Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISTEʼMOL TOVARLARINI IMPORT QILISh UChUN MARKAZLAShTIRILGAN VALYuTA RESURSLARIDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Erkin almashtiriladigan valyutaning muomalada boʻlishini takomillashtirish, markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, respublika isteʼmol bozorini sifatli import xalq isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yuridik va jismoniy shaxslarga (rezidentlarga) soʻmni erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiyalashda ustun huquq beruvchi Markaziy bank patentlarining mavjud tizimi tugatilsin.
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki patentiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning maxsus schyotlarida band qilib qoʻyilgan soʻmdagi mablagʻlarni qaytarish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalarga imtiyozli konvertatsiyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga zarurat boʻlganda tasdiqlangan nizomlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi vakolatli banklar va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 1996-yil oxirigacha 1996-yilning 1-oktabridagi holati boʻyicha mavjud qarzlarni toʻlashni hamda ilgari Markaziy bank patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga maxsus schyotlarida band qilib qoʻyilgan va konvertatsiya qilinmagan soʻmlardagi mablagʻlarni qaytarishni amalga oshirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobidan imtiyozli konvertatsiyalash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishni ikki hafta muddatda tugallash va ularga belgilangan namunada litsenziyalar berish tavsiya qilinsin.
5. 1997-yil 1-yanvargacha yuridik va jismoniy shaxslarga import qilingan tovarlarni sotishdan soʻmlarda olingan hamda maxsus schyotlarda band qilib qoʻyilgan, lekin vakolatli banklar tomonidan konvertatsiya qilinmagan mablagʻlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan mahsulotlarni (paxta tolasidan tashqari) milliy valyutaga sotib olishga ruxsat etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, bunday yoʻl bilan sotib olingan mahsulotni respublikadan olib chiqib ketishda aksiz soliqlari va boj poshlinalari olinmaydi, uni sotishdan olingan valyuta tushumi belgilangan miqdorlarda Markaziy bankka majburiy sotishdan ozod qilinadi.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi manfaatdor korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar bilan birgalikda bir hafta muddatda ilgari Markaziy bank patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga binoan birja va yarmarka savdolarida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali mahsulotlar va tovarlar sotishga kvotalarni koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritsinlar.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Markaziy bank patentlari egalari tomonidan import boʻyicha olib kelingan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan olib chiqib ketishda, toʻlangan import boj poshlinalari, aksiz soligʻi olinadigan mahsulotlar boʻyicha esa — aksiz soligʻi 1997-yil 1-yanvargacha qaytariladi.
Bunda koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlardan olib chiqib ketish (qayta eksport qilish) boʻyicha aksiz soligʻi, shuningdek eksport boʻyicha boj poshlinalari 1997-yil 1-yanvargacha olinmaydi.
7. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga ilgari Markaziy bank patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan eng zarur isteʼmol tovarlarini qayta deklaratsiyalash yuzasidan 1996-yilning IV choragi uchun konvertatsiyalash boʻyicha oʻzlariga belgilangan kvotalar doirasida markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobidan konvertatsiyalashga imtiyozli huquqqa ega boʻlgan yuridik shaxslar — rezidentlar foydasiga ruxsatnomalar berish huquqi berilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorining import bitishuvlar pasportlarini rasmiylashtirishga oid qismi import qilingan xalq isteʼmol tovarlarini sotishdan olingan soʻmlarni markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobidan erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalash huquqi boʻyicha Markaziy bank litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxslar — rezidentlarga tatbiq etilsin.
9. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 20-oktabrdagi 413-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qaroriga ilovadagi 5.2-bandning uchinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorining 8-bandi;
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qarorining 6-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda idoraviy meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-noyabr,
405-son
Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining patentiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning maxsus schyotlarida band qilib qoʻyilgan soʻmdagi mablagʻlarni qaytarish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining patentiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan erkin almashtiriladigan valyutaga almashtirish uchun taqdim etilgan maxsus schyotlaridagi band qilib qoʻyilgan pul mablagʻlarini qaytarish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
1. Ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar maxsus schyotlarida band qilib qoʻyilgan va 1996-yil 1-oktabrdagi holatiga koʻra vakolatli banklar tomonidan almashtirilmagan import tovarlarni sotishdan olingan pul mablagʻlariga “OʻzDEUavto Ko” aksionerlik jamiyati ishlab chiqargan “Damas” rusumli avtomobillarni, shuningdek, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja va yarmarka savdolarida tovarlarni, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni (paxta tolasidan tashqari) sotib olish huquqiga 1997-yil 1-yanvargacha egadirlar.
Koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotganda ulardan aksiz soliqlari va boj poshlinalari olinmaydi, ushbu mahsulotlarni sotishdan olingan valyuta tushumi esa Markaziy bankka majburiy sotishdan ozod etiladi.
2. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar toifasi boʻyicha mahalliy yigʻimlarni qoʻshgan holda tuziladigan kontraktning hajmidan koʻpi bilan 0,6 foiz miqdorida brokerlik haqi undiriladi.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan “Damas” avtomobillarini, tovarlarni Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja va yarmarka savdolaridan sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda vakolatli banklar:
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomasiga koʻra tegishli balans schyotlarida band qilib qoʻyilgan mablagʻlarni keyinchalik hisoblab oʻtkazish uchun maxsus shaxsiy schyotlar ochadilar. Ushbu maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar almashtirish uchun 1996-yil 1-oktabrga qadar taqdim etilgan band qilib qoʻyilgan mablagʻlar summasidan oshib ketmasligi kerak;
ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja va yarmarka savdolarida bitishuvlarni amalga oshirish uchun, shuningdek, “Damas” avtomobillarini sotib olish uchun asos boʻlib hisoblanadigan ularning maxsus shaxsiy schyotlariga hisoblab oʻtkazilgan soʻmdagi mablagʻlarining miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etadilar.
4. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan ularning maxsus shaxsiy schyotlariga hisoblab oʻtkazilgan soʻmdagi mablagʻlarining miqdorlari toʻgʻrisidagi vakolatli banklarning maʼlumotnomalari asosida ularning birja va yarmarka savdolarida zarur boʻlgan mahsulotlar va tovarlarni maʼlumotnomada koʻrsatib oʻtilgan summa doirasida sotib olishlari uchun kontraktlar tuzishni taʼminlaydi.
5. Ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kontraktlar boʻyicha Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja va yarmarka savdolarida sotib olingan tovarlar uchun hisob-kitoblar soʻmdagi mablagʻlarni maxsus shaxsiy schyotlardan hisoblab oʻtkazgan holda 3 (uch) ish kuni mobaynida vakolatli banklar tomonidan amalga oshiriladi.
6. Mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosini, fyuchers asosida shartnoma munosabatlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 26-sentabrdagi 375-son qarori talablariga muvofiq ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birja va yarmarka savdolarida mahsulotlar va tovarlarni sotishga oid operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun, shuningdek, tuzilgan kontraktlar boʻyicha hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi hamda vakolatli bank javob beradilar.
7. Ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablagʻlarni almashtirishni rad etish uchun yozma ariza berilgan vaqtda, band qilib qoʻyilgan soʻmdagi mablagʻlar 2 (ikki) ish kuni mobaynida yuridik shaxslarning hisob-kitob schyotlariga yoki fuqarolarning Xalq banki muassasalaridagi omonatlariga hisoblab oʻtkazilishi kerak.
Mablagʻlar yuridik shaxslarning hisob-kitob schyotlariga hamda fuqarolarning omonatlariga oʻtkazilgan vaqtdan boshlab ular mazkur Nizomning 1-bandiga muvofiq ushbu mablagʻlardan bundan keyin foydalanish imkoniyatidan mahrum boʻladilar.
8. Ilgari hisoblab oʻtkazilgan soʻmdagi mablagʻlarni Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining maxsus schyotidan ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning maxsus schyotlariga hisoblab oʻtkazish uchun ularni vakolatli banklar tomonidan qaytarish “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida valyuta operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
9. “OʻzDEUavto Ko” aksionerlik jamiyati ishlab chiqargan “Damas” avtomobillarini ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Xaridorlar), ularning qayerda joylashganidan qatʼi nazar, Toshkent shahar, Masson koʻchasi, 39-uyda joylashgan (telefon — 57-81-11, faks — 57-78-70) “Oʻzavtotexxizmat” ABning “Sergeli—Avtotexserfis” aksionerlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Sotuvchi) tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Xaridor “Damas” avtomobil(lar)ini sotib olish toʻgʻrisida Sotuvchiga yozma ariza bilan murojaat qiladi va Sotuvchiga ilgari naqd tushum holida topshirilgan va keyinchalik almashtirish uchun band qilib qoʻyilgan, ularning maxsus hisob-kitob schyotlariga hisoblab oʻtkazilgan soʻmdagi mablagʻlarning miqdorlari haqidagi vakolatli bank maʼlumotnomasini taqdim etadi.
Olingan ariza va Xaridorga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bankning maʼlumotnomasi asosida Sotuvchi Xaridor bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi va “Damas” avtomobil(lar)i uchun toʻlashga schyot yozib beradi. Ularga muvofiq vakolatli bank soʻmdagi mablagʻlarni 3 (uch) ish kuni mobaynida Xaridorning maxsus shaxsiy schyotidan Sotuvchining schyotiga oʻtkazadi.
“Damas” avtomobil(lar)i Xaridorga toʻlov kunidagi Markaziy bank rasmiy kursi boʻyicha milliy valyuta — “soʻm”da aholi uchun belgilangan chakana narxlar boʻyicha sotiladi.
Mablagʻlar Sotuvchining schyotiga kelib tushgandan soʻng “Damas” avtomobil(lar)i Xaridorga beriladi va belgilangan namunada schyot-maʼlumotnoma yoziladi.
Koʻrsatib oʻtilgan shartlarda sotiladigan shartnomadagi avtomobillar soni Xaridorlarning maxsus schyotiga hisoblab oʻtkazilgan, keyinchalik konvertatsiyalash uchun ilgari band qilib qoʻyilgan soʻmdagi mablagʻlar miqdori bilangina chegaralanadi.
Sotuvchi “Damas” rusumli avtomobillarni sotishni alohida hisobga olib boradi,
Xaridorga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bank Xaridorning maxsus shaxsiy schyotiga hisoblab oʻtkazilgan soʻmdagi mablagʻlarning miqdorlari toʻgʻrisida oʻzi taqdim etadigan maʼlumotnomalarning ishonchliligi uchun javob beradi,
10. Ilgari Markaziy bankning patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan keltirilgan import tovarlarni 1997-yilning 1-yanvarigacha Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali olib oʻtishda, ular tomonidan toʻlangan import poshlinalari, shuningdek, aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar uchun aksiz soligʻi qaytariladi.
Bunda koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlardan olib chiqib ketish (qayta eksport qilish) uchun aksiz soligʻi, shuningdek eksport boʻyicha boj poshlinalari 1997-yil 1-yanvargacha olinmaydi.
11. Ilgari Markaziy bank patentiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻz xohishlariga koʻra Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining qaroriga asosan ular import boʻyicha keltirishgan eng zarur isteʼmol tovarlarini ulgurji savdo tashkilotlari, supermarketlar, markazlashtirilgan holda ajratiladigan valyuta resurslari hisobidan soʻmlarni erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiyalash uchun imtiyozli huquqqa ega boʻlgan boshqa yuridik shaxslar foydasiga qayta deklaratsiyalash mumkin.
Qayta deklaratsiyalash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ilgari Markaziy bank patentiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobidan imtiyozli konvertatsiyalash huquqiga ega boʻlgan qaysi yuridik shaxsning foydasiga qayta deklaratsiyalash moʻljallanayotganini koʻrsatgan va kontrakt hamda yuk boʻyicha bojxona deklaratsiyasi nusxalarini ilova qilgan holda Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi 10 ish kuni mobaynida arizachiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar qilishga va masala ijobiy hal etilganda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasini xabardor qilishga majbur.
12. Mazkur Nizom ilgari Markaziy bank patentlari egalari hisoblangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga hamda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, vakolatli banklarga, shuningdek, Nizomda koʻrsatib oʻtilgan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi va valyuta operatsiyalarini oʻtkazish uchun litsenziyaga ega boʻlgan barcha banklarda, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida va uning hududiy filiallarida, “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasining “Sergeli-Avtotexservis” aksionerlik jamiyatida koʻrinarli joylarga majburiy tartibda qoʻyilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalarga imtiyozli konvertatsiyalash tartibi toʻgʻrisida
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va import boʻyicha keltiriladigan tayyor xalq isteʼmol tovarlarini sotishdan olingan soʻmdagi tushumni erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalash tartibini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
2. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi zarurat boʻlganda mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizom imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi maxsus litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarigagina tatbiq etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki soʻmlarni erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalash huquqiga litsenziya berishni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.
5. Tayyor xalq isteʼmol tovarlarini import qiluvchi yuridik shaxslar — rezidentlarga beriladigan soʻmni erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalash huquqi Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining import qiluvchi korxonaning yozma arizasi va Komissiyaning maxsus ishchi guruhi xulosasi asosida qabul qilinadigan qarori boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan belgilangan namunadagi litsenziya bilan tasdiqlanadi.
6. Markaziy bankning imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziyasi ofset bosmada tayyorlanadi, qatʼiy hisobda turadigan blank hisoblanadi, qalbakilashtirishdan zarur darajada himoya qilinadi va roʻyxatdan oʻtkazish (tartib) raqamiga ega boʻladi.
(3-6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
II. MARKAZIY BANKNING IMTIYoZLI KONVERTATSIYALASh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYASINI BERISh ShARTLARI
(II-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Import qilinadigan tayyor xalq isteʼmol tovarlarini sotishdan tushgan soʻmlarni erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalash litsenziyasini olish huquqiga birinchi navbatda ilgari Markaziy bankning patentiga ega boʻlgan quyidagi korxonalar va tashkilotlar ega boʻladilar:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining isteʼmol bozori taʼminlanganligi va balansi boʻyicha ishchi guruhining “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv maxsus komissiyalarining savdo korxonalarining Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-apreldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan “Supermarket doʻkon toʻgʻrisida Vaqtinchalik namunaviy nizom” talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ekspert xulosasi asosida tayyorlanadigan taqdimnomasi boʻyicha supermarketlar;
tayyor xalq isteʼmol tovarlarini import qiluvchi, chet elning nufuzli savdo va ishlab chiqarish firmalari va kompaniyalari (norezidentlar) bilan barqaror savdo aloqalariga ega boʻlgan yoki ularning rasmiy distribyuterlari hisoblangan, shuningdek respublika iqtisodiyotiga investitsiya jalb qiladigan yirik va oʻrta xorijiy, shoʼba va qoʻshma korxonalar;
tayyor xalq isteʼmol tovarlarining muayyan turlari yoki guruhlarini import qilishga ixtisoslashayotgan ulgurji savdo tashkilotlari;
aholiga sotish uchun dori-darmonlar va preparatlarni, tibbiy texnikani import boʻyicha xarid qilish bilan shugʻullanuvchi yirik ulgurji tashkilotlar;
diplomatik korpus va diplomatik missiyalar shaxslariga belgilangan tartibda xizmat koʻrsatuvchi davlat ixtisoslashtirilgan tashkilotlari.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Soʻmdagi mablagʻlarni erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalash huquqi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan korxonalar va tashkilotlarga quyidagi shartlar bilan beriladi:
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
tuzilgan tegishli import kontraktlari va import bitishuvlar pasportlari bilan tasdiqlangan nufuzli xorijiy savdo va ishlab chiqarish firmalari va kompaniyalari bilan uzoq muddatli barqaror savdo aloqalari oʻrnatish;
ixtisoslashtirilgan ulgurji tashkilotlarning oʻz (yoki ijaraga olingan) jihozlangan ombor binolari, ulgurji doʻkonlar shaxobchalari va respublika hududida chakana savdo tashkilotlari bilan barqaror savdo aloqalari mavjudligi;
dori-darmonlar va preparatlarni import qiluvchi ulgurji tashkilotlarning tayyorlovchi xorijiy korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻribarqaror aloqalari borligi va ularning respublika hududida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, dorixonalar shaxobchalariga ega ekanligi;
avtomobillarga, elektrtexnika tovarlariga, murakkab maishiy va elektron-hisoblash texnikasiga ehtiyot qismlar keltiruvchi korxonalarning xorijiy tayyorlovchi korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarga va respublika hududida tuzatish bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar shaxobchalariga ega ekanligi;
cheklangan darajasi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari uchun 10 (oʻn) foizdan, chakana savdo tashkilotlari uchun 20 (yigirma) foizdan ortiq boʻlmagan savdo ustamalari (chegirmalari)ning belgilanishi;
import boʻyicha faqat muvofiqlik sertifikati va tovarning kelib chiqish sertifikati va tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi kafolat xati bilan tasdiqlangan sertifikatsiyalangan tovarlar keltirilishi;
uzoq muddatli barqaror savdo aloqalarini amalga oshirish uchun tegishli mulk bilan javob berish imkonini beruvchi miqdorlarda ustav sarmoyasi, aktivlar va oʻz muomala mablagʻlari mavjudligi;
xorijiy firmalar (norezidentlar) bilan tuzilgan kontraktlar va shartnomalar (shu jumladan konsignatsiya) asosida import boʻyicha tovarlar xarid qilishga valyuta xarajatlari mavjudligi;
chakana savdo tashkilotlari uchun — valyutaga tuzilgan kontraktlar boʻyicha import xalq isteʼmol tovarlarini sotishdan olingan tushum muntazam ravishda har kuni inkassatsiya qilinishi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tayyor xalq isteʼmol tovarlarini import qiluvchi va ilgari Markaziy bankning patentiga ega boʻlmagan, biroq mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan korxonalarning turlaridan biriga va shartlariga mos keluvchi Markaziy bankning imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziyasini olish toʻgʻrisida iltimos qiluvchi yuridik shaxslar — rezidentlar Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining maxsus ishchi guruhiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
iltimosnoma;
korxona Ustavi (Nizomi)ning notarial tasdiqlangan nusxasi;
tegishli hokimliklar tomonidan berilgan belgilangan namunadagi savdo qilish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
vakil qilingan bankning joriy valyuta schyoti mavjudligi haqidagi maʼlumotnomasi;
ulgurji savdo tashkilotlari uchun — oʻz (yoki ijaraga olingan) jihozlangan omborlari mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjat va import qilinadigan tovarlarni sotishga respublika hududidagi chakana savdo tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar;
chakana savdo tashkilotlari uchun — davlat reyestriga kirgan nazorat-kassa apparati mavjudligi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida soliq inspeksiyasining maʼlumotnomasi, shuningdek Davlat mulki qoʻmitasining mahalliy organi tomonidan berilgan belgilangan namunadagi tasdiqlovchi dalolatnomaning nusxasi ilova qilingan holda belgilangan sanitariya normalariga muvofiq savdo maydoni boʻlgan oʻz doʻkoni (yoki ijara shartlaridagi) borligi haqidagi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. Markaziy bankning litsenziyasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining maxsus ishchi guruhi tomonidan murojaat qilingan kundan boshlab 7 kun ichida koʻrib chiqiladi va ijobiy hal etilgan taqdirda tasdiqlash uchun Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va Markaziy bankning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda hisobga olish (reyestr) daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziya berish rad etilgan taqdirda Markaziy bank tomonidan ariza beruvchiga asosli xulosa beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
12 Imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun Markaziy bank tomonidan milliy valyuta — “soʻm”da quyidagi miqdorlarda haq undiriladi:
ilgari Markaziy bankning patentiga ega boʻlgan yuridik shaxslar — rezidentlardan — Markaziy bankning toʻlash kunidagi rasmiy kursi boʻyicha 100 AQSh dollariga teng summa;
birinchi marta litsenziya olayotgan yuridik shaxslar — rezidentlardan — Markaziy bankning toʻlash kunidagi rasmiy kursi boʻyicha 2000 AQSh dollariga teng summa.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Markaziy bankning imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziyasi Markaziy bank schyotiga oʻtkaziladigan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi taqdim etilgandan keyin beriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
III. MARKAZIY BANK LITSENZIYALARI EGALARI UChUN SOʻMNI ERKIN ALMAShTIRILADIGAN VALYuTAGA KONVERTATSIYALAShGA BERILADIGAN BUYuRTMANOMALARNI QABUL QILISh VA QONDIRISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
14. Import boʻyicha tayyor xalq isteʼmol tovarlarini sotishdan olingan soʻmdagi mablagʻlarni erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalashga buyurtmanomalar Markaziy bankning litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxslar — rezidentlar tomonidan oʻzlarining joriy valyuta schyotlari ochilgan vakolatli banklarga beriladi.
15. Soʻmdagi mablagʻlarni erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalashga buyurtmanomalarni qabul qilish xalq isteʼmol tovarlarining barcha turlari va guruhlari boʻyicha qabul qilinadi, import qilish Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi tomonidan tavsiya qilinmagan xalq isteʼmol tovarlari bundan mustasno (supermarketlardan tashqari).
(14 va 15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Soʻmdagi mablagʻlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiyalashga buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va vakolatli banklarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan import kontraktlarini amalga oshirishdan olingan soʻm tushumi tushgandan keyin amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
Bunda:
import boʻyicha xalq isteʼmol tovarlarini oʻzlarining chakana savdo shoxobchalari orqali sotuvchi supermarketlar, xorijiy, shoʼba va qoʻshma korxonalar uchun konvertatsiya qilish tovarlar aholiga sotilgandan keyin naqd savdo tushumi inkassatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi;
ulgurji savdo korxonalari uchun konvertatsiya qilish import tovarlar isteʼmolchilarga berilgandan va tegishli mablagʻlar ulgurji korxonaning hisob-kitob schyotiga tushgandan keyin amalga oshiriladi.
17. Vakolatli banklar qabul qilingan buyurtmanomalar boʻyicha import tovarlarni sotishdan tushgan soʻmdagi mablagʻlarni Markaziy bankning litsenziyasiga ega boʻlgan korxonalar uchun belgilangan konvertatsiya qilish kvotalariga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiya qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Konvertatsiya qilishga kvotalar vakolatli banklar tomonidan Markaziy bankning litsenziyasiga ega boʻlgan har bir aniq korxona va tashkilot boʻyicha, oylarga taqsimlangan holda, umuman yil choragiga belgilanadi va oʻz vaqtida ularga maʼlum qilinadi.
Kvotalar tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan import kontraktlari qiymatidan va ushbu kontraktlar boʻyicha import tovarlarni sotishdan olingan soʻm tushumining har oylik moʻljallangan miqdoridan kelib chiqib korxonalar va tashkilotlar boʻyicha taqsimlanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
19. Markaziy bankning litsenziyasiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarga soʻmdagi mablagʻlar erkin almashtiriladigan valyutaga imtiyozli konvertatsiyalanishini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining qarori boʻyicha har oyda vakolatli banklarga banklar uchun belgilanadigan choraklik kvota doirasida markazlashtirilgan valyuta mablagʻlari ajratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining qarori bilan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va eng taqchil nooziq-ovqat tovarlarini xarid qilish sharti bilan tender asosida beriladigan konvertatsiyalashga kvota ajratish tartibi joriy qilinishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
IV. MARKAZIY BANKNING LITSENZIYASIGA EGA BOʻLGANLARNING NIZOM TALABLARIGA RIOYa QILIShLARI USTIDAN MONITORING
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vakolatli banklarning, Markaziy bankning imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziyasiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning mazkur Nizom shartlari va talablarini bajarishlarini Markaziy bank tomonidan doimiy ravishda kuzatib borish, import qiluvchi korxonalar oʻrtasidagi raqobatni ragʻbatlantirish orqali respublika isteʼmol bozori sifatli, arzon eng zarur import-tovarlar bilan toʻlishiga koʻmaklashish monitoringning maqsadi hisoblanadi.
22. Vakolatli banklar Markaziy bankning imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziyasiga ega boʻlganlarning mazkur Nizom shartlari va talablariga, import kontraktlari tuzish, import bitishuvlar pasportini rasmiylashtirish, konvertatsiyalashga buyurtmanomalar berish, soʻm tushumini hisobga olish va topshirishning belgilangan tartibiga rioya etishlari ustidan muntazam nazorat qilishga majburdirlar.
(21 va 22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
23. Vakolatli banklar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha Markaziy bank litsenziyalari egalari va tovar guruhlari boʻyicha konvertatsiya qilingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Soliq organlari vakolatli banklar va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
soʻmni konvertatsiyalash miqdorining import tovarlar xarid qilishga amalda sarflangan valyuta mablagʻlari miqdoriga muvofiqligi;
erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiyalash uchun berilgan soʻmdagi mablagʻlar miqdorining hisob-kitob schyotlariga tushgan (ulgurji savdo tashkilotlari uchun) yoki inkassatsiya qilingan (chakana savdo tashkilotlari uchun) mablagʻlar miqdoriga, shuningdek import tovarlar sotilishining amaldagi hajmiga muvofiqligi;
kontrakt qiymatining va erkin almashtiriladigan valyutaga import qilinadigan xalq isteʼmol tovarlari narxining sunʼiy ravishda oshirilishi;
narxnomada valyutada belgilangan xalq isteʼmol tovarlarini sotish narxlari bilan ushbu tovarlarning import kontrakti, Import bitishuvi pasporti boʻyicha narxlarining muvofiqligi;
ulgurji hamda chakana savdo korxonalari va tashkilotlari uchun savdo ustamalari (chegirmalari)ning cheklangan darajasiga rioya qilinishi;
import qilinadigan xalq isteʼmol tovarlari nomenklaturasi va sifatiga qoʻyiladigan talablarga rioya qilinishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda muntazam ravishda tafovutlar borligi aniqlangan hollarda soliq organlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yuridik shaxsga — rezidentga berilgan imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilish haqida iltimos qiladilar.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda)
25. Konvertatsiyalashning mazkur Nizom bilan belgilangan shartlari, talablari va tartibi buzilgan taqdirda Markaziy bank litsenziyalari egalari vakolatli banklarning taqdimnomasiga binoan va Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining qarori asosida markazlashtirilgan resurslar hisobidan imtiyozli konvertatsiyalash huquqidan mahrum qilinishlari mumkin.
26. Mazkur Nizom amalga kirishi munosabati bilan 1995-yil 16-avgustda Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan 84-son “Yuridik va jismoniy shaxslarning soʻmni erkin muomaladagi valyutaga imtiyozli konvertatsiyalash huquqini beruvchi patentni olish toʻgʻrisida bergan iltimoslarini koʻrib chiqish qoidalari” (keyinchalik kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan birgalikda) oʻz kuchini yoʻqotadi.