Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 19.04.1995 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUPERMARKETLAR SHOXOBCHALARINI TASHKIL ETISH VA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonining 11-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek, savdo xizmati ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Supermarket turidagi do‘kon to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
do‘konlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlari uchun Vaqtinchalik nizomda qayd etilgan talablarni hisobga olgan holda, ular negizida supermarket turidagi do‘konlar tashkil qilish mo‘ljallanayotgan savdo korxonalarining joylashtirilishini ikki hafta muddatda belgilasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlarga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga supermarket turidagi do‘konlar tashkil etish uchun ularga belgilangan tartibda binolar, xonalar, yer uchastkalari sotishda ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu korxonalarni tashkil etishga doir qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi (Fayziyev), O‘zbekbirlashuv (Abdusaniyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo korxonalarining supermarket turidagi do‘konlar uchun Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazish hamda ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarga tegishli xulosalar berish uchun vakolatli mutaxassislardan maxsus komissiyalar tuzsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
supermarket turidagi do‘konlar tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlasinlar, savdo ishlarini tashkil qilishga hamda qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda ularni zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yordam bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Supermarket turidagi do‘konlar uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari majburiy turlarining taxminiy ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari M. 3. Usmonov, B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 19-apreldagi 135-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Supermarket turidagi do‘kon to‘g‘risida Vaqtinchalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Supermarket turidagi do‘konlar respublika aholisini kundalik zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida shaharlarda va tuman markazlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Supermarket sotishning ilg‘or shakllarini qo‘llagan hamda aholiga kompleks xarid talablarini qondiruvchi turli xizmatlar ko‘rsatgan holda keng assortimentdagi oziq-ovqat tovarlarini va kundalik zarur nooziq-ovqat tovarlarini sotish uchun mo‘ljallangan savdo korxonalarining eng maqbul turi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Supermarket turidagi do‘konlar universal assortimentli, bo‘sh savdo maydonlari bo‘lgan, zarur talablarga javob beradigan universamlar, oziq-ovqat do‘konlari, yirik oziq-ovqat do‘konlari negizida, shuningdek, savdo maydoni kamida 600 kv metr bo‘lgan, qishloq joylaridagi tuman markazlarida kamida 400 kv metr bo‘lgan hamda tovarlarni qabul qilib olish, saqlash, ularni sotishga tayyorlash va sotish uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan yangi qurilishlar hisobiga tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnologik yechimlar hisobga olingan holda supermarket binosi normal savdo jarayonini amalga oshirish, savdoning ilg‘or usullarini qo‘llash va xaridorlar uchun qulayliklarini hisobga olib qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun maxsus va yordamchi xonalarga ega bo‘lishi kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 14-son, 180-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Supermarket binolari va xonalari estetik talablarga javob berishi kerak. Arxitektura shakllari, binokorlik materiallari tanlash, binolarni bo‘yash, vitrinalarni bezash, savdo zali interyeri — bularning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular zamonaviy ansamblni tashkil etishi hamda shahar (joy)ning umumiy arxitekturasiga qo‘shilib ketishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Supermarket turidagi do‘konlarda yuqori xizmat ko‘rsatish madaniyati, tovarlarning keng assortimenti, ko‘rgazmali anjomlar va ularni maqbul joylashtirish, sotishning ilg‘or usullari, aholi uchun qulay bo‘lgan ish tartibi, turli qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish, do‘konlarni eng yangi savdo-texnologik va sovutgich uskunalar, kassa mashinalari, elektron tarozilar, yuk ko‘tarish-transport uskunalari bilan jihozlash ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Supermarketlarda savdo jarayonini tashkil etish o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish usulida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Supermarketning savdo zaliga oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari faqat qadoqlangan va o‘ralgan ko‘rinishda sotishga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xarid qilingan tovar uchun xaridorlar bilan pul hisob-kitoblari faqat respublika hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kiritilgan nazorat-kassa mashinalari qo‘llangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdo maydoni 400 kv metr bo‘lgan supermarket savdo zaliga qo‘yilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari assortimenti kamida 800 nomdagi, 600 kv metr maydonda kamida 1200 nomdagi, 1000 va undan ko‘p kv metr maydonda — kamida 2000 nomdagi tovarlarni tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Supermarketlarda oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha tovar oboroti ulushi do‘kon tovar oborotining umumiy hajmida kamida 70 — 80 foizni, nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha 20 — 30 foizni tashkil etishi kerak, mavjud savdo maydonlariga tovarlarni joylashtirish mana shundan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qo‘shimcha savdo maydonlari mavjud bo‘lgan taqdirda supermarketlarda bar-restoran, qahvaxona yoki “ekspress” kafe hamda eshigi alohida bo‘lgan boshqa turdagi va ish tartibi uzaytirilgan umumiy ovqatlanish korxonalari tashkil etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini issiq non va non-bulka mahsulotlari bilan ta’minlash uchun kichik novvoyxonalar ham tashkil etish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Supermarket turidagi do‘konlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Supermarket tashkil etish uchun binolarni, joylarni aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
supermarket, shahar transporti kesishishi hisobga olingan holda, aholi gavjum joylarda, maydonlarda, Markaziy ko‘chalarda, dehqon bozorlari va sanoat korxonalari yaqinida, shuningdek, yirik uy-joy dahalarida joylashgan bo‘lishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomashinalar to‘xtab turish joylari tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Assortimentni to‘g‘ri shakllantirish va tovarlar hamda tovar guruhlarining yuqori darajada aylanuvchanligi supermarket turidagi do‘konlar uchun zarur shartlardan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Supermarketlarda sotiladigan tovarlar assortimentiga oziq-ovqat tovarlarining keng nomenklaturasi, shu jumladan, non, non-bulka mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari, baqqollik tovarlari, sut va sut mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, vino-araq mahsulotlari, konservalangan mahsulotlar, sabzavotlar va ho‘l mevalar, umumiy ovqatlanish korxonalarining yarim tayyor mahsulotlari, pazandachilik, undan tayyorlangan va qandolatchilik mahsulotlari kirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kundalik zarur nooziq-ovqat tovarlaridan quyidagilar bo‘lishi kerak: ichki trikotaj, paypoqlar va uzun paypoqlar, to‘qimachilik va metalldan ishlangan attorlik buyumlari, iplar, poyabzalga ohor berish buyumlari, tualet anjomlari, pardoz-andoz, xo‘jalik-maishiy va maishiy kimyoning ayrim buyumlari, maktab-yozuv, idora, sport buyumlari, bolalar tovarlari va o‘yinchoqlari, fototovarlar, bog‘dorchilik-polizchilik anjomlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdo korxonalarini supermarket sifatida qayta barpo qilishda savdoning ilg‘or usullarini qo‘llashni va xaridorlarga eng yuqori qulaylik yaratishni, to‘liq o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishni joriy etishni, eng yangi savdo-texnologiya asbob-uskunalarini qo‘llashni, pulli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirishni, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashni va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirishni hisobga olgan holda savdoning yagona tashkiliy-texnik jarayonlarini kompleks hal etish, shuningdek xaridorlarga qulay bo‘lishi, alohida kirish va chiqish eshiklari bo‘lishi uchun hisob-kitobning yagona usulini tashkil etishni nazarda tutib texnologik yechimga alohida e’tibor berish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Supermarket tashkil etishda texnologik yechimlarga muvofiq qo‘shimcha, yordamchi xonalar, xizmat xonalari va maishiy xonalarni maqbul joylashtirish masalalarini hal etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Supermarketning savdo zalida xaridorlarning sumkalari va bolalar aravachalari saylanadigan joy albatta nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha Supermarketlarda xaridorlar tomonidan tovarlar tanlanishi buyum korzinalari va aravachalarida amalga oshirilishi kerak, ular xaridorlar oqimini hisobga olgan holda yetarli miqdorda bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdo zalida tovar guruhlarining joylashtirilishi u yoki bu tovarlarga xaridorlarning talabini, xaridorlar oqimini, savdo zali rejalashtirilishini, hisob-kitob uzeli joylashtirilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona hisob-kitob uzeli va “kirish-chiqish” zonalari tashkil etilishi xaridorlar oqimi savdo zaliga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishini, masofaning qisqarishini, kirish-chiqishda tiqilinch bo‘lmaslikni, barcha kassa kabinalarini yagona zonada joylashtirishni, xaridorlarning shaxsiy buyumlarini saqlash va o‘rash uchun buyum korzinalari va aravachalari to‘planadigan maxsus joylar ajratilishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholiga qulaylik bo‘lishi uchun shisha idishlarning barcha turlarini qabul qilish punktlari tashkil etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tunda keltirilgan sut va nonni saqlash uchun alohida joy, almashtirilgan bo‘sh shisha idishlar jamlanadigan va saylanadigan maydonni nazarda tutish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Supermarketlarda xaridorlarga quyidagicha qo‘shimcha xizmatlar tashkil etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalar saloni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni o‘rash stollari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovg‘a to‘plamlarini butlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni uyga eltib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha foydalanishga berish punktlari va maishiy xizmatlarning boshqa turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Barcha supermarketlarda sotiladigan tovarlar namoyish qilingan holda vitrinalar zarur darajada bezatilgan, reklama masalalari hal etilgan bo‘lishi kerak, tovarlarning xususiyatlari va ular qo‘yilgan joylar, ish tartibi to‘g‘risida turli axborot va ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Barcha savdo jarayonlari savdo tartibini boshqaruvchi amaldagi normativ hujjatlarni hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maishiy va ma’muriy binolar tarkibida supermarket xodimlari mehnatining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilaydigan xonalar, ruhiy yengillashish (reloksatsiya) xonasi, ovqatlanish xonasi, jamoat tadbirlari o‘tkaziladigan xona va boshqalar aniq sharoitlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda zarur hajmlarda nazarda tutilishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Supermarket turidagi do‘konlar uchun mahalliy sharoitlarni va xaridorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishni hisobga olgan holda ish tartibining soat 7 dan kechkurun soat 21-22-23 gacha va undan kech bo‘lgan uzaytirilgan maqbul tartibi belgilanadi. Ularning kecha-kunduz ishlashini tashkil etish masalasi ham ishlab chiqiladi,
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 20-oktabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 19-apreldagi 135-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Supermarket turidagi do‘konlar uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari turlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxminiy ro‘yxati

‎‏T/R

Tovar guruhlari nomi‎‏

Supermarket maydoni‎‎

400 kv m‎

600 kv m‎

1000 kv m‎

I. Oziq-ovqat tovarlari‎

‎‎Tovarlarning mavjud bo‘lishi majburiy bo‘lgan eng kam turlari

1.‎ Non va non-bulka mahsulotlari‎ 10‎ 15‎ 25‎
2.‎ Un‎ 3‎ 4‎ 5‎
3.‎ Makaron mahsulotlari‎ 7‎ 10‎ 52‎
4.‎ Yorma va dukkali o‘simliklar mahsulotlari‎ 15‎ 20‎ 35‎
5.‎ Choy‎ 5‎ 7‎ 10‎
6.‎ Qandolatchilik mahsulotlari‎ 50‎ 100‎ 200‎
7.‎ Qandolatchilik mahsulotlari‎ 50‎ 100‎ 200‎
8.‎ Murabbo, jem, povidlo, asal‎ 10‎ 15‎ 25‎
9.‎ Parranda go‘shti‎ 5‎ 7‎ 15‎
10.‎ Go‘shtli konservalar‎ 4‎ 6‎ 10‎
11.‎ Kolbasa va dudlangan mahsulotlar‎ 5‎ 10‎ 15‎
12.‎ Baliq va dengiz oziq-ovqat mahsulotlari‎ 5‎ 10‎ 15‎
13.‎ Seld‎ 2‎ 3‎ 5‎
14.‎ Baliq konservalari‎ 15‎ 17‎ 25‎
15.‎ Mol yog‘i‎ 2‎ 3‎ 5‎
16.‎ O‘simlik yog‘i‎ 4‎ 7‎ 10‎
17.‎ Eritilgan oziq-ovqat yog‘lari va boshqa oziq-ovqat mol yog‘lari‎ 2‎ 3‎ 5‎
18.‎ Margarin mahsulotlari‎ 2‎ 3‎ 5‎
19.‎ Mayonez mahsulotlari‎ 2‎ 3‎ 5‎
20.‎ Qaymog‘i olinmagan sut mahsulotlari‎ 5‎ 7‎ 10‎
21.‎ Sut konservalari‎ 2‎ 5‎ 8‎
22.‎ Pishloq-brinza‎ 5‎ 7‎ 10‎
23.‎ Tuxum va tuxum mahsulotlari‎ 2‎ 3‎ 5‎
24.‎ Tuz va zirovarlar‎ 5‎ 7‎ 30‎
25.‎ Yangi va qayta ishlangan sabzavot mahsulotlari‎ 8‎ 15‎ 20‎
26.‎ Kartoshka va kartoshka mahsulotlari‎ 2‎ 3‎ 10‎
27.‎ Tomat mahsulotlari‎ 3‎ 4‎ 10‎
28.‎ Meva va rezavorlar‎ 5‎ 10‎ 15‎
29.‎ Sitrus va boshqa subtropik mevalar‎ 3‎ 5‎ 7‎
30.‎ Meva-sabzavot konservalari‎ 5‎ 10‎ 15‎
31.‎ Meva-rezavor va shu kabilardan tayyorlangan konservalar‎ 15‎ 17‎ 30‎
32.‎ Sabzavot, meva, sitrus mevalar sharbati‎ 15‎ 20‎ 30‎
33.‎ Quruq mevalar va yong‘oq‎ 5‎ 7‎ 20‎
34.‎ Alkogolsiz ichimliklar va mineral suvlar‎ 10‎ 15‎ 20‎
40.‎ Oziq-ovqat konsentratlari‎ 15‎ 20‎ 25‎
41.‎ Boshqa oziq-ovqat tovarlari (yanchilmagan kofe, kofeli ichimliklar, kraxmal, oziq-ovqat sodasi, sirka essensiyasi, ovqatbop sirka, garmdori, oziq-ovqat yog‘i, ziravorlar va boshqalar)‎ 100‎ 130‎ 170‎
42.‎ Tamaki mahsulotlari‎ 10‎ 15‎ 20‎
43.‎ Umumiy ovqatlanish mahsulotlari‎ 10‎ 15‎ 30‎
JAMI:‎ 400‎ 600‎ 1000‎
II. Nooziq-ovqat tovarlari

Tovarlarning mavjud bo‘lishi majburiy bo‘lgan eng kam turlari

1.‎ Attorlik tovarlari‎ 50‎ 80‎ 150‎
2.‎ Atir-upa-kosmetika tovarlari‎ 40‎ 50‎ 100‎
3.‎ Sintetik yuvish va tozalash vositalari‎ 10‎ 15‎ 20‎
4.‎ Kir sovun va atir sovun‎ 5‎ 10‎ 15‎
5.‎ Idish-tovoq va ro‘zg‘or tovarlari‎ 50‎ 70‎ 100‎
6.‎ Metall idishlar‎ 20‎ 25‎ 30‎
7.‎ Shisha idishlar‎ 10‎ 15‎ 25‎
8.‎ Chinni-fayans idishlar‎ 10‎ 15‎ 20‎
9.‎ Asboblar‎ 10‎ 10‎ 15‎
10.‎ Elektr tovarlar‎ 30‎ 40‎ 60‎
11.‎ Oq qog‘oz tovarlar‎ 30‎ 50‎ 100‎
12.‎ Maktab-yozuv anjomlari‎ 20‎ 30‎ 50‎
13.‎ O‘yinchoqlar‎ 20‎ 30‎ 45‎
14.‎ Boshqa madaniy tovarlar‎ 10‎ 15‎ 50‎
15.‎ Fototovarlar‎ 15‎ 20‎ 30‎
16.‎ Ro‘zg‘or kimyoviy tovarlari‎ 10‎ 20‎ 30‎
17.‎ Ich kiyim (erkaklar, ayollar, bolalar) trikotaji‎ 20‎ 30‎ 40‎
18.‎ Paypoq-noski (erkaklar, ayollar, bolalar)‎ 20‎ 30‎ 50‎
19.‎ Bog‘-tomorqa asbob-uskunalari‎ 10‎ 15‎ 20‎
20.‎ Sport va turizm tovarlari‎ 20‎ 30‎ 50‎
JAMI:‎ 400‎ 600‎ 1000‎
HAMMASI:‎ 800‎ 1200‎ 2000‎
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)