Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QOʻMITASI (“OʻZISTIQBOLSTAT” DAVLAT QOʻMITASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 6-avgustdagi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining Raisi vazifasi Bosh vazir oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining chegaraviy soni tegishli mehnatga haq toʻlash fondi bilan 260 nafardan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda) iborat qilib belgilansin.
Davlat qoʻmitasiga Raisning 7 nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, ikki nafar birinchi oʻrinbosariga hamda shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 11 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Xizmat maqomi, moddiy-maishiy taʼminoti, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosarlari vazirlarga, Rais oʻrinbosarlari vazirning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining ilmiy va axborot bilan taʼminlanganligini oshirish maqsadida:
Oʻzbekistonning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasining Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot institutini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining Oʻzbekiston statistika axboroti ilmiy-tadqiqot institutini tugatib, Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasining Bosh hisoblash markazi hamda Oʻzbekistonning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot institutining hisoblash markazi negizida Bosh hisoblash markazi;
Hisobga olish va statistika sohasi rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish Respublika tarmoqlararo instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻquv-metodika markazi negizida Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
eng muhim xalq xoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish, tahliliy materiallarni, respublikani istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlari prognozlarini ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek alohida olimlar va yirik mutaxassislarni jalb etish;
berilgan vakolatlar doirasida meʼyoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
respublika iqtisodiy idoralari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarning statistika axborotini toʻplash va qayta ishlashning metodik birligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
respublika hududida boʻlgan barcha yuridik shaxslardan, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolardan davlat hisobotini hamda barcha hisobga olish-statistika ishlari boʻyicha zarur maʼlumotlar va materiallarni belgilangan hajmlarda va muddatlarda tekin olish huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasi 20 kun muddat ichida:
istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin;
Davlat qoʻmitasining yangi funksiyalari va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uning toʻgʻrisidagi nizom loyihasini, shuningdek davlat statistika hisoboti berishning belgilangan tartibini buzganlik va uning notoʻgʻriligi uchun rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda oʻziga qarashli boshqa tashkilotlar toʻgʻrisidagi Nizomni, ularning xodimlari soni va tuzilmasini tasdiqlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga “Iqtisod va hisobot” (“Ekonomika i statistika”) oylik jurnalini taʼsis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Raisiga:
Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekistonning istiqbolini belgilash va statistika qoʻmitasi xodimlari uchun ular “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasida ishlagan davrda ularga belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinsin.
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasidagi 45-uyga; Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Bosh hisoblash markazi Toshkent shahar, Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi 63-uyga; Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi, “Iqtisod va hisobot” jurnali tahririyati Toshkent shahar, Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi 42-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlar sonining 4-ilovaga muvofiq qisqartirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda bir oy muddat ichida respublika Hukumatiga axborot bersin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻrtoq A. M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-avgust,
367-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 7-avgustdagi 367-son qaroriga
1-ILOVA
1992-yil 7-avgustdagi 367-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Rais
Raisning birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiy balanslar kompleksi rahbari
Makroiqtisodiy parametrlar va isteʼmol bozori istiqbolini belgilash va statistikasi boshqarmasi
Xalq xoʻjaligi balanslari va milliy schyotlar tizimi statistikasi boʻlimi
Turmush darajasi, isteʼmol budjeti va pul muomalasi istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Bozor munosabatlarini rivojlantirish istiqbolini belgilash boʻlimi
Xususiylashtirish va mulkchilik shakli statistikasi boʻlimi
Moliya statistikasi boʻlimi
Mintaqalarni rivojlantirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish istiqbolini belgilash boʻlimi
Rais oʻrinbosari — Ijtimoiy rivojlanish istiqbolini belgilash va statistikasi kompleksi rahbari
Ijtimoiy rivojlanish istiqbolini belgilash va statistika yigʻma boʻlimi
Xalq taʼlimi va madaniyat istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Transport, aloqa, kommunikatsiya tizimlari istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Sogʻliqni saqlash istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Rais oʻrinbosari — Sanoat va xalq isteʼmoli mollari istiqbolini belgilash va statistikasi kompleksi rahbari
Ishlab chiqarish va xalq isteʼmoli mollari istiqbolini belgilash va statistikasi yigʻma boʻlimi
Yoqilgʻi-energetika kompleksi istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Mashinasozlik kompleksi istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Mineral-xomashyo resurslar, kimyo va metallurgiyani rivojlantirish istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Yengil va mahalliy sanoat tarmoqlari istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Rais oʻrinbosari — Dehqonchilik sanoati kompleksini rivojlantirish istiqbolini belgilash va statistikasi kompleksi rahbari
Dehqonchilik sanoati kompleksi istiqbolni belgilash va statistikasi yigʻma boʻlimi
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Dehqonchilik sanoati kompleksi qayta ishlash tarmoqlari istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Dehqonchilik sanoati kompleksi, suv xoʻjaligi qurilishini investitsiyalash va statistikasi boʻlimi
Ekologiya va tabiatdan oqilona foydalanish hamda statistikasi boʻlimi
Rais oʻrinbosari — Investitsiyalar va qurilish kompleksi istiqbolini belgilash va statistikasi kompleksi rahbari
Investitsiyalar istiqbolini belgilash va statistikasi yigʻma boʻlimi
Pudrat ishlari istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Qurilish kompleksining sanoat negizini rivojlantirish istiqbolini belgilash boʻlimi
Uy-joy-kommunal xoʻjaligi istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Rais oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar istiqbolini belgilash va statistikasi kompleksi rahbari
Tashqi iqtisodiy aloqalar va jahon bozori konyunkturasi istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Eksport imkoniyatlari istiqbolini belgilash va statistikasi boʻlimi
Kredit-valyuta resurslari istiqbolini belgilash boʻlimi
Davlatlararo aloqalar statistikasi boʻlimi
Raisning statistika boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Bosh hisoblash markazi boshligʻi
Metodologiya va statistika hisoboti va statistika axborotini takomillashtirish boʻlimi
Harbiy-safarbarlik masalalari istiqbolini belgilash boʻlimi
Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
Tasarrufidagi tashkilotlar
Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti
Bosh hisoblash markazi
Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
“Iqtisod va hisobot” (“Ekonomika i statistika”) jurnali tahririyati
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Istiqbolni belgilash va statistika viloyat boshqarmasining namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish shahar, nohiya boʻlimining namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 7-avgustdagi 367-son qaroriga
4-ILOVA
1992-yil 7-avgustdagi 367-son qaroriga
4-ILOVA
Istiqbolni belgilash va statistika hududiy idoralari xodimlarining
SONI
SONI
I. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri
1. Hududlar — toifadan tashqari: 75 nafar
Toshkent viloyati, Toshkent shahri
2. I toifa viloyatlar: 60—70 nafar
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlari
3. II toifa hududlar: 50—60 nafar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari
4. III toifa viloyatlar: 40—50 nafar
Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Yuqorida qayd qilingan hududiy idoralar boʻyicha xodimlarning umumiy chegaraviy soni — 890 nafar
II. Respublika shaharlari va nohiyalari
Iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish boʻlimlarining xodimlari soni:
shaharlarda — viloyatlar markazlarida — 8 — 10 nafar
shaharlarda, shahar nohiyalarida — 4 — 6 nafar
qishloq nohiyalarida — 6 nafar
shahar va nohiya boʻlimlari boʻyicha xodimlarning umumiy chegaraviy soni —1801 nafar
Keyingi tahrirga qarang.