Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2025 05.06.2020 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli “Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy maʼrifiy sohani tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish jarayonida dastlabki imtihondan oʻtish tartibi tatbiq etiladi. Bunda, dastlabki imtihon natijalariga koʻra abituriyentlarni kirish imtihonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 358-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiyaning bakalavriatiga qabul (keyingi oʻrinlarda — Akademiyaga qabul) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklari kesimida qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat grantlari hamda toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning umumiy belgilangan qabul parametrlari kvotasidan tashqari qoʻshimcha kvotalar hamda Akademiyaga oʻqishga kirishda imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademiyaga talabalikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akademiyaga qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tashkil etiladigan Akademiya qabul komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) yuklanadi. Qabul komissiyasining tarkibi Akademiya rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akademiya rektori qabul komissiyasining raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasining joriy ishlarini masʼul kotib tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qilish tartibi va muddatlari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklarining nomlari hamda Akademiyaga qabul parametrlari haqidagi maʼlumotlarni abituriyentlar hamda jamoatchilikka oldindan yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akademiyaga qabul qilish tartibi, hujjatlarni qabul qilish muddatlari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklarining nomlari, Akademiyaga qabul parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumot Akademiyaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti, shuningdek, axborot stendlarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akademiya bakalavriatiga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq, boshqa taʼlim yoʻnalishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Abituriyentlar “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun Akademiyaning maxsus dasturi orqali elektron shaklda qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rektor nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik pasporti (yoki ID-karta) yoki ichki ishlar boʻlimlari tomonidan berilgan 09-shakl boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda oʻqishga kirish huquqiga ega shaxslar ushbu huquqni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun hujjatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlangan kundan 20 kun davomida qabul qilinadi. Oxirgi oʻn kun davomida dastlabki imtihonni oʻtkazish va undan muvaffaqiyatli oʻtmagan abituriyentlarga Akademiyaning “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlaridan tashqari taʼlim yoʻnalishlariga yoki boshqa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlar topshirish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlariga dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlarining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun hujjatlar topshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy tartib asosida amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan talablarga mos hujjatlar taqdim etilganda, qabul komissiyasi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun abituriyent maxsus dastur orqali taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish toʻgʻrisida qabul komissiyasiga ariza berish, shuningdek, dastlabki imtihon natijalariga koʻra keyingi bosqichga oʻtmagan hollarda hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish barcha abituriyentlar uchun teng huquqlilik, oshkoralik, yagona qabul qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun dastlabki imtihon;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy (ijodiy) imtihon va kirish test sinovlari (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan oʻtkaziladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki imtihon natijalariga koʻra abituriyentlarni kirish imtihonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarga Davlat test markazining maxsus dasturi orqali Akademiyani tanlashga va test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Dastlabki imtihon Akademiya rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — maxsus komissiya) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga Akademiya xodimlari bilan birga boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kiritiladi. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, xolislik va begʻarazlik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus komissiyaga komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan rais rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi raisi oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida maxsus komissiya raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dastlabki imtihon har yili Akademiya qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan muddatlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Dastlabki imtihonni oʻtkazish jadvali Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va dastlabki imtihonni oʻtkazish boshlanishidan kamida 10 kun avval Akademiyaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Dastlabki imtihon Akademiya negizida zarur texnik, tibbiy va boshqa sharoitlarni yaratgan holda oʻtkaziladi. Bino va auditoriyalar xavfsizlik talablariga, shu jumladan yongʻin xavfsizligi, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga toʻliq javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qabul qilish, abituriyentlar bilan suhbatlashish, dastlabki imtihonni topshirish jarayoni video va audio vositalar yordamida yozib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Dastlabki imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi va quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual daraja (40 ball), mantiqiy va keng fikrlash, turli tushunchalar, faktlarni taqqoslash hamda ularning oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni topish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviyat va maʼrifat asoslari boʻyicha bilim darajasi (30 ball), maʼnaviyat asoslari, milliy gʻoya va mafkura, huquq va siyosat, adabiyot, tarix, islomshunoslik va dinshunoslikka taalluqli hamda boshqa masalalar yuzasidan mantiqiy va asosli tushuntirish qobiliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasi (30 ball), Oʻzbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan mantiqiy va asosli tushuntirish qobiliyati. Bunda, xorijiy tillar boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 72 ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DELF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi boʻyicha V2 minimal darajasiga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu savollar bloki boʻyicha maksimal ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi. Abituriyent kirish test sinovlariga ruxsat berilishi uchun biletdagi barcha savollar boʻyicha umumiy ballar miqdorining kamida 50 foizini toʻplashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Abituriyentlarning tayyorgarligini baholash mezonlari, dastlabki imtihonni oʻtkazish tartibi maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqiladi, Akademiyaning muassislari bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi va Akademiyaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, axborot stendlarida dastlabki imtihonni oʻtkazish muddatidan kamida oʻn kun avval joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki imtihon savollarini ishlab chiqish uchun tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dastlabki imtihon ushbu Nizomning 25-bandida belgilangan savollarning uch blokidan iborat topshiriqlar asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Barcha topshiriqlar odatda, yagona imtihon talablarini (imtihon materialining mos hajmi, savollar, misollar va topshiriqlarning murakkablik va mehnat talab qilish darajasi) oʻz ichiga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Topshiriqlar roʻyxati qabul komissiyasi tomonidan dastlabki imtihon oʻtkazilishidan bir kun avval tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dastlabki imtihon uchun ajratilgan vaqt, shu jumladan tashkiliy qism va ishlarni topshirish vaqti 3 soatni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Dastlabki imtihonni tashkil etish uchun abituriyentlar guruhlarga boʻlinadi. Bunda, har bir guruhda dastlabki imtihonni tashkil etish va uning oʻtkazilishini nazorat qilish maxsus komissiyaning uch nafar vakili tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus komissiyaning bayon shaklida tasdiqlanadigan qarori asosida maxsus komissiya aʼzolari guruhlarga ajratiladi. Auditoriyada boshqa shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Abituriyent auditoriyaga qabul komissiyasining masʼul shaxsi tomonidan taklif etiladi. Bunda abituriyent oʻz pasportini (16 yoshga toʻlmagan shaxslar — tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani) taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Abituriyentlarning yozma imtihon oʻtkaziladigan auditoriyaga qogʻoz yoki elektron manbadagi oʻquv adabiyoti, lugʻatlar, maʼlumotnomalar, jadvallar va boshqa adabiyotni, normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, yozuv daftarlari, qogʻoz yoki elektron shakldagi shpargalkalar, aloqa vositalari (jumladan, mobil aloqa vositasi), audio, foto va video yozish qurilmalarini olib kirish hamda ulardan foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatlar imtihonga kirishda, imtihon davomida yoki videokuzatuvlar orqali aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va abituriyent dastlabki imtihondan chetlashtiriladi hamda unga ushbu imtihon boʻyicha ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarning yozma imtihon oʻtkazilayotgan vaqtda auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, salomatligi yomonlashganda qabul komissiyasining masʼul shaxsi hamrohligida chiqishi bundan mustasno. Bunda yozma imtihon materiallari qabul komissiyasiga topshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Dastlabki imtihon boshlanishidan avval maxsus komissiya vakillari abituriyentlarning imtihonga kelish davomatini tekshiradi va shundan soʻng yozma imtihon toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etish varagʻiga tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Dastlabki imtihonga jadval boʻyicha kelmagan abituriyentlarga bir nechta oliy taʼlim muassasasini tanlash jarayonida Akademiyani tanlashga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Imkoniyati cheklangan abituriyentlarga dastlabki imtihon umumiy tartibda, ularga auditoriyaga toʻsiqsiz kirishi uchun tegishli texnik sharoitlar yaratilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dastlabki imtihon natijalari maxsus komissiya tomonidan tuziladigan, ushbu komissiyaning raisi va tegishli guruhlarda imtihon oʻtkazgan aʼzolari imzolaydigan bayon bilan rasmiylashtiriladi. Qabul komissiyasi dastlabki imtihon natijalari boʻyicha abituriyentga qabul jarayonining keyingi bosqichlarida ishtirok etishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Dastlabki imtihon natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot Akademiyaning axborot stendlarida va Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida imtihon oʻtkazilgandan keyingi ikki kun ichida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Dastlabki imtihon natijalari eʼlon qilinganidan soʻng bir kundan kechikmagan holda ularni qayta koʻrib chiqish uchun murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ushbu masala boʻyicha murojaatlari qabul komissiyasi tomonidan abituriyent dastlabki imtihon natijalarini qayta koʻrib chiqish uchun murojaat qilgan kunidan keyingi ikki kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Dastlabki imtihonni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarga kirish test sinovlarini (kasbiy (ijodiy) imtihonlarni) Akademiyaga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda topshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Abituriyentlarni Akademiyaga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining abituriyentlar Akademiyaga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori ularning dastlabki imtihonlarda toʻplagan ballari hisobga olinmagan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat komissiyasining qarori Akademiya rektori tomonidan abituriyentning Akademiyaga qabul qilinishi toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Akademiyaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Akademiyaga oʻqishga kirish uchun dastlabki imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Karantinga oid choralar amal qilishi davrida Akademiyaning bakalavriatiga qabul qilish vakolatli organlarning karantinga oid hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda (masofaviy, elektron, onlayn va boshqa usullar orqali) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari


I bosqich

Abituriyentlar, Akademiyaning qabul komissiyasi

Akademiyaning qabul komissiyasiga hujjatlarni

taqdim etish

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlangan kundan 20 kun davomida


II bosqich

Akademiyaning maxsus komissiyasi

Dastlabki imtihonni oʻtkazish

har yili
Akademiyaning qabul komissiyasi belgilaydigan muddatlarda


III bosqich

Akademiyaning qabul komissiyasi

Dastlabki imtihon natijalarini eʼlon qilish

dastlabki imtihon oʻtgandan keyin ikki kun davomida


IV bosqich

Davlat test markazi, Akademiyaning qabul komissiyasi

Kirish test sinovlarini, kasbiy (ijodiy)

imtihon oʻtkazish

har yili
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda


V bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi,

Davlat test markazi

Kirish test sinovlari, kasbiy (ijodiy)

imtihon oʻtkazish natijalarini eʼlon qilish

har yili
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 358-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademiyaning bakalavriat va magistraturasiga qabul qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Akademiyaga talabalar kunduzgi taʼlim shakliga dastlabki imtihon, kasbiy (ijodiy) imtihon hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinadi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihon Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha oʻtkaziladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/358/0725-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)