06.07.2020 yildagi PF-6019-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish orqali samarali raqobat muhitini yaratish maqsadida mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish, narxni ortiqcha tartibga solishdan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oldimizda davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyasining iqtisodiyot raqobatbardoshligiga salbiy taʼsirini yanada kamaytirish, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tartibga solish yukini pasaytirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni taʼminlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻmita quyidagi vazifalarni amalga oshirishda bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot kiritib boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozlar, preferensiyalar va faoliyatni amalga oshirish uchun eksklyuziv huquqlar shaklida koʻrsatilayotgan davlat koʻmagining samaradorligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish hamda ular raqobat muhitiga salbiy taʼsir etgan taqdirda, ularni bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda alohida tartib oʻrnatilgan strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ustidan davlat nazoratini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzuvchi qarorlarini bekor qilish va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan chora qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aniqlash va ularga chek qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashkil etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida chora-tadbirlar va siyosat uygʻunligini, erkin va raqobatbardosh bozorni shakllantirish bilan bogʻliq tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda hamda davlat xaridlari, davlat aktivlarini sotish jarayonida raqobat sharoitlarini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida va hududlarda raqobat muhitini yaxshilash, raqobat sohasidagi strategik ustuvor yoʻnalishlar va vazifalarni belgilashda, shu jumladan institutsional islohotlarni amalga oshirishda oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va sohalarda vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalaridan biri raqobat muhitini yaxshilash va uni rivojlantirish hisoblanadi hamda mazkur vazifalarni amalga oshirish rahbar va uning birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolati berilgan davlat muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish), mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va milliy xavfsizlikni taʼminlash maqsadlarida tashkil etish bundan mustasno, monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi olingandan soʻng amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi, strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyati va korxonasi bilan manfaatlar toʻqnashuviga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat xaridlari yoki eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoxud toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisi boʻlishi mumkin emas, bundan davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi, strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyati va korxonasi tender va tanlov savdolari, eng yaxshi takliflarni tanlab olish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishidan avval u bilan affillangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni davlat xaridlari maxsus axborot portalida joylashtirishga majburdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxonani va uning affillangan shaxslarini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi, maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan sohalarda ushbu organlar va boshqa tashkilotlar tomonidan ular ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yetkazib beruvchi boʻlgan yoki oʻziga mazkur huquq berilgan yoxud ustun mavqega ega boʻlgan davlat ishtirokidagi korxona tomonidan faoliyati muassisning tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanishga bogʻliq boʻlgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanadigan, ushbu korxonaga affillangan shaxslarni tashkil etishga, bundan mazkur affillangan shaxslarning ularni raqobatchilar bilan teng faoliyat shart-sharoitlari bilan taʼminlagan holda boʻlib yuborish natijasida tashkil etilishi hollari mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligining tartibga solish taʼsirini baholash hamda Qoʻmitaning raqobat muhitiga taʼsirini baholashi natijalari asosidagi xulosalari mavjud boʻlsagina belgilangan tartibda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qoʻshimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qoʻshimcha majburiyatlar yoxud qoʻshimcha xarajatlar joriy qilishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga har qanday turdagi davlat yordamini, shu jumladan, imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilash, shuningdek yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni berishni.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yalpi xatlovdan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilgacha boʻlgan davrda oʻzlariga tartibga solish boʻyicha biriktirilgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun masʼul vazirlik va idoralar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xaridlari hamda strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ijrochilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yakunlari boʻyicha gʻolib deb rasman eʼlon qilingan kundan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki kun mobaynida davlat xaridlari maxsus axborot portalida tegishli maʼlumotlarni joylashtirish orqali bevosita yoki bilvosita 25 foiz yoki undan koʻp aksiyalarga (ulushga) haqiqatdan nazorat qilishga ega boʻlgan oʻzining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) toʻgʻrisidagi axborotlarni oshkor qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining veb-saytlarida va maxsus axborot portalida doimiy asosda tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartib-taomillari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha imzolangan shartnoma majburiyatlari bajarilishi haqidagi maʼlumotlarni joylashtirib borishga majbur;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻmita Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajribani oʻrganish asosida va raqobat muhitini shakllantirish mexanizmini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi qonunlarini birlashtirgan holda yagona qonun loyihasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin raqobat muhitini olib kirish mumkin boʻlgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yoʻl ochish va uni rivojlantirishni nazarda tutgan holda amaldagi qonun hujjatlariga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat soliq xizmati organlarining 28 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasidagi Biznes muhitini yaxshilash va zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirish departamentining shtatlar soni 8 ta shtat birligiga oshirilsin va unga qonun hujjatlari loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash vazifasi yuklatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tuzilmasida Davlat koʻmagini berishni nazorat qilish va uning samaradorligini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, unga va Savdolarni nazorat qilish boshqarmasiga qoʻshimcha 20 ta shtat birligi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonning 4-ilovasida keltirilgan vazirlik va idoralar Qoʻmita hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar oʻzlariga tartibga solish boʻyicha biriktirilgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqsin va ularni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda raqobatni taʼminlash va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini tubdan takomillashtirish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga davlat buyurtmachilari, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar bilan manfaatlar toʻqnashuviga ega boʻlgan shaxslarga, shuningdek oʻzining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilmagan yoki ular toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etgan davlat xaridlari hamda strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar xaridlari ijrochilariga tender va tanlov savdolarida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartib-taomillarida va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarda ishtirokini taqiqlashni va bunday qonun buzilishi holatlari uchun javobgarlikni belgilash toʻgʻrisida taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-oktabrga qadar davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish)da dastlabki rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-oktabrga qadar xaridlar jarayonida davlat buyurtmachilari, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar oʻzlarining affillangan shaxslari haqidagi, shuningdek xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan oʻzlarining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) haqidagi maʼlumotlarni majburiy oshkor etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar taqdim etilgan imtiyoz miqdorlarini kutilayotgan natijalar va olingan majburiyatlarga, Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va raqobat muhitiga taʼsiri darajasini tizimli ravishda monitoringini yuritish va samaradorligini baholash tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarning eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli orqali xaridlarni amalga oshirishni toʻliq elektron shaklda, Internet tarmogʻi orqali onlayn tarzda amalga oshirishga oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliyaviy tashkilotlarning, shu jumladan Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik koʻmagini jalb qilish orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining (OESR) Tovar bozorlarini tartibga solish Indeksi (Product Market Regulation-PMR) asosida respublikada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobat muhiti diagnostikasini amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda xorijiy amaliyot asosida monopoliyaga qarshi kurashishning yangi samarali instrumentlarini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tahrirdagi “Raqobat toʻgʻrisidagi” qonuni loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni va uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqishda yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari, shu jumladan Xalqaro raqobat tarmogʻi (International Competition Network) bilan raqobatni himoya qilishdagi dolzarb masalalarning muhokamasini amalga oshirish uchun tizimli muloqotni oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopollashgan sohalarni tahlil qilish va ularda raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek Qoʻmitaning institutsional salohiyatini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar amaldagi maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda foydalanish imkonini beruvchi, onlayn rejimda tovar va moliya bozorlarida xususiy tadbirkorlik subyektlarining mavjudligini, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan affillangan shaxslarni aniqlashga xizmat qiluvchi elektron tizimni joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritishga oid chiqishlar va tematik dasturlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6019-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STRATEGIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Strategiyani qabul qilish shart-sharoitlari va zaruriyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda, samarali raqobat muhitini yaratish hamda tovarlar va xizmatlar bozoridagi monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish vazifalarini hal etish uchun ustuvor yoʻnalish boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda, mamlakat iqtisodiyotida davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar va bozor mexanizmlariga oʻtish amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda tadbirkorlik faoliyati sohasida 86 ta ayrim litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-tamoyillari, shu jumladan 38 ta turini 16 taga birlashtirish, 25 ta turi boʻyicha rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish hamda 14 ta litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni berishni markazlashtirish orqali bekor qilindi va soliq yuki kamaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik sohasi izchil rivojlanayotgani qayd etilmoqda, soʻnggi uch yilning oʻzidayoq amaldagi tadbirkorlik subyektlari soni 25 foizga oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilayotgan choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan koʻplab oziq-ovqat (alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, non, non mahsulotlari, goʻsht va sut mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalar) hamda ayrim nooziq-ovqat tovarlar (mebel, gilam va gilam mahsulotlari, toʻqimachilik va boshqalar) bozorlarida raqobatning rivojlanishini taʼminladi. Qurilish materiallari, kabel va sim mahsulotlari, pul oʻtkazmalari xizmatlari bozorida yirik kompaniyalarning monopoliyasi tugatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaratilgan birja mexanizmi bozor ishtirokchilarini yuqori likvidli va monopol turdagi xom ashyo va materiallar bilan bir xilda taʼminlash imkonini berdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston respublika tovar xom ashyo birjasi tovar aylanmasining 65 foizini monopol mahsulotlar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida soʻnggi yillarda monopol korxonalar soni ikki baravardan ortiqqa kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotidagi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan quyidagi tizimli muammolar hal etilmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotda davlatning haddan ziyod yuqori ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning haddan ortiq tartibga solinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyoz va preferensiyalarning samarasiz tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes subyektlariga yuqori tartibga solish yuki va tarmoq tartibga soluvchi organlarning raqobatni rivojlantirishdan manfaatdor emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya holatini suiisteʼmol qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi holatlarga qarshi kurashish huquqiy mexanizmlarning takomillashmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Davlatning iqtisodiyotdagi haddan ziyod yuqori ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda tovar va moliya bozorlarida davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustun mavqega ega boʻlib qolmoqda, masalan, monopol tashkilotlarning 80 foizi davlat ulushiga ega yoki davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlatga tegishliligi va davlat tomonidan nazorat qilinishi masalasi qonun hujjatlarida tartibga solinmaganligi tufayli davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki darajasini aniqlashda qiyinchiliklar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar raqobat holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan davlat unitar korxonalari (DUK) va shuʼba korxonalar koʻrinishida oʻzlarining nazorati ostidagi tuzilmalar tashkil etmoqda. Bugungi kunda bunday korxonalar soni 4 300 tadan ortiqni tashkil etmoqda, shu jumladan aksiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlari shaklida — 1 300 tadan ortiq, davlat unitar korxonasi shaklida — 1 800 tadan ortiq va ularning affillangan shaxslari — 1 100 tadan ortiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor muhitining rivojlanmaganligi va davlatning iqtisodiyotdagi haddan ziyod yuqori ishtiroki davlat ishtirokidagi alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samarasizligiga olib kelmoqda, bu esa “oʻzaro kesishuvchi” subsidiyalash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalar, imtiyozli kreditlar taqdim etish koʻrinishidagi davlat koʻmagi orqali qoplanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya va kapital bozorlarida (birja, markaziy depozitariy, banklar) davlatning ishtiroki va uning vakolatlarining yuqori konsentratsiyasi saqlanib qolmoqda, bu esa manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarmoqda va bozor mexanizmlarining rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, fond birjasidagi qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha hisob-kitob xizmati davlatga tegishli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning monopoliyasi oʻrnatilgan. Umuman olganda, bank sektorining 83 foizi davlat ishtirokida faoliyat koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Narxlarning haddan ortiq tartibga solinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni), tartibga solish koeffitsiyentini, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasini oʻrnatish va narxni tartibga solishning boshqa usullari) 30 dan ortiq tovar va xizmatlarga nisbatan amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tabiiy monopoliyalar sohasida 10 xil turdagi tovar (ish, xizmat)lar tartibga solinishiga qaramasdan, amalda isteʼmolchilar va yetkazib beruvchilar toifalari, shuningdek, hududiy prinsipga qarab oʻrnatiladigan 137 xildagi narx darajalari orqali tartibga solinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopol korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan foydalanilayotgan xarajatlarga asoslangan narxlarni shakllantirish usuli xarajatlarga minimal foydani qoʻshish sxemasidan iborat boʻlib, u xarajatlarning asossiz oʻsishiga undaydi, ishlab chiqarish tannarxining pasayishini ragʻbatlantirmaydi, xarajatlarning oʻsishi esa, narxlar va tariflarning isteʼmolchilar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri oshirish hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishning samarasizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat koʻmagini koʻrsatishning monopoliyaga qarshi tartibga solish vositalari mavjud emasligi berilayotgan imtiyoz va preferensiyalarning samarasizligiga olib kelmoqda va raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda 40 mingdan ziyod xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, yaʼni faoliyat yuritayotgan subyektlar umumiy sonining 12 foiziga soliq imtiyozlari berilgan. Bunday vaziyat tovar va moliya bozorlarida teng boʻlmagan sharoitlarni vujudga keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Biznes subyektlariga tartibga solish yukining yuqoriligi va tarmoqni tartibga soluvchi organlarning oʻz sohasida raqobatni rivojlantirishga manfaatdor emasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning oʻzlari tomonidan tartibga solinadigan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish boʻyicha faoliyati sustligicha qolmoqda. Iqtisodiyot sohasida mavjud 38 ta davlat organidan faqatgina 11 tasiga oʻz sohasida raqobatni rivojlantirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri funksiyalar yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, qonun hujjatlarining tartibga solish taʼsirini va raqobat muhitiga taʼsirini baholashning toʻlaqonli tizimi tatbiq etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida, amaldagi 61 gaga yaqin litsenziyalar doirasida 266 tadan ortiq faoliyat turini litsenziyalanishi hamda 137 turdan ortiq ruxsat berish tartib tamoyillarini nazarda tutuvchi qiyin va murakkab litsenziyalash tizimi, shuningdek, biznesga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatuvchi 6 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat va 40 mingta texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlarda tadbirkorlik subyektlarining bozorlarga kirishi uchun sunʼiy toʻsiqlar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligining barcha asosiy kafolatlari mustahkamlangan boʻlsa-da, Jahon banki maʼlumotlariga koʻra oxirgi yillarda Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning sof oqimi koʻrsatkichi pastligicha qolib YAIMga nisbatan 0,5 — 1,2 foizni tashkil etmoqda, Iqtisodiy erkinlik indeksida mamlakatimiz 180 ta davlat orasida 114-oʻrinni egallamoqda, Investitsiya faoliyatini erkinlik indikatori boʻyicha koʻrsatkich 100 dan 20 ga teng boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. Tabiiy monopoliya holatini suiisteʼmol qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklangan raqobat muhitiga ega boʻlgan bozorlarning, birinchi navbatda, tabiiy monopoliyalar sohalarining mavjudligi, oʻzaro bogʻliq boʻlgan bozorlarga taʼsir qilib, aksariyat hollarda, ularni monopollashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliya subyektlariga tabiiy monopoliya sohasiga kiritilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlaridagi raqobatni cheklash uchun oʻz mavqeyidan foydalanishni man etilganligiga qaramasdan, bugungi kunda bir qator oʻzaro bogʻliq raqobat taʼminlash imkoniyati mavjud boʻlgan bozorlar, misol uchun, temir yoʻllari transporti sohasida — temir yoʻllari chiptalarini sotish, yuk vagonlarini taʼmirlash, vagon-restoranlar xizmatlari, vagonlarni tozalash va boshqa bozorlar amalda monopollashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 6. Raqobatga qarshi harakatlarga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari takomillashmaganligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorga kirish uchun toʻsiqlarni bartaraf etishda, yirik korxonalar monopoliyasiga va “kartel” kelishuvlarga qarshi kurashishda, insofsiz raqobatning oldini olishda taʼsirchan mexanizmlar mavjud emas va amalda monopoliyaga qarshi organning qarorlar qabul qilishda mustaqilligi cheklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha preventiv va oldini oluvchi choralar tizimi shakllanmagan, yirik korxonalarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar ustidan tahlil oʻtkazish va samarali monopoliyaga qarshi nazoratni amalga oshirish mexanizmi oʻrnatilmagan, savdolar jarayonida raqobatni cheklashni oldini olishning huquqiy mexanizmlari samarasizligicha qolmoqda, monopoliyaga qarshi organ faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlari ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Strategiyaning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Strategiyaning asosiy maqsadi samarali faoliyat yuritadigan bozorlarni va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hisobiga iqtisodiy oʻsishni va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, investitsiyalar oqimini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffoflik va kirish uchun teng sharoitlarni taʼminlagan holda samarali faoliyat yuritadigan bozorlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining maʼmuriy yukini va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlatning ishtiroki darajasini kamaytirish, shuningdek, davlat koʻmagi taqdim etilishini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan oqilona tartibga solish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliyalar sohalarining raqobat mavjud bozor holatiga oʻtishi uchun toʻsiqlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat cheklanishini oldini oluvchi vositalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishiga nisbatan, birinchi navbatda, “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ faoliyatining shaffofligini va samaradorligini taʼminlash, jamiyatda raqobat madaniyatini va raqobatga qarshi harakatlarning har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining kadrlari salohiyatini tizimli shaklda oshirib borish.
(2.2.-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Strategiyani amalga oshirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Quyidagilar orqali raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tahlil qilishga oʻtishni nazarda tutuvchi “aqlli” monopoliyaga qarshi tartibga solish modelini joriy qilish, halol raqobatni ragʻbatlantiruvchi tizimni yaratish, jarayonlarni raqamlashtirish orqali raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktika) mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish vositalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon iqtisodiy forumi Global raqobatbardoshlik indeksi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tovar bozorini tartibga solish indeksi metodologiyasi asosida tovar va moliya bozorlarida raqobat holatini muntazam diagnostika qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ishtirokchilariga nisbatan maʼmuriy yukni kamaytirish maqsadida monopol korxonalar Davlat reyestri va tabiiy monopoliyalar Davlat reyestrlarini yuritishni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ulushiga asoslangan ustunlik mavqeni aniqlash mezonlarini qayta koʻrib chiqish va bozordagi ustunligini aniqlashda bozor ishtirokchilarining raqobatga zid xulq-atvorini baholashga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor konsentratsiyasini (qoʻshib yuborish va qoʻshib olish) tartibga solishda jarayonlarni raqamlashtirish va raqobatga boʻlgan taʼsirini baholash sifatini oshirish yoʻli bilan yanada takomillashtirilgan mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlardan va faoliyatni halol amalga oshirishdan kelib chiqqan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni toifalashtirishni nazarda tutuvchi monopoliyaga qarshi davlat nazoratini amalga oshirishda xavf-xatarga asoslangan yondashuvni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Samarali faoliyat koʻrsatadigan bozorlarni yaratish, ularning shaffofligini va kirish uchun teng sharoitlarni taʼminlash, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy tovar va moliya bozorlarda bozor ishtirokchilari sonini koʻpaytirish va ular uchun kirishni soddalashtirish hisobiga ularning samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolari jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun buzilishlarini aniqlash mexanizmini kuchaytirish va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan kichik biznes subyektlariga davlat xaridlari jarayonlarida qatnashish uchun teng imkoniyat yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarga monopoliyaga qarshi talablarni kiritish yoʻli bilan ularning xaridlari jarayonida raqobatni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolariga chiqariladigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va ularga tadbirkorlik subyektlarining erkin kirishini taʼminlash orqali birja savdolari mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari jarayonida yuqori talab davrida narxlarning manipulyatsiyasini oldini olish boʻyicha monopoliyaga qarshi taʼsir koʻrsatish mexanizmini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana va ulgurji savdoga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Quyidagilar orqali tadbirkorlik subyektlarining maʼmuriy yuki va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini kamaytirish va davlat koʻmagini koʻrsatilishini tartibga solish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan “gilotina” usulidan foydalangan holda kompleks oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi litsenziya turlari va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, keyinchalik ularni kamida ikki baravarga qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning iqtisodiyotda ishtirok etish maqsadlarini belgilash mexanizmini joriy qilish va bozorda xususiy sektor mavjud boʻlgan holda davlat korxonalari tashkil etilishini cheklashni koʻzda tutuvchi “sariq sahifalar” tamoyiliga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitiga salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil qilishda monopoliyaga qarshi organ roziligini olish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining ayrim davlat va xoʻjalik funksiyalarini bajarish uchun xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha dasturlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatadigan davlat organlari tomonidan taʼsis etiladigan, shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik xoʻjalik birlashmalari va tabiiy monopoliya subyektlari bilan affillangan davlat unitar korxonalari sonini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga “davlat koʻmagi” tushunchasini hamda imtiyozlar va preferensiyalar berilishida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olishni nazarda tutuvchi mexanizmni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyoz va preferensiyalarning reyestrini joriy etish va ularning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan berilgan imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi tartibga solish mexanizmi kabi davlat tomonidan tartibga solishga muqobil boʻlgan mexanizmlarni joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Raqobatni ragʻbatlantiruvchi taʼsirni vujudga keltiruvchi narxlarni shakllantirishning yuqori samarali usullarini qoʻllagan holda narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan oqilona tartibga solish tizimini yaratish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, isteʼmolchilarning manfaatlari, xarajatlarni kamaytirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xarajatlarini pasaytirish va sarmoyaning qaytishini ragʻbatlantirishga asoslangan tovar va moliya bozorlaridagi narxlarni (tariflarni) shakllantirishda bozor mexanizmlariga toʻlaqonli oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatida raqobatni ragʻbatlantirish effektini yaratuvchi narxlarni shakllantirishning progressiv bozor mexanizmlarini (investitsiya qilingan sarmoyaning iqtisodiy asoslangan rentabelligi usuli (Regulatory Asset Base), qiyosiy tahlil va boshqalar) joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xarajatlarining asosliligini aniqlash uchun taqqoslanadigan bozorlar va oʻzaro bogʻliq bozorlarda narxlarning “qiyosiy qiymatlari” usulidan foydalanishni nazarda tutadigan tartibga solinadigan narxlardan foydalanishni monitoring qilishning yangi modelini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Quyidagilar orqali tabiiy monopoliya sohalarining raqobat bozori holatiga oʻtishi uchun toʻsiqlarni bartaraf etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati va ishlashini, shu jumladan oʻzaro bogʻliq bozorlarda raqobat sharoitlarini yaratish imkoniyati nuqtai nazaridan oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatining shaffofligini va ularning infratuzilmasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kamsitishsiz kirishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish va elektr energiyasining ulgurji bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl va havo transportida tashish bozorida raqobatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari talablari buzilishiga oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktika) vositalarini, shu jumladan davlat organlarida va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni — raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha ichki tartib-qoidalar tizimini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Quyidagilar orqali til biriktirishlar va “kartel” kelishuvlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini kuchaytirish va halol raqobatni ragʻbatlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega va monopol turdagi tovarlar va xizmatlar narxlarini doimiy kuzatib borishning yangi mexanizmini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
til biriktirishlar va “kartel” kelishuvlariga qarshi kurashish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kartel” kelishuvlarini aniqlash maqsadida “yumshatuvchi holatlar” dasturi samaradorligini oshirish yoʻli bilan jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shu jumladan “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarga nisbatan taʼsir choralari va jarima sanksiyalarini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlariga samarali chek qoʻyish uchun muayyan holatlarda monopoliyaga qarshi aralashuvning quyi chegarasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nohalol raqobat holatlarini sodir etganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk huquqlarini buzadigan nohalol xoʻjalik yurituvchi subyektlar reyestrini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
informatsion texnologiyalar yordamida Adliya vazirligi bilan axborot almashinuvining yangi mexanizmlarini joriy qilish;
(3.7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashish organi huzurida huquqshunoslar, patent vakillari hamda Adliya vazirligi mutaxassislaridan tuzilgan mahsulotning oʻxshashlik darajasini baholash boʻyicha ekspert komissiyasini tashkil qilish.
(3.7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Quyidagilar orqali raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga “raqamli bozorlar” tushunchasini kiritish, ularning geografik va tovar chegaralarini hamda tartibga solish usullarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli bozorlarda ustun mavqeni aniqlash mezonlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat orqali savdolarning monopoliyaga qarshi qoidalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi tartibga solish maqsadida “RegTech” (raqamli bozor ishtirokchilari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini samarali qoʻllashga imkon beruvchi tartibga solish texnologiyalari) konsepsiyasiga asoslangan raqamli platformani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli bozorlarda innovatsiyalarni ortiqcha tartibga solish hujjatlarisiz sinash imkoniyatini beruvchi maxsus huquqiy rejim — “tartibga solish qumdoni” (regulatory sandbox)ni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Quyidagilar orqali monopoliyaga qarshi organ faoliyatining shaffofligini va samaradorligini taʼminlash, jamiyatda raqobat madaniyatini va raqobatga qarshi harakatlarning har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasizlikni shakllantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tashkilotlari, ekspertlar va biznes hamjamiyatlari bilan oʻzaro munosabatlarni kuchaytirish va ularni sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash ishlariga keng jalb qilish maqsadida “Raqobat 4.0” munozaralar platformasini (maydonchasini) yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha Ekspertlar kengashini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha nodavlat tashkilotlarni shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti metodikasiga muvofiq tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining rivojlanishi koʻrsatkichlaridan foydalangan holda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) joriy qilish;
(3.9.-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va taʼsir choralarini qoʻllash tezkorligini oshirish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish;
(3.9.-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oid bozor koʻnikmalarini shakllantirish va bilimlarni oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining kadr salohiyatini tizimli oshirish, shu jumladan:
(3.10.-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat huquqi boʻyicha kadrlar tayyorlash boʻyicha maxsus yoʻnalishlarni joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy organlari xodimlari uchun raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.
(3.10.-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. 2024-yilga qadar erishiladigan Strategiya samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Monopollashgan tovar bozorlari sonini kamida 45 foizga kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Monopol korxonalar sonini 40 foizga qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monopol korxonalarning kamida 80 foizida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyotda taqdim etilgan imtiyozlar hajmini YAIM koʻrsatkichiga nisbatan 10 foizgacha kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Eksklyuziv huquqlar va preferensiyalarni taqdim etishni koʻzda tutgan normativ-huquqiy hujjatlarning kamida 60 foizini bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiy erkinlik indeksida Investitsion faoliyat erkinligi indikatori boʻyicha koʻrsatkichni 20 dan 80 gacha oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Global raqobatbardoshlik indeksida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi va uning koʻrsatkichlarini izchil ravishda yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovar, moliya va raqamli bozorlar ishtirokchilari sonini kamida 25 foizga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xaridlari ishtirokchilari sonini 40 foizga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki koʻrsatkichini YAIM koʻrsatkichiga nisbatan 40 foizgacha pasaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Tartibga solish gilotina” usuli foydalangan holda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlardagi tadbirkorlik faoliyatini qiyinlashtiruvchi va raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi normalarni kamida 30 foizga qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

bajarish muddati

Masʼullar

I. Raqobatni rivojlantirish va himoyalash tizimini transformatsiyasini amalga oshirish

1.

Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olish tizimidan raqobatni himoya qilishda qonun buzilishlarini oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktik) tizimiga oʻtishni nazarda tutuvchi “aqlli” monopoliyaga qarshi tartibga solishning progressiv modelini yaratish.

1. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish:

monopol tashkilotlar va tabiiy monopoliya subyektlarining reyestrini yuritishni bekor qilish;

“ustun muzokara kuchi” tushunchasini kiritish hamda uni nazorat qilish usullarini aniqlashtirish;

raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini samarali oldini olish uchun muayyan hollarda aralashuv uchun quyi chegarani kengaytirish.

2. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olishda maxsus koʻrsatmalarni (guidelines) ishlab chiqqan holda tushuntirishlar berish institutidan foydalanishni kengaytirish.

2020-yil

oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

2.

Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilishning moslashuvchan vositalarini, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan usullarni joriy etish (behavioral economics).

1. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, monopol mavqeni aniqlashda muayyan bozor ulushi koʻrsatkichidan voz kechish, asosiy eʼtiborni bozor hukmronligini suiisteʼmol qilish holatlariga qaratish.

2020-yil

oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)

2. Tovar, moliya va raqamli bozorlar ishtirokchilari xulq atvorini tahlil qilish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
oktabr

3. Tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga toʻliq rioya qilishini ragʻbatlantiruvchi xulq-atvor iqtisodiyoti yondashuvlarini, shu jumladan “yumshoq turtki berish” (nudging) konsepsiyasini joriy etish maqsadida raqobat siyosatida institutsional innovatsiyalar laboratoriyasini tashkil etish.

2021-yil

aprel

3.

Iqtisodiyotda raqobat muhiti holatini tahlil qilish.

1. Global raqobatbardoshlik indeksi metodologiyasining “Tovar bozorlarining samaradorligi” indikatori asosida tovar bozorlarida raqobat holatining tahlilini oʻtkazish va “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

2. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining metodikasi asosida tovar bozorini tartibga solish indeksini (PMR) hisoblash.

2021-yil mart

3. Raqobat holati toʻgʻrisida yillik hisobot tayyorlash.

2020-yil

dekabr

4.

Sohaviy boshqaruvdan “bozorlarni boshqarish”ga oʻtish.

Davlat organlarining nizomlariga oʻzlariga tartibga solish boʻyicha biriktirilgan sohalarda oʻz vazifalari doirasiga raqobatni rivojlantirish boʻyicha funksional majburiyatlarni kiritish yoʻli bilan davlat organlarining raqobatni rivojlantirish masʼuliyatlarini oshirish.

2020-yil

dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

5.

Davlat monopoliyaga qarshi nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari buzilishi xavf-xatarga asoslangan yondashuvni joriy etish.

Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini xavf-xatar kategoriyalari boʻyicha tasniflash mezonlarini ishlab chiqish.

2020-yil oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

II. Samarali faoliyat koʻrsatadigan bozorlarni yaratish, shaffoflikni va ularga kirish uchun teng sharoitlarni taʼminlash

6.

Tovar va moliya bozorlariga yangi ishtirokchilarning kirishini soddalashtirish.

Asosiy tovarlar va moliyaviy bozorlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shu jumladan:

farmatsevtika bozorida;

qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqishda;

bank sektorida;

telekommunikatsiya xizmatlarida (internet, mobil aloqa);

neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda;

kimyoviy va mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda;

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda.

2020-yil dekabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev), Qurilish vazirligi

(B. Zakirov), Markaziy bank

(M. Nurmuratov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), Energetika vazirligi (A. Sultanov),

“Oʻzkimyosanoat AJ
(J. Mirzamahmudov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

7.

Tovar va moliya bozorlarida raqobat shartlarini taʼminlash.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida monopoliyaga qarshi talablar va qoidalar ishlab chiqish.

2021-yil yanvar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

tarmoqlarni tartibga soluvchi vazirlik va idoralar

8.

Davlat xaridlari sohasida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish.

1. Davlat xaridlari jarayonida kelishilgan harakatlarni oldini olish maqsadida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunga buyurtmachilar vakillarining sonini cheklash va ishtirokchilarning affillanganligiga qoʻyilgan talablarni kiritish.

2. Tender savdolari jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishini aniqlash tartibini tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

9.

Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning xaridlarida raqobatni taʼminlash.

Strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarning xarid qilish jarayonlariga monopoliyaga qarshi talablarni kiritish.

2020-yil sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

10.

Birja savdolari mexanizmini takomillashtirish va birja savdolari uchun tovarlar turlarini kengaytirish.

1. Jarayonni elektronlashtirish orqali yuqori likvidli va monopol turdagi tovarlarning savdoga chiqarilishini monitoring qilish tartibini tasdiqlash.

2. Yuqori talab boʻlgan davrda birja savdolarida monopoliyaga qarshi choralar koʻrish va narxlarning manipulyatsiyasini oldini olish tartibini tasdiqlash.

2021-yil fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

11.

Ulgurji va chakana savdo jarayonida raqobatni taʼminlash.

Ulgurji va chakana savdo uchun monopoliyaga qarshi talablarni raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritish.

2021-yil

may

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

III. Tadbirkorlik subyektlarining maʼmuriy yuki va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini kamaytirish va davlat koʻmagi koʻrsatilishini tartibga solish

12.

Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga salbiy taʼsirini kamaytirish.

1. Normativ-huquqiy bazaning monopoliyaga qarshi “kompleks taftishni” amalga oshirish — kamida 3 mingta normativ-huquqiy hujjatlarni va 20 mingta texnik tartibga solish boʻyicha hujjatlarni “gilotina” usulidan foydalangan holda raqobatga zid meʼyorlardan tozalash.

2020-yil sentabr — 2021-yil mart

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Normativ-huquqiy hujjatlarning taʼsirini “ex-ante” va “ex-post” tamoyili asosida baholash.

2020 — 2023-yillar

13.

Davlat korxonalarini tashkil qilishda raqobatni ragʻbatlantiruvchi mexanizmni joriy qilish.

1. Davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi maqsadlarini belgilash mexanizmini joriy qilish va bozorda xususiy korxonalar mavjud boʻlgan holda davlat korxonalari tashkil etilishini cheklashni koʻzda tutuvchi “sariq sahifalar” tamoyiliga oʻtish.

2. Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil qilishda monopoliyaga qarshi organ roziligini olish mexanizmini joriy qilish.

2020-yil sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

14.

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar nazorati ostidagi davlat unitar korxonalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar sonini qisqartirish.

1. Davlat unitar korxonalari, yirik davlat kompaniyalari va tabiiy monopoliya subyektlari bilan affillangan bozorlardagi raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini oʻrganish.

2020-yil sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

2. Davlat unitar korxonalarni boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish hamda alohida subyektlar sifatida yirik xoʻjalik birlashmalari tarkibidan ajratish boʻyicha “Yoʻl xaritasini” ishlab chiqish.

2020-yil
oktabr

15.

Investitsiyalarni jalb qilish orqali davlatning va yirik korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish.

1. Yirik davlat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlarini ommaviy joylashtirishga tayyorlash.

2. Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobdorlikning xalqaro standartlariga oʻtkazish.

3. Muntazam ravishda moliyaviy hisobotlarni va maʼlumotlarni, shu jumladan xorijiy tillarda chop etish orqali davlat korxonalari faoliyatining shaffofligini oshirish.

2020 — 2024-yillar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov)

16.

Raqobat muhitini rivojlantirish hamda xususiy sektorni davlat organlari xoʻjalik funksiyalarini bajaruvchi alohida sohalarga jalb qilish.

Quyidagi sohalarda akkreditatsiya tizimi va bozor ishtirokchilarini majburiy sugʻurtalashni joriy etish orqali ayrim davlat vazifalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha dasturni ishlab chiqish:

qurilishdagi texnik nazorat;

sertifikatlashtirish, oʻlchash vositalarini kalibrlash va oʻlchash vositalarini qiyoslash;

kadastr ishlarini bajarish.

2021-yil

yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov),

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (D. Sattarov),

“Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (X. Turaxujayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

17.

“Davlat koʻmagi”ning samaradorligini oshirish.

1. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida imtiyoz va preferensiyalar koʻrinishidagi “davlat koʻmagi”ni berishda monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini olish mexanizmini joriy etish.

2. Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish.

3. Imtiyoz va preferensiyalardan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini shakllantirish.

2020-yil oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

18.

Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini tahlil qilish.

1. Quyidagi sohalarda imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini oʻrganish:

telekommunikatsiyalar;

avtomobillarni ishlab chiqarish;

elektrotexnika sanoati;

qishloq xoʻjaligi mashinasozligi;

yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish;

mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish.

2020-yil dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Davlat soliq qoʻmitasi
(Sh. Kudbiyev),

Davlat bojxona qoʻmitasi
(M. Azimov)

2. Alohida sohalarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni maqbullashtirish (bekor qilish) boʻyicha takliflarni kiritish.

2020-yil dekabr

19.

Raqobat muhitiga salbiy taʼsir etuvchi davlat ishtirokidagi yirik monopoliyalarni majburiy boʻlib yuborish.

1. Amaldagi davlat ishtiroki mavjud yirik monopol korxonalarni bozordagi xulq-atvorini tahlil qilish va ularning xatti-harakatlarida raqobat muhitiga salbiy taʼsiri mavjudligini oʻrganish.

2. Raqobat muhitiga salbiy taʼsir etuvchi davlat ishtirokidagi yirik monopoliyalarni belgilangan tartibda majburiy boʻlib yuborish boʻyicha taklif kiritish.

2021-yil

mart

Monopoliyaga qarshi
kurashish qoʻmitasi
(N. Sharipov)

IV. Tariflarni shakllantirishning yuqori samarali, yaʼni raqobatni ragʻbatlantiruvchi taʼsirni vujudga keltiruvchi usullarni qoʻllagan holda narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan oqilona tartibga solish tizimini yaratish

20.

Raqobatdosh tovar va moliyaviy bozorlarda narx (tarif)larni shakllantirishda bozor mexanizmiga toʻliq oʻtish.

Davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) oʻrnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) tartibini qayta koʻrib chiqish.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

21.

Tabiiy monopoliya subyektlarining narxni shakllantirish usullarini hamda narxni shakllantirishga boʻlgan yondashuvini koʻrib chiqish.

Narxlarni shakllantirishda progressiv bozor mexanizmlari (iqtisodiy asoslangan investitsiya qilingan sarmoya rentabelligi (Regulatory Asset Base) usuli, taqqoslash tahlili va boshqa usullar)ni joriy qilish orqali tabiiy monopoliya subyektlarida raqobatni ragʻbatlantirish taʼsirini yaratish.

2021 — 2024-yillar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov)

22.

Tartibga solinadigan narxlar qoʻllanilishi ustidan monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish.

Tadbirkorlik subyektlarining tartibga solinadigan xarajatlarining asosliligini aniqlash uchun taqqoslov bozorlari va oʻzaro bogʻliq bozorlardagi narxlarning “qiyosiy qiymatlari” usulidan foydalanishni nazarda tutuvchi tartibga solinadigan narxlar qoʻllanilishi ustidan monitoring qilish tartibini ishlab chiqish

2020-yil dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

V. Tabiiy monopoliya sohalarining raqobat bozori holatiga oʻtishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish

23.

Tabiiy monopoliyalar sifatida tasniflash mezonlarini qayta koʻrib chiqish va ushbu sohalarni tubdan qisqartirish.

1. “Raqobat toʻgʻrisidagi va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunlarni birlashtirish.

2020-yil
oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

2. Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati va ishlashi, shu jumladan oʻzaro bogʻliq bozorlarda raqobat sharoitlarini yaratish imkoniyatidan kelib chiqib, tahlillar oʻtkazish.

2021-yil fevral

24.

Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatining shaffofligini va ularning infratuzilmalaridan kamsitishlarsiz foydalanishni taʼminlash.

1. Tabiiy monopoliyalar subyektlarining namunaviy va boshqa shartnomalarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Tabiiy monopoliyalar infratuzilmasiga ulanish (qoʻshilish) asossiz rad etilganligi uchun javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish.

2020-yil noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

25.

Elektr energetika sohasida raqobatni rivojlantirish.

1. Elektr energiyasining ulgurji bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish boʻyicha Dastur tasdiqlash.

2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash funksiyalarini xususiy sektorga berish boʻyicha “Yoʻl xaritasi tasdiqlash.

2021-yil aprel

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

26.

Gaz taʼminoti bozorida raqobatni rivojlantirish.

Xususiy sektorning raqobat asosida gaz taʼminoti bozoriga kirishini taʼminlash dasturini tasdiqlash.

2021-yil sentabr

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

27.

Temir yoʻllari transporti sohasida raqobatni rivojlantirish.

Temir yoʻllari transporti orqali tashishlar bozorida quyidagilarni koʻzda tutuvchi raqobatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish:

temir yoʻllari infratuzilmasini saqlash va tashishlarni amalga oshirish funksiyalarini ajratish orqali temir yoʻllarida tashishlar xususiy bozorini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish imkoniyatini oʻrganish;

harakatlanuvchi tarkib operatorlari faoliyatini tartibga solish asoslari va ularning tashuvchilar bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish;

kombinatsiyalashgan tashishlarga tarifni hisoblash metodikasini ishlab chiqish (yoʻnalish boʻylab har xil turdagi lokomotivlar yoki turli tashuvchilarning lokomotivlaridan foydalanish);

umumiy foydalanishda boʻlmagan yoʻllarning umumiy foydalaniladigan yoʻllarga texnologik ulanishi uchun teng sharoitlarni taʼminlash;

vagonlar ayri�oshlash “birja”sini tashkillashtirish, tashishlar logistikasini yanada samarali yaratish.

2021-yil
mart

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

28.

Havo transporti sohasida raqobatni rivojlantirish.

1. Respublikaning barcha hududlarida “ochiq osmon rejimini joriy etish dasturini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

2. Havo transportida tashishlar bozorida turli xizmatlarni koʻrsatish uchun xususiy sektor subyektlari kirishini taʼminlash dasturlarini tasdiqlash.

2020-yil
dekabr

3. Milliy arzon tashuvchilarni — “loukosterlarni yaratish dasturini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

VI. Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktika) vositalarini joriy etish

29.

Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish.

1. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2020-yil sentabr

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

2. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish.

2020 — 2024-yillarda

30.

Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yoʻl qoʻymaslik (profilaktika) mexanizmini joriy etish.

1. Davlat organlarida va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni — raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash, huquqbuzarlik xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha ichki tartib-qoidalar tizimini joriy qilish va uni monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish

2020-yil sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

2. Kamida 9 ta korxonalarda tajriba sifatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish.

2020-yil

dekabr

VII. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik, avvalo “kartel” kelishuvlari tuzganlik va til biriktirishlar amalga oshirganlik uchun huquqiy taʼsir choralarini kuchaytirish hamda halol raqobatni ragʻbatlantirish

31.

“Kartel” kelishuvlariga qarshi kurashish usullarining samaradorligini oshirish.

“Kartel” kelishuvlari va til biriktirish boʻyicha ra?obat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oʻzgartirish boʻyicha “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish.

2020-yil
oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

32.

“Kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlashning tahliliy vositalarini takomillashtirish.

Ijtimoiy muhim va monopol turdagi tovar va xizmatlarning narxlari darajasini kuzatish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

33.

Jamiyatda til biriktirish va “kartel” kelishuvlarning har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

1. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda “kartel”larga qarshi ijtimoiy kompaniyani ishlab chiqish.

2. “Kartel” kelishuvlarini aniqlash maqsadida “yengillashtirish” dasturi samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xodjayev)

34.

Nohalol raqobatni oldini olish, aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yuristlar, patent ishonchli vakillari va ekspertlaridan iborat monopoliyaga qarshi kurashish organi huzurida mahsulot oʻxshashligini baholash boʻyicha ekspert komissiyasini shakllantirish.

2020-yil oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Intellektual mulk agentligi
(T. Abdusattorov)

2. Intellektual mulk huquqlarini buzuvchi nohalol tadbirkorlik subyektlari reyestrini joriy etish.

2020-yil
sentabr

35.

Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishi yuzasidan sudyalarning malakasini oshirish tizimini yaratish.

Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda sudyalar uchun raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha maxsus kurslarni tashkil qilish.

2021-yil

Sudyalar Oliy kengashi
(U. Mingbayev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

VIII. Raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini joriy etish

36.

Raqamli bozorlarga yangi ishtirokchilar uchun kirish shartlarini soddalashtirish.

1. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga “raqamli bozorlar” va ularni monopoliyaga qarshi tartibga solish tushunchalarini kiritish.

2020-yil oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsi?l?rini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

2. Raqamli bozorlarda tartibga solish hujjatlarisiz innovatsiyalarni sinashga imkon beradigan “tartibga solish qumdoni konsepsiyasi asosida maxsus huquqiy rejimni yaratish.

2020-2021-yillarda

37.

Raqamli bozorlarni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini yaratish.

Raqamli bozorlarning tovar va geografik chegaralarini tahlil qilish va aniqlash tartibini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)

38.

Elektron tijorat sohasida raqobat muhitini takomillashtirish.

Elektron tijorat jarayonida monopoliyaga qarshi savdo qoidalarini tasdiqlash.

2021-yil

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
(N. Sharipov)

39.

Raqamli bozorlarda raqobatni himoya qilish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Raqamli bozor ishtirokchilari tomonidan raqobat qonunchiligi talablarini tezkor va samarali bajarilishini taʼminlaydigan RegTech (tartibga solish texnologiyalari) konsepsiyasiga asoslangan raqamli platformani yaratish.

2022-yil

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

IX. Monopoliyaga qarshi organ faoliyatini ochiqligini taʼminlash va jamiyatda raqobat madaniyatini va raqobatga qarshi xatti-harakatlarga qarshi murosasizlikni shakllantirish

40.

Respublikada sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga jamoatchilik tashkilotlarini, ekspert va biznes-hamjamiyatlarni keng jalb qilish.

1. “Raqobat 4.0.” munozaralar maydonchasini yanada rivojlantirish.

2. Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha Ekspertlar kengashini tuzish.

2020 — 2022-yillar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

41.

Jamiyatda raqobat madaniyati va raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish.

1. Tadbirkorlik subyektlari uchun bozor koʻnikmalarini rivojlantirish hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga bagʻishlangan oʻquv kurslarini tashkil etish.

2. Raqobatni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida nodavlat tashkilotlarini yaratish (tuzish, tashkil qilish).

2020 — 2024-yillarda

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

42.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatida raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ular boʻyicha tegishli choralarni koʻrishda tezkorlikni taʼminlash maqsadida axborot-texnologiyalarini keng joriy qilish.

Monopoliyaga qarshi tartibga solish boʻyicha yagona axborot tizimini yaratish va uni hududiy organlar, barcha davlat organlarining axborot-maʼlumot tizimlariga ulanishini taʼminlash.

2020 — 2022-yillarda

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

43.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining samaradorligini oshirish.

Ilgʻor xorijiy amaliyot asosida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
(N. Sharipov)

44.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini raqobat siyosati va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablaridan xabardorligi va koʻnikmalarini yanada oshirish.

Davlat boshqaruvi akademiyasining oʻquv dasturlarida raqobat siyosati boʻyicha maxsus kurslarni joriy qilish.

2020-yil sentabr

Davlat boshqaruvi akademiyasi
(X. Azizov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

X. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar salohiyatini tizimli oshirib borish

45.

Monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaratish.

1. Respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining magistratura yoʻnalishlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat huquqi yoʻnalishlari boʻyicha maxsus kurslar tashkil etish.

2020-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

2. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy organlari xodimlari uchun raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini qoʻllashga bagʻishlangan doimiy oʻquv kurslarini tashkil etish.

2020-yil dekabr

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yalpi xatlovdan oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Amalga oshirish shakli

Masʼul ijrochilar

1.

“Tartibga solish gilotinasi” usulidan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatadigan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlarni yalpi xatlovdan oʻtkazilishini muvofiqlashtirish (keyingi oʻrinlarda xatlov) boʻyicha davlat organini belgilash, uni oʻtkazish rejasi — Yoʻl xaritasini tayyorlash, xatlovdan oʻtkazilayotgan hujjatlar roʻyxatini tuzish uchun idoralararo komissiyasi tarkibini tasdiqlash hamda vazirlik va idoralarning masʼul xodimlarini tayinlash.

2020-yil

sentabr

Vazirlar Mahkamasi qarori

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kasimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Yalpi xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi davlat organi huzurida xatlovdan oʻtkazish boʻyicha loyiha ofisini tashkil etish.

2020-yil

oktabr

Texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

3.

Tadbirkorlik subyektlarini “Tartibga solish gilotinasi” jarayoniga jalb etish, asosiy manfaatdor taraflar bilan maslahatlar oʻtkazish, jamoatchilik bilan ishlash rejasini ishlab chiqish.

2020-yil
sentabr-oktabr

Tashkiliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Xatlovdan oʻtkazish boʻyicha qoʻllanmani, elektron savolnomani ishlab chiqish.

2020-yil

noyabr

Qoʻllanma va rahbarlik

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilish, loyiha ofisi va idoralararo komissiyasi xodimlarini xatlovdan oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlarga tanishuv tashrifini tashkil etish.

2020-yil

noyabr — 2021-yil yanvar

Amaliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

6.

“Tartibga solish gilotinasi” jarayoni uchun yagona veb-saytni tashkil etish.

2021-yil

yanvar

Amaliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

7.

Vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari uchun tartibga solish gilotinasi usuli boʻyicha maxsus treninglar tashkil etish.

2020-yil

oktabr — dekabr

Tashkiliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Tartibga solish gilotinasi dasturining mohiyati va maqsadlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikka maʼlumot berish, shu jumladan seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, yoʻriqnoma va qoʻllanmalar va boshqa tahliliy materiallarni nashr etish.

2020-yil

noyabr — 2021-yil yanvar

Tashkiliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

9.

Xatlovdan oʻtkaziladigan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlar roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil

yanvar

Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

10.

Vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish normativ hujjatlarini raqobat va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini xatlovdan oʻtkazish hamda ularni bekor qilish, qayta koʻrib chiqish yoki saqlab qolish boʻyicha aniq asoslangan takliflarni loyiha ofisiga kiritish.

2021-yil

yanvar-fevral

Tahliliy materiallar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), vazirlik va idoralar

11.

Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlarining shakllantirilgan roʻyxatlarini raqobat va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini xususiy biznes vakillari va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda puxta ekspertizadan oʻtkazish.

2021-yil

fevral — aprel

Ekspertiza xulosasi
va hisobot

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), vazirlik va idoralar

12.

Vazirlik va idoralar bilan ekspertiza xulosalari boʻyicha muhokamalarni oʻtkazish va qayta koʻrib chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarning yakuniy roʻyxatini shakllantirish hamda vazirliklarning shikoyat va apellyatsiyalari boʻyicha muhokamalarni rejalashtirish.

2021-yil

aprel

Ekspertiza xulosasi
va hisobot

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), vazirlik va idoralar

13.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻplamini ishlab chiqish va uning raqobatga, biznesga va davlat budjetiga taʼsirini baholash.

2021-yil

aprel — iyul

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

14.

Qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻplamini tasdiqlash, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik tartibga solish hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlar milliy bazasiga kiritish.

Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga kiritilmagan qonun hujjatlarni avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish tartibini joriy etish.

2021-yil

avgust-sentabr

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
va Hukumatining qarorlari

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilgacha boʻlgan davrda oʻzlariga tartibga solish boʻyicha biriktirilgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun masʼul vazirlik va idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tarmoq

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish

Energetika vazirligi

2.

Neftgaz sanoati

3.

Temir yoʻl transporti

Transport vazirligi

4.

Havo transporti

5.

Avtomobil transporti

6.

Avtomobil yoʻllarini qurish

7.

Qurilish

Qurilish vazirligi

8.

Loyihalashtirish xizmatlari

9.

Mobil aloqa xizmatlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Internet xizmatlari

11.

Kadastr hujjatlarini tayyorlash

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

12.

Oʻlchov ishlarini olib borish va toposʼyomka xizmatlari

13.

Sertifikatsiya va metrologiya

“Oʻzstandart” agentligi

14.

Avtomobil sanoati

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

15.

Elektrotexnika

16.

Metallurgiya

17.

Oziq-ovqat va yogʻ-moy sanoati

18.

Qurilish materiallari

19.

Kimyo sanoati

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 06/20/6019/1040-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)