02.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3233
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining qarori, 02.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3233
Кучга кириш санаси
02.05.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki BOSHQARUVIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 2-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3233]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son “Temir yo‘l stansiyalarida bojxona nazoratini va nazorat postlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2012-yil 13-apreldagi 109-son “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Bojxona qo‘mitasi raisi M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vaziri E. GANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-10, 14, 7, 3/2-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq temir yo‘l transportida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan vagon kuzatuvchilari hamda yo‘lovchilarning qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bagaj — yo‘lovchiga shaxsan tegishli bo‘lgan, unga poyezdda yurishi tugagach zarur bo‘lgan va tashish uchun bagaj vagonida chipta bo‘yicha qabul qilinuvchi buyumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati — O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati zonasi — bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi bojxona nazorati zonasidir;
(1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi — bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta — chet el valyutasi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar va to‘lov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, sof quyma oltin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi — temir yo‘l transportida yurishni amalga oshirish uchun chiptaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi — notijorat maqsadlar uchun mo‘ljallangan, deklaratsiyalanadigan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan to‘ldiriladigan va bojxona organiga taqdim etiladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashish poyezdi — temir yo‘l qatnovi aloqalarining barcha turlarida yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan poyezd. Bunda yo‘lovchi tashish poyezdi tarkibida bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlari ham bo‘lishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘l yuki — o‘z o‘lchamlari va vazniga ko‘ra (uchta o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 180 sm dan, qoidaga ko‘ra vazni 36 kg dan, ikki yotoq o‘rinli vagonlar uchun esa — 50 kg dan oshmaydigan bo‘lishi kerak) o‘ram turi va xilidan qat’i nazar, yengil ko‘tarib yuriladigan, yo‘lovchi vagonlarida ularni joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylarga qiyinchiliksiz joylashtiriladigan yuklar va buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l vokzali — temir yo‘l stansiyasidagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, poyezdlar harakatini boshqarish va xizmatchi xodimlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan bino yoki binolar, inshootlar va qurilmalar kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l stansiyasi — poyezdlar va boshqa transport vositalari bilan texnologik operatsiyalar (qabul qilish va jo‘natish, manyovr ishlari va shu kabilar)ni, shuningdek bagaj, yuk bagajini qabul qilish va taqdim etish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi umumiy foydalanish temir yo‘l transporti bo‘linmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chipta — umumiy foydalaniladigan temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi tashish hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Temir yo‘l vokzallari va temir yo‘l stansiyalarida bojxona nazorati zonalari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonasiga yo‘lovchilarni kiritish (bojxona nazorati zonasidan yo‘lovchilarni chiqarish) ularda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chipta hamda Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) nazarda tutilgan hollarda belgilangan tartibda to‘ldirilgan (rasmiylashtirilgan) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi mavjud bo‘lgan taqdirda qat’iy ravishda bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan joylarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Temir yo‘l stansiyasi xodimlarining bojxona nazorati zonasiga kirishi hamda yo‘lovchi tashish poyezdlarini qabul qilish, jo‘natish, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarini bajarishi bojxona organiga temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati tomonidan taqdim etilgan xodimlar ro‘yxatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘l stansiyasi xodimlari bojxona nazorati zonasiga tegishli guvohnomalar va ko‘krak belgilarini ko‘rsatgan holda xizmat yo‘li orqali kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketayotgan va O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish bojxona nazorati zonasidagi maxsus xonalarda (ko‘rikdan o‘tkazish joylari) yoki yo‘lovchi tashish poyezdlarida ularning to‘xtab turish vaqtida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish temir yo‘l ma’muriyati bilan kelishilgan holda temir yo‘l vokzallari yoki Davlat chegarasida joylashgan temir yo‘l stansiyalarida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 162-moddasiga muvofiq yo‘lovchilar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda (bundan pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno) bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchilar tomonidan qo‘l yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlar uchun olib o‘tilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasidan ortiq bo‘lsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona to‘lovi to‘lanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 27-iyuldagi 12/02-22-25-son, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligigining 2022-yil 13 iyuldagi 34-son, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 15-avgustdagi 12-son va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-iyuldagi 16/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3233-1, 08.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 10/22/3233-1/0722-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bojxona rasmiylashtiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 247-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi, bundan bojxona to‘lovlari jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni deklaratsiyalashda to‘langan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yo‘lovchilarning qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun mazkur Nizomda belgilangan vaqt me’yorlaridan kelib chiqqan holda, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazish maqsadida bojxona organlari temir yo‘l stansiyasi (vokzali) ma’muriyati bilan birgalikda o‘zaro harakat tartibini belgilaydilar. Bunda ushbu tartib quyidagi talablarni o‘z ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat chegarasida joylashgan temir yo‘l stansiyalarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun turish davomiyligi bojxona organlari bilan kelishilgan holda temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati tomonidan belgilanadi. Bunda o‘tkazish punktlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yo‘lovchi tashish poyezdining temir yo‘l stansiyasiga kirib kelishi vaqtida boshlanishi va uning harakatlanish grafigiga ko‘ra jo‘nab ketishiga 5 daqiqa qolganida tugashi lozim. Bu haqda yo‘lovchi tashish poyezdining brigadiri yoki temir yo‘l vokzallarida, stansiyalarida va temir yo‘l chiptalarini sotib olish vaqtida yo‘lovchilar ogohlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) temir yo‘l vokzali xodimlari va yo‘lovchi tashish poyezdi brigadasi a’zolari bojxona organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida temir yo‘l vokzali va yo‘lovchi tashish poyezdlarida yo‘lovchilarga kelgusidagi bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishning tartiblari (shu jumladan, boshlanish vaqti) to‘g‘risida xabardor etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun belgilangan vaqt me’yorlari, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchini shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqti 30 daqiqa ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta bagajning bojxona ko‘rigi va (yoki) bojxona ko‘zdan kechiruvi 10 daqiqa va alohida kuzatib boriladigan (bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlaridagi) bagajni 30 daqiqa ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona ko‘rigi, bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Ushbu muddat quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavflarni boshqarish tizimining topshirig‘i asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga yo‘lovchining noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd chet el valyutasi va valyuta boyliklarining nazoratini amalga oshirish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida ko‘rsatilgan bojxona nazoratining shakllarini qo‘llash natijasida yo‘lovchining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganligi alomatlari mavjudligi aniqlanganda.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 26-fevraldagi 235-son, Markaziy banki Boshqaruvining 2025-yil 24-fevraldagi 5/14-sonli va Transport vazirligining 2025-yil 17-fevraldagi 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3233-2, 12.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 10/25/3233-2/0234-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yo‘lovchilar hamda ularning qo‘l yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yo‘lovchilarning qo‘l yuki, bagaji, valyutasi va valyuta qimmatliklarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bojxona nazorati zonasida belgilangan tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarning qo‘l yuklari nazoratning texnik vositalari yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi hamda bojxona qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona nazoratining soddalashtirilgan shakllari qo‘llanilishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yo‘lovchilarning bojxona nazorati yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi (Yo‘riqnomada to‘ldirilishi majburiy hisoblangan hollarda), shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chipta asosida amalga oshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz harakatlanayotgan yo‘lovchilarning bojxona chegarasini kesib o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yo‘lovchilarning bagaji, qo‘l yuki hamda boshqa qimmatliklarining rasmiylashtiruvi to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan hollarda Yo‘riqnomada belgilangan tartibda to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiya ikki nusxada to‘ldiriladi va uning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa deklaratsiyani to‘ldirgan yo‘lovchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan va bojxona nazorati zonasida bo‘lgan har bir shaxs bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibni buzgan holda olib o‘tilayotgan tovarlarni yonida yashirmoqda va ularni o‘z ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar bo‘lgan taqdirda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan ushbu shaxs shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tgan yo‘lovchilar o‘tib ketayotgan yo‘lovchi tashish poyezdi temir yo‘l stansiyasiga kelguniga qadar bojxona nazorati zonasida bo‘ladi va bojxona nazorati zonasini asossiz tark etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yo‘lovchi tashish poyezdi brigadasi a’zolari hamda ularning qo‘l yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish mazkur Nizom bilan yo‘lovchilarga nisbatan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yo‘lovchi tashish poyezdida qo‘l yuki va bagaj tashishning alohida qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qo‘l yukini yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan joylarga, shuningdek o‘tirg‘ichlar o‘rtasidagi o‘tish joylari, yo‘laklar, vagon maydonchalari (tamburlar)ga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib o‘tishning miqdor va davriylik normalaridan ortiq bo‘lgan tovarlar qo‘l yuki yoki bagaj hisobiga kirmaydi hamda ushbu normalardan ortiq olib o‘tilganda mazkur tovar egasidan bojxona to‘lovlari undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bagaj yo‘lovchining chiptasiga ko‘ra boradigan manzilidan uzoq bo‘lmagan joygacha hamda bagajni qabul qilib olish va topshirish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradigan temir yo‘l stansiyasigacha tashiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qo‘l yuki sifatida ko‘zdan kechirishdan o‘tmagan hamda vagon va yo‘lovchilarga zarar yetkazishi yoki ularni ifloslantirishi mumkin bo‘lgan buyumlar, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfli moddalar va buyumlar ro‘yxatiga kiritilgan buyumlar yo‘lovchi tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda temir yo‘l ma’muriyati va uning xodimlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Temir yo‘l ma’muriyati va xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan yo‘lovchilar uchun qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilgan eslatmalar ishlab chiqish va axborot peshtaxtalariga joylashtirish. Bunda, chiptalarni sotish joylarida, temir yo‘l vokzallari va temir yo‘l stansiyalarida yo‘lovchilarni bu to‘g‘risida xabardor bo‘lishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarning valyutasi, valyuta qimmatliklari va qo‘l yukini bojxona nazoratidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan temir yo‘l stansiyalarida kelishilgan harakat jadvaliga muvofiq yo‘lovchi tashish poyezdlarining to‘xtashini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqib ketayotgan va xorijdan kirib kelayotgan temir yo‘l tarkibini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazish uchun temir yo‘l stansiyasi yoki vokzalidagi bojxona nazorati zonasiga yetkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarning qo‘l yuki hamda bagajiga asosli shubha tug‘ilganda, shuningdek yo‘lovchi poyezd tarkibida egasiz (tegishli hujjati bo‘lmagan) tijorat tovarlari mavjudligi aniqlanganda, bu to‘g‘risida bojxona organi xodimlari xabardor qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning o‘zida bitta temir yo‘l stansiyasiga ikki va undan ortiq poyezd tarkibining kirib kelishi yoki chiqib ketishini istisno qiladigan yo‘lovchi tashish poyezdlarining harakat jadvali ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘zda tutilmagan to‘xtashlarni va tezlikning kamayishini istisno qiladigan choralarni (bundan yengib bo‘lmas kuch holatlari mustasno) ko‘rishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashish poyezdlari harakatlanganda yo‘lovchilarning tushib qolishi (chiqib olishi) va tovarlarning yuklab ortilishiga (yuklab tushirilishiga) yo‘l qo‘ymaslikni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l stansiyasi yoki temir yo‘l vokzalidagi bojxona nazorati zonasida bank xizmatlari va valyuta ayirboshlash uchun alohida xonalar ajratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l vokzali va stansiyalarida yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, yo‘lovchilar uchun yuk tashuvchilar va perron nazoratchilari sifatli xizmat ko‘rsatishini tashkillashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar tomonidan tashilayotgan qo‘l yuki va bagajini tortish uchun temir yo‘l stansiyalari va vokzallarida tarozilar o‘rnatilishi hamda ushbu tarozilardan bepul foydalanilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan normadan ortiqcha qo‘l yukini tashish uchun yo‘lovchi tashish poyezdlari tarkibiga qo‘shimcha bagaj vagonlari kiritilishini ta’minlashi shart.
(17-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bojxona organlari hamda temir yo‘l stansiya va vokzallari xodimlari yo‘lovchilar va yo‘lovchilarni tashish poyezdi brigadasi a’zolari tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishida bir-biriga ko‘mak berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3233/0540-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 08.08.2022-y., 10/22/3233-1/0722-son; 12.03.2025-y., 10/25/3233-2/0234-son)