Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QOʻMITASI (“OʻZISTIQBOLSTAT” DAVLAT QOʻMITASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 6-avgustdagi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-apreldagi 186-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasining Bosh hisoblash markazi hamda Oʻzbekistonning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot institutining hisoblash markazi negizida Bosh hisoblash markazi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-apreldagi 186-son qarori tahrirda)
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
eng muhim xalq xoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish, tahliliy materiallarni, respublikani istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlari prognozlarini ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek alohida olimlar va yirik mutaxassislarni jalb etish;
berilgan vakolatlar doirasida meʼyoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
respublika iqtisodiy idoralari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarning statistika axborotini toʻplash va qayta ishlashning metodik birligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
respublika hududida boʻlgan barcha yuridik shaxslardan, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolardan davlat hisobotini hamda barcha hisobga olish-statistika ishlari boʻyicha zarur maʼlumotlar va materiallarni belgilangan hajmlarda va muddatlarda tekin olish huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasi 20 kun muddat ichida:
istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin;
Davlat qoʻmitasining yangi funksiyalari va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uning toʻgʻrisidagi nizom loyihasini, shuningdek davlat statistika hisoboti berishning belgilangan tartibini buzganlik va uning notoʻgʻriligi uchun rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda oʻziga qarashli boshqa tashkilotlar toʻgʻrisidagi Nizomni, ularning xodimlari soni va tuzilmasini tasdiqlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga “Iqtisod va hisobot” (“Ekonomika i statistika”) oylik jurnalini taʼsis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Raisiga:
Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekistonning istiqbolini belgilash va statistika qoʻmitasi xodimlari uchun ular “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasida ishlagan davrda ularga belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinsin.
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasidagi 45-uyga; Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Bosh hisoblash markazi Toshkent shahar, Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi 63-uyga; Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi, “Iqtisod va hisobot” jurnali tahririyati Toshkent shahar, Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi 42-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlar sonining 4-ilovaga muvofiq qisqartirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda bir oy muddat ichida respublika Hukumatiga axborot bersin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻrtoq A. M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-avgust,
367-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-maydagi 316-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-maydagi 316-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-maydagi 316-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-apreldagi 186-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)