Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.1997 05.08.1992 yildagi PF-449-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT KOMITETINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 15-maydagi PF-1780-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish sharoitida O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollarini aniqlashga doir taxmin va tahlil ishlarining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash, milliy hisob-kitoblar tizimini izchillik bilan joriy etish, xalqaro me’yorlar va andozalarga mos keladigan puxta va ishonchli statistika axborotini shakllantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston taraqqiyoti istiqbollarini belgilash komiteti bilan O‘zbekiston Respublikasi statistika davlat komiteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar hokimlari taraqqiyot istiqbolini belgilash va statistika hududiy bo‘linmalari negizida quyidagilarni tashkil qilsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Iqtisodiyot va statistika vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika viloyatlari va Toshkent shahrida — Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika shaharlari va rayonlarida —Iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika bo‘limlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur organlar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va rayonlarning hokimiyatlariga bo‘ysunadilar, Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti esa uslubiy rahbarlik qilib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonni taraqqiy ettirish, uning ustuvor yo‘nalishlari va tashqi iqtisodiy aloqalari strategiyasini ishlab chiqish, jahon hamjamiyatiga kirishni, jahon bozoridagi ahvolni e’tiborga olgan holda respublika xalq xo‘jaligi majmuini samarali tarzda ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining konsepsiyalarini, qisqa muddatli va istiqboldagi rejalarini, katta iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish, xalq xo‘jaligining moddiy-moliyaviy mutanosibligi, tabiiy, mehnat zaxiralaridan, vujudga keltirilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish borasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini belgilash va aniqlash sohasida respublikaning iqtisodiy organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimiyatlar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining moddiy farovonligini oshirish, uning eng nochor tabaqalari ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga oid takliflarni asoslab berish, xalqning turmush darajasini oshirish, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish yo‘llari hamda yo‘nalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoniga tahliliy va taxminiy baho berish, xo‘jalik mexanizmlarini, boshqaruv shakllari va usullarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligi tuzilmasini qayta qurishga va mablag‘ sarflash siyosatini shakllantirishga raqobatga qodir tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarni ustun darajada rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirishga, Qoraqalpog‘iston Respublikasini, viloyatlar, shaharlar va rayonlarni kompleks ravishda taraqqiy ettirishga doir takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish, chet el mablag‘laridan samarali foydalanish sohasidagi yo‘nalishlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona statistika siyosatini o‘tkazish, xalq xo‘jaligi ishlarining tarkib topayotgan sharoitini, bozor munosabatlariga o‘tishni, narx-navo o‘zgarishini, xilma-xil mulkchilik shakllarining rivojlanishini, ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berishning ilg‘or tizimlari joriy etilishini; kompyuterlar keng tadbiq qilinishini aks ettiruvchi hisobot ko‘rsatkichlarining ilmiy asoslangan tizimini joriy etish hamda respublika hisob markazining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy hisob-kitob va xalq xo‘jaligi balansi tizimining uslubiyatini ishlab chiqish, butun statistikani bosqichma-bosqich zamonaviy xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiq holga keltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro ish uchun majburiy ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilib, komitetning nizomi va tuzilmasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Taraqqiyot istiqbolini belgilash komitetini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 13-fevralda chiqarilgan Farmon o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-449-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 405-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 161-modda)