1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3250]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonunning 31-moddasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya boshqarmasi deb yuritiladi) huzuridagi malaka komissiyalari xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) toʻxtatib turish va tugatish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Malaka komissiyasi yigʻilishlarining xolisligi va odilligini taʼminlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz (kuzatuvchi sifatida) ishtirok etishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka komissiyasi hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan toʻqqiz nafar kishigacha boʻlgan tarkibda toq miqdorda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Malaka komissiyasi tarkibi tegishli hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda malaka komissiyasi raisining taqdimnomasiga koʻra hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi oʻzgartirilishi yoki qayta tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining notariat sohasiga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari qoida tariqasida malaka komissiyasi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy adliya boshqarmasi notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boʻlimining (shuʼbasining) notariat sohasi boʻyicha masʼul xodimi malaka komissiyasi kotibi (bundan buyon matnda kotib deb yuritiladi) etib tayinlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Malaka komissiyasi raisi mehnat taʼtilida, xizmat safarida boʻlgan vaqtda yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan hollarda hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uning boshqa oʻrinbosari vaqtincha malaka komissiyasi raisi etib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Malaka komissiyasi raisi komissiyaning navbatdagi yigʻilishi oʻtkaziladigan kun va vaqtni belgilaydi, shuningdek komissiya yigʻilishlarini oʻtkazadi va ularga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka komissiyasi raisi komissiya ishini tashkil qilish va uning oʻz vaqtida, toʻgʻri va haqqoniy oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Malaka komissiyasi oʻz faoliyatini mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika taʼminoti tegishliligi boʻyicha hududiy adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Malaka komissiyasi yigʻilishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Malaka komissiyasiga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish boʻyicha sudga ariza kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun hududiy adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib tegishli hududiy adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi taqdimnomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni (bundan buyon matnda hujjatlar deb yuritiladi) qabul qilib oladi va shu kunning oʻzida Malaka komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritish orqali qayd qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Malaka komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish kitobi ip oʻtkazilib tikilgan, tegishli hududiy adliya boshqarmasi devonxonasi muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning saqlanishi uchun kotib masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kotib komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan hujjatlar haqida shu kunning oʻzida malaka komissiyasi raisini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kotib komissiyaning navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqilishi uchun hududiy adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning har biri boʻyicha alohida komissiya aʼzolari soniga mutanosib ravishda tegishli hujjatlar nusxalarini tayyorlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka komissiyasi raisi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish maqsadida malaka komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadigan kun va vaqtni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hujjatlar bir yoki bir nechta boʻlishidan qatʼi nazar, ular malaka komissiyasiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida malaka komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kotib komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kundan kamida ikki kun oldin malaka komissiyasining barcha aʼzolarini hamda litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish bilan bogʻliq ishlar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan notariusni (bundan buyon matnda notarius deb yuritiladi) komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kun va vaqt haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka komissiyasi raisi komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kundan kamida ikki kun oldin navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtadigan kun va vaqt, shuningdek kun tartibidagi masala yuzasidan Adliya vazirligining Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Notarius unga xabar berilgan kun va vaqtda komissiyaning yigʻilishida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malaka komissiyasi yigʻilishida notariusning qatnashmasligi yigʻilish oʻtkazishni qoldirish yoki kun tartibidagi unga tegishli masalani koʻrib chiqmaslik uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Malaka komissiyasi yigʻilishini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolari, shuningdek notariusdan (masalasi koʻrib chiqilishi davomida) boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi, malaka komissiyasi raisining ruxsati bilan komissiya yigʻilishida koʻrilayotgan masala yuzasidan taklif qilinadigan shaxslarni jalb etish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kotib yigʻilishda koʻrib chiqish uchun kun tartibiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan hujjatlar nusxalarini komissiyaning barcha aʼzolariga tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Rais kun tartibidagi har bir masala boʻyicha komissiyaga kelib tushgan hujjatlar mazmuni haqida komissiya aʼzolariga alohida oʻqib eshittiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka komissiyasi kun tartibidagi har bir masalani alohida-alohida muhokama qiladi. Malaka komissiyasi muhokamada taklif qilingan shaxslarning tushuntirish va izohlarini eshitishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Malaka komissiyasi tomonidan notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Qonunning 152-moddasi birinchi qismi hamda mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular boʻyicha litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq qoidabuzarliklar hollari va muddatlarida nazarda tutilgan qoidabuzarliklarning bir nechtasi sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish aniqlangan qoidabuzarliklar uchun belgilangan eng koʻp muddat doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka komissiyasi tomonidan notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Qonunning 153-moddasi ikkinchi qismiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidabuzarlik sodir etilganligi uchun malaka komissiyasining notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qarori qabul qilingan kundan boshlab bir yil davomida notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari yoki Notariuslarning kasb etikasi qoidalari yoxud notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodini takroran buzilganligi muntazam ravishda qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi qoidabuzarliklar notariusning bir marta qoʻpol ravishda qoidabuzarlik sodir etilganligi deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyilgan va (yoki) xatlangan mol-mulkni tasarruf etish toʻgʻrisida bitimning tasdiqlanganligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni rasmiylashtirishda notarius imzosining faksimilesidan foydalanilganligi va (yoki) muhrni boshqa shaxslarga berilganligi;
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni notarius oʻrniga boshqa shaxs imzolashi, shuningdek notarial harakatni amalga oshirishda bitim tarafi (taraflari) yoki notarial harakatni rasmiylashtirishda tegishli shaxs oʻrniga boshqa shaxslarning ishtirok etishi va tegishli hujjatni imzolashiga yoʻl qoʻyilganligi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(26-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni rasmiylashtirish uchun oʻzi yoki vositachi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilanganidan tashqari moddiy manfaat koʻrganligi;
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirishda vakolati boʻlmagan jismoniy shaxsning yoki vakolati boʻlmagan yuridik shaxs vakilining ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan notarial harakat “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinmaganligi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka komissiyasi tomonidan Qonunning 152 va 153-moddalari hamda mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hollarda notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida, shuningdek notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Notarius litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda ushbu notarius tomonidan sodir etilgan boshqa qoidabuzarlik uchun malaka komissiyasi tomonidan yangi qaror qabul qilinadi. Bunda, qoidabuzarlik uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish boʻyicha qoʻllanilgan yangi muddat dastlabki muddat oʻtishi boshlangan kundan boshlab hisoblanadi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka komissiyasi tomonidan tegishliligi boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritishni rad etish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Malaka komissiyasi tomonidan notarius litsenziyasi amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan notarius litsenziyasining amal qilishi sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Malaka komissiyasi qarori komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, malaka komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi yigʻilishi uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Malaka komissiyasi yigʻilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda komissiya yigʻilishi bayonnomalarini rasmiylashtirish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Malaka komissiyasi yigʻilishi bayonnomasi komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Malaka komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nusxasini komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtgan kundan boshlab bir kun ichida tegishli hududiy adliya boshqarmasiga va Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga hamda notariusga yetkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Notarius malaka komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, komissiya yigʻilish bayonnomasi nusxasini olgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya berish yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi D. ASHUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular boʻyicha litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlari
1.
Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlarning notarius ishtirokida imzolanmaganligi
6 oy
2.
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarni tomonlar bir vaqtda notarius huzurida hozir boʻlib imzolamaganligi
2 oy
3.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda maxsus moslamalarda murojaat etuvchilarning barmoq izlarini skaner qilish talabiga rioya qilinmaganligi
1 oy
4.
Murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda notarial harakatni imzolash jarayoni majburiy audio yoki videoyozuv vositalarida qayd etilmaganligi
1 oy
5.
Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarga oid maʼlumotlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga aniq va toʻliq kiritilmaganligi yoki xato kiritilganligi
1 oy
6.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilganlardan tashqari ortiqcha hujjat talab qilinganligi
15 kun
7.
Notarial harakatni amalga oshirish noqonuniy ravishda rad etilganligi yoki notarial harakatni amalga oshirishdan, shuningdek taqiqni yechish yoki notarial harakatlardan nusxa berishdan bosh tortilganligi
1 oy
8.
Notarius tomonidan uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasi uzrsiz sabablarga koʻra amalga oshirilmaganligi
1 oy (agar 1 oyda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar)
9.
Notarial tasdiqlangan hujjatlarni arxivda saqlashning quyidagi qoidalarning bittasiga rioya qilinmaganligi:
hujjatlar yigʻmajildga tikilmaganligi va muqovalanmaganligi;
belgilangan muddat oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirilmaganligi
15 kun
10.
Notarial harakatlarni bajarish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda notarius tomonidan quyidagilarning bittasiga rioya qilinmaganligi:
ularga huquqlari, majburiyatlari va bitimning ahamiyati tushuntirilmaganligi;
notarial harakatlarning huquqiy oqibati haqida ogohlantirilmaganligi
1 oy
11.
Notarius kasbiy vakolatlarini amalga oshirish jarayonida alkogol, giyohvand yoki psixotrop moddalar taʼsirida mast holatda fuqarolarni qabul qilganligi
3 oy
12.
Notariusning faoliyat koʻrsatish hududidan (notarial okrug) tashqarida notarial harakatni amalga oshirilganligi Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
1 oy
13.
Notarius tomonidan fuqarolar va xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi nojoʻya hatti-harakatlar sodir etilganligi
1 oy
14.
Notarius oʻziga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yoki fuqarolik ishida uning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan daʼvo taqdim etilgan hollarda bu haqida Notarial palata hududiy boshqarmasini xabardor qilmaganligi
1 oy
15.
Notarial palata va uning hududiy boshqarmasining vakolatlari doirasida berilayotgan soʻrovlar yoki topshiriqlarini bajarmaslik
15 kun
16.
Notarius tomonidan vakolatli organlar va mansabdor shaxslarning qonunga asoslangan holda soʻragan hujjatlarini, maʼlumotlarini taqdim etilmaganligi yoki talablari bajarilmaganligi
15 kun
17.
Notarius oʻz hamkasblarining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida, internet manbaalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda ommaga tarqatganligi
1 oy
18.
Notarial palataning yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari (koʻrsatmalari) notarius tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi
1 oy
19.
Murojaat qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilgan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanmaganligi
15 kun
20.
Notarial harakatlar boʻyicha toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi, huquqiy va texnik tusdagi haq) notoʻgʻri undirilganligi yoki toʻlovlardan noqonuniy ravishda ozod qilinganligi yoxud toʻlovning imtiyozli toʻlanishini asoslantiruvchi hujjatlarning nusxasi olib qolinmaganligi yoki “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan maʼlumotnoma olib biriktirilmaganligi
15 kun
21.
Vasiylikdagi va homiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan ishonchnomalar tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati olinmaganligi
1 oy
22.
Vasiylikdagi va homiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan shartnomalar tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati olinmaganligi
3 oy
23.
Notarial harakatni rasmiylashtirishda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilishi lozim boʻlgan holatlar tekshirilmaganligi yoki notoʻgʻri tekshirilganligi
Notarius oʻz faoliyat koʻrsatish hududida manzili oʻzgarganligi boʻyicha adliya organiga xabarnoma bermaganligi
15 kun
25.
Notarius tomonidan oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun bitimlarni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkinligi yoki oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzishi toʻgʻrisidagi tartibga rioya qilinmaganligi
6 oy
26.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzilganligi
6 oy
27.
Notariusda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda
15 kun (agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar)
28.
Erning (xotinning) umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) yozma roziligi olinmaganligi
6 oy
29.
Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish bitimlarini tasdiqlashda oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan aʼzolarining va xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslarning yozma roziligi olinmaganligi
3 oy
30.
Notariusning ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanganligi
1 oy (agar 1 oyda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar)
31.
Garov (ipoteka) shartnomalarini tasdiqlashda garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi olinmaganligi
3 oy
32.
Vasiyatnomani imzolash jarayoni majburiy audio va video yozuvga qayd etilmaganligi
2 oy
33.
Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishda meros qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz merosxoʻrlarini aniqlash choralari koʻrilmaganligi
1 oy
34.
Umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlashda umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqi toʻgʻrisida ogohlantirilmaganligi
1 oy
35.
Notarial tasdiqlangan hujjatga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritish yoki uning aniq arifmetik xatolarini tuzatish belgilangan tartibda amalga oshirilmaganligi
15 kun
36.
Notarial harakatni amalga oshirish turiga rioya etilmaganligi
1 oy
37.
Notarial harakatlar asosida vujudga keladigan koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlarni Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yuborilmaganligi, qonunchilik hujjatlarida yuborilishi belgilanmagan hollar bundan mustasno
15 kun
38.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari (roʻyxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) talablariga rioya etilmaganligi
1 oy
39.
Qonunchilik hujjatlarida bajarilishiga toʻgʻridan-toʻgʻri cheklov mavjud boʻlgan notarial harakat amalga oshirilganligi
6 oy
40.
Notarius tomonidan notarial idora xodimi yoki boshqa shaxsning notarial harakat uchun qonunchilik hujjatlarida belgilanganidan tashqari moddiy manfaat koʻrishiga yoʻl qoʻyilganligi
4 oy
41.
Ish vaqti davomida uzrli sabablarsiz ish joyida boʻlmaganligi
15 kun
42.
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyilganligi
3 oy
43.
Notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablarning bittasi yoki bir nechtasi bajarilmaganligi
15 kun (agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* mazkur qoidabuzarlik hollaridan tashqari boshqa qoidabuzarliklar sodir etilganlik uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati malaka komissiyasi tomonidan qoidabuzarlikning ogʻir-yengilligiga qarab belgilanadi. Bunda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishning eng kam muddati oʻn besh kundan kam, eng koʻp muddati olti oydan koʻp boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** notarial harakatni rasmiylashtirishda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilishi lozim boʻlgan holatlar tekshirilmaganligi yoki notoʻgʻri tekshirilganligi natijasida kelib chiqadigan oqibat uchun ushbu Nizomda boshqacha chora nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250-1, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 228-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-1, 2011-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 438-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 2014-yil 26-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 40-son, 501-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 390-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-3, 2015-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 653-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 10-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-4, 2018-yil 6-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-5, 2018-yil 10-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 2018-yil 26-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 10/20/3250/1012-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)