Taʼlim muassasasi rahbari

Ishchi guruhning qarorini tasdiqlaydi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.

Ishchi guruhning qarori qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida

5-bosqich

Muassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh

Qaror nusxasini oʻquvchi (talaba)ga yetkazadi.

Uch ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalari uchun budjetdan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA

_______-son

Muassasa nomi:_____________________________________________________________

T/r

Oʻquvchi (talaba)ning F.I.O.

Ijtimoiy taʼminot yordami turi (soʻm)

Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) ni xarid qilish xarajatlari (soʻm)

Asos

Umumiy miqdori (soʻm)

Nafaqa

Oziq-ovqat

Kiyim-bosh va poyabzal

Shaxsiy gigiyena buyumlari

Ashyoviy taʼminot buyumlari

Transportda yurish kartochkalari

Bitiruv nafaqasi

Taʼlim muassasasi rahbari:

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

Bosh buxgalter:

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv
‎ nafaqalarini tayinlash va toʻlash boʻyicha ‎
‎HISOBOT

‎ ‎ ‎2‎0____ yil _____chorak uchun

‎‎Muassasa nomi:_____________________________________________________‎____‎____

‎Muassasa joylashgan tuman (shahar) _____________________________________________

T/r‎

Ijtimoiy taʼminot yordami turi ‎‎‎

Oʻlchov birligi‎‎

Yil boshidan‎‎

1.‎

Ijtimoiy taʼminot yordami uchun muassasaga ajratilgan mablagʻlar miqdori‎‎

soʻm‎‎

‎‎

2.‎

Qaydnomaga asosan berilgan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalari miqdori‎‎

soʻm‎‎

‎‎

3.‎

Qaydnomaga asosan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar soni‎‎

nafar‎‎

‎‎

4.‎

Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini olish yuzasidan arizalar soni‎‎

nafar‎‎

‎‎

5.‎

Koʻrib chiqilgan arizalar soni‎‎

nafar‎‎

‎‎

6.‎

Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlar soni‎‎

dona‎‎

‎‎

7.‎

Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar soni ‎‎

dona‎‎

‎‎

8.

Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun muassasaga ajratilgan mablagʻlar miqdori

soʻm

9.

Qaydnomaga asosan berilgan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun berilgan mablagʻlar miqdori

soʻm

10.

Qaydnomaga asosan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻ olayotgan oʻquvchi (talaba)lar soni

nafar

‎‎Taʼlim muassasasi rahbari:

_____________________‎‎‎

_____________‎‎

(F.I.O.) ‎‎

(imzo)‎‎

Bosh buxgalter: ‎‎

_____________________‎‎‎ ‎‎

_____________‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎20____ yil “____” ______________

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Mehribonlik uylari maqomini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehribonlik uyi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehribonlik uyi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Mehribonlik uyining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda — tarbiyalanuvchilar) tarbiyalash, kamol toptirish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarni toʻliq ruhiy sogʻlomlashtirishga, ijtimoiy moslashtirishga va jamiyatga uygʻunlashtirishga koʻmaklashadigan, ularning sifatli taʼlim va tarbiya olishi, shuningdek, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uy sharoitiga eng koʻp darajada yaqinlashtirilgan muhitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning vasiysi (homiysi) sifatida qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning hayoti va sogʻligʻi, psixologik va jismoniy rivojlanishi himoya qilinishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mehribonlik uyini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehribonlik uyi muassisning qarori asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining muassisligida ham Mehribonlik uyi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehribonlik uyi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehribonlik uyining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyining ustavi uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehribonlik uylari quyidagi tiplarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Mehribonlik uyi (3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi (maktabgacha va maktab yoshidagi yoki faqat maktab yoshidagi bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan korreksion Mehribonlik uyi (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi tipi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehribonlik uyi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mehribonlik uyiga bolalarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Mehribonlik uyiga qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari vafot etgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarining ota-onalik huquqlari cheklangan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddat kasal boʻlganligi uchun ota-onalik vazifalarini bajara olmagan ota-onalarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari bilan birga olti oydan ortiq muddat yashamagan hamda qarindoshlari yoki boshqa yaqin kishilari tomonidan vasiylik yoki homiylikka olish rad qilingan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalar bolalarni tarbiyalashdan yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgan, shu jumladan, ota-onalar oʻz bolalarini davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish va tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishni rad etgan hollarda, shuningdek, bolalar ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mehribonlik uyiga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi hamda ular majburiy umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimni tamomlagunga qadar muassasada boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar Mehribonlik uyiga qabul qilinganidan soʻng ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalariga (maktablar, maktab-internatlar) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mehribonlik uyiga kam taʼminlangan oilalarning bolalari ushbu oilalarni bir yilgacha muddatda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman (shahar) hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaning xulosasiga koʻra tuman (shahar) hokimining qarori bilan vaqtinchalik qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyida boʻlish muddatini yana bir yilga uzaytirish tarbiyalanuvchini dastlabki joylashtirish joyidagi tuman (shahar) hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaning oilaning yashash sharoiti moddiy ahvoli yaxshilanmaganligi hamda bolaning oilaga qaytishi maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosasiga koʻra tuman (shahar) hokimining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchilar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda belgilanadi, lekin tarbiyalanuvchilarning soni 140 nafardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyalanuvchilar soni 140 nafardan oshishiga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq, muassasaning tarbiyalanuvchilar bilan toʻldirilish sigʻimidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Xalq taʼlimi vazirligining roziligi asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari har xil yoki bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlariga birlashtiriladi. 7 yoshgacha boʻlgan turli yoshdagi bolalar guruhlarida tarbiyalanuvchilar soni 10 nafar etib belgilanadi, bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlarida esa: 4 yoshgacha boʻlgan bolalar — 8 nafar, 4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhida esa — 12 nafar bola boʻladi; tarbiyalanuvchilar guruhlaridagi oʻquvchilar soni I — XI sinflarda — 15 nafar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyida ijtimoiy-pedagogik, tibbiy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan korreksion guruhlar, shu jumladan, sport va harbiy sohaga qiziqishi boʻlgan VII — XI sinflarda oʻqiydigan bolalar uchun vatanparvarlik-sport yoʻnalishidagi guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyalanuvchilarni ixtisoslashtirilgan korreksion guruhlarga yoʻllash faqat tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan korreksion guruhlardagi bolalar soni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlarning) tarbiya guruhlaridagi bolalar soni meʼyorlariga muvofiq ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanparvarlik-sport yoʻnalishidagi guruhlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻiga asosan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bolalarni Mehribonlik uyiga yoʻllash bola yashaydigan joy boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mehribonlik uyiga yuboriladigan har bir bola uchun vasiylik va homiylik organi tomonidan, bir Mehribonlik uyidan boshqasiga oʻtkazishda esa — Mehribonlik uyi maʼmuriyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining bolani Mehribonlik uyiga yuborish toʻgʻrisidagi yoʻllanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman (shahar) hokimining bolani Mehribonlik uyiga joylashtirish haqidagi qarori (qarorda voyaga yetmagan bola, uning oilasi, turar joy maydoni bolaga biriktirilganligi toʻgʻrisidagi aniq qaydnoma bilan birgalikda turar joy maydoni mavjudligi toʻgʻrisidagi dalilli va toʻliq maʼlumotlar boʻlishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvidan koʻchirma, guvohnoma boʻlmagan taqdirda — bolaning yoshini aniqlaydigan tibbiy ekspertiza xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) analizlar natijalari va tibbiy-psixologik-pedagogik xulosa ilova qilingan holda bolaning psixik va jismoniy sogʻligʻi haqidagi tibbiy hujjatlar (tibbiy tekshirishlar natijalari ilova qilingan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) maʼlumoti haqidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, sudning hukmi yoki qarori, ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bolaning turmush sharoiti va tarbiyasi haqidagi tekshiruv dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) bolaning yaqin qarindoshlari mavjudligi haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bolaning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar bor boʻlsa) roʻyxati, ushbu mol-mulkning qayerda joylashganligi, uni saqlash uchun qanday choralar koʻrilganligi va ularni saqlash uchun javobgar shaxslar haqidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) bolaga turar joy biriktirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turar joy chizmasi nusxalari, turar joyning egasi va xususiylashtirilganligi holati toʻgʻrisida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan maʼlumotnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi sud qarori, omonat daftarchasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq Mehribonlik uyiga joylashtirishda yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga ota-onaning arizasi, turar joyi, kam taʼminlangan oila sifatida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida roʻyxatda turganligi haqidagi maʼlumotnomalar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bir oilaning aʼzolari boʻlgan bolalar yoki qarindoshlar bir muassasaga yuboriladi. Tibbiy yoki boshqa sabablarga koʻra ushbu bolalarni alohida tarbiyalash va joylashtirish kerak boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha Mehribonlik uyidan maktab yoshidagi bolalar uchun Mehribonlik uyiga yoki bir Mehribonlik uyidan boshqa Mehribonlik uyiga oʻtkazish 1-iyundan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyalanuvchilarni Bolalar uylaridan Mehribonlik uyiga qabul qilish majburiy tartibda, bola 3 yoshga toʻlgandan soʻng ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining taʼlimi, tarbiyasi va taʼminoti toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201.Mehribonlik uylariga tarbiyaga olingan yetim bolalarga (yigirma besh yoshga toʻlmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba tarbiyalanuvchi bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning taʼlim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishining oʻrtacha sutkalik maqbul meʼyorlariga muvofiq oziq-ovqat, shuningdek, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq norma boʻyicha oziq-ovqat, 2-ilovaga muvofiq norma boʻyicha kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar, 3-ilovaga muvofiq norma boʻyicha shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mehribonlik uyi maʼmuriyati tarbiyalanuvchilarning ushbu Mehribonlik uyida boʻlishining birinchi yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, uy-joy maydoniga ehtiyojmand boʻlgan tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mehribonlik uylarining ehtiyojmand tarbiyalanuvchilarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlashlari kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishiga kirishiga yordam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan taqdirda, Mehribonlik uyi maʼmuriyati tarbiyalanuvchiga homiylik qilishni bundan keyin mazkur taʼlim muassasasiga berish uchun tarbiyalanuvchi oʻqishga kirgan taʼlim muassasasi joylashgan joy boʻyicha vasiylik va homiylik organini hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyani xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muassasalar voyaga yetmaganning qonuniy vakili sifatida uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradilar hamda homiylik vazifalarini toʻliq bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akademik litseylarda oʻqiyotgan tarbiyalanuvchilar mazkur muassasada yotoqxona mavjud boʻlmagan taqdirda, Mehribonlik uyi maʼmuriyati bilan kelishgan holda, ular oʻqishni tamomlaguniga qadar Mehribonlik uyida yashashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bitiruvchilarning yashashi hamda ovqatlanishi bilan bogʻliq xarajatlar Mehribonlik uyi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mehribonlik uyining akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan sobiq tarbiyalanuvchilari oʻzlari taʼlim olayotgan taʼlim muassasalari maʼmuriyati bilan kelishgan holda taʼtil davrida, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek, kasallik davrida yashaganlik uchun haq toʻlamasdan Mehribonlik uyida turishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning yashashi hamda ovqatlanishi bilan bogʻliq xarajatlar Mehribonlik uyi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tarbiyalanuvchilar qonunchilik hujjatlariga, odob-axloq normalariga, Mehribonlik uyining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga, bilimlarni, amaliy koʻnikmalarni, kasb mahoratini muntazam va puxta egallashga, oʻzlarining umumiy va madaniy saviyasini oshirib borishga majbur.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mehribonlik uyidan chiqarishda tarbiyalanuvchilarga quyidagi hujjatlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, 16 yoshga toʻlganlar esa pasport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Mehribonlik uyida boʻlganlik haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sogʻligʻi haqida maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) maʼlumoti toʻgʻrisida hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning mol-mulkka, pul mablagʻlariga, turar joyga (oʻzi yoki ota-onasiga qarashli boʻlgan) egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchalari, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi va shaxsiy hujjatlar yigʻmajildidagi boshqa hujjatlar ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tarbiyalanuvchilarning Mehribonlik uyini bitirishi toʻgʻrisidagi qaror kollegial organ — Mehribonlik uyi Kengashi tomonidan qabul qilinadiva Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tarbiyalanuvchilarni ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan Mehribonlik uyidan qaytarib olish ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Bolaning yoshidan va qaytish holatlaridan qatʼi nazar, bola yashaydigan joy boʻyicha vasiylik va homiylik organining xulosasiga muvofiq chiqarilgan tuman (shahar) hokimining qarori tarbiyalanuvchining qaytishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mehribonlik uyi direktori tarbiyalanuvchilarni qabul qilish va ularni Mehribonlik uyidan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mehribonlik uyida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tarbiyalanuvchilarni oʻqitish Mehribonlik uyiga yaqin atrofda joylashgan umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bosqichda oʻqish yoshi va oʻqishning qancha vaqt davom etishi Mehribonlik uyi yoki tarbiyalanuvchi oʻqiyotgan boshqa taʼlim muassasasining ustavida belgilanadi. Har bir bosqichda oʻqishning qancha vaqt davom etishi toʻgʻrisidagi xulosa Mehribonlik uyi rahbari ishtirokida tarbiyalanuvchi oʻqiyotgan taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tarbiyalanuvchilar bilim olayotgan taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy va boshqa masalalari Mehribonlik uyi pedagogik jamoasi bilan yaqin hamkorlikda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mehribonlik uyidagi taʼlim-tarbiya, maʼnaviy-axloqiy ishlar taʼlim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik va dunyoviy tamoyillari asosida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning umumiy oʻrta taʼlim davlat standartlariga muvofiq fanlarning asoslari boʻyicha muntazam bilim, malaka va koʻnikmalarni egallab olishiga koʻmaklashadi, shuningdek, milliy va umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy fazilatlar shakllanishi, ijodiy qobiliyatlar, mehnat koʻnikmalari, atrof muhitga va kasb tanlashga ongli munosabatda boʻlishning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi va kasb-hunarni muvaffaqiyatli tanlashi, ularda ijtimoiy va hayotiy koʻnikmalarni hosil qilishga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslari faoliyatini tashkil etish va ularni zarur moddiy-texnika vositalar bilan taʼminlash muassasa mablagʻlari hamda boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning intellektual, axloqiy, jismoniy va quvnoq rivojlanishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun eng koʻp darajada qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari hisobga olingan holda tarbiyaning maqbul texnologiyalari, shakllari va usullari tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Maktabgacha yoshdagi bolalarga moʻljallangan Mehribonlik uyi, shuningdek, Mehribonlik uyining maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun davlat taʼlim talablari boʻyicha ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya jarayoni rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq taʼlim va tarbiyaning maxsus dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tarbiyalanuvchilarning individual, taʼlim-rivojlantiruvchi ehtiyojlarini qondirish, ularning isteʼdod va qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, keyinchalik kasbga yoʻnaltirish uchun ularning qiziqishlari va moyilliklarini aniqlash, boʻsh vaqtlarini va dam olishini tashkil qilish maqsadida Mehribonlik uyida ham muassasaning mablagʻlari, ham boshqa mablagʻlar hisobiga turli klublar, seksiyalar, toʻgaraklar, studiyalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, texnik, sport va boshqa yoʻnalishlardagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari ishlarida qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tarbiyalanuvchilarning madaniy-ommaviy, sport va mehnat faoliyatining turli shakllarida qatnashishi tashabbuskorlik, mustaqillik va vijdoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bolaga nisbatan doʻstona munosabatlar muhitini yaratish va yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Mehribonlik uyida bolalar birlashmalari tashkil qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Taʼtil vaqtida bolalarning dam olishi Mehribonlik uyining shahar tashqarisidagi oromgohlarda, dala hovlilarida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi Respublika Mehribonlik uylari sogʻlomlashtirish oromgohida hamda boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Taʼlim, mehnat, dam olish va turli tadbirlarning tibbiy-pedagogik jihatdan oʻzaro asosli bogʻliqligini taʼminlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning Mehribonlik uyida kecha-kunduz boʻlishlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ijtimoiy-psixologik pedagogik koʻmaklashishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga ijtimoiy, psixologik-pedagogik yordam berish hamda tarbiyalanuvchilarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash maqsadida ijtimoiy xizmat (keyingi oʻrinlarda — xizmat) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat tarkibi Mehribonlik uyining ijtimoiy muhofaza boʻyicha direktor oʻrinbosari, psixolog, vrach, defektolog, yoshlar yetakchisi rahbari, guruh rahbaridan iborat boʻladi. Xizmatga ijtimoiy ximoya boʻyicha direktor oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Xizmat xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini, ularning mol-mulkini himoya qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, psixologik-profilaktik, korreksion, maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari, pedagoglari, maʼmuriyati va boshqa xodimlari bilan psixologik-profilaktik maslahat berish, taʼlim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Xizmatning xodimlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ish olib boradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchining shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini oʻrganish va uning ijtimoiy maqomi barqarorligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning mulkiy va nomulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvo boʻyicha ish olib borish va yetishmayotgan hujjatlarni toʻplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar va ularning mol-mulkiga nisbatan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan shaxslar javobgarlikka tortilishiga koʻmaklashish;
(47-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarni aniqlash va ular bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning manfaatlarini koʻzlab sud majlislarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy bilimlar, oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha tarbiyalanuvchilar orasida taʼlim-tarbiya ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolaning Mehribonlik uyida yashashga moslashish uchun zarur boʻlgan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoridagi chekinishlar profilaktikasi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy rivojlanish va (yoki) reabilitatsiya qilishga ehtiyojmand boʻlgan tarbiyalanuvchilar toifasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamol topishning tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik muammolari tashxisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini kamol toptirish va reabilitatsiya qilishning shaxsiy dasturini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning kamol topishi va uning jamiyatga reabilitatsiyasining ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari yaratilishiga koʻmaklashish (pedagog xodimlar, tengdoshlar guruhlari, doʻstlar bilan ish olib borish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarni kasbga yoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarda oʻz taqdiri uchun masʼuliyat tuygʻusini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tarbiyalanuvchilarni oilaga oʻtkazish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini mustaqil hayotga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni tarbiyalanuvchini oilaga qabul qilishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini oʻz oilasiga qaytarishga tayyorlash va qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini farzandlikka olgan oilada yashashga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, xizmat vasiylik va homiylik organi tavsiyasiga asosan tarbiyalanuvchini oilaga farzandlikka yoki tarbiyaga (patronat) oluvchi nomzodlarni tanlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hujjatlari bilan nomzodlarni tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar uchun tarbiyalanuvchilarning kuzatuvini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarga tarbiyalanuvchini oilaga farzandilikka yoki tarbiyaga (patronat) olish yuzasidan tavsiya berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tarbiyalanuvchi Mehribonlik uyi hayotiga toʻlaqonli kirishib ketishini va keyinchalik uning jamiyatga ijtimoiy moslashishini taʼminlash uchun ijtimoiy xodim, psixolog, pedagog-tarbiyachi va vrach tomonidan birgalikda tarbiyalanuvchi bilan shaxsiy korreksion-tarbiya ishlarini olib borish dasturi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Mehribonlik uyi xodimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Pedagog xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishga qabul qilinadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mehribonlik uyining tibbiyot xodimlari tarbiyalanuvchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi, ularning oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yoʻnaltirilishi, tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya tadbirlariga jalb etilishi, Mehribonlik uyida sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar tashkil qilinishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlantirilishi amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari tahlili tegishli sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mehribonlik uyida taʼlim-tarbiya jarayonini psixologik taʼminlashni psixolog amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy kuzatib borish ijtimoiy soha organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mehribonlik uyi maʼmuriyati pedagog, tibbiyot va ijtimoiy soha xodimlarining pedagogik, kasbiy va psixologik mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Mehribonlik uyining pedagog va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mehribonlik uyining pedagog va tibbiyot hamda boshqa xodimlari Mehribonlik uyining ustaviga, ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, kasbiy axloq-odobga qatʼiy rioya etishi, taʼlim-tarbiya jarayonining yuqori samaradorligini taʼminlashi, tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy-psixologik va tibbiy jihatdan kuzatib borishi, oʻz kasbiy malakasini muntazam oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mehribonlik uyi xodimlarining lavozim boʻyicha huquqlari va majburiyatlari, rahbarlarining layoqati va funksiyalari qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, Mehribonlik uyi ustavida belgilanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Mehribonlik uyini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Mehribonlik uyini boshqarish demokratiya, oshkoralik prinsiplari asosida va Mehribonlik uyi jamoasi bilan jamoatchilikning oʻzaro hamkorligida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi Kengashi taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi Kengashining funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy ustavdan kelib chiqib, Mehribonlik uyi ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Mehribonlik uyi Kengashi faoliyat yoʻnalishi boʻyicha metodik birlashmalarga birlashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Mehribonlik uyida jamoaning umumiy yigʻilishi (konferensiya), pedagogik kengash faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mehribonlik uyiga bevosita rahbarlik qilish muassasa maʼmuriyatiga boshchilik qiladigan hamda mazkur Nizomga va Mehribonlik uyi ustaviga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(60-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor Mehribonlik uyidagi taʼlim-tarbiya jarayonlarining holati va faoliyati uchun toʻliq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Direktor Mehribonlik uyi nomidan ish olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Mehribonlik uyining mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqaradi va shartnomalar tuzadi.
(61-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qaror qabul qiladi hamda Mehribonlik uyiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Mehribonlik uyining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalq taʼlimi organlariga moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, tarbiya va taʼlim ishlarini takomillashtirishga, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan masalalarni hal etish hamda Mehribonlik uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(61-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Har bir Mehribonlik uyida Homiylik kengashi tuziladi. Mehribonlik uyi faoliyatini jamoatchilik asosida samarali boshqarishni taʼminlash, uni moddiy-texnik jihozlashga, xoʻjalik faoliyatiga, taʼlim-tarbiya jarayonini metodik va kadrlar bilan taʼminlashga, kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga taalluqli muhim vazifalarga koʻmaklashish va ularni hal etish Homiylik kengashining maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiylik kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy nizom asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Moliya-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Mehribonlik uyining moddiy-texnik bazasi zarur bino, sport inshootlari, kommunikatsiyalar, asbob-anjomlar, transport vositalari va oʻqitishda, tarbiyalashda hamda taʼlim-tarbiya sohasidagi boshqa vazifalarni hal etishda foydalaniladigan boshqa mol-mulkdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi binolari texnika xavfsizligi qoidalariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Mehribonlik uyini mablagʻ bilan taʼminlash belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(64-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Mehribonlik uyi tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Budjet mablagʻlarini sarflash tasdiqlangan xarajatlar smetasiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi homiylik orqali olingan mablagʻlardan pedagogik kengash qaroriga asosan mustaqil ravishda foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yil davomida foydalanilmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi, ushbu mablagʻlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq Mehribonlik uyining ehtiyojlariga sarflanadi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tuziladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Mehribonlik uyi xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Mehribonlik uyi davlat vakolatli organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mehribonlik uyining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Mehribonlik uyi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz yoʻnalishi boʻyicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Mehribonlik uyini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar nomi

Oʻlchov birligi

Maktab yoshidagi bir nafar tarbiyalanuvchi uchun

Maktabgacha yoshdagi bir nafar tarbiyalanuvchi uchun

Soni‎‎

Foydalanish muddati (yil)

Soni

Foydalanish muddati (yil)

Oʻgʻil bolalar uchun ‎

Qiz bolalar uchun

Kiyim-boshlar

1‎.

Qishki palto/kurtka‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

2‎

2‎.

Mavsumiy palto, kurtka‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

2‎

3‎.

Maktab formasi‎

toʻplam‎

1‎

1‎

1‎

-‎

-‎

4‎.

Oʻgʻil bolalar uchun kostumlar (galstuk bilan)

toʻplam‎

2‎

-‎

2‎

2‎

2‎

5‎.

Jun kostum (bayram uchun)‎

toʻplam‎

1‎

-‎

2‎

1‎

2‎

6‎.

Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan maktab koʻylaklari ‎

ta ‎

3‎

-‎

1‎

-‎

-‎

7‎.

Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan ustki koʻylak‎

ta ‎

3‎

-‎

1‎

3‎

1‎

8‎.

Qizlar uchun koʻylak (yubka, bluzka) ‎

ta ‎

-‎

3‎

1‎

3‎

1‎

9‎.

Qizlar uchun uy xalatlari/koʻylaklari ‎

ta ‎

-‎

2‎

1‎

2‎

1‎

10‎.

Qishki koʻylak (bayram uchun) ‎

ta ‎

-‎

1‎

1‎

1‎

1‎

11‎.

Jun sviterlar (jemperlar) ‎

ta ‎

2‎

2‎

2‎

2‎

2‎

12‎.

Yozgi koʻylaklar (bayram uchun) ‎

ta ‎

-‎

3‎

1‎

3‎

1‎

13‎.

Yozgi bosh kiyim ‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

14‎.

Qishki bosh kiyim ‎

ta ‎

2‎

2‎

1‎

2‎

1‎

15‎.

Qizlar uchun triko va shim ‎

ta ‎

-‎

4‎

1‎

4‎

1‎

16‎.

Dastroʻmollar ‎

ta ‎

6‎

6‎

1‎

6‎

1‎

17‎.

Oʻgʻil bolalar uchun shim kamari ‎

ta ‎

1‎

-‎

1‎

-‎

-‎

18‎.

Sharf ‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

2‎

19‎.

Qoʻlqoplar‎

juft‎

2‎

2‎

1‎

2‎

1‎

20‎.

Ichki koʻylak‎ (pijama)

toʻplam‎

4‎

4‎

2‎

5‎

2‎

21‎.

Sport formasi, krossovka ‎

toʻplam‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

22‎.

Byustgalter‎

ta ‎

-‎

3‎

1‎

-‎

-‎

23‎.

Kalta sport ishtoni ‎

ta ‎

2‎

2‎

1‎

1‎

1‎

24‎.

Maykalar‎

ta ‎

4‎

4‎

1‎

4‎

1‎

25‎.

Ip paypoqlar, golflar ‎

juft‎

5‎

5‎

1‎

6‎

1‎

26‎.

Jun paypoqlar, golflar ‎

juft‎

5‎

5‎

1‎

6‎

1‎

27‎.

Botinkalar, tuflilar‎

juft‎

3‎

3‎

1‎

3‎

1‎

28‎.

Shippaklar ‎

juft‎

2‎

2‎

1‎

2‎

1‎

29‎.

Qishki etiklar, botinkalar ‎

juft‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

30‎.

Kalishlar‎

juft‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

31‎.

Yarim jun sport kostumi ‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

32‎.

Tungi pijamalar‎

ta ‎

2‎

1‎

1‎

2‎

1‎

33‎.

Kolgotkalar‎

ta ‎

-‎

5‎

1‎

6‎

1‎

34‎.

Choʻmilish kiyimlari‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

35‎.

Rezina shapka ‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

1‎

36‎.

Ish kiyimi ‎

toʻplam‎

1‎

1‎

2‎

1‎

1‎

37‎.

Portfellar, sumkalar‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

-‎

-‎

38‎.

Shaxsiy buyumlarni saqlash uchun ryukzak/sumka ‎

ta ‎

1‎

1‎

3‎

1‎

5‎

Yumshoq jihozlar

39‎.

Choyshab‎

ta ‎

3

1‎

5‎

1‎

40‎.

Koʻrpa choyshabi ‎

ta ‎

2

1‎

2‎

1‎

41‎.

Yostiq jildi ‎

ta ‎

3

1‎

4‎

1‎

42‎.

Sochiq ‎

ta ‎

2

1‎

2‎

1‎

43‎.

Paxmoq sochiq ‎

ta ‎

2

1‎

2‎

1‎

44‎.

Jun yoki paxtali adyol ‎

ta ‎

1

6‎

1‎

6‎

45‎.

Paxmoq adyol ‎

ta ‎

1

3‎

2‎

3‎

46‎.

Toʻshak‎

ta ‎

1

4‎

2‎

3‎

47‎.

Momiqli va patli yostiq ‎

ta ‎

1

6‎

2‎

4‎

48‎.

Katta choyshab ‎

ta ‎

1

3‎

1‎

3‎

49‎.

Karavot yoniga toʻshaladigan gilamcha ‎

ta ‎

1

4‎

1‎

4‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini shaxsiy gigiyena buyumlari bilan yillik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Buyumlarning nomi

Oʻlchov birligi

3 — 7 yoshli bolalar uchun (soni)

8 — 13 yoshli bolalar uchun (soni)

14 — 16 yoshli bolalar uchun (soni)

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

1.

Atir sovun (100 gr)

dona

24

24

24

24

24

24

2.

Xoʻjalik (kir) sovuni (100 gr)

dona

12

12

12

12

12

12

3.

Shampun (200 gr)

dona

12

12

12

12

12

12

4.

Tish pastasi (30 gr)

tyubik

12

12

12

12

12

12

5.

Tish choʻtkasi

dona

3

3

3

3

3

3

6.

Taroq

dona

2

2

2

2

2

2

7.

Badanni yuvish uchun gubka

dona

2

2

2

2

2

2

7.

Poyabzal moyi

tyubik

2

2

2

2

2

2

8.

Hojatxona qogʻozi

oʻram

24

24

24

24

24

24

9.

Qiz bolalar uchun shaxsiy gigiyena vositasi (qistirma)

toʻplam

(10 dona)

-

-

-

12

-

12

10.

Kir yuvish kukuni (400 gr)

upakovka

8

8

8

8

12

12

11.

Togʻora (plastmassa) (sigʻimi 10 l) (foydalanish muddati 3 yil)

dona

1

1

1

1

1

1

12.

Soqol olish buyumi (britva), bir martalik

dona

-

-

-

-

12

5

13.

Soqol olish vositasi (soqol olish koʻpigi, loson) (100 — 150 gr)

flakon

-

-

-

-

6

-

14.

Dezodorant (aerozol)

dona

-

-

-

-

6

6

15.

Momiq (paxta) (200 gr)

toʻplam

-

4

-

4

-

4

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchaci toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun bolalar shaharchasi maqomini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, ularda taʼlim-tarbiya jarayonini, ushbu muassasalar xodimlarining hamda bunday muassasalarga tarbiyalash uchun berilgan bolalarning (keyingi oʻrinlarda — tarbiyalanuvchilar) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bolalar shaharchasi tarbiya muassasasi hisoblanadi, uning doirasida ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar kichik guruhlar shaklida oiladagiga yaqinlashtirilgan sharoitlarda tarbiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalari ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun tarbiya muassasalarining yanada mukammallashgan turlari sifatida, shu jumladan, “Mehribonlik” uylarini bolalar shaharchalariga bosqichma-bosqich aylantirish shartlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bolalar shaharchasi ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarning yashashga va oilada tarbiyalashga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek, ijtimoiy moslashish va jamiyatga integratsiyalash uchun ularning maʼnaviy-axloqiy, mehnat tarbiyasi va taʼlim olishini har tomonlama taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Bolalar shaharchasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi oilaviy muhitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni taʼminlash, shuningdek, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishni, psixologik va tibbiy-pedagogik reabilitatsiya qilishni va ularni jamiyatga moslashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni milliy anʼanalar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarda mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, ularga kasb tanlashi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bolalar shaharchasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolalar shaharchasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolalar shaharchasi bilan bir qatorda nodavlat bolalar shaharchalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bolalar shaharchasini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bolalar shaharchasi muassisning qarori asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat Bolalar shaharchasining muassisi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar nodavlat Bolalar shaharchasining muassisi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat Bolalar shaharchasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat Bolalar shaharchasini tashkil etishda muassis tomonidan uni kamida 3 yil mobaynida oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirishning aniq manbalari kafolatlari va tasdiqnomasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolalar shaharchasi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi. Bolalar shaharchasining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasining ustavi uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi. Nodavlat Bolalar shaharchasi ustavi ularning hududiy joylashishiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bolalar shaharchasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tarbiyalanuvchilarni Bolalar shaharchasiga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarni Bolalar shaharchasi oilasiga berish qonunchilik hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasiga ota-onasining qarovisiz qolgan yangidan aniqlangan bolalar ham, ixtisoslashtirilgan bolalar taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchilari ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalar shaharchasiga quyidagilar qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari vafot etgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarining ota-onalik huquqlari cheklangan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddat kasal boʻlganligi uchun ota-onalik vazifalarini bajara olmagan shaxslarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari bilan birga olti oydan ortiq muddat yashamagan hamda qarindoshlari yoki boshqa yaqin kishilari tomonidan vasiylik yoki homiylikka olish rad qilingan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalar bolalarni tarbiyalashdan yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgan, shu jumladan, ota-onalar oʻz bolalarini davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish va tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga oʻxshash muassasalardan olishni rad etgan hollarda, shuningdek, bolalar ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bolalarni Bolalar shaharchasiga yoʻllash bola yashaydigan joy boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bolalar shaharchasiga yuboriladigan har bir bola uchun vasiylik va homiylik organi tomonidan, bir Bolalar shaharchasidan boshqasiga oʻtkazishda esa — Bolalar shaharchasi maʼmuriyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining bolani Bolalar shaharchasiga yuborish toʻgʻrisidagi yoʻllanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman (shahar) hokimining bolani Bolalar shaharchasiga joylashtirish haqidagi qarori (qarorda voyaga yetmagan bola, uning oilasi, turar joy maydoni bolaga biriktirilganligi toʻgʻrisidagi aniq qaydnoma bilan birgalikda turar joy maydoni mavjudligi toʻgʻrisidagi dalilli va toʻliq maʼlumotlar boʻlishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvidan koʻchirma, guvohnoma boʻlmagan taqdirda — bolaning yoshini aniqlaydigan tibbiy ekspertiza xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma va bolaning rivojlanish tarixi (112/h-shakli)dan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlar (ota-onalarning vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, ota-onalik huquqlari cheklanganligi, ota-onalar muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida sudning hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bolaning yaqin qarindoshlari mavjudligi haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) bolaning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar bor boʻlsa) roʻyxati, ushbu mol-mulkning qayerda joylashganligi, uni saqlash uchun qanday choralar koʻrilganligi va ularni saqlash uchun javobgar shaxslar haqidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bolaga turar joy biriktirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turar joy chizmasi nusxalari, turar joyning egasi va xususiylashtirilganligi holati toʻgʻrisida kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimlaridan maʼlumotnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) nafaqa, pensiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bolalarni Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berishda vasiylik va homiylik organlari bolalarning manfaatlarini hisobga olishi kerak. Oʻn yoshga toʻlgan bolalar Bolalar shaharchasi oilasiga faqat ularning roziligi bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tarbiyalanuvchilarni Bolalar uylaridan Bolalar shaharchasiga qabul qilish majburiy tartibda, bola 3 yoshga toʻlgandan soʻng ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bolalar shaharchasidan chiqarishda tarbiyalanuvchilarga quyidagi hujjatlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, 16 yoshga toʻlganlarga esa pasport ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bolalar shaharchasida boʻlganlik haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sogʻligʻi haqida maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) maʼlumoti toʻgʻrisida hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning mol-mulkka, pul mablagʻlariga, turar joyga (oʻzi yoki ota-onasiga qarashli boʻlgan) egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchalari, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi va shaxsiy hujjatlar yigʻma jildidagi boshqa hujjatlar ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tarbiyalanuvchilarning Bolalar shaharchalarini bitirishi toʻgʻrisidagi qaror kollegial organ — Bolalar shaharchasi Kengashi tomonidan qabul qilinadi va ushbu qaror tarbiyalanuvchini muassasadan chiqarishga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bolalar shaharchasi direktori tarbiyalanuvchilarni qabul qilish va ularni Bolalar shaharchasidan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vasiylik va homiylik organlari bolalarni Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun tanlashda ularga meros, hadya tartibida yoki boshqa qonuniy asoslarda oʻtgan mol-mulk mavjudligini aniqlashi hamda bolalarning mulkiy huquqlari muhofaza qilinishi va ushbu mol-mulk saqlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrishlari shart (qonun boʻyicha bolalar meros qilib olishi kerak boʻlgan mol-mulkni aniqlash, saqlash va boshqarish, mol-mulkni noqonuniy egallab olgan shaxslardan uni talab qilish, qarzdorlardan pul va boshqa mablagʻlarni undirish hamda hokazolar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalarda boshqa joyda turgan mol-mulk mavjud boʻlsa, u holda ushbu mol-mulkni muhofaza qilish mol-mulk turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi va zaruriyat boʻlganda ular tomonidan mol-mulkka vasiy tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bolalar shaharchalarida tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bolalar shaharchasida tarbiya jarayoni oilaviy tipga koʻra tashkil etiladi. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalar tarbiyachi boshchiligida guruhlarga boʻlinadi, guruhlar oilalar deb ataladi. Har qaysi oilada turli yoshdagi 6 nafardan 8 nafargacha bolalar tarbiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bolalar shaharchasining har qaysi oilasi alohida uylarga yoki alohida turar joylarga (kvartiralarga) joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bolalar shaharchasida kamida 6 ta oila tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchi bolalarning umumiy soni 140 nafardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyalanuvchilar soni 140 nafardan oshishiga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq, muassasaning tarbiyalanuvchilar bilan toʻldirilish sigʻimidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Xalq taʼlimi vazirligining roziligi asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bolalar shaharchasiga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi hamda ular majburiy umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimni tamomlagunga qadar muassasada boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar Bolalar shaharchasiga qabul qilinganidan soʻng ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalariga (maktablar, maktab-internatlar) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tarbiyachilar bolalarni tarbiyalash usullarini belgilashda vasiylik va homiylik organining tavsiyanomalariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tarbiyachi tarbiyalanuvchining taʼlim muassasasini va oʻqitish shaklini tanlashda bolalarning xohishlarini hisobga olishi va bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tarbiyachilar oʻz vakolatlarini amalga oshirishda bolalarning jismoniy va ruhiy holatiga, ularning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazishga haqli emas. Tarbiyalash usullari bolalarning qadr-qimmatini tahqirlovchi mensimaslik, shafqatsizlik, qoʻpollik munosabatlaridan xoli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga ijtimoiy, psixologik-pedagogik yordam berish hamda tarbiyalanuvchilarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash maqsadida ijtimoiy xizmat (keyingi oʻrinlarda — xizmat) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat tarkibi Bolalar shaharchasining oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, ijtimoiy xodim, psixolog, vrach, guruh rahbaridan iborat boʻladi. Xizmatga ijtimoiy xodim boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xizmatning xodimlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ish olib boradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchining shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini oʻrganish va uning ijtimoiy maqomi barqarorligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning mulkiy va nomulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvo boʻyicha ish olib borish va yetishmayotgan hujjatlarni toʻplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar va ularning mol-mulkiga nisbatan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan shaxslar javobgarlikka tortilishiga koʻmaklashish;
(29-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarni aniqlash va ular bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning manfaatlarini koʻzlab sud majlislarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy bilimlar, oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha tarbiyalanuvchilar orasida taʼlim-tarbiya ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolaning Bolalar shaharchasida yashashga moslashish uchun zarur boʻlgan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoridagi chekinishlar profilaktikasi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy rivojlanish va (yoki) reabilitatsiya qilishga ehtiyojmand boʻlgan tarbiyalanuvchilar toifasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamol topishning tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik muammolari tashxisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini kamol toptirish va reabilitatsiya qilishning shaxsiy dasturini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning kamol topishi va uning jamiyatga reabilitatsiyasining ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari yaratilishiga koʻmaklashish (pedagog xodimlar, tengdoshlar guruhlari, doʻstlar bilan ish olib borish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarni kasbga yoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarda oʻz taqdiri uchun masʼuliyat tuygʻusini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tarbiyalanuvchilarni oilaga oʻtkazish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini mustaqil hayotga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni tarbiyalanuvchini oilaga qabul qilishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini oʻz oilasiga qaytarishga tayyorlash va qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchini farzandlikka olgan oilada yashashga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, xizmat vasiylik va homiylik organi tavsiyasiga asosan tarbiyalanuvchini oilaga farzandilikka yoki tarbiyaga (patronat) oluvchi nomzodlarni tanlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hujjatlari bilan nomzodlarni tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar uchun tarbiyalanuvchilarning kuzatuvini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarga tarbiyalanuvchini oilaga farzandilikka yoki tarbiyaga (patronat) olish yuzasidan tavsiya berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalarga Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba tarbiyalanuvchi bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning taʼlim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bolalar shaharchasi xodimlari tarbiyalanuvchilarning aka-ukalari va opa-singillarini, boshqa qarindoshlarini qidirib topishga hamda ularning munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishlari shart, tarbiyalanuvchilarning manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoli hollarda tarbiyalanuvchi bilan uning ota-onalari, qarindoshlari oʻrtasidagi munosabatlar tartibi vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bolalar shaharchasining rahbarlari va pedagog xodimlari tarbiyalanuvchilarni oilaga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bolalarni oilaga berishda Bolalar shaharchasi maʼmuriyati, birinchi navbatda, bolalarning manfaatlariga amal qilishi, ularning etnik jihatdan kelib chiqishini, muayyan dinga va madaniyatga mansubligini hisobga olishi, ona tilida muomala qilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi, tarbiyalash va taʼlim berishda izchillikni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aka-ukalar va opa-singillar bitta oilaga berilishi kerak, tibbiy yoxud boshqa sabablarga koʻra ular birgalikda tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan holatlar bundan mustasno. Bolalarning birgalikda tarbiyalanishiga monelik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tarbiyalash uchun Bolalar shaharchasiga berilishi mumkin boʻlgan bolalar soni va ularni berish navbati Bolalar shaharchasi oilasining maʼmuriyati, pedagog-psixologi va tarbiyachisi bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni tanlash maqsadida davlat Bolalar shaharchasi maʼmuriyatining yozma ruxsatnomasi boʻyicha Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini dam olish, bayram va taʼtil kunlari taklif qilishlari mumkin. Mehribonlik uylari maʼmuriyati tarbiyachilarni ushbu tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari bilan tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bolalar shaharchasi tarbiyachilari Bolalar shaharchasi oilalari bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida birkitilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bolalar shaharchasi maʼmuriyati tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashuviga va ularning ota-onalik huquqlari tiklangan taqdirda, ular bilan birlashishiga hamda bolaning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda qarshilik koʻrsatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tarbiyalanuvchilarni ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan Bolalar shaharchasidan qaytarib olish ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Bolaning yoshidan va qaytarib olish sabablaridan qatʼi nazar, bola yashaydigan joy boʻyicha vasiylik va homiylik organining xulosasiga muvofiq chiqarilgan hokimning qarori tarbiyalanuvchining muassasadan chiqarilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tarbiyalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari qonunchilik hujjatlariga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq huquqlarga ega va majburiyatlarni oladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tarbiyalanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlari Bolalar shaharchasi maʼmuriyati, vasiylik va homiylik organi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa organlar tomonidan himoya qilinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchisi Bolalar shaharchasi maʼmuriyati, shuningdek, tarbiyachi tomonidan suiisteʼmolliklar sodir etilishidan himoyalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasida boʻlgan butun davrda meros yoki hadya tartibida, shuningdek, boshqa qonuniy asoslarga koʻra ota-onalar, qarindoshlar yoki boshqa shaxslardan unga oʻtgan mol-mulkka, turar joyga mulk huquqini saqlab qoladi. Turar joy tarbiyalanuvchi Bolalar uyida boʻlgan butun davr mobaynida unda saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tarbiyalanuvchi unga berilishi kerak boʻlgan alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga boʻlgan huquqni (boquvchisini yoʻqotganda, nogiron boʻlib qolganda) hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga huquqni oʻzida saqlab qoladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar uyidagi tarbiyalanuvchining taʼminoti uchun ota-onadan undiriladigan mablagʻlar, unga tayinlangan nafaqa va boshqa toʻlovlar tarbiyalanuvchining nomiga ochilgan bank hisobraqamlariga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tarbiyalanuvchi oʻziga tegishli boʻlgan uy-joy ijaraga berilishidan olingan daromadlarga, ijodiy, kasbiy, mehnat faoliyatidan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlarga huquqni saqlab qoladi. Bitimlardan olingan daromadlar maʼmuriyat tomonidan faqat tarbiyalanuvchining manfaatlarini koʻzlab hamda vasiylik va homiylik organining roziligi bilan sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tarbiyalanuvchi oilaga qaytganda (farzandlikka olinganda) yoki Bolalar shaharchasidan tarbiyalab chiqarilgandan keyin tarbiyalanuvchining mol-mulki va hujjatlari notarial tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ota-onasiga yoki tarbiyalanuvchining oʻziga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish Bolalar shaharchasi vrachi, shuningdek, Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi maʼmuriyati tibbiyot xodimi uchun alohida xona va tibbiy asbob-uskunalar ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari maktabgacha tarbiya va umumtaʼlim muassasalarida umumiy asoslarda tarbiyalanadi va oʻqitiladi, bunda bolalar davlat maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlgan vaqt uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar uchun qoʻshimcha taʼlim (toʻgaraklar, studiyalar, sport seksiyalari va hokazolar) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari davlatga qarashli maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻqiganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Taʼtil vaqtida bolalarning dam olishi Bolalar shaharchasiga qaraydigan shahar tashqarisidagi oromgohda, dala hovlilarda, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi respublika Mehribonlik uylari sogʻlomlashtirish oromgohida hamda boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar mavjud boʻlgan maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan bolalarning rivojlanishida aniqlangan nuqsonlarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni psixofizik rivojlanish xususiyatlariga ega boʻlgan tarbiyalash va oʻqitish dasturlari boʻyicha taʼlim tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bolalar shaharchasi maʼmuriyati tarbiyalanuvchilarning akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishiga yordam beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilariga akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yoʻllanma berishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl haqi va yoʻldagi vaqtda ovqatlanish xarajatlari toʻlanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Akademik litseyda oʻqiyotgan tarbiyalanuvchilar mazkur muassasada yotoqxona mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu muassasalarni tamomlaguniga qadar Bolalar shaharchasida yashaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyalanuvchilar Bolalar shaharchasi maʼmuriyati bilan kelishuv asosida, akademik litseyni tamomlagunga qadar, agar mazkur taʼlim muassasasida yotoqxona boʻlmasa yoki mazkur taʼlim muassasasi va Bolalar shaharchasi bitta aholi punktida joylashgan boʻlsa, Bolalar shaharchasida yashash huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bitiruvchilarning yashashi hamda ovqatlanishi bilan bogʻliq harajatlar Bolalar shaharchasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Bolalar shaharchasining akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar va oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan sobiq tarbiyalanuvchilari oʻzlari taʼlim olayotgan taʼlim muassasalari maʼmuriyati bilan kelishgan holda taʼtil davrida, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek kasallik davrida yashaganlik uchun haq toʻlamasdan Bolalar shaharchasida turishlari mumkin. Vaqtincha yashaydigan oʻquvchilar va talabalar Bolalar shaharchasi uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash sharti bilan ovqat bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Vasiylik va homiylik organlari tarbiyalanuvchilarning farovonligi, sogʻligʻi (sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ustidan oylik nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Bolalar shaharchasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Bolalar shaharchasiga bevosita rahbarlik muassasa maʼmuriyatiga boshchilik qiladigan hamda mazkur Nizomga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Bolalar shaharchasi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat Bolalar shaharchasi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda nodavlat Bolalar shaharchasi muassisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(54-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu malaka talablari nodavlat Bolalar shaharchalariga ham tatbiq etiladi. Bolalar shaharchasiga bevosita rahbarlik muassasa maʼmuriyatiga boshchilik qiladigan hamda mazkur Nizomga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Bolalar shaharchasi direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi nomidan ish koʻradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida Bolalar shaharchasi mol-mulkini boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalarida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va boshqa bank hisob raqamlari ochadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni ishga qabul qiladi va joy-joyiga qoʻyadi, Bolalar shaharchasi xodimlarini ragʻbatlantiradi, ularga intizomiy jazolar beradi va ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning hayoti muhofaza qilinishi va sogʻligʻi mustahkamlanishi, oʻquv-tarbiya jarayonining holati, moliya-xoʻjalik faoliyati, buxgalteriya hisobi va hisoboti, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Bolalar shaharchasi direktorining uch nafar: tarbiyaviy ishlar, ijtimoiy masalalar va maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Bolalar shaharchasi direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Direktor va uning oʻrinbosarlari lavozimlarining malaka tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Bolalar shaharchasi direktori va uning oʻrinbosarlari bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Bolalar shaharchasi direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatiga baho berish mezonlarini ishlab chiqadi, ushbu mezonlar asosida ularning faoliyati baholanadi va keyingi yil uchun mehnat shartnomasini uzaytirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Bolalar shaharchasi maʼmuriyati har yili Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻi, ularni tarbiyalash ishlari toʻgʻrisida, shuningdek tarbiyalanuvchilarning mol-mulkini boshqarish boʻyicha hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Bolalar shaharchasi xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bolalar shaharchasi direktori jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shuningdek, sudlarda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan qonuniy vakil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor, agar vasiylik va homiylik organi tomonidan maʼmuriyat va bolalarning manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik mavjudligi aniqlansa, bolalarning manfaatlarini ifodalashga haqli emas. Ular oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi boshqa vakilni tayinlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Bolalar shaharchasi oilalarida tarbiyachilar Oʻzbekiston Respublikasining 30 yoshga toʻlgan, biroq 55 yoshdan katta boʻlmagan fuqarolari — yolgʻiz ayollar yoki farzandsiz er-xotinlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Tarbiyachi Bolalar shaharchasi oilasi boshligʻi hisoblanadi. Tarbiyachilar belgilangan tartibda direktor tomonidan tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Tarbiyachilarning malaka talablari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachilarni tanlashda oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik, psixologik yoki tibbiy maʼlumotli, ijtimoiy ish koʻnikmasiga ega boʻlgan shaxslarga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shaxslar tarbiyachilar boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan oʻziga yuklangan majburiyatlar zarur tarzda ijro etilmaganligi uchun vasiy (homiy) majburiyatlaridan chetlatilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar farzandlikka olish ularning aybi bilan sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa, sobiq farzandlikka olganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan bola tarbiyasi boʻyicha majburiyatlarni bajarishga qodir boʻlmagan ishga qoʻyish uchun qarshilik koʻrsatuvchi umumiy tibbiy moneliklarga ega boʻlgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning tarbiyachi boʻlishiga monelik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Tarbiyachi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni tarbiyalash, ularning sogʻligʻi, jismoniy, psixik, axloqiy-maʼnaviy kamol topishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilada axloqiy-maʼnaviy va uy muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz majburiyatlarini tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazmagan holda bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola uchun oʻziga berilgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har olti oyda tibbiy dispanser koʻrigidan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda malaka oshirish kurslaridan oʻtish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki yilda Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida qoʻshimcha oʻqitishning ikki haftalik kursidan oʻtish;
(63-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
(63-band toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tarbiyachi ota-onalar (ularning oʻrnini bosadigan shaxslar) uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi, aliment toʻlash majburiyati bundan mustasno.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda, shuningdek, bolalar ota-onalariga qaytarilgan (farzandlikka olingan) taqdirda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tarbiyachilar Bolalar shaharchasida mehnat shartnomasining butun amal qilish muddati mobaynida yashaydilar va tarbiyalanuvchilar bilan birga bepul ovqatlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachining ovqatlanish xarajatlarini rejalashtirish bir bola uchun oʻrtacha sutkalik ovqatlanish meʼyorlari miqdorida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Bolalar shaharchasidagi tarbiyalanuvchilar manfaatlarini yanada toʻliq taʼminlash uchun tarbiyachilarga Bolalar shaharchasi hududida yashaydigan tarbiyachi yordamchilari yordam beradilar hamda ular boʻlmaganda va ularning taʼtili davrida ularning vazifasini bajarib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Bolalar shaharchasining mukammal faoliyat yuritishi uchun Bolalar shaharchasi xodimlari soni va zarur lavozimlar roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq uning tuzilmasiga kiradigan oilalar soniga bogʻliq holda namunaviy shtatlarga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Bolalar shaharchasi xodimlari bir yil muddatga tanlov asosida ishga qabul qilinadi, ushbu muddat yillik ish natijalariga koʻra keyingi yilga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Pedagoglar, ijtimoiy xodimlar va psixologlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ruhiy va ijtimoiy pedagogik yordam koʻrsatadilar, ular Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining ruhiy, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish ishlarini tashkil qiladilar.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Bolalar shaharchasining tibbiyot xodimlari tarbiyalanuvchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrigini tashkil etish, ularning oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan davolanishga yoʻnaltirilishi, tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya tadbirlariga kiritilishi, Bolalar shaharchasida sanitariya va epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya qilinishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishi, ularning jismoniy va aqliy yuklamalari meʼyorlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Bolalar shaharchalari taʼminoti va ularni moddiy-texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Davlat Bolalar shaharchalari taʼminoti va ularni moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(72-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat bolalar shaharchalari (“SOS” — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining tarbiyaviy muassasalari bundan mustasno) tarbiyalanuvchilari muassislar taʼminotida boʻladi. Bunda mablagʻ bilan taʼminlash ushbu Nizomda davlat bolalar shaharchalari uchun belgilangan miqdorlar va normativlardan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Bolalar shaharchalari, qoidaga koʻra, tumanlar markazlarida va yirik shaharlarning shahar atrofi hududlarida joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi hududi, binolari va inshootlariga nisbatan minimal talablar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(73-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasining moddiy-texnik jihozlanishiga nisbatan minimal talablar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasining moddiy-texnik Bolalar shaharchasi binolari texnika xavfsizligi qoidalariga, shuningdek sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Bolalar shaharchasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng uning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat bolalar shaharchalari tarmoqlar, shtatlar jadvali va kontingent boʻyicha moliya organlariga hisobot topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Davlat bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarining oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishining oʻrtacha sutkalik maqbul meʼyorlariga muvofiq oziq-ovqat, shuningdek, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq norma boʻyicha kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar, 3-ilovaga muvofiq norma boʻyicha shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Binolar saqlanishi uchun xarajatlar va Bolalar shaharchalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa joriy xarajatlar bilan birgalikda kommunal xizmatlar boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash naqd pulsiz toʻlovlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Davlat bolalar shaharchalarida har oyda tarbiyachiga oila xarajatlarini qoplash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar muassasaning xarajatlar smetasi doirasida naqd pul shaklida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, poyabzallar, choyshablar va sochiqlar, kundalik xoʻjalik va shaxsiy gigiyena buyumlari, oʻyinchoqlar, oʻquv qurollari, badiiy kitoblar, boshqa mayda xoʻjalik buyumlari sotib olish va transport xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlomlashtirish, taʼlim berish va madaniy-ommaviy tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Tarbiyachilar tomonidan oila budjeti mablagʻlaridan tejab qolingan pullar oila bayramlari va oilaning boshqa maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Davlat Bolalar shaharchalarini moliyalashtirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga xarajatlar ajratish Mehribonlik uylari uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Davlat Bolalar shaharchalaridagi bitta tarbiyalanuvchining oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq mebel bilan taʼminlash meʼyori Mehribonlik uylari uchun tasdiqlangan meʼyorlarga oʻxshash holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Bolalar shaharchasida moliyaviy boshqarish tizimi Bolalar shaharchasining har bir oilasida moliyaviy javobgarlik va hisobot berishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy-boshqaruv mexanizmlari Bolalar shaharchasi rahbariyati tomonidan har bir oilaning tabiiy jarayonlariga aralashishini kamaytirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Bolalar shaharchasining barcha rahbar, pedagog va boshqa xodimlariga yetim bolalar bilan ishlashning maxsus sharoitlari uchun ish haqi stavkasiga 50 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachilar va tarbiyachining yordamchilariga bolalar bilan kecha-kunduz, shu jumladan, tungi vaqtda ishlaganligi uchun ish haqi stavkasiga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Budjetning gʻaznachilik ijrosiga oʻtmagan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi taʼminoti uchun ajratiladigan pul mablagʻlari har oyda uning bankdagi hisob raqamiga belgilangan muddatlarda va tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Budjetning gʻaznachilik ijrosiga oʻtgan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliya organlarida, shuningdek, gʻaznachilik boʻlinmalarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari asosida toʻlash uchun gʻaznachilik hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Bolalar shaharchasini moddiy qoʻllab-quvvatlash, tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash maqsadida Bolalar shaharchasi maʼmuriyati vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni tashkil etish huquqiga ega.
(85-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi maʼmuriyati budjetdan tashqari mablagʻlarni oʻtkazish uchun alohida bank hisob raqamini ochish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Bolalar shaharchasiga berilgan bolalarning taʼminoti uchun mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha meʼyorlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda toʻliq hajmda toʻlanishi lozim. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan moliya yilida toʻlanmagan pul mablagʻlari keyingi moliya yilida toʻlanadi.
(86-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Yil davomida foydalanilmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi, ushbu mablagʻlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq Bolalar shaharchasining ehtiyojlariga sarflanadi.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Bolalar shaharchasining barcha moliyav-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobini Bolalar shaharchasi buxgalteri amalga oshiradi, u tegishli xalq taʼlimini moliyalashtirish boʻlimlariga har oyda va har chorakda hisobot topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Bolalar shaharchasi buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Barcha tarbiyachilar moddiy javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini tashkil etish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida bir marta (tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida ikki marta) sotib olish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning ularning yoshiga muvofiq ravishda balanslangan ovqatlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachi ovqat pishirish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma boʻyicha hisobdan chiqarmasdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oiladagi bolalarning sifatli va toʻlaqonli ovqatlanishining tashkil etilganligi bolalarni doimiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, umumiy rivojlanishi, oʻsishi, vazni, shuningdek, vrach va Bolalar shaharchasi maʼmuriyatining tanlab nazorat qilish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Mahsulotlar chakana savdo tashkilotlaridan xarid qilganda toʻlov cheklari saqlab qoʻyiladi, oziq-ovqat bozoridan naqd pulga xarid qilingan mahsulotlar uchun esa dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni hisobdan chiqarish tarbiyachilar tomonidan taqdim etilgan cheklar va dalolatnomalar asosida doimiy ishlaydigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Doimiy ishlaydigan komissiya tarkibi Bolalar shaharchasi direktori tomonidan bir yilga belgilanadi va uning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Bolalar shaharchasidan uzoq masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan tarbiyalanuvchilarga, yirik xaridlardan tashqari, Bolalar shaharchasidagi tushlik pul qiymatidan oshmaydigan miqdorda tushlikka naqd pul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Tushlik uchun naqd pullar normativlari summalarni tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab taqsimlagan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Bolalar shaharchasining tarbiyalanuvchilari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun koʻzda tutilgan barcha imtiyozlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Bolalar shaharchasi vrachi tarbiyachiga oziq-ovqat mahsulotlari tanlashda maslahat yordami beradi va ovqatlanishni tashkil etishni va uning sifatini tanlab nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi vrachi buxgalteriya va tarbiyachilarning dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun ishlatgan mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha hisob-kitob yozishmalarini toʻsqinliksiz olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Bolalar shaharchasining moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni moliya organlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Bolalar shaharchasining moddiy-texnika bazasi binolar, inshootlar, yer uchastkalari, kommunikatsiyalar, inventarlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Bolalar shaharchasi maqomi oxirgi tarbiyalanuvchi voyaga yetgunga, vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronatga) yoki shu turdagi boshqa muassasaga joylashtirilgunga qadar saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Bolalar shaharchasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
(103-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Bolalar shaharchasi tugatilganda uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash toʻlovlarini chegirgan holda qonunchilik hujjatlariga va uning ustaviga muvofiq foydalaniladi.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalarining namunaviy shtatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏

Lavozimlar nomi‎‏

Oilalar soniga koʻra shtat birliklari soni ‎‎

12 oila‎

16 oila‎

18 va undan koʻp oila‎

1.‎

Direktor ‎

1‎

1‎

1‎

2.‎

Direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari‎

1‎

1‎

1‎

3.

Direktorning ijtimoiy masalalar boʻyichaoʻrinbosari

1‎

1‎

1‎

4.‎

Direktorning tarbiya ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari‎

1‎

1‎

1‎

5.‎

‎Yuristkonsult

0,5‎

0,5‎

0,5‎

6.‎

Tarbiyachi ‎

12‎

16‎

18 va undan ortiq‎

7.‎

Tarbiyachining yordamchisi‎

6‎

8‎

9 va undan ortiq‎

8.‎

Ijtimoiy xodim‎

1‎

1,5‎

2‎

9.‎

Psixolog

2

2

2

10.‎

Bosh buxgalter‎

1‎

1‎

1‎

11.‎

Buxgalter ‎

1‎

1‎

1‎

12.‎

Kassir ‎

1‎

1‎

1‎

13.‎

Vrach ‎

1‎

1‎

1‎

14.‎

Ish yurituvchi kotib‎

1‎

1‎

1‎

15.‎

Musiqa rahbari‎

1‎

1‎

1‎

16.‎

Tibbiy hamshira‎

1‎

1‎

1‎

17.‎

Jismoniy tarbiya instruktori‎

1‎

1‎

1‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlovchilar soni 200 nafargacha boʻlgan bolalar shaharchalariga bir necha lavozimda ishlash shartlarida ish haqi toʻlangan holda 0,5 shtat birligidan iborat boʻlgan fuqaro mudofaasi boʻyicha mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil, avtobus, mikroavtobus yoki yuk transporti mavjud boʻlgan bolalar shaharchalarida haydovchi lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorovul lavozimi dam olish kunlari, bayram kunlari va taʼtil davrida oʻrniga oʻzganing ishlashini hisobga olgan holda 2,5 — 3 shtat birligi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalarida maʼmuriy binolar hududini supurish-yigʻishtirish uchun xizmatchi lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mevali bogʻ yoki manzarali oʻsimliklardan iborat boʻlgan kamida 1,5 ga yer uchastkasi mavjud boʻlgan bolalar shaharchalarida bogʻbon lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitish mavsumida (kochegarlar), binolar, inshootlar va asbob-uskunalarga kompleks xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishchilar (kochegarlar) yoki quyidagi hisob-kitoblar boʻyicha oʻt yoquvchilar (kochegarlar) lavozimlari joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy isitish tarmogʻi mavjud boʻlganda — har bir bugʻqozonga bir smena uchun 1 birlik kochegar lavozimi, isitish yuzasi 75 kv. metrdan ortiq boʻlgan, yoqilgʻining qattiq turlari (torf, toshkoʻmir) qoʻllanadigan bugʻqozonlarga — har bir bugʻqozon uchun bir smenada 2 birlik kochegar lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz bilan isitishda — bir smena uchun 1 birlik kochegar lavozimi, xavfsizlik avtomatikasi mavjud boʻlmagan bugʻqozonxonalarda esa bir smena uchun 2 birlik kochegar lavozimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishchilar lavozimi quyidagi hisob-kitob boʻyicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 500 yoritish nuqtasi uchun 1 birlik elektromontyor lavozimi, biroq u Bolalar shaharchasi uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv quvuri va kanalizatsiya bilan taʼminlangan har 2000 kv. metr foydali maydon uchun 1 birlik chilangar-santexnik lavozimi, biroq u Bolalar shaharchasi uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi uchun 1 birlik duradgor lavozimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalari taʼminoti uchun xarajatlar smetalarida maktab yoshidagi bolalar va aralash tipdagi bolalar uylari uchun Bolalar shaharchasiga 1 stavka miqdorida — toʻgaraklar rahbarlari ish haqiga mablagʻlar ajratish nazarda tutiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarini kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar nomi

Oʻlchov birligi

Maktab yoshidagi bir nafar tarbiyalanuvchi uchun

Maktabgacha yoshdagi bir nafar tarbiyalanuvchi uchun

Soni‎‎

Foydalanish muddati (yil)

Soni

Foydalanish muddati (yil)

Oʻgʻil bolalar uchun ‎

Qiz bolalar uchun

I. Kiyim-boshlar

1‎.

Qishki palto/kurtka‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

2‎

2‎.

Mavsumiy palto, kurtka‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

2‎

3‎.

Maktab formasi‎

toʻplam‎

1‎

1‎

1‎

-‎

-‎

4‎.

Oʻgʻil bolalar uchun kostumlar (galstuk bilan)‎

toʻplam‎

2‎

-‎

2‎

2‎

2‎

5‎.

Jun kostum (bayram uchun)‎

toʻplam‎

1‎

-‎

2‎

1‎

2‎

6‎.

Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan maktab koʻylaklari ‎

ta ‎

3‎

-‎

1‎

-‎

-‎

7‎.

Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan ustki koʻylak‎

ta ‎

3‎

-‎

1‎

3‎

1‎

8‎.

Qizlar uchun koʻylak (yubka, bluzka) ‎

ta ‎

-‎

3‎

1‎

3‎

1‎

9‎.

Qizlar uchun uy xalatlari/koʻylaklari ‎

ta ‎

-‎

2‎

1‎

2‎

1‎

10‎.

Qishki koʻylak (bayram uchun) ‎

ta ‎

-‎

1‎

1‎

1‎

1‎

11‎.

Jun sviterlar (jemperlar) ‎

ta ‎

2‎

2‎

2‎

2‎

2‎

12‎.

Yozgi koʻylaklar (bayram uchun) ‎

ta ‎

-‎

3‎

1‎

3‎

1‎

13‎.

Yozgi bosh kiyim ‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

14‎.

Qishki bosh kiyim ‎

ta ‎

2‎

2‎

1‎

2‎

1‎

15‎.

Qizlar uchun triko va shim ‎

ta ‎

-‎

4‎

1‎

4‎

1‎

16‎.

Dastroʻmollar ‎

ta ‎

6‎

6‎

1‎

6‎

1‎

17‎.

Oʻgʻil bolalar uchun shim kamari ‎

ta ‎

1‎

-‎

1‎

-‎

-‎

18‎.

Sharf ‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

2‎

19‎.

Qoʻlqoplar‎

juft‎

2‎

2‎

1‎

2‎

1‎

20‎.

Ichki koʻylak‎ (pijama)

toʻplam‎

4‎

4‎

2‎

5‎

2‎

21‎.

Sport formasi, krossovka ‎

toʻplam‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

22‎.

Byustgalter‎

ta ‎

-‎

3‎

1‎

-‎

-‎

23‎.

Kalta sport ishtoni ‎

ta ‎

2‎

2‎

1‎

1‎

1‎

24‎.

Maykalar‎

ta ‎

4‎

4‎

1‎

4‎

1‎

25‎.

Ip paypoqlar, golflar ‎

juft‎

5‎

5‎

1‎

6‎

1‎

26‎.

Jun paypoqlar, golflar ‎

juft‎

5‎

5‎

1‎

6‎

1‎

27‎.

Botinkalar, tuflilar‎

juft‎

3‎

3‎

1‎

3‎

1‎

28.‎

Shippaklar ‎

juft‎

2‎

2‎

1‎

2‎

1‎

29‎.

Qishki etiklar, botinkalar ‎

juft‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

30‎.

Kalishlar‎

juft‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

31‎.

Yarim jun sport kostumi ‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

32‎.

Tungi pijamalar‎

ta ‎

2‎

1‎

1‎

2‎

1‎

33‎.

Kolgotkalar‎

ta ‎

-‎

5‎

1‎

6‎

1‎

34‎.

Choʻmilish kiyimlari‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

1‎

1‎

35‎.

Rezina shapka ‎

ta ‎

1‎

1‎

2‎

1‎

1‎

36‎.

Ish kiyimi ‎

toʻplam‎

1‎

1‎

2‎

1‎

1‎

37‎.

Portfellar, sumkalar‎

ta ‎

1‎

1‎

1‎

-‎

-‎

38‎.

Shaxsiy buyumlarni saqlash uchun ryukzak/sumka ‎

ta ‎

1‎

1‎

3‎

1‎

5‎

II. Yumshoq jihozlar

39‎.

Choyshab‎

ta ‎

3

1‎

5‎

1‎

40‎.

Koʻrpa choyshabi ‎

ta ‎

2

1‎

2‎

1‎

41‎.

Yostiq jildi ‎

ta ‎

3

1‎

4‎

1‎

42‎.

Sochiq ‎

ta ‎

2

1‎

2‎

1‎

43‎.

Paxmoq sochiq ‎

ta ‎

2

1‎

2‎

1‎

44‎.

Jun yoki paxtali adyol ‎

ta ‎

1

6‎

1‎

6‎

45‎.

Paxmoq adyol ‎

ta ‎

1

3‎

2‎

3‎

46‎.

Toʻshak‎

ta ‎

1

4‎

2‎

3‎

47‎.

Momiqli va patli yostiq ‎

ta ‎

1

6‎

2‎

4‎

48‎.

Katta choyshab ‎

ta ‎

1

3‎

1‎

3‎

49‎.

Karavot yoniga toʻshaladigan gilamcha ‎

ta ‎

1

4‎

1‎

4‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarini shaxsiy gigiyena buyumlari bilan yillik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Buyumlarning nomi

Oʻlchov birligi

3 — 7 yoshli bolalar uchun (soni)

8 — 13 yoshli bolalar uchun (soni)

14 — 16 yoshli bolalar uchun (soni)

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

1.

Atir sovun (100 gr)

dona

24

24

24

24

24

24

2.

Xoʻjalik (kir) sovuni (100 gr)

dona

12

12

12

12

12

12

3.

Shampun (200 gr)

dona

12

12

12

12

12

12

4.

Tish pastasi (30 gr)

tyubik

12

12

12

12

12

12

5.

Tish choʻtkasi

dona

3

3

3

3

3

3

6.

Taroq

dona

2

2

2

2

2

2

7.

Badanni yuvish uchun gubka

dona

2

2

2

2

2

2

8.

Poyabzal moyi

tyubik

2

2

2

2

2

2

9.

Hojatxona qogʻozi

oʻram

24

24

24

24

24

24

10.

Qiz bolalar uchun shaxsiy gigiyena vositasi (qistirma)

toʻplam

(10 dona)

-

-

-

12

-

12

11.

Kir yuvish kukuni (400 gr)

upakovka

8

8

8

8

12

12

12.

Togʻora (plastmassa) (sigʻimi 10 l) (foydalanish muddati 3 yil)

dona

1

1

1

1

1

1

13.

Soqol olish buyumi (britva), bir martalik

dona

-

-

-

-

12

5

14.

Soqol olish vositasi (soqol olish koʻpigi, loson) (100 — 150 gr)

flakon

-

-

-

-

6

-

15.

Dezodorant (aerozol)

dona

-

-

-

-

6

6

16.

Momiq (paxta) (200 gr)

toʻplam

-

4

-

4

-

4

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yoʻl qoʻyilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan, farzandlikka bola olishga nomzod sifatida roʻyxatda turgan shaxs(lar)ning arizasiga hamda vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olish asosli va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs(lar)ni farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish ularning turar joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ota-onalarining yaqin qarindoshlariga ushbu bolalarni navbatsiz, vasiylik va homiylik organlari tomonidan nomzod sifatida hisobga qoʻyilmagan holda, farzandlikka yoki oilaga tarbiyaga (patronatga) olish huquqi beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Farzandlikka oluvchilar — bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ota-ona majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalarni va ularni farzandlikka olishni xohlagan shaxslarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlar va farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosa bolaning turgan joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan muassasalar (maktabgacha tarbiya va umumtaʼlim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalar)ning mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bu haqida bolalar yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organlarini uch kun muddatda xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlar boshqa tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, fuqarolarga qonunda belgilangan hollardan tashqari berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar sifatida hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi vafot etgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Farzandlikka olishni xohlovchi shaxs yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolani yoshi va jinsi koʻrsatilgan hamda farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish soʻralgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sogʻligʻi holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari maʼlumotnomalari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida maʼlumotnoma;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslar toʻgʻrisida xulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organlari farzandlikka olishni hohlovchi shaxsning yashash sharoitini hamda mazkur bandning ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilgan kunidan boshlab 10 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va tegishli dalolatnoma tuzadi. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan tuzilgan dalolatnomada boshqa barcha maʼlumotlar bilan bir qatorda farzandlikka olishga toʻsqinlik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, bolani farzandlikka olishni hohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini oʻrganib chiqish dalolatnomasi asosida vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa bilan birga ariza beruvchiga uning farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar farzandlikka olinayotgan bola farzandlikka olishni hohlovchi shaxsga qarindosh (nevara, oʻgay oʻgʻil yoki oʻgay qiz va hokazo) boʻlsa yoki uning oilasida yashayotgan boʻlsa, farzandlikka oluvchi boʻlish imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa 10 ish kuni mobaynida tuziladi va ariza beruvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organlari salbiy xulosa va unga asoslangan farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qoʻyishning rad etilishini xulosa imzolangan sanadan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchining eʼtiboriga yetkazadilar. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organi barcha hujjatlarning nusxalarini oʻziga olib qoladi va aslini ariza beruvchiga kelgusida sudga taqdim etish uchun qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar ular farzandlikka olish boʻyicha zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlaganliklari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilganliklari, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlganliklari, shuningdek, surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganliklari munosabati bilan farzandlikka olish bekor qilingan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar. Mazkur kasalliklarning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq oʻn besh yoshdan kam boʻlmasligi shart, bundan oʻgay ota va oʻgay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyidan qatʼi nazar, farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilasida farzandlikka olinuvchi bola yashayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aka-uka, opa-singillarni ular orasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻgay ota va oʻgay ona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Farzandlikka olish uchun bolalarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vasiylik va homiylik organi fuqarolar farzandlikka oluvchi nomzodlar sifatida hisobga qoʻyilgandan keyin ularga farzandlikka olish mumkin boʻlgan bola (bolalar) toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi va bola (bolalar) yashaydigan (turgan) joyda bolani (bolalarni) koʻrish uchun yoʻllanma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar farzandlikka olishga nomzodlar oʻz yashash joyida farzandlikka olish uchun bolani tanlay olmasa, ular farzandlikka olinadigan bola toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun oʻz hohishlariga koʻra boshqa vasiylik va homiylik organiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Farzandlikka olishga nomzodlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni va uning qarindoshlari borligi haqidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda bola turgan muassasaning vakili ishtirokida bolani farzandlikka olishni mustaqil tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Farzandlikka olishga nomzodlar shaxsan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola bilan tanishishga va u bilan aloqa oʻrnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinadigan bolaning hujjatlari bilan tanishishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa bilan tanishganlikni yozma shaklda tasdiqlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vasiylik va homiylikdagi, davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va taʼminotidagi bolalarni farzandlikka olish, ota-onasining roziligi talab qilinmaydigan hollarda, vasiy (homiy) yoki ushbu muassasa maʼmuriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Farzandlikka olish asosli va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Farzandlikka olish uchun bola tanlangandan keyin farzandlikka oluvchi boʻlish imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa asosida farzandlikka oluvchi nomzod Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning soʻroviga koʻra vasiylik va homiylik organlari farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosani sudga taqdim etadilar. Xulosaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola uning qarindoshlari boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola haqidagi maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qatʼi nazar farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, sud boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Chet el fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chet el fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan bolani farzandlikka olishni xohlovchi shaxs oʻz turar joyidagi vasiylik va xomiylik organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilish xuquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolaning yoshi, jinsi va yashayotgan (turgan) mamlakati koʻrsatilgan hamda farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish soʻralgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sogʻligʻi holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari maʼlumotnomalari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida maʼlumotnoma;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bola bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat yoki turli sabablarga koʻra oʻz vatanida farzandlikka olishning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvoxnoma nusxasi yoki bolaning ota-onasi bedarak yoʻqolganligi, vafot etgan deb eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi sud qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organining farzandlikka olinayotgan bolaning (boshqa mamlakatda doimo yashab kelayotgan bola uchun) Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi va doimiy yashashi uchun ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinuvchining farzandlikka olinishga roziligi, shuningdek, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarishiga va farzandlikka oluvchilarni uning ota-onasi sifatida yozilishiga roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan (turgan) fuqaroligi boʻlmagan bolani farzandlikka olish haqidagi arizasiga mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi (fuqaroligi bor boʻlsa) ham ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi, oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi va doimiy yashashiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organlariga tegishli shakldagi anketa-arizani toʻldirgan holda murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bola bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat yoki turli sabablarga koʻra oʻz vatanida farzandlikka olishning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi yoki bolaning ota-onasi bedarak yoʻqolganligi, vafot etgan deb eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi sud qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv natijalariga koʻra ichki ishlar organlari soʻrovnoma va boshqa hujjatlarni olgan kundan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida farzandlikka olinayotgan bolaga Oʻzbekiston Respublikasiga kirishiga va doimiy yashashiga ruxsat beradi yoki rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Farzandlikka oluvchi boʻlish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organlari tegishli hujjatlarni qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning yashash sharoitini oʻrganib chiqladi va dalolatnoma tuzadi. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan tuzilgan dalolatnomada boshqa barcha maʼlumotlar bilan bir qatorda farzandlikka olishga toʻsqinlik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksining 152-moddasida koʻzda tutilgan holatlar boʻlsa koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini oʻrganib chiqish dalolatnomasi asosida vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi. Farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa bilan birga ariza beruvchiga u farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organining fuqaroning farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyishning rad etilishi haqidagi asosli xulosa imzolangan kundan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchiga yetkaziladi. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organi barcha hujjatlarning nusxalarini oʻziga olib qoladi va aslini ariza beruvchiga kelgusida sudga taqdim etish uchun qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Farzand olishga ruxsat olmoqchi boʻlgan chet elda doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oila kodeksining 1611-moddasida nazarda tutilgan holatlarda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Arizada farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolaning yoshi va jinsi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishni xohlovchi shaxslarning (shaxsning) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sogʻligʻi holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari maʼlumotnomalari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida maʼlumotnoma;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bola bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat yoki turli sabablarga koʻra oʻz vatanida farzandlikka olishning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi yoki bolaning ota-onasi bedarak yoʻqolganligi, vafot etgan deb eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi sud qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan farzandlikka oluvchining oilaviy sharoiti va farzandlikka oluvchi boʻlishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning fuqaroligi (fuqaroligi mavjud boʻlsa) boʻlgan davlat vakolatli organining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligi, ruhiy va jismoniy rivojlanishini tasdiqlovchi tibbiy xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan majburiyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari oʻn ish kuni ichida farzandlikka oluvchilarning yashash sharoitlarini oʻrganib chiqib, mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan ariza va hujjatlarning nusxalarini keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi farzandlikka olinayotgan bolaga Oʻzbekiston Respublikasi xududiga kirish va doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchining hujjatlari nusxalarini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ruxsat (rad) javobi olingandan keyin Xalq taʼlimi vazirligi fuqaroni farzandlikka oluvchi boʻla olishi (boʻla olmasligi) haqida xulosa tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro farzandlikka oluvchi boʻla olishi (boʻla olmasligi) haqidagi xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ariza beruvchiga taqdim etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Farzandlikka olishni rasmiylashtirish va uni sir saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin oʻn kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganlarning tugʻilishi qayd etilgan daftarga zarur oʻzgartirishlar kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud qarorida qayd etilgan boʻlsa, farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tugʻilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning yuzaga kelgan vaqti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganning otasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan koʻchirmalar va boshqa maʼlumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, ular vafot etgan holda, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga xilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-onasining qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini hamda majburiyatlarini yoʻqotadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar farzanlikka olayotgan erkak kishi boʻlsa onasining, agar ayol kishi boʻlsa otasining iltimosiga koʻra bolaning manfaatlaridan kelib chiqib uni farzandlikka bir shaxs tomonidan olinayotgandagi mulkiy va nomulkiy huquq va majburiyatlari saqlanib qolinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki onaning ota-onasining (bobo yoki buvi) iltimosiga koʻra vafot etgan ota yoki onasi qarindoshlariga nisbatan shaxsiy mulkiy yoki nomulkiy huquq va majburiyatlari saqlanib qolishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Farzandlikka olinish vaqtida boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya yoki nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlar farzandlikka olingan taqdirda ham ana shu huquqni saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Farzandlikka olishni bekor qilish uchun asoslar va uning oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan boʻlsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilayotgan boʻlsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsalar bekor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olinuvchi oʻn sakkiz yoshga toʻlgandan keyin uning xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf solayotgan boʻlsa, farzandlikka olish sud tartibida bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqa asoslarga koʻra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni uning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, shuningdek, oʻn olti yoshga toʻlgan farzandlikka olingan bola talab qilish huquqiga ega.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi. Bu toifadagi ishlarni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin uch kundan kechiktirmay sud shu qarordan koʻchirmani farzandlikka olingan bola tugʻilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sud tomonidan farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olingan bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilar qarindoshlarining) oʻzaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) oʻrtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning ota-onasi yoʻq boʻlsa, shuningdek, agar bolani ota-onasiga berish uning manfaatlariga zid boʻlsa, bola vasiylik va homiylik organlari qaramogʻiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi saqlanish-saqlanmasligi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn yoshga toʻlgan bolaning familiyasi, ismi va otasining ismi faqat uning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Farzandlikka olingan bolalarning shaxsiy hujjatlarining nusxalari farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosani bergan vasiylik va homiylik organida yetmish besh yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan bolalarni farzandlikka olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 151 — 167, 237-moddalari, Fuqarolik protsessual kodeksi hamda ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasida oʻz diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlgan davlatlarning fuqarolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olishni istovchi shaxslarni roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday farzandlikka olishning asosiy sharti farzandlikka olish masalasini koʻrib chiqishda farzandlikka oluvchilarning shaxsan ishtirok etishi, diplomatik vakolatxonaning quyidagi maʼlumotlarni: farzandlikka bola olishni istovchi fuqarolarning familiyasi, ismi, ota ismini, tugʻilgan vaqti, turar joyi, moddiy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni, tibbiy xulosa, oilaning axloqiy-ruhiy shart-sharoiti, shuningdek, farzandlikka oluvchining har biriga tavsifnomalarni oʻz ichiga olgan iltimosnomasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka oluvchilar farzandlikka olingan bolalar balogʻatga yetgunlariga qadar har yili xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga bolaning psixik va jismoniy holati, uning yashash va tarbiyalanish sharoitlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar. Ushbu maʼlumotlar xorijiy davlatning maxsus vakolatli organi yoki bolalarni farzandlikka olish boʻyicha tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi davlatning fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi, agar bola yoki uning ota-onasi (ulardan biri) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan joʻnab ketishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ruxsatini olgan boʻlsagina, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar farzandlikka olish natijasida bolaning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka oluvchi qaysi davlat fuqarosi boʻlishidan qatʼi nazar, farzandlikka olishni amalga oshirish mumkin emas, agar farzandlikka olingan boʻlsa, u sud tartibida bekor qilinishi kerak.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida farzandlikka oluvchilar oilalarida bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Farzandlikka olingan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzandlikka olingan bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududida bola farzandlikka olingan vasiylik va homiylik organi farzandlikka olish toʻgʻrisida sud qarori chiqqandan keyin 10 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli axborotni yuborishi shart. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish vasiylik va homiylik organi vakillari tomonidan, farzandlikka olish belgilangandan dastlabki 3 yil mobaynida har yili oʻtkaziladi. 3 yil oʻtgandan keyin nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish zarurligi vasiylik va homiylik organi tomonidan farzandlikka oluvchi (lar) oilasida shakllanayotgan aniq vaziyatga muvofiq yakka tartibda belgilanadi. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish farzandlikka olish sir saqlangan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha oilani borib koʻrgan vasiylik va homiylik organi vakili farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi toʻgʻrisida hisobot tuzadi. Hisobotda bolaning sogʻligʻi, oʻqishi, uning ruhiy va xulq-atvor jihatdan kamol topishi, oʻziga oʻzi xizmat qilish koʻnikmalari, tashqi koʻrinishi va oiladagi oʻzaro munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olgan oila ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani (bolalarni) tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar (er-xotin yoki alohida fuqarolar) tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga toʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning taʼlim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan, tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olgan oiladagi bolalarning umumiy soni, oʻz bolalari va farzandlikka olingan bolalar bilan birgalikda, qoidaga koʻra, 8 nafardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy boʻlib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar oʻrtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Farzandlikka olgan oilani tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona boʻlishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb eʼtirof etilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlganliklari, shuningdek, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi kasallikka chalingan taqdirda bolani tarbiyaga olish taqiqlanadigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar oʻz yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sogʻligʻi holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari maʼlumotnomalari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida maʼlumotnoma;
(41-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq boʻlgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza berishda shaxsni tasdiqlaydigan hujjat koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida oilaning turmush sharoitlarini, bolalarni tarbiyaga olishni istaganlarning moddiy taʼminlanganlik holatini tekshiradi, tekshirish dalolatnomasini tuzadi va tekshirish dalolatnomasi asosida ularni hisobga qoʻyadi. Hisobga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchilar eʼtiboriga qaror qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun muddatda yetkaziladi. Hisobga qoʻyish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hisobda turgan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda vasiylik va homiylik organlarida hisobda turgan va ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan, tarbiyalash va davolash muassasalaridagi, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan bolalarning dastlabki tanlab olinishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning xohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Oʻn yoshga toʻlgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro qarindosh boʻlgan bolalar, qoidaga koʻra, bitta oilaga beriladi, tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha yoki boshqa sabablarga koʻra ular birga tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bolalarni farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash uchun berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan namunaviy bitim asosida amalga oshiriladi. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi bitim vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-onalar oʻrtasida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvda tutingan ota-ona toʻgʻrisida maʼlumotlar (yashash joyi, pasporti, oilaviy sharoiti), bolani taʼminlash sharoitlari, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek, bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalar bilan kelishuv tuzilishigacha bolani tarbiyaga olayotgan oilaning turmush sharoitlarini oʻrganib chiqishi va ushbu oila aʼzolari sogʻligʻining ahvoli haqida maʼlumotlar toʻplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Tarbiyaga berilgan bolalarning moddiy taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq har yili bir marta kiyim-bosh, poyabzal hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda har oyda nafaqa bilan taʼminlaydilar.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tutingan ota-onaga homiylar, tashkilotlar, idoralar, ayrim shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash maqsadida turli moddiy va maʼnaviy yordam berilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Bolalarni tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvning bekor qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bolalarni tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv muddatidan oldin quyidagi sabablar boʻlganda tutingan ota-onaning tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy yoki mulkiy mavqening oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan yoki bolalar ota-onalarga qaytarilgan yoxud ular farzandlikka olinganda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. Oilaga tarbiyaga olingan bolalarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga tegishli boʻlgan aliment, shuningdek, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyga boʻlgan mulk egaligi yoki uy-joydan foydalanish huquqini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchillik hujjatlariga muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar.
(51-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarga qonunchilik hujjatlarida ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.
(51-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ham egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Oilada oʻz manfaatiga daxldor har qanday masala hal qilinayotganida bola oʻz fikrini bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bob. Tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiy huquqlari va majburiyatlariga egadirlar, yaʼni oʻz qaramogʻidagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini koʻzlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar. Ular oʻz qaramogʻidagi shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda koʻmaklashadilar, shuningdek, ularning huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan suiisteʼmol etilishidan himoya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar oʻz huquqlaridan gʻarazgoʻylik yoki boshqa niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organlari bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzgʻatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisida
‎ NAMUNAVIY BITIM

‎‎20___ y. “___” ______________

__________-son‎‎

__________ tumani (shahri)‎‎

‎‎________________________________________________tumani (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi nomidan nizom

‎‎(tuman (shahar) nomi)

‎‎asosida faoliyat yurituvchi boʻlim mudiri __________________________________________________ (bundan

‎‎‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎buyon matnda Vasiylik va homiylik organi deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro(lar)___________________________________________________________________________________________

‎‎(er-xotin yoki alohida fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi)
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎(yashash manzili)
‎___________________________________________________________________________________________
‎(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎(oilaviy sharoitining qisqacha tavsifi)

‎‎(bundan buyon matnda Tutingan ota-onalar deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb yuritiladi, mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdilar:

‎‎
‎1-bob. Bitim predmeti

‎‎1. Vasiylik va homiylik organi ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan 20___ yil “___” ________ da tugʻilgan____________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________

‎‎(voyaga yetmaganning familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎ning (bundan buyon matnda Tutingan bola deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlagan holda Tutingan ota-onalarga tarbiyalash uchun topshirish majburiyatini, Tutingan ota-onalar esa mazkur Bitim shartlariga asosan Tutingan bolaning barcha huquqlarini taʼminlagan holda tarbiyalash uchun oilaga qabul qilib olish majburiyatini oladi.

‎‎
‎2-bob. Umumiy shartlar

‎‎2. Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) amaldagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
‎3. Tutingan ota-onalar tomonidan Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllaridan biri hisoblanadi.

‎‎
‎3-bob. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

‎‎4. Vasiylik va homiylik organi quyidagi huquqlarga ega:
‎a) mazkur Bitimning 16-bandida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda uni muddatidan oldin bekor qilish;
‎b) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida istalgan vaqtda bolaning sogʻligʻi, taʼlim-tarbiyasi va turmush sharoitini borib oʻrganish;
‎v) Tutingan ota-onalardan oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni qabul qilish;
‎g) Tutingan ota-onalar oʻz huquqlaridan gʻarazgoʻylik yoki boshqa niyatlarda, Tutingan bolaga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, uni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, ularni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzgʻatish;
‎d) mazkur Bitim boʻyicha kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudda ishtirok etish.
‎5. Vasiylik va homiylik organining majburiyatlari:
‎a) bir yilda kamida ikki marta Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini borib oʻrganish;
‎b) Tutingan ota-onalarni sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilash lozimligi haqida joriy yil tugashidan bir oy oldin ogohlantirish;
‎v) qonunchilik hujjatlari belgilangan tartibda Tutingan bolani har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash va Tutingan ota-onalarga har oyda nafaqa toʻlab borish choralarini koʻrish;
‎g) mazkur Bitim tuzilayotganda Tutingan ota-onalarga oilaga tarbiyalash uchun berilgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda ularga belgilangan tartibda har oylik nafaqa toʻlash tartiblarini tushuntirish.
‎6. Tutingan ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
‎a) mazkur Bitimning 15-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda uni muddatidan oldin bekor qilish yuzasidan Vasiylik va homiylik organiga murojaat qilish;
‎b) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) huquqlariga ega boʻlish;
‎v) Tutingan bola nomidan hamda uning manfaatlarini koʻzlab qonunchilik hujjatlari talablariga zid boʻlmagan barcha zarur bitimlarni tuzish;
‎g) Tutingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlarni naqd pul shaklida yoki bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan olish;
‎d) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravari
miqdorida har oylik nafaqa olish.
‎7. Tutingan ota-onalarning majburiyatlari:
‎a) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) majburiyatlarini bajarish;
‎b) qonuniy vakil sifatida Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, unga oʻz huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratib berish;
‎v) Tutingan bolani keyingi yil uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning 15-dekabrigacha Vasiylik va homiylik organiga buyurtma taqdim etish;
‎g) oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish;
‎d) Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobot bilan birga mazkur mahsulotlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (kassa cheki yoxud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) taqdim etish;
‎e) oʻzining sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish.
‎8. Tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

‎‎
‎4-bob. Tutingan bolani taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish

‎‎9. Tutingan bolani taʼminlash, tarbiyalash va uning taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Tutingan ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.
‎10. Tutingan bola tarbiyalanayotgan oiladagi bolalarning umumiy soni, oʻz bolalari va Tutingan bolalar bilan birgalikda, qoida tariqasida, 8 nafardan oshmasligi kerak.
‎11. Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat) bolalar har yili bir marta kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlanadi. Tutingan ota-onalarga Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi.
‎12. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning taʼminoti, unga taʼlim-tarbiya berish va uning sogʻligʻini saqlash boʻyicha tegishli davlat organlari va muassasalaridan huquqiy, metodik, diagnostika va maslahat yordami olishi mumkin.
‎13. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning taʼlim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi.
‎14. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qiladi.

‎‎
‎5-bob. Bitimni bekor qilish asoslari va oqibatlari

‎‎15. Bitim quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
‎uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining oʻzgarishi, Tutingan bola bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, Tutingan ota-ona tashabbusi bilan;
‎Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan;
‎Tutingan bola ota-onasiga qaytarilganda;
‎Tutingan bola farzandlikka olinganda.
‎16. Mazkur Bitim quyidagi hollarda Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:
‎Tutingan ota-ona bundan keyin Tutingan ota-ona vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar paydo boʻlsa;
‎Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini kuzatib borish jarayonida Tutingan ota-ona mazkur Bitim shartlariga rioya qilmayotganligi aniqlansa.
‎17. Mazkur Bitimni Tutingan ota-ona tashabbusi bilan bekor qilish ularning arizasi asosida uch kun ichida Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
‎18. Mazkur Bitimning 15-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Bitimni bekor qilish Tutingan ota-onalarni kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
‎19. Mazkur Bitim bekor qilingan kundan boshlab Tutingan ota-ona Tutingan bolaga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yoʻqotadi, Tutingan ota-ona orqali Tutingan bolani zarur kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash hamda uning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun har oylik nafaqa toʻlash toʻxtatiladi. Bunda Tutingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilingan ashyolar Tutingan bolaning oʻzida qoldiriladi.
‎20. Mazkur Bitim uning 15-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilingan hollarda Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uni joylashtirish choralarini koʻradi.

‎‎
‎6-bob. Nizolarni hal qilish

‎‎21. Tutingan ota-ona Vasiylik va homiylik organining mazkur Bitimni tuzish, ijro etish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
‎22. Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan qonunchilik hujjatlari belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

‎‎
‎7-bob. Yakunlovchi qoidalar

‎23. Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tutingan bola oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi.
‎24. Mazkur Bitimga qonunchillik hujjatlariga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan va/yoki Tomonlarning kelishuviga muvofiq yozma shaklda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bitimning qonunchilik hujjatlari asosida belgilangan shartlari oʻzgartirilishi mumkin emas.
‎25. Mazkur Bitimda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
‎26. Mazkur Bitim ikki nusxada tuzildi, Vasiylik va homiylik organi hamda Tutingan ota-onalarda bir nusxadan saqlanadi.

‎‎
‎8-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va boshqa rekvizitlari

‎‎‎‎Tutingan ota-onalar

‎‎Vasiylik va homiylik organi‎‎

‎Yashash manzili: ________________________________
‎_____________________________________________
‎ ____________________________________________
‎Pasport maʼlumotlari: _________________________
‎_____________________________________________
‎_____________________________________________
‎_____________________________________________
‎_____________________________________________(F.I.O.)

‎Yuridik manzili:_______________________________
‎_____________________________________________
‎_____________________________________________
‎Bank rekvizitlari:______________________________
‎_____________________________________________
‎MFO: ________________________________________
‎STIR: ________________________________________
‎_____________________________________________
‎_____________________________________________
‏‎‎

(rahbarning F.I.O.)‎‎

‎‎_______________________________________

‎_______________________________________

(imzo)‎

(imzo, muhr)‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat) bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bolani joriy yil uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash maqsadida bola oilaga tarbiyaga olingan kundan boshlab bir hafta muddat ichida, keyingi yil uchun esa, joriy yilning 15-dekabrigacha mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan buyurtmani (keyingi oʻrinlarda — buyurtma) tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga beradi. Buyurtmada bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, jinsi, mazkur Tartibga 2-ilovada keltirilgan norma va roʻyxatga asosan kelgusi mavsumlarni hisobga olgan holda zarur boʻlgan barcha kiyim-bosh va poyabzal (ularning turi (nomi), soni, oʻlchami) va ularning bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda oʻrtacha narxi toʻliq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari joriy yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni qabul qilib olgan kundan boshlab uch kun ichida, keyingi yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni esa, joriy yilning 25-dekabrigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — xalq taʼlimi boshqarmalari) topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kiyim-bosh va poyabzal uchun qilinadigan xarajatlar miqdori tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari taqdim etgan buyurtmaga muvofiq xalq taʼlimi boshqarmalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari bilan kelishilgan hisob-kitoblari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolalarga beriladigan kiyim-bosh va poyabzal uchun zarur mablagʻ bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoxud aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridan olinishidan qatʼi nazar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan ajratiladi va xalq taʼlimi boshqarmalari orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablagʻlar tutingan ota-onalarga naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarbiyalash uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tarbiyaga olingan bolaga zarur kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlar tutingan ota-onalarga ular tomondan taqdim etilgan buyurtmaga asosan bola tarbiyaga olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotni mazkur Tartibga 3-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlaydi va uni har yilning 10-yanvarigacha tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga taqdim etadi. Bunda hisobotga kiyim-bosh va poyabzalni sotib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoxud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan tasdiqlanib, tegishli xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlatga qarashli bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bola tarbiyalash (patronat) uchun oilaga berilganda muassasaning xarajatlar smetasi shu vaqtdan boshlab ushbu bolaga sarflanadigan xarajatlar miqdorida qisqartiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoxud aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalaridan olinishidan qatʼi nazar, tutingan ota-onalarga oʻz tarbiyasiga olgan har bir bola uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi. Mazkur xarajatlar uchun sarflanishi koʻzda tutilgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida xalq taʼlimi boshqarmalari orqali beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalaridan budjet tizimi budjetlari xarajatlar tasnifining tegishli moddasi boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlanadi va buxgalteriya hisobida ham shu modda boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan har oyning 10-kunigacha tutingan ota-onalarga oylik nafaqalar naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal xarajatlari hisoboti, shuningdek, tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar berilgani haqidagi hisobotlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda mablagʻlarni ajratgan tegishli moliya organlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kiyim-bosh va poyabzal xarajatlari hamda tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi hamda sarflanishini nazorat qilish ushbu xarajatlarni moliyalashtiruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Tartibning matni belgilangan tartibda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida, shuningdek, tarbiya va davolash muassasalari hamda aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalarida barchaga koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani oilaga tarbiyaga olayotgan tutingan ota-onalar bilan shartnoma tuzilayotganda ularga mazkur Tartib talablari tushuntirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat) bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎Oilaga tarbiyaga olingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal olish uchun
‎BUYURTMA

‎‎_______________________________________
‎ (oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)
‎_______________________________________ (bolaning yoshi)
‎ _______________________________________ (bolaning jinsi)

T/r‎

Kiyim-bosh va poyabzalning nomi‎‎

Soni (dona, juft, komplekt)‎‎

Kiyim-bosh va poyabzalning oʻlchami‎‎

Kiyim-bosh va poyabzalning oʻrtacha narxi‎‎

1.

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri ________________________________________
‎(F.I.O.)
‎_____________________
‎ (imzo) ‎

__________________________________
‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.) __________________________________
‎ __________________________________
‎ (imzo)

M.Oʻ.‎

‎‎20____ yil “___” _________________ ‎‎20___ yil “___” ________________
‎‎Manzil: _______________________________
‎ ______________________________________

‎Bank nomi:______________________________
‎ Hisob varaq raqami:______________________
‎ ________________________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat) bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaga tarbiyaga olingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMASI VA ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kiyim-bosh va poyabzalning turi (nomi)

Oʻlchov birligi

3 yoshgacha boʻlgan har bir bolaga

Maktabgacha yoshdagi har bir bolaga (3 6 (7) yosh)

Maktab yoshidagi har bir bolaga

(6 (7) 18 yosh)

soni

foydalanish muddati (yil)

soni

foydalanish muddati (yil)

soni

foydalanish muddati (yil)

1.

Kurtka-kombinezon

Dona

1

2

2.

Kurtka

Dona

1

2

1

2

3.

Palto

Dona

1

2

4.

Oʻgʻil bolalar kostumi

Dona

1

2

1

2

1

2

5.

Maktab formasi (oʻgʻil bola uchun qora shim, oq koʻylak, qiz bola uchun kofta va yubka)

Komplekt

1

1

6.

Oʻgʻil bolalar koʻylagi

Dona

2

1

2

1

2

1

7.

Qiz bolalar koʻylagi (shoyi va ip gazlama bluzka)

Dona

2

1

2

1

2

1

8.

Qiz bolalar xalati

Dona

1

1

1

1

9.

Sviter (Djemper)

Dona

1

2

1

2

10.

Yozgi bayram koʻylagi

Dona

1

1

1

1

11.

Qishki bosh kiyim

Dona

1

1

1

1

1

12.

Qiz bolalar trikosi

Dona

1

1

1

1

13.

Kolgotka

Dona

2

1

2

1

2

1

14.

Ichki kiyim toʻplami ( oʻgʻil va qiz bolalar uchun)

Dona

2

1

2

1

2

1

15.

Sport kostumi

Komplekt

1

1

1

1

16.

Keda yoki krossovka

Juft

1

1

17.

Paypoq, golf

Juft

2

1

2

1

18.

Tufli, sandalet

Juft

1

1

1

1

19.

Tapochka

Juft

1

1

1

1

1

1

20.

Etik yoki botinka

Juft

1

1

1

1

1

1

21.

Qiz bolalar uchun siynaband

Dona

1

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat) bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎“T A S D I Q L A Y M A N” ________________________________________________
‎ ________________________________________________
‎ (tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining F.I.O.) _________________________
‎(imzo)
‎ 20__ yil “___” ________

‎‎
‎Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun 20___ yilda sotib olingan
‎kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha
‎ HISOBOT

‎‎Men, ____________________________________________, 20___ yil “_____” ________________________da

‎‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)

‎‎_______________________________________________________________________________ bilan tuzilgan

‎‎(vasiylik va homiylik organining nomi)

‎‎_____-sonli shartnomaga asosan voyaga yetmagan ___________________________________________________ ni

‎‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)

‎‎oilaga tarbiyaga olganman.
‎‎Hisobot davrida tarbiyamda boʻlgan __________________________________________________________ uchun

‎‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)

‎‎quyidagi kiyim-bosh va poyabzallarni sotib oldim.

T/r‎

Kiyim-bosh va poyabzalning turi (nomi)‎‎‎

Soni (dona, juft, komplekt) ‎‎

Olingan kiyim-bosh va poyabzalning narxi (soʻm)‎‎

1.‎

‎‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎

‎‎Kiyim-bosh va poyabzal sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoxud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjatlar) ilova qil?nmoqda.

________________________________‎‎

__________________‎

__________________‎‎

(tutingan ota (ona)ning F.I.O.) ‎‎

(imzo)‎‎

(sana)‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 39-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 23-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) istagini bildirgan shaxslarni har tomonlama oʻrganadi va oʻrganish natijasida potensial ota-onalarni aniqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 53-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilaridan “vasiyligida yoki homiyligida va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 56-bandning oltinchi xatboshisidan “vasiyligida yoki homiyligida va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 70-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga taʼlim-tarbiyaga berilgan kundan eʼtiboran toʻliq davlat taʼminotida boʻladi hamda ularga nisbatan vasiylik va homiylik majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan vaqtda yetim boʻlib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu bolalarga nisbatan ular taʼlim olayotgan muassasa bola muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 71-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Quyidagi mazmundagi 711-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“711. Quyidagilar shaxsning vasiy yoki homiy etib belgilanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqli zaiflikning barcha turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanosil kasalliklarining maishiy yoʻl bilan yuquvchi turlari (zaxm, soʻzak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga yaroqlilikni inkor etuvchi I va II guruh nogironligiga olib keluvchi barcha kasalliklar va jarohatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 73-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“73. Ota-ona yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa, bolaga nisbatan vasiy yoki homiy belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatda vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki holatda ham bolaning ota-onasidan rozilik arizasi talab etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-yil, 50-son, 566-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 204-bandi ikkinchi xatboshisiga “shuningdek FHDY organlari” soʻzlaridan keyin “vasiylik va homiylik organlari” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy taʼminlash normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 48-49-son, 485-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 22-maydagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 22-23-son, 199-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 17-oktabrdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 43-son, 435-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)