Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TEMIR YOʻL STANSIYALARIDA BOJXONA NAZORATINI VA NAZORAT POSTLARINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Temir yoʻl transportida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan oʻtuvchi yoʻlovchilarning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan oʻtish punktlarida ularni bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtish chogʻida yoʻlovchilarning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida yoʻlovchi tashuvchi temir yoʻl transporti vositalarini toʻxtatish uchun moʻljallangan chegara temir yoʻl stansiyalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
hududida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bojxona organlariga xizmat xonalari beradigan temir yoʻl stansiyalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 242-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 446-modda)
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi 1999-yilda Buxoro viloyatidagi Xoʻjadavlat stansiyasida, kelgusida aloqa vositalari bilan taʼminlangan mahalliy tarmoqlar tashkil qilinishini hisobga olgan holda, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalariga ega boʻlgan bojxona posti qursin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qurilish tugallangandan keyin postni zarur inventar, asbob-uskunalar va aloqa vositalari bilan jihozlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur punktlarni Davlat bojxona qoʻmitasi buyurtmanomasiga binoan aloqa xizmatlari va vositalari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin hamda kelgusida ularning uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibini ishlab chiqsin hamda ikki oy muddatda tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L. A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-noyabr,
489-son
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtishida ularning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida yoʻlovchi tashuvchi temir yoʻl transporti vositalarini toʻxtatish uchun moʻljallangan chegara temir yoʻl stansiyalari
ROʻYXATI
| T/r | Temir yoʻl stansiyalari nomi | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | | |
| 1. | “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl stansiyasi | |
| Buxoro viloyati | | |
| 2. | “Xoʻjadavlat” temir yoʻl stansiyasi | |
| Qashqadaryo viloyati | | |
| 3. | “154-razyezd” temir yoʻl stansiyasi | |
|
Surxondaryo viloyati |
| |
| 4. | “Boldir” temir yoʻl stansiyasi | |
| 5. | “Quduqli” temir yoʻl stansiyasi | |
| Toshkent viloyati | | |
| 6. | “Bekobod” temir yoʻl stansiyasi | |
| 7. | “Keles” temir yoʻl stansiyasi | |
| Xorazm viloyati | | |
| 8. | “449-razyezd” temir yoʻl stansiyasi | |
|
9. |
“Pitnak” temir yoʻl stansiyasi |
”; |
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 242-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bojxona organlariga xizmat xonalari beradigan temir yoʻl stansiyalari
ROʻYXATI
| T/r | Temir yoʻl stansiyalari nomi | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | | |
| 1. | “Naymankoʻl” temir yoʻl stansiyasi | |
|
2. |
“Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl stansiyasi |
|
| Andijon viloyati | | |
| 3. | “Savay” temir yoʻl stansiyasi | |
| 4. | “Xonobad” temir yoʻl stansiyasi | |
|
Buxoro viloyati |
| |
| 5. | “Xoʻjadavlat” temir yoʻl stansiyasi | |
| Qashqadaryo viloyati | | |
| 6. | “154-razyezd” temir yoʻl stansiyasi | |
| Namangan viloyati | | |
| 7. | “Uchqoʻrgʻon” temir yoʻl stansiyasi | |
|
Sirdaryo viloyati |
| |
|
8. |
“Sirdaryo” temir yoʻl stansiyasi | |
|
Surxondaryo viloyati |
| |
| 9. | “Boldir” temir yoʻl stansiyasi | |
| 10. | “Quduqli” temir yoʻl stansiyasi | |
| 11. | “Gʻalaba” temir yoʻl stansiyasi | |
| Toshkent viloyati | | |
| 12. | “Bekobod” temir yoʻl stansiyasi | |
| 13. | “Oʻzbekiston” temir yoʻl stansiyasi | |
| 14. | “Keles” temir yoʻl stansiyasi | |
| Fargʻona viloyati | | |
| 15. | “Suvonobod” temir yoʻl stansiyasi | |
| Xorazm viloyati | | |
| 16. | “449-razyezd” temir yoʻl stansiyasi | |
| 17. | “Pitnak” temir yoʻl stansiyasi | |
| Toshkent shahri | | |
| 18. | “Toshkent — yoʻlovchi” temir yoʻl stansiyasi | |
| 19. | “Chuqursoy” temir yoʻl stansiyasi | |
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 242-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 446-modda)