Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.1999 26.09.1995 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.1999
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRJA VA YaRMARKA SAVDOSINI, FYuChERS ASOSIDAGI ShARTNOMA MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-sonli “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalari va respublika yarmarkalarining samarali ishlashini ta’minlash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchilarning faoliyati uchun prognoz qilinadigan shart-sharoitlar yaratish, savdo bitishuvlarining ilg‘or shakllarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha mahsulot sotish, ularni sotib olish va olib chiqib ketish tartibi hamda mahsulot va tovarlarni sotish bo‘yicha respublika yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni belgilab qo‘yilgan narx bo‘yicha xarid qilishni yoki tovar ishlab chiqarilgunga qadar unga egalik qilish huquqini nazarda tutuvchi fyuchers (belgilangan muddatga) kontraktlari tuzish savdo bitishuvlari amaliyotiga joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadigan doimiy ishlovchi respublika yarmarkasi faoliyat ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining hududiy filiallari belgilangan tartibda ochiq turdagi mustaqil aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers kontraktlari, tovarlar va mahsulotlarning barcha turlariga, qishloq xo‘jaligi tovarlari bo‘yicha bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, tovarlarning boshqa barcha turlari bo‘yicha ikki yilgacha muddatga tuzilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining reklama uchun xarajatlari normativi tushumlar hajmining 5 foizigacha miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar va tovarlarni sotish bo‘yicha respublika yarmarkalarini tashkil etish va ularni o‘tkazish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 216-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 26-sentabrdagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha tovar va xom ashyo sotib olish, ularni sotish va olib chiqib ketish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib korxonalar va xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan tovarlar va mahsulotlarni birja va yarmarka savdolarida sotish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar joriy qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar mazkur tartibga muvofiq birja va yarmarka savdolari (keyingi o‘rinlarda “Birja” deb ataladi) da tovarlarni sotishlari va sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonalarning vakillari (sotuvchilar va xaridorlar) kontraktlar tuzish uchun birinchi shaxsning (yoki uning vazifasini boshqaruvchining) imzosi qo‘yilgan yumaloq muhr bilan tasdiqlangan, zarur tartibda rasmiylashtirilgan vakolatga ega bo‘lishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Birja” larda o‘zida bitishuv tuzish paytida belgilab qo‘yilgan narx bo‘yicha tovarlar oldi-sotdisini va operatsiyalarning muayyan vaqt oralig‘idan keyin bajarilishini ifodalovchi naqd (haqiqatda mavjud) tovarlar bilan bitishuvlar hamda fyuchers bitishuvlari — muddatli bitishuvlar amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovarni yarmarkada sotishga kontraktlar korxonalar tomonidan taqdim etilgan namunalar va mahsulotlar modellari, kataloglar, prospektlar, reklama byulletenlari va mahsulotni tavsiflovchi boshqa hujjatlar bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Naqd (haqiqatda mavjud) tovar sotishga tavsiya etilganda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi yoki xo‘jalik faoliyatining boshqa subyekti) “Birja” ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tovar haqiqatdan ham sotuvchining mulki (korxona, xo‘jalik ixtiyorida qoladigan mulkning bir qismi) ekanligini, shuningdek, birinchi shaxs (yoki uning vazifasini bajaruvchi) va bosh buxgalter tomonidan imzolangan, yumaloq muhr bilan tasdiqlangan tovarning mavjudligini (ombor ma’lumotnomasi) tasdiqlovchi tovar egasining hujjatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat sertifikatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida hollarda Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli vazirliklar va idoralarning xulosalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fyuchers bitishuvlari bo‘yicha mazkur Tartibning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda (ombor ma’lumotnomasidan tashqari) sotuvchi tomonidan ko‘rsatilgan tovarning ishlab chiqarilishini kafolatlaydigan hujjatlar taqdim qilinadi, bu hujjatlar rahbar va bosh buxgalter tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kontraktlar bo‘yicha “Birja” da sotib olingan tovarlar uchun hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birja” larning birja va yarmarka savdolarida milliy valyutada tuzilgan kontraktlar bo‘yicha valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish bunday tushum mavjud bo‘lmaganligi munosabati bilan amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorijiy investorlar “Birja” da sotib olingan tovar uchun to‘lovni qo‘shma korxonada ishlab chiqarilgan yoki konsignatsiya bo‘yicha keltirilgan mahsulotni sotish, ko‘rsatilgan xizmatlar hisobidan olingan mablag‘lar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan dividendlar hisobidan, vakolatli banklar tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarni taqdim etgan holda, amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Birja” da kontraktlar tuzishda xaridor ― xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar o‘z ixtiyoridagi O‘zbekiston Respublikasi valyutasining haqiqatdan ham o‘ziga tegishli ekanligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi (mablag‘lar manbalariga bog‘liq ravishda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet el valyutasining konvertirlanganligi haqida vakolatli bank ma’lumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ichki bozorda sotish uchun tovar keltirishga kontrakt va keltirilgan tovarga bojxona deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) so‘mning kelib chiqishini tasdiqlovchi bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar haqidagi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Haqiqatda mavjud tovarlarga tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha xaridor kontraktda qayd etilgan muddatlarda tovarning har bir partiyasi uchun oldindan 100 foiz haq to‘laydi. Tovarni yuklab jo‘natish oldindan to‘langan haq hajmida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi har oyda “birja” ga tuzilgan kontrakt qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo qatnashchilarning xohishiga ko‘ra haqiqatda mavjud tovar bo‘yicha bitishuvlar chog‘ida “O‘zulgurjibirjasavdo” ning barcha aksiyador tijorat firmalari konsignatsiya bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fyuchers bitishuvlari tuzilgan taqdirda xaridor sotuvchiga kontrakt rasmiylashtirilgandan so‘ng 10 kun ichida avans o‘tkazadi. Fyuchers bitishuvi bo‘yicha avans miqdorini tomonlar kelishuvga ko‘ra belgilaydilar, u kontrakt qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fyuchers kontraktlari bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkil etiladigan kliring markazi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bitishuvlar tuzilgandan keyin “Birja” kontraktni “Birja” muhri bilan tasdiqlaydi va ularni brokerlarga yoki yarmarka savdolari qatnashchilariga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Birja” da tuzilgan barcha kontraktlar kontrakt tuzilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan kurs bo‘yicha ekvivalenti AQSh dollarlarida ko‘rsatilib, “birja” da tegishli ro‘yxatdan va hisobdan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika tashqarisiga olib chiqib ketish mo‘ljallangan mahsulotlar va tovarlar bo‘yicha “Birja” kontraktni “Birja” ning muhri, “Poshlinasiz va litsenziyasiz O‘zbekistondan chetga olib chiqib ketish” shtampi bilan tasdiqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bojxona bosh boshqarmasiga yoki uning hududiy bojxona xizmatlariga chopar orqali jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari kelishilgan jadvalga muvofiq “birja” choparidan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr bo‘yicha qabul qiladigan, ularni imzolab, muhr bilan tasdiqlab choparga qaytaradigan mas’ul xodimlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona bitta reyestr bo‘yicha kontraktlarni kontrakt kelgandan boshlab ikki sutka davomida rasmiylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bosh bojxona boshqarmasida yoki uning hududiy bojxona xizmatida tasdiqlangan kontraktlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha “Birja” ning o‘zgartirishlarning sabablari ko‘rsatilgan yozma arizasiga ko‘ra kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish kontraktlarni tasdiqlashdagi kabi tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Birja” Bojxona bosh boshqarmasida yoki uning hududiy bojxona xizmatida tasdiqlangan kontraktlarni olgan paytdan boshlab bir ish kuni davomida ularni brokerlarga yoki yarmarka savdolari qatnashchilariga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan kontraktlar yuk transporti bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish uchun nasos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bosh bojxona boshqarmasida va uning hududiy bojxona xizmatida rasmiylashtirilgan eksport kontraktlar bo‘yicha tovarlarni olib chiqib ketishda tovarlarni jo‘natish joyidagi bojxona bo‘linmalariga, mazkur Tartibning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar nusxalaridan tashqari, quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk transporti bojxona deklaratsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun yuk jo‘natuvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tovarlarni olib chiqib ketish uchun kontraktlarni rasmiylashtiruvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar xaridordan va sotuvchidan bitishuvni rasmiylashtirishga taalluqli bo‘lmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuk jo‘natuvchi yuk qiymatining 0,15 foizi miqdorida bojxona yig‘imi to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tovar-xom ashyo birjasining birja va yarmarka savdolarida xorijiy sheriklar ishtirok etganda viza olish masalalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 26-sentabrdagi 375-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot va tovarlarni sotish bo‘yicha respublika yarmarkalarini tashkil etish hamda o‘tkazish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom respublika yarmarkalarida mahsulotlar va tovarlar savdosini tashkil etish xususiyatlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Doimiy ishlovchi respublika yarmarkasi O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Joriy yarmarka savdolari va respublika ixtisoslashtirilgan yarmarkalarini tashkil etish hamda o‘tkazishni Doimiy ishlovchi respublika yarmarkasi direksiyasi, keyingi o‘rinlarda “Direksiya” deb ataladi, amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlovchi respublika yarmarkasi direksiyasi direktori lavozimiga O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruvi raisi o‘z o‘rinbosarlaridan birini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga, boshqa normativ hujjatlarga, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruvining buyruq va qarorlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Direksiya yarmarkalar, tovarlar va mahsulotlar, texnologiya asbob-uskunalari, yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va texnologiyalar ko‘rgazmalarini, vakillarning savdo-sotiq operatsiyalarini amalga oshirish maqsadidagi muntazam savdo yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan joylarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yarmarka qatnashchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovarni sotish uchun taklif etayotgan, keyingi o‘rinlarda “Sotuvchi” deb ataladi va yarmarka ishida xaridor sifatida ishtirok etish istagini bildirgan, keyingi o‘rinlarda “Xaridor” deb ataladi, har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar yarmarka qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Direksiya bilan yarmarka savdosiga qo‘yilayotgan tovar Sotuvchisi o‘rtasida tuzilgan shartnoma yarmarka savdolarida Sotuvchi sifatida qatnashish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarmarka Direksiyasi bilan Sotuvchi sifatida shartnomalar tuzgan korxonalar ro‘yxatdan o‘tadilar va ro‘yxatga olish tartib raqami berilgan holda yarmarka savdosi qatnashchisi guvohnomasini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yarmarka savdolarida Xaridor sifatida qatnashish uchun Direksiya bilan maxsus shartnomalar tuzish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yarmarka savdolari qatnashchilari Direksiyaga kataloglar, namunalar, modellar, prospektlar, reklama byulletenlarini, tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani, sifat sertifikati va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etadilar, shundan so‘ng yarmarka savdolarida qatnashish va Direksiya tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Direksiyaning yarmarka savdolarini tashkil etishga oid vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yarmarka savdolarini tashkil etish maqsadida Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, tashkilotlar, boshqa bozor tuzilmalari va tadbirkorlar bilan birgalikda talab o‘rganish, tovar ishlab chiqaruvchilar takliflarni aniqlashga doir dastlabki ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka savdolari, ko‘rgazmalar, savdo-sotiq yig‘ilishlarini tashkil etish, o‘tkazish va ularga xizmat ko‘rsatishga oid ishlarni amalga oshiradi, marketing hamda dillerlik xizmatlarini ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan kontraktlar ma’lumotlari, sotish to‘g‘risidagi takliflar hamda mahsulotni sotib olishga berilgan buyurtmanomalar asosida yarmarkaga qo‘yilayotgan mahsulot bo‘yicha talab va taklif konyunkturasini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalar tuzilgan kontraktlar bo‘yicha joriy narxlar hisobini yuritadi, o‘rtacha darajasini aniqlagan holda joriy narxlar vedomostlarini tuzadi va keyinchalik bosma nashrlarda e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ishlovchi yarmarka faoliyati mavzusini tashkil etuvchi masalalarga doir yuridik va boshqa maslahat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xaridor va Sotuvchi o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqanda nizoli masalalar O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining Ixtilof komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Komissiya qaroridan norozi bo‘lingan taqdirda kelib chiqqan kelishmovchilik xo‘jalik sudida ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ixtisoslashtirilgan yarmarkalar o‘tkazishni tashkil etish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ixtisoslashtirilgan yarmarkalarni o‘tkazishdan oldin Direksiyaning korxonalar, tashkilotlar, boshqa bozor tuzilmalari va tadbirkorlar bilan birgalikda talabni o‘rganish, sotish uchun yarmarkalarga qo‘yiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning takliflarini aniqlashga doir ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolariga kvotalanmaydigan har qanday tovarlar va mahsulotlar, shu jumladan, korxonalar va xo‘jaliklar ixtiyorida qoldirilgan tovarlar va mahsulotlar qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ixtisoslashtirilgan yarmarkalarni tashkil qilish va ularga amaliy rahbarlik qilish uchun yarmarka qo‘mitalari tashkil etiladi. Yarmarka qo‘mitasi tarkibiga Direksiya vakillaridan tashqari davlat va tijorat tuzilmalari vakillari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarmarka qo‘mitasi tarkibi Direksiya tomonidan manfaatdor tomonlar vakillari ishtirokida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yarmarka qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolarini o‘tkazish muddatlari va joylarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan yarmarkalar ishchi organlari (hakamlik, kontraktlarni hisobga olish guruhi, kontraktlarni ro‘yxatga olish guruhi) tarkibini belgilaydi va ularni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolarini tashkil etish va o‘tkazishga aloqador masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarga mahsulotlarning sifati yuqori va xaridorgir bo‘lgan yangi turlarini ishlab chiqarish hamda mahsulotlarning past sifatli, sotilmaydigan eskirgan turlarini ishlab chiqarmaslik to‘g‘risida takliflar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xaridor bilan Sotuvchi o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lganda nizoli masalalarni yarmarka qo‘mitasi hakamligi ko‘rib chiqadi. Hakamlik qaroridan norozi bo‘lingan taqdirda kelib chiqqan kelishmovchilik xo‘jalik sudida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Direksiya ixtisoslashtirilgan yarmarka ish yakunlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va sotilayotgan mahsulotlar konyunkturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatda yarmarka qo‘mitasiga ma’lum qiladi, yarmarka qo‘mitasi bilan birgalikda qondirilmagan talab hajmi va tarkibini aniqlaydi, yarmarka qo‘mitasiga tovarni qo‘shimcha ishlab chiqarish, kam-ko‘stini to‘g‘rilash yoki mahsulotni ishlab chiqarmaslik to‘g‘risida takliflar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ixtisoslashtirilgan yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Boshqaruvi tasdiqlangan smeta doirasida, yarmarka qo‘mitasi belgilangan tartibda va miqdorlarda yarmarka qatnashchilarining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yarmarka savdolarini o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yarmarka savdolarida kontraktlar tuzish va ular bo‘yicha hisob-kitoblar mahsulotlar va tovarlarni birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha sotish, sotib olish va olib chiqib ketish Tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yarmarka savdolari barcha qatnashchilarning teng huquqli ishtirokida oshkoralik va ommaviylik prinsiplariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yarmarkalardan tushadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Doimiy ishlovchi yarmarka foyda olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarga eng kam stavkalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarmarkalarni o‘tkazishdan olinadigan daromadlar uni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashi kerak, bunda uni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Direksiya daromadlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalar, ko‘rgazmalar, savdo-sotiq yig‘ilishlarini tashkil etish, o‘tkazish va ularga xizmat ko‘rsatishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalar, ko‘rgazmalar, savdo-sotiq yig‘ilishlarida ish o‘rinlarini berishdan, xonalar va maydonlarni ijaraga berishdan, mahsulot yetkazib berish shartnomalarini tuzishda vositachilik xizmati ko‘rsatishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamalarni tashkil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xizmati ko‘rsatishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport-ekspeditsiya xizmati ko‘rsatishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tijorat-vositachilik xizmatlari ko‘rsatishdan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hisobga olish va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Direksiya yarmarka savdolarida ro‘yxatga olingan kontraktlar hisobini yuritadi va ularni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining jamlovchi va buxgalteriya bo‘limlariga tasdiqlangan shakllar bo‘yicha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Doimiy ishlovchi respublika yarmarkasini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Doimiy ishlovchi respublika yarmarkasi belgilangan tartibda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Boshqaruvining qarori bilan tugatiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 9-son, 37-modda)