Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA YOʻLOVCHILAR, BAGAJ VA YUK BAGAJ TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻlda tashish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 30-noyabr, 314-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining ichki yoʻnalishlarida temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishning yagona tartibini belgilash, shuningdek vokzallarda va yoʻlovchi poyezdlarida yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini soʻzsiz bajarilishiga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-aprel,
109-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish
qoidalari
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar ichki temir yoʻl yoʻnalishlarida temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, qoʻl yuki, bagaj va yuk bagajini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishida tashuvchi va yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi va yuk qabul qiluvchi oʻrtasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha umumiy foydalanish temir yoʻllarida temir yoʻl transporti bilan yoʻlovchilar, qoʻl yuki, bagaj va yuk bagaj tashishlariga tatbiq etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha umumiy foydalanish temir yoʻllarida xalqaro temir yoʻl aloqalari yoʻlovchilar poyezdlari va boshqa davlatlar temir yoʻl tashuvchilariga tegishli boʻlgan vagonlar bilan yoʻlovchilar tashishda, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari meʼyorlariga amal qilinadi.
4. Barcha foydalanuvchilarga xizmatlar koʻrsatishda bir xil xizmat koʻrsatish va toʻlovlar shartlari taqdim qilinadi. Xizmatlardan foydalanuvchi ayrim toifalarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun qonun hujjatlariga binoan toʻlovning boshqa shartlari berilishi mumkin.
5. Tashuvchilar, yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaj joʻnatuvchilar va qabul qiluvchilar mazkur Qoidalarga hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻl vokzallari (stansiyalari)da yoʻlovchilar va boshqa shaxslarning boʻlishlari Qoidalariga rioya qilishlari shart.
6. Yoʻlovchi poyezdda yurishi, bagaj tashilishi (uni topshirganda), joʻnatuvchi esa — bagaj, yuk bagaji tashilishi uchun toʻlovlarni belgilangan tariflarga asosan toʻlashi shart.
7. Yoʻlovchi tashish shartnomasi tuzilganligi temir yoʻlda harakatlanish hujjati (chipta) bilan, yoʻlovchi bagaj topshirganligi — bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi. Yuk bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi va uni tashuvchiga topshirilganligi yuk bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.
8. Temir yoʻllarda yoʻlovchilar tashish sohasida umumiy va umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida ishlar (xizmatlar) bajarilishi bilan bogʻliq tariflar, yigʻimlar va toʻlovlar, shuningdek ularni joriy qilish (oʻzgartirish) tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vokzallarda va chipta kassalarida yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan, chiptalar sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan xizmatlar uchun barcha turdagi qoʻshimcha yigʻimlarni undirish, tashuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
10. Xizmatlar koʻrsatishda mazkur Qoidalarda koʻzda tutilmagan tashuvchi va foydalanuvchilarning oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
11. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
abonement chiptasi — vaqtning belgilangan davri mobaynida shaharlararo qatnovchi poyezdda yoʻlovchini koʻp marta harakatlanishi uchun chipta;
bagaj — yoʻlovchiga shaxsan tegishli boʻlgan, unga poyezdda yurishi tugagach zarur boʻlgan va tashish uchun bagaj vagonida chipta boʻyicha qabul qilinuvchi buyumlar;
bagaj kassasi — bagaj va yuk bagaj tashishlarini rasmiylashtirish uchun maxsus jihozlangan xona;
toʻgʻri olib boradigan vagon — ikki va undan ortiq poyezdlar tarkiblarida qayta ulanib qatnovchi vagon;
chipta — umumiy foydalaniladigan temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi tashish hujjati;
chipta kassasi — yoʻlovchilar harakatlanishini va foydalanilmagan chiptalar uchun toʻlovlar qaytarilishini rasmiylashtirish uchun maxsus jihozlangan xona;
ichki temir yoʻl aloqalari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish;
yuk bagaji — yoʻlovchilar va pochta-bagaj poyezdlarida tashiladigan temir yoʻl tashishlari obyektlari;
yuk joʻnatuvchi (joʻnatuvchi) — oʻz nomidan yoxud yuk yoki bagaj yoki yuk bagaji egasi nomidan harakat qiluvchi va tashish hujjatlarida koʻrsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
yuk qabul qiluvchi (qabul qiluvchi) — yuk, yuk bagajni qabul qilib olishga vakolatli boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar — pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, harbiy bilet, tugʻilganlik haqida guvohnoma, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi, istiqomat uchun berilgan guvohnoma;
koʻzdan kechirish — noqonuniy aralashuv harakatini sodir etishda foydalanilishi mumkin boʻlgan, temir yoʻl tashishlarida taqiqlangan moddalar va buyumlarni aniqlash uchun moʻljallangan, maxsus texnik vositalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladigan tadbirlar kompleksi;
temir yoʻl stansiyasi — poyezdlar va boshqa transport vositalari bilan texnologik operatsiyalar (qabul qilish va joʻnatish, manyovr ishlari va shu kabilar)ni, shuningdek bagaj, yuk bagajini qabul qilish va taqdim etish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi umumiy foydalanish temir yoʻl transporti boʻlinmasi;
temir yoʻl vokzali — temir yoʻl stansiyasidagi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, poyezdlar harakatini boshqarish va xizmat xodimlarini joylashtirish uchun moʻljallangan bino yoki binolar, inshootlar va qurilmalar kompleksi;
temir yoʻl transporti (temir yoʻl) — umumiy foydalanish transporti turlaridan biri boʻlgan, boshqa davlat temir yoʻllari va boshqa transport turlari bilan oʻzaro hamkorlikda tashishlardagi ehtiyojni taʼminlovchi, oʻz tarkibiga ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlari kiradigan yagona ishlab chiqarish-texnologik kompleks;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti — har qanday jismoniy va yuridik shaxs murojaati boʻyicha ularni bajarish majburiyatiga asoslangan, transport ishlari va xizmatlarini amalga oshiruvchi temir yoʻl transporti;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, yuklar, bagaj va yuk bagajlarini qabul qilish va berish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, manevr ishlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochilgan temir yoʻl stansiyalari boʻylab joylashgan temir yoʻl liniyalari;
yuk saqlash xonasi — qoʻl yukini qisqa muddatli saqlash uchun maxsus jihozlangan xona;
toʻxtash punkti — faqat yoʻlovchilarni oʻtqazish va tushirish uchun moʻljallangan toʻxtash amalga oshiriladigan punkt;
yoʻlovchi — temir yoʻl transportida yurishni amalga oshirish uchun chiptaga ega boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs);
yoʻlovchi tashish poyezdi — temir yoʻl qatnovi aloqalarining barcha turlarida yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan poyezd. Oʻz tarkibida bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlari boʻlishi mumkin;
tashuvchi — yoʻlovchilarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan va umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti bilan yoʻlovchini, joʻnatuvchi tomonidan unga ishonib topshirilgan bagaj, yuk bagajni joʻnash punktidan belgilangan manzilga yetkazish, shuningdek bagaj, yuk bagajini uni qabul qilib olishga ishonchli shaxsga (qabul qiluvchiga) topshirish majburiyatini shartnoma boʻyicha zimmasiga olgan yuridik shaxs;
tashish hujjatlari — yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaj va harakatdagi tarkibni tashishlar rasmiylashtiriladigan hujjatlar (yuk hujjatlari (nakladnoy), yoʻl vedomosti, joʻnatish yuk hujjatlari, joʻnatish vedomosti, chipta, bagaj kvitansiyasi, yuk bagaj kvitansiyasi);
chiptaning toʻliq qiymati — poyezdda yurish qiymati (chipta va platskarta qiymati), shuningdek chiptani rasmiylashtirishda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov;
shaharlararo chipta — shaharlararo yoʻlovchi tashish poyezdida chiptada koʻrsatilgan stansiyalar (hududlar) orasida harakatlanish huquqini beradigan belgilangan manzilgacha bir marotaba poyezdda yurish, borish va kelish uchun chipta;
chiptani zaxiraga qoʻyish (band qilish) — yoʻlovchi tashish poyezdlarida joylarni taqdim qilish boʻyicha yoʻlovchilar buyurtmalarini rasmiylashtirishning avtomatlashtirilgan texnologik jarayoni va elektron tizimlar yordamida chiptalarni rasmiylashtirish;
qoʻl yuki — oʻz oʻlchamlari va vazniga koʻra (uchta oʻlchovi yigʻindisi boʻyicha 180 sm dan, qoidaga koʻra vazni 36 kg dan, ikki yotoq oʻrinli vagonlar uchun esa — 50 kg dan oshmaydigan boʻlishi kerak) oʻram turi va xilidan qatʼi nazar, yengil koʻtarib yuriladigan, yoʻlovchi vagonlarida ularni joylashtirish uchun moʻljallangan joylarga qiyinchiliksiz joylashtiriladigan yuklar va buyumlar;
chipta qiymati — yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchi tashiganlik uchun hisoblangan toʻlovlar summasi sifatida belgilanadigan chiptaning toʻliq qiymatidan bir qismi;
platskarta qiymati — yoʻlovchi tashishning umumiy masofasi uchun belgilanadigan hamda vagondan foydalanish va yoʻlovchiga yoʻnalish davrida xizmat koʻrsatganlik uchun oʻz ichiga oladigan chiptaning toʻliq qiymatidan bir qismi.
Mazkur Qoidalarda foydalaniladigan boshqa tushunchalar, temir yoʻl transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan mazmunlarda qoʻllaniladi.
II bob. Yoʻlovchilarni tashish
§ 1. Chiptalar sotishni tashkil etish va chipta kassalari ishlari
12. Chipta kassalari sutkasiga 50 ta va undan ortiq chiptalar sotiladigan barcha stansiya va toʻxtash punktlarida ochilgan boʻlishi kerak. Sutkasiga 50 tadan kam chiptalar sotishda — chiptalarni sotish tashuvchi tomonidan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
13. Yirik temir yoʻl uzellaridagi temir yoʻl tarmogʻida chiptalar sotish avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi yordamida amalga oshiriladi. U mavjud boʻlmagan joylarda, chipta sotish, qoidaga koʻra, joʻnashni kutib turgan yoʻlovchilar mavjud boʻlganda yoʻlovchi tashish poyezdlarining boʻsh oʻrinlar bilan joʻnatilishi hollariga yoʻl qoʻymasdan, yoʻlovchi tashish poyezdlaridagi mavjud oʻrinlar hisobini aniqlash va chiptalar sotish boʻyicha xizmatlarni keng miqyosda rivojlantirish imkonini beruvchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida joylarni taqsimlashni markazlashtirilgan boshqaruv asosida tashkil etiladi.
14. Chipta kassalari tomonidan yoʻlovchilarga quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi: yoʻlovchi tashish poyezdlariga chiptalar sotish, imkoniyat darajasida orqaga qaytish va boshqa stansiyadan ketish uchun chiptalar sotish; oʻtish punktlarida tranzit yoʻlovchi tashish poyezdlariga chiptalarni rasmiylashtirish boʻyicha buyurtmalarni qabul qilish. Chiptalarga buyurtmalar aloqa vositalari orqali yoki shaxsan hozir boʻlganda qabul qilinadi. Tashuvchi tomonidan Qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxatiga muvofiq tariflar bilan belgilangan qoʻshimcha toʻlov hisobiga chiptalar, buyurtma tushgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida buyurtmachi joylashgan joyga yetkazilishi mumkin.
15. Chiptalar sotishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan jihozlanmagan kassalarda chiptalar sotish, yoʻlovchi tashish poyezd joʻnashiga qadar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) oldindan sotish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin chiptada koʻrsatilgan joʻnash stansiyasidan yoʻlovchi tashish poyezdining joʻnab ketishidan 45 sutkadan oshmagan muddatlarda;
b) yoʻlovchilardan “borish”ga, “kelish”ga, boshqa stansiyadan ketishga, uyga yetkazib berishga buyurtmalar, korxona va tashkilotlar buyurtmalarini qabul qilish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin yoʻlovchi tashish poyezdlarida boʻsh joylar mavjud boʻlganda, yoʻlovchi tashish poyezdining joʻnashidan 5 sutkadan kam boʻlmagan muddatlarda. Chiptalarni sotishning tugash vaqti chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoni bilan aniqlanadi va bu maʼlumot yoʻlovchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
Temir yoʻl chiptalarini sotishi markazlashtirilgan boshqaruvi amalga oshiriladigan uchastkalarda, oraliq stansiyalarida, tranzit yoʻlovchi tashish poyezdlari joylariga chiptalar sotilishi va buyurtmalar qabul qilinishi chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq toʻxtatiladi.
Ichki temir yoʻl aloqalarida qatnashga chiptalar sotish uchun ochiq stansiya va toʻxtash punktlarida, yoʻlovchi tashish poyezdlarining yoʻnalishlarida joylashgan, toʻxtab turish mavjud boʻlgan barcha stansiyalargacha chiptalar sotilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yoʻlovchi oqimi hajmi va xususiyatiga koʻra vokzallarda bolali yoʻlovchilar, harbiy xizmatchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, yoʻllanma boʻyicha ketayotgan yoʻlovchilar (yoz mavsumida), taʼtil berilgan davrida — temir yoʻlchilar va talabalar uchun ixtisoslashtirilgan chipta kassalari ajratiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
17. Shaharlararo qatnovchi poyezdlarga chiptalar sotish kassalari hamda ichki temir yoʻl yoʻnalishlarida qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlariga chipta sotish kassalari ish vaqti tashuvchi tomonidan mahalliy sharoitlarni va shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlari jadvallarini hisobga olgan holda belgilanadi.
18. Tashuvchining xodimi yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaji joʻnatuvchilari va qabul qiluvchilariga nisbatan xushmuomalali va iltifotli boʻlishi, ularga gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatishi, temir yoʻl transporti xodimlaridan qay birining aybi bilan sodir etilganidan qatʼi nazar, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda yoʻl qoʻygan nuqsonlarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari kerak.
Tashuvchi quyidagi axborotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bilan yoʻlovchilar, yuk joʻnatuvchilar, yuk qabul qiluvchilarni oʻz vaqtida va ishonchli taʼminlashi kerak:
a) ish va xizmatlar roʻyxati, ularning qiymati;
b) yoʻlovchi tashish poyezdlarining joʻnash va kelish vaqtlari;
v) yoʻlovchi chiptasining toʻliq qiymati, ortiqcha qoʻl yukini tashish, shuningdek bagaj va yuk bagajini tashish qiymatlari;
g) chiptalarni sotish muddatlari;
d) yoʻlovchi tashish poyezdlarida tashish taqiqlangan va chegaralangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxati;
e) chipta va bagaj kassalari, tovar idoralari, yuk saqlash xonalarining ish vaqti;
j) yoʻnalish boʻyicha borish yoʻlida qayta ortishsiz bagajni koʻzda tutilgan stansiyaga yetib kelish vaqti;
z) vokzal xonalari, temir yoʻl stansiyalari umumiy foydalanish joylari, qoʻl yukini tarozida bepul tortish joylarining joylashishi;
i) uzoq muddat dam olish xonalari hamda ona va bola xonalarida joy berish tartibi;
k) qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va afzalliklar beriladigan fuqarolar toifalari roʻyxati;
l) majburiy va ixtiyoriy sugʻurtalash tartibi;
m) yuqori darajadagi qulaylik vagonlarida harakatlanish uchun chiptaning toʻliq qiymatiga kiruvchi qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxati;
n) daʼvolarni qabul qilishga vakolatlangan tashuvchi rahbariyatining nomi va yuridik manzili.
Koʻrsatilgan maʼlumotlar yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaj joʻnatuvchilar va qabul qiluvchilar, yuk joʻnatuvchilar, yuk qabul qiluvchilarga temir yoʻl stansiyalari, temir yoʻl vokzallari, poyezdlar va boshqa xizmat koʻrsatish joylarida davlat tilida, shuningdek mahalliy aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa tillarda ham taqdim qilinishi mumkin (qulay va koʻrinarli joylarda), bunday sharoit boʻlmagan taqdirda, foydalanuvchilarning birinchi talabiga binoan taqdim qilinishi kerak.
Ushbu ishlarni tashkil etish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar, turli xildagi informatsiya tashuvchilar, bepul maʼlumotlar byurosi, baland soʻzlashuvchi aloqa va yoʻlovchilarni xabardor qilishning boshqa vositalaridan foydalaniladi.
Tashuvchi temir yoʻl transporti xizmatlari foydalanuvchilari soʻrovlariga binoan mazkur Qoidalarni tanishish uchun taqdim qilishi shart. Yoʻlovchilar shuningdek, temir yoʻl transporti korxona va tashkilotlari ishlari haqidagi boshqa zarur maʼlumotlar bilan taʼminlanishi kerak.
19. Vokzal xonalarida, shuningdek yoʻlovchilarni oʻtqazish va tushirish uchun moʻljallangan perron va platformalarda, kino va foto suratga tushirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
§ 2. Chiptalarni berish
20. Temir yoʻllarda yurish huquqini beruvchi hujjat boʻlib belgilangan tartibdagi chipta xizmat qiladi, uning old qismida familiyasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat tartib raqami va seriyasi, yoʻlovchi tashish poyezd, vagon va joy tartib raqamlari, joʻnash sanasi va vaqti koʻrsatiladi. Chiptani rasmiylashtirish shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi. Xizmat transport talablari boʻyicha chipta rasmiylashtirilganda, yoʻlovchi tomonidan qoʻshimcha ravishda xizmat guvohnomasi taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq bepul yoki imtiyozli chiptani olish huquqiga ega boʻlgan shaxsning idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) olingan maʼlumotlarga asosan bepul yoki imtiyozli chiptaga boʻlgan huquqi aniqlanmagan hollarda, ushbu shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan bepul yoki imtiyozli chipta rasmiylashtirish huquqini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Temir yoʻl transportida chiptalar yoʻlovchilarga toʻliq qiymatida sotiladi, qonun hujjatlari bilan imtiyozli harakatlanish belgilangan fuqarolar bundan mustasno. Imtiyozli harakatlanish kompensatsiyasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Chipta naqd pulga, plastik kartochkalar boʻyicha sotiladi yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan chipta olish huquqini beruvchi hujjatlar taqdim qilinganda, bepul yoki rozilik berilgan toʻlov topshiriqnomasi va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa toʻlov turlari orqali taqdim qilinadi.
22. Chipta kassalarida chipta sotib olish boʻyicha ustunlik huquqi:
a) 10 yoshgacha (bu yoshga toʻlgan) bolali yoʻlovchilarga, shuningdek yoʻllanmalar chipta kassasiga taqdim qilingan holda yoʻllanmalar boʻyicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yoʻlovchilarga;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlariga;
(22-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilariga, xizmat koʻrsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida koʻrsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan yoʻlga chiqishlarda tibbiyot xodimlariga, veterinariya va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar xodimlariga;
(22-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
g) tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslarga;
d) avariya yoki yongʻinni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilariga taqdim qilinadi.
23. Mazkur Qoidalarning 22-bandida koʻrsatilgan shaxslar uchun (“a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari) boʻsh joylar mavjud boʻlmaganda, ularning roziligi bilan umumiy vagonlarga mavjud joylardan ortiq chiptalar beriladi.
24. Toʻgʻri olib boradigan yoʻnalish vagonlariga chiptalar birinchi navbatda, asosiy yoʻnalishdan chetga ogʻish uchastkalarida joylashgan stansiyalargacha ketayotgan yoʻlovchilarga sotiladi, boshqa yoʻlovchilarga esa — faqat unda boʻsh joylar yoʻlovchi tashish poyezdlari joʻnash kunida mavjud boʻlganda chiptalar sotiladi.
25. Chipta kassalarida navbatsiz chipta olish bilan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinganda quyidagilar foydalanadi:
a) Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch darajadagi Shon-shuhrat, “Oʻzbekiston Qahramoni”, “Sogʻlom avlod uchun” ordenlari va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Vazirlar Mahkamasining “1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga transportdan imtiyozli foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida” 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarorida belgilangan 1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(25-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogironligi boʻlgan shaxslar;
(25-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;
e) “Faxriy temiryoʻlchi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Joylari raqamlangan vagonlar (platskart, kupe)ga chiptalar sotishda, ikki va undan ortiq chipta sotib oladigan yoʻlovchilarga, teng miqdorda pastki va yuqori joylar taqdim etiladi. Nogironligi boʻlgan shaxslar, kasal yoki katta yoshdagilar bundan mustasno boʻlishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Yoʻlovchilarga vagondagi mavjud joylar sonidan ortiq chiptalar berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Umumiy, platskart, kupe vagoni kuzatuvchisi chiptalarni saqlash uchun yigʻib olganda, yoʻlovchilardan chiptalarda koʻrsatilgan joylar soniga mos keladigan miqdorda chiptalar olishi shart.
27. Chiptalar qayta sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 3. Turistlar va yoʻlovchilar guruhlarini tashkiliy ravishda tashish
28. Yoʻlovchilarning ayrim guruhlarini tashish uchun yuridik shaxslarga chiptalar sotish ularning buyurtmanomalariga koʻra amalga oshiriladi. Yoʻlovchilarning ayrim guruhlari (10 kishi va undan ortiq) yoʻlga chiqishini taʼminlash uchun yuridik shaxslardan joylarga yozma buyurtmanomalar, yoʻlovchi tashish poyezdlar joʻnashidan 20 kun oldin tashuvchi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmanoma yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) boʻlishi kerak. Unda yuridik shaxs nomi, talab qilinadigan joylar soni, yoʻlovchi tashish poyezdi tartib raqami, joʻnash sanasi hamda joʻnash va yetib kelish stansiyasi koʻrsatiladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Yoʻlovchi tashish poyezdlari va vagonlarida buyurtmanomada koʻrsatilgan joylarning yetishmasligi holatlarida, yuridik shaxs roziligi bilan boshqa yoʻlovchi tashish poyezdlari yoki boshqa toifa vagonlarida joylar berilishi mumkin. Guruhiy buyurtmanomalarga, joʻnayotgan guruh aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami, tugʻilgan yili koʻrsatilgan roʻyxati 2 nusxada ilova qilinishi kerak.
Agar buyurtmanomada yoʻlovchi tashish poyezdlarida alohida vagon taqdim qilinishi koʻrsatilgan boʻlsa, vagon joylari soniga muvofiq ravishda vagondagi barcha joylarga yoʻl haqi toʻlanishi kerak. Yuridik shaxs joylar qismiga yoʻl haqi toʻlashni rad etganda, bu joylar chipta kassalariga umumiy sotish uchun belgilangan muddatlarda beriladi.
Yoʻlovchilar guruhi yoʻlda boshqa poyezdga oʻtish bilan ketayotganlarida, joʻnash stansiyasi unga chiptalarni oʻtish stansiyasigacha rasmiylashtirishi shart.
Yuridik shaxs yoki alohida shaxslar telegrammalariga binoan yoʻlovchi tashish poyezdlarida joylarni taqsimlash va foydalanish boʻyicha birlashgan yoʻl byurosi va stansiya (vokzal) boshligʻi tomonidan yoʻlovchi tashish poyezdlarida joylarni zaxiraga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yoʻlovchi tashish poyezd joʻnashidan 10 kun oldin yuridik shaxs buyurtma qilingan chiptalarni toʻliq yoʻl haqi toʻlagan holda sotib olishi kerak.
Agar joʻnash oldidan belgilangan muddatda chiptalar sotib olinmagan boʻlsa, buyurtmanoma bekor qilinadi va joylar sotishga beriladi.
29. Yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan jamoaviy chiptalar uchun pullar, vokzallardagi chipta kassalari tomonidan qaytarilmaydi. Yuridik shaxslarga foydalanilmagan chiptalar uchun toʻlovlarni qaytarish masalasi, tashuvchi tomonidan daʼvo tartibida chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq koʻrib chiqiladi.
30. Yoʻlovchi, yoʻlovchi tashish poyezdi yoʻnalish boʻyicha har qanday stansiyagacha, har qanday toifadagi vagon va yoʻlovchi tashish poyezdiga chipta sotib olish huquqiga ega. Manzil stansiyasigacha toʻgʻridan-toʻgʻri poyezd boʻlmaganda, yoʻlovchiga yoʻlovchi tashish poyezdida joylar mavjud boʻlganda hamda bu stansiya shakllantirish punkti va tarkib (vagon) aylanishi punkti hisoblangan shartlarda ikkinchi chipta rasmiylashtirilishi mumkin.
Boshqa poyezdga oʻtish bilan ketayotgan va imtiyozlar huquqqa ega boʻlgan yoʻlovchiga yurish rasmiylashtirilganda, dastlabki joʻnash stansiyasi chipta kassiri, bunday yoʻlovchining imtiyozli yoki bepul chiptasida dastlabki stansiyadan oxirgi stansiyagacha, oʻtishni hisobga olgan holda toʻliq yoʻnalishda yetib borishi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi. Bunda poyezdga oʻtirish yoʻlovchi tashish poyezdlari borishining eng qisqa yoʻnalishi boʻylab uchtadan ortiq boʻlmagan oʻtish mavjud boʻlgan yoʻnalish boʻyicha rasmiylashtiriladi. Oʻtish punktida keyingi joʻnash yoʻliga imtiyozli yoki bepul chipta, oʻtish punktigacha foydalanilgan imtiyozli yoki bepul chipta oʻrniga rasmiylashtiriladi.
31. Yoʻlovchi oʻzi bilan birga yoʻlovchi tashish poyezdida yoʻl haqi toʻlamasdan 5 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yoʻl haqi toʻlamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.
Yoʻlovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bolalar ketayotgan boʻlsa, ulardan biri yoʻl haqi toʻlanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.
5 yoshdan 10 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bolalarga ham tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.
10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.
32. 5 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) ikkinchi bolani yoʻl haqi toʻlamasdan yurishiga, alohida joy taqdim qilinmasdan, poyezdda yurish ikkala ota-ona tomonidan amalga oshirilayotganda yoʻl qoʻyiladi. Bunday holatda bolaga yoʻl haqi toʻlanmaydigan chipta har bir ota-ona chiptasiga bittadan rasmiylashtiriladi.
33. 10 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bolalar poyezdda yurishlari uchun bolalar chiptalari beriladi.
16 yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yoʻlovchi tashish poyezdlarida yurishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, maktab, litsey, kollejga borish uchun temir yoʻl transportidan foydalanuvchi oʻquvchilar bundan mustasno.
Oʻtirish joylariga ega umumiy vagonda, bolalar chiptasiga ega boʻlgan har bir bolaga katta yoshdagi yoʻlovchilar kabi joy taqdim qilinishi kerak.
34. Shaharlararo qatnov yoʻnalishlariga quyidagi chiptalar sotiladi:
a) bir tomonga (“borish”) va qaytish uchun (“borish” va “kelish”) bir martalik yurishlar uchun;
b) turli xildagi abonement chiptalari, shu jumladan imtiyozli va yuridik shaxslarga — abonement chiptalar.
35. Abonement chiptalari tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda sotiladi. Shaharlararo yoʻlovchi tashish poyezdlariga imtiyozli-abonement chiptalari sotish amalga oshiriladigan stansiya va toʻxtash punktlari roʻyxati tashuvchi tomonidan belgilanadi.
36. Ichki temir yoʻl yoʻnalishlarida qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida yoʻlovchi iltimosiga binoan yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan chiptalar oʻrniga dublikat taqdim etiladi. Dublikat faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlariga va tashuvchining shakllantirilgan yoʻlovchi tashish poyezdlariga beriladi. Xalqaro yoʻnalishlarda rasmiylashtirilgan chiptalar qayta tiklanmaydi.
Dublikat taqdim etilgani uchun Qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxatiga muvofiq belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi, tashuvchi aybi bilan yoʻqotilgan va yaroqsiz holga kelgan holatlar bundan mustasno. Yigʻim miqdori tashuvchi tomonidan chiptalarni sotishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq belgilanadi.
§ 4. Chiptalarning amal qilish muddatlari
37. Toʻgʻri olib boradigan yoʻnalishda ketayotgan yoʻlovchilarga berilgan chiptalar, yoʻlovchining belgilangan punktgacha, toʻgʻri olib boradigan yoʻnalishdagi yoʻlovchi tashish poyezdi va vagonda harakatlanish vaqti mobaynida amal qiladi.
38. Shaharlararo joʻnashga qatnov chiptalari ularni chipta kassalari tomonidan berilgan kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Agar, shaharlararo qatnov (bir martalik, kelish yoki abonement) chiptasining amal qilish muddati yoʻlda tugasa, chipta yoʻlovchining yetib kelish stansiyasigacha yaroqli hisoblanadi.
39. Abonement chiptasining amal qilish muddati chiptalarda koʻrsatiladi va uning amal qilish sanasidan boshlab, tegishli oy va yilning xuddi shu sanasigacha (bu sanani hisobga olmasdan) hisoblanadi.
§ 5. Poyezdda yurish shartlari
40. Har bir yoʻlovchi chipta (shu jumladan abonement chiptasi)ga ega boʻlishi, uni butun poyezdda yurish vaqti mobaynida saqlashi va nazorat qiluvchi shaxslar talabiga binoan koʻrsatishi shart.
41. Yoʻlovchini vagonga oʻtqazganda vagon kuzatuvchisi chiptani, unda koʻzdan kechirishdan oʻtganligi toʻgʻrisida belgining mavjudligini, shuningdek yoʻlovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni tekshirishi shart.
Taqdim qilinayotgan hujjatda familiyasi mos kelmaganda, chiptada familiya yoʻqligi yoki oʻzgartirilgan (toʻgʻrilangan)da, shuningdek koʻzdan kechirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlmaganda, yoʻlovchining yoʻlovchi tashish poyezdiga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vagon kuzatuvchilari yoʻlovchilarni vagonga oʻtqazganda, chiptalarni kuzatib qoluvchilarda unutib qoldirmasliklari haqida ularni ogohlantiradilar.
Yoʻlovchi tashish poyezdidan qolib ketgan yoʻlovchining vagonda qoʻl yuki yoki chiptasi qolib ketgan hollarda, stansiya (vokzal) boshligʻi zudlik bilan yoʻlovchi tashish poyezdi yoʻnalishidagi poyezd toʻxtash davomiyligi 10 daqiqadan kam boʻlmagan eng yaqin stansiya (vokzal) boshligʻini telegramma yoki telefonogramma orqali qoldirilgan qoʻl yuki yoki chiptani olib qolish haqida xabardor qiladi.
Stansiya (vokzal) boshligʻi koʻrsatib oʻtilgan xabarnomani olgan zahoti, poyezd brigadasi bilan hamkorlikda poyezddan qolib ketgan yoʻlovchi qoʻl yuki yoki chiptasini olib qolish va saqlash choralarini koʻradi. Yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri ularni stansiya (vokzal)ga qoldirilgan qoʻl yuki yoki chipta soni va miqdori koʻrsatilgan dalolatnoma boʻyicha topshiradi. Dalolatnoma yoʻlovchi tashish poyezdi boshligʻi (mexanik-brigadiri), vagon kuzatuvchisi va ikki yoʻlovchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada yoʻlovchi tashish poyezdini shakllantirgan temir yoʻl tashkiloti shtampi boʻlishi kerak.
Stansiya (vokzal) boshligʻi yoʻlovchi turgan stansiyani yoʻlovchi tashish poyezdidan qoʻl yuki yoki chiptani olib qolinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Ushbu xabarnoma asosida yoʻlovchiga, agar uning chiptasi vagonda qolib ketgan boʻlsa, oʻtirish yoki yotoq oʻrinlari mavjud vagonga bepul yangi chipta, qoʻl yuki yoki chipta olib qolingan stansiyagacha joy taqdim qilmasdan beriladi.
Poyezdda yurishni boshlashdan oldin va yurish yoʻnalishida vagon kuzatuvchisi chiptasiz yoʻlovchilar yurishi va belgilangan miqdordan ortiqcha qoʻl yuki tashilishini bartaraf etish choralarini koʻradi.
Yoʻlovchilar barcha stansiyalarda, joʻnash punktlaridan tashqari, chiptalar bilan yoʻlovchi tashish poyezdining har qanday vagoniga kirishiga qoʻyiladi. Kuzatuvchilar yoʻlovchilarga, ular chipta sotib olgan vagonlarga oʻtishlarida yordam berishlari kerak.
42. Yoʻlovchi yoʻlovchi tashish poyezdida ketayotganida, vagonda uning chiptasida koʻrsatilgan joyni egallashi kerak.
43. Agar chipta oraliq stansiyada sotib olingan boʻlsa, vagondagi joylar raqami koʻrsatilmasligi mumkin. Bunday chiptali yoʻlovchilarni kuzatuvchi boʻsh joylarga joylashtirishi kerak.
44. Agar yoʻlovchiga chipta kassasi tomonidan chipta notoʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa yoki vagondagi boʻsh joylar mavjud boʻlmaganda unga chipta berilgan boʻlsa yoki bir joyga ikki va undan ortiq chipta sotilganligi yoʻlovchi tashish poyezdida aniqlansa, poyezd brigadiri chipta sotish texnologiyasi buzilganligi holati haqida 2 nusxada dalolatnoma tuzib, yoʻlovchiga joy taqdim qilishi shart, dalolatnomaning bir nusxasi tekshiruv oʻtkazish uchun tashuvchiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Yotoq oʻrinlari mavjud toʻrt va ikki joyli kupe vagonlarda, yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnatilgach vagon kuzatuvchisi yoʻlovchilardan chiptalarni (yillik xizmat va bir martalik chiptalardan tashqari) yigʻib olishi, ularga foydalanganlik belgisi qoʻyishi va yoʻlovchining oxirgi manziligacha saqlashi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
46. Yoʻlovchidan saqlash uchun qabul qilib olingan chipta yoʻlovchi tashish poyezdi kuzatuvchisi yoki brigadiri tomonidan yoʻqotilganda, yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri uch nusxada dalolatnoma tuzadi, bu dalolatnoma undan tashqari yoʻlovchi va vagon kuzatuvchisi tomonidan ham imzolanadi. Dalolatnomada yoʻlovchi tashish poyezdi raqami, poyezdni shakllantirish temir yoʻli koʻrsatiladi va u yoʻlovchi tashish poyezd brigadiri shtempeli bilan tasdiqlanadi. Ushbu dalolatnoma asosida yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri eng yaqin stansiyada yoʻlovchi ishtirokisiz chipta kassasida yangi chiptani oʻtqazish stansiyasidan manzil stansiyasigacha, yoʻlovchidan chipta va platskarta qiymatini undirmasdan, ushbu chipta orqa tomoniga “Temir yoʻl aybi bilan yoʻqotilgan chipta oʻrniga” belgisi bilan rasmiylashtiradi.
47. Yoʻlovchilar yotoq oʻrinlaridan sutkaning istalgan vaqtida foydalanishlari mumkin. Yuqorigi tokchalarni koʻtarish va tushirish yoʻlovchilar iltimosiga koʻra vagon kuzatuvchilari tomonidan bajariladi.
48. Vagon kuzatuvchilari yoʻlovchilarni 30 daqiqadan kechiktirmasdan yoʻlovchi tashish poyezdi belgilangan manzil yoki boshqa poyezdga oʻtish stansiyasiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantirishi shart.
Yotoq oʻrinlari mavjud vagon kuzatuvchilari yoʻlovchilarning chiptasida koʻrsatilgan manzil yoki boshqa poyezdga oʻtish stansiyasidan oʻtib ketganliklari uchun masʼuldirlar. Belgilangan manzil yoki boshqa poyezdga oʻtish stansiyasidan oʻtib ketishning har bir holati boʻyicha yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri, vagon kuzatuvchisi va yoʻlovchi tomonidan imzolangan, stansiya shtempeli bilan tasdiqlangan dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnoma yoʻlovchiga manzil yoki oʻtish stansiyasigacha yoʻl haqi toʻlamasdan qaytib borish huquqini beradi.
49. Agar yoʻlovchi tashish poyezdidan qolib ketgan yoʻlovchidan vagonda uning buyumlari (yoki chiptasi) qolib ketgan boʻlsa, stansiya boshligʻi shu zahoti yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiriga qoldirilgan buyumlarni olib qolish yoki chiptani yoʻlovchi koʻrsatmasiga binoan qaysi stansiyaga joʻnatish haqida xabar berishi shart. Yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri xabarni olgan zahoti zudlik bilan qolib ketgan yoʻlovchi buyumlari va chiptasini saqlash choralarini koʻradi hamda ularni dalolatnoma boʻyicha xabarda koʻrsatilgan stansiyaga topshiradi, bu haqda yoʻlovchi turgan stansiyani ogohlantiradi.
Yoʻlovchi tashish poyezdidan qolib ketgan yoʻlovchi bu haqda stansiya (vokzal) boshligʻiga tezlik bilan xabar berishi kerak.
Kuzatuvchi, u xizmat koʻrsatayotgan vagon yoʻlovchisi yoʻlovchi tashish poyezdidan qolib ketganligini payqagan zahoti, bu haqida zudlik bilan poyezd brigadiriga maʼlum qilishi va qoldirilgan qoʻl yuki joylari soni va nomini koʻrsatgan holda dalolatnoma tuzishi shart. Dalolatnoma yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri, kuzatuvchi va ikki yoʻlovchi tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
50. Yoʻlovchi tashish poyezdiga tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadigan kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida kechikkanda, yoʻlovchiga poyezd joʻnatilgan vaqtdan boshlab 3 sutka mobaynida chipta toʻliq qiymati, platskarta qiymatidan tashqari, toʻlab beriladi.
§ 6. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida yotarjoy buyumlari berish va xizmatlar koʻrsatish
51. Yotoq joylari mavjud boʻlgan yoʻlovchi tashish poyezdlaridagi vagonlarda yurilganda yoʻlovchi, qiymati platskarta qiymati tarkibiga kiritilgan yotarjoy buyumlari komplekti bilan taʼminlanadi. Yotarjoy buyumlari komplekti ikkita choyshab, bitta yostiq jild, bitta sochiqdan iborat. Yotarjoy buyumlari komplekti yoʻlovchiga butun yoʻl davomida foydalanish uchun beriladi.
Yoʻlovchi xohishiga koʻra kuzatuvchi yoʻnalish davomida ishlatilgan yotarjoy buyumlarini qoʻshimcha haq hisobiga almashtirib berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuvchilar yotarjoy buyumlari komplektini yoʻlovchilar joylariga yetkazishlari, nogironligi boʻlgan, kasal, katta yoshdagi shaxslar, yosh bolali yoʻlovchilar, shuningdek ikki joyli yotoq kupelarida ketayotgan yoʻlovchilarga yotoqlarini toʻshab berishlari shart. Yoʻlovchi manzil yoki boshqa poyezdga oʻtish stansiyasiga yetib kelishiga 30 daqiqa qolganda, kuzatuvchi yotarjoy buyumlarini yigʻishtirib oladi.
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Matras, yostiq va koʻrpadan foydalanish uchun toʻlov platskarta qiymati tarkibiga kiritilgan va qoʻshimcha ravishda yoʻlovchidan undirib olinmaydi.
52. Yotarjoy buyumlarini yoʻqotganligi, ziyon yetkazganligi uchun, shuningdek vagonning ichki jihozlari buyumlarini qisman, toʻliq buzganligi yoki yoʻqotganligi uchun yoʻlovchi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Bu holatlarda bunday zarar (buzish yoki yoʻqotish) yetkazgan yoʻlovchi, yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri va vagon kuzatuvchisi ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada buzilgan yoki yoʻqotilgan buyumlar va yoʻlovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi. Dalolatnomaga temir yoʻl tashkiloti shtampi qoʻyilishi kerak. Dalolatnomaning bir nusxasi yoʻlovchiga beriladi.
53. Barcha toifadagi yoʻlovchi tashish poyezdlarining yotoq joyli vagonlari, shuningdek oʻtirish joylariga ega tezkor yoʻlovchi tashish poyezdlarining vagonlari kuzatuvchilari, yoʻlovchilarni ularning iltimosiga koʻra tashuvchi belgilagan narxlarda kuniga kamida uch marta choy bilan taʼminlashi kerak. Yoʻlovchi tashish poyezdining barcha yoʻlovchilari butun yoʻnalish davomida sovutilgan qaynatilgan ichimlik suv bilan bepul taʼminlanishi kerak.
§ 7. Poyezdda yurish shartlarining oʻzgarishi
54. Yoʻlovchi yoʻlda oʻzining yoʻlovchi tashish poyezdida yurish shartlarini oʻzgartirishi va agar unda boʻsh joy boʻlsa, oliy toifadagi vagonga oʻtishi mumkin. Yoʻlovchi vagon kuzatuvchisi orqali yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiriga bu toʻgʻrisida yozma ravishda murojaat qilishi kerak.
55. Yoʻlovchining oliy toifadagi vagonga oʻtish toʻlovi uning tomonidan amalga oshirilishi va poyezdning toʻxtash vaqti boʻyicha imkoniyati boʻlsa, yoʻlovchi tashish poyezdi yoʻnalishidagi stansiyalarining biridagi chipta kassasida rasmiylashtirilishi kerak. Ortiqcha toʻlanadigan joyni band qilish uning qiymati toʻlangandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
56. Oliy toifadagi vagonga oʻtishda toʻlov miqdori, tegishli toifali vagonlarda yurish uchun, yoʻlovchi vagonda joy egallagan stansiyadan u tanlagan toifadagi vagonda yetib borishni xohlagan stansiyagacha boʻlgan masofa uchun toʻliq chipta qiymatining tafovuti sifatida aniqlanadi.
Yoʻlovchining yozma arizasiga binoan yoʻnalish davomida past baholanuvchi toifa vagoniga oʻtishiga, qandaydir qayta hisoblarni amalga oshirmasdan va muqaddam bajarilgan toʻlovlarni qaytarmasdan yoʻl qoʻyiladi.
57. Sotib olingan chiptaga binoan vagonda yoʻlovchiga joy taqdim qilinmagan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga uning roziligi bilan boshqa vagonda, yuqoriroq toifadagi joy boʻlsa ham, qoʻshimcha haq undirmasdan berishi kerak. Agar yoʻlovchiga u sotib olgan chiptadan past baholanuvchi joy berilgan boʻlsa, unga mazkur Qoidalarning 227-bandida koʻzda tutilgan tartibda chipta toʻliq qiymatining farqi qaytarib beriladi.
58. Yoʻlovchi tomonidan unga taklif etilgan joyni almashtirish rad etilganda, tashuvchi yoʻlovchiga chiptaning toʻliq qiymatini qaytarib beradi. Ushbu yoʻlovchi tashish poyezdida joy berish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, tashuvchi yoʻlovchi talabiga binoan boshqa yoʻlovchi tashish poyezdidagi mos joyni taqdim qilishi, bunda yoʻlovchida mavjud boʻlgan chiptani qayta rasmiylashtirishi shart.
59. Texnik nosozligi tufayli yoʻlda yoki shakllantirish va aylanish punktida vagonni uzish hollarida, stansiya boshligʻi uzilgan vagon oʻrniga boshqa vagonni ulash va unga yoʻlovchilarni oʻtkazish choralarini koʻrishi, agar ulash imkoniyati mavjud boʻlmasa – yoʻlovchilarni shu yoʻlovchi tashish poyezdining boʻsh joylariga, yuqoriroq toifada boʻlsa ham, joylashtirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori toifadagi vagonlarga oʻtkazishda afzalliklar bolali yoʻlovchilarga, kasal, katta yoshdagi shaxslar, urush qatnashchilari va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi.
(59-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ushbu yoʻlovchi tashish poyezdida joylashtirilmagan yoʻlovchilar, ulardagi mavjud chiptalarga muvofiq vaqt boʻyicha eng yaqin muddatda ketadigan poyezdda joʻnatilishi kerak.
60. Vagonlar uzilganda, yoʻlovchi yotarjoy buyumlarini uzilgan vagon kuzatuvchisi tomonidan tuzilgan yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri imzosi va stansiya shtempeli bilan tasdiqlangan dalolatnomaga asosan bepul oladi. Dalolatnoma kuzatuvchi uchun yotarjoy buyumlarini bepul berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
61. Temir yoʻl aybi bilan yoʻlovchilarni boshqa vagon yoki yoʻlovchi tashish poyezdiga majburiy oʻtishining har bir holatida yoʻlovchi tashish poyezd brigadiri va boshqa poyezdga oʻtish amalga oshirilgan stansiya (vokzal) maʼmuriyatining mansabdor shaxsi imzosi bilan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma yoʻlovchi tashish poyezdi reysi oxiriga yetgach, poyezd shakllantirish temir yoʻl tashkilotiga beriladi.
62. Yoʻlovchilarni uzilgan vagondan boshqa vagonlarga oʻtkazishda yoʻlovchilarning qoʻl yukini tashib oʻtish va ularga tashib oʻtishda yordam koʻrsatish tashuvchi xodimlarining majburiyati hisoblanadi va yoʻlovchi tashish poyezd brigadiri tomonidan stansiya yoki vokzal boshligʻi bilan birgalikda zarur ehtiyot choralarini koʻrgan va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlagan holda tashkil qilinadi.
§ 8. Tashishni rad etish
63. Tashuvchi yoʻlovchi tashilishini rad etish yoki yoʻlovchini yoʻlovchi tashish poyezdidan chiqarib yuborish huquqiga quyidagi hollarda haqli:
a) yoʻlovchi koʻzdan kechirishdan oʻtmaganda, bu chiptada belgi yoʻqligidan va (yoki) koʻzdan kechirishdan oʻtganligi toʻgʻrisida qoʻl yuki va bagajda shtampning yoʻqligidan maʼlum boʻladi. Bunda chiptaning toʻliq qiymati qaytarilmaydi;
b) yoʻlovchi mast holatda, giyohvand va zaharli moddalar taʼsiridan mast holatda yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi natijasida yuzaga kelgan holatda, mazkur Qoidalarni va jamoat tartibini buzayotganda. Bunday yoʻlovchini yoʻlovchi tashish poyezdiga oʻtqazishni rad etish yoki uni yoʻlovchi tashish poyezdidan tashuvchi tomonidan, boʻysunmagan hollarda esa — transportdagi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan chiqarib yuboriladi. Bunday shaxs chiptasiga quyidagi qayd qoʻyiladi: “Tashishga rad etildi”. Bunda chiptaning toʻliq qiymati (bosib oʻtilmagan masofa uchun) va bagaj tashish qiymati qaytarib berilmaydi;
v) yoʻlovchi atrofdagilar tinchini buzuvchi kasalmand holatda boʻlgan va bunda uni alohida joylashtirish imkoniyati mavjud boʻlmaganda. Yoʻlovchi yoʻlovchi tashish poyezdidan tegishli davolash-tibbiy muassasalari mavjud boʻlgan stansiyalarda chiqariladi. Bunda yoʻlovchiga bosib oʻtilmagan masofa uchun chipta toʻliq qiymati qaytariladi.
64. Agar harakat yoʻnalishida tashish rad etilgan yoʻlovchi, uning bagaji belgilangan manzil stansiyasigacha yoʻlovchi tashish poyezdida ketishini xohlamasa, kvitansiya koʻrsatilgan taqdirda yoʻlovchini poyezddan chiqarib yuborilgan stansiyada bagajni beradi, bagajni tushirish imkoniyati boʻlmaganda — bagaj eng yaqin joylashgan stansiyagacha boradi va u birinchi qaytish poyezdi bilan yoʻlovchi chiqarib yuborilgan joyga bepul qaytariladi. Yoʻlovchini kasalligi tufayli yoʻlovchi tashish poyezdidan chiqarilganda, vokzal boshligʻi xabariga asosan, yoʻlovchi tashish poyezdni tark etgan joyga bagaj bepul qaytariladi.
III bob. Qoʻl yukini tashish
§ 1. Tashish qoidalari
65. Tashilayotgan qoʻl yuki butunligi va saqlanishi boʻyicha masʼuliyat yoʻlovchilar zimmasidadir.
Qoʻl yukini yoʻlovchilar uchun moʻljallangan joylarga, shuningdek oʻtirgʻichlar oʻrtasidagi oʻtish joylari, yoʻlaklar, vagon maydonchalari (tamburlar)ga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Uch oʻlchami summasiga koʻra 180 sm dan ortadigan yirik gabaritli buyumlarni qoʻl yuki sifatida tashish taqiqlanadi.
66. Har bir yoʻlovchi (toʻliq yoki bolalar chiptasiga) oʻzi bilan birga 36 kg dan oshmagan qoʻl yuki olib yurish huquqiga ega. Ikki oʻrinli kupe vagonlarida 50 kg qoʻl yuki olib yurilishiga ruxsat etiladi.
Shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida yoʻlovchilar tomonidan bepul meʼyordan ortiq (lekin 50 kg dan oshmagan) qoʻl yukining tashilishi bagaj tarifiga binoan toʻlanishi kerak. Shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlari tamburlarida qismlarga ajratilmagan bittadan ortiq velosipedni tashishga ruxsat etiladi.
Yoʻlovchiga qoʻl yuki belgilangan meʼyordan (36 kg) ortiqcha quyidagilarni tashishga ruxsat etiladi: portfel, ayollar sumkachasi, durbin, changʻi va unga tayoqchalar, qarmoqlar, fotoapparat, soyabon, shuningdek uch oʻlchamiga koʻra 100 sm dan oshmaydigan boshqa kichik buyumlar.
Shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida bepul qoʻl yuki tashish meʼyori hisobiga, shuningdek bolalar aravachasi, oʻsimliklar, yuqori qismi boylangan va ildizlari oʻralgan koʻchatlar hamda boshqa ekin materiallarini tashishga ruxsat etiladi. Bunday qoʻl yukining har bir joy vazni 18 kg dan va balandligi 1,5 m dan oshmasligi kerak.
Karantin eʼlon qilingan hududlarda, ushbu tashishlar qoʻl yuki egasining karantin hujjatlarini taqdim etgandagina amalga oshirilishi mumkin. Oʻzi bilan birga oʻz oʻlchamlariga koʻra vagonlarda qoʻl yuki uchun moʻljallangan joylarda joylashishi mumkin boʻlgan yoʻlovchi qoʻl yuki meʼyori hisobidan qismlarga ajratilgan holdagi bolalar aravachasi, baydarkalarni tashishga ruxsat etiladi.
Yoʻlovchilar tomonidan tashilayotgan qoʻl yukini tortish uchun stansiyalar (vokzallar)da tarozilar oʻrnatiladi. Yoʻlovchilar tomonidan bunday tarozilardan bepul foydalaniladi.
67. Qoʻl yuki sifatida koʻzdan kechirishdan oʻtmagan hamda vagon va yoʻlovchilarga zarar yetkazishi yoki ularni ifloslantirishi mumkin boʻlgan buyumlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdan 314-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻlovchilar tashish poyezdlarida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxatiga kiritilgan buyumlar tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
68. Yoʻlovchilarning ortiqcha qoʻl yukini tashish uchun yoʻlovchi tashish poyezdlari tarkibiga qoʻshimcha bagaj vagonlari kiritilishi mumkin. Bunday vagonlarda qoʻl yuki tashilishi uchun tariflar bagaj tarifi boʻyicha, tashuvchi tomonidan belgilangan imtiyozlarni qoʻllagan holda undiriladi. Tashish belgilangan shakldagi kvitansiya bilan rasmiylashtiriladi.
69. Istisno tariqasida, faqat yotoq oʻrinli yoʻlovchi tashish poyezdi vagonlarida, shuningdek shaharlararo qatnovchi poyezdlarning barcha vagonlarida bir chiptaga bittadan oshmagan miqdorda maishiy va tashkiliy texnikalar tashilishiga (yoʻlovchida qoʻl yukining mavjudligidan qatʼi nazar) ruxsat etiladi.
Yoʻlovchi yoki shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdida tashilayotgan maishiy va tashkiliy texnikalarning har bir donasi uchun, uning vaznidan qatʼi nazar, (kichik gabaritli portativlaridan tashqari) bagaj tarifi boʻyicha 30 kg yuk uchun tarif undiriladi. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida yirik gabaritli maishiy texnika va tashkiliy texnikalarni, shuningdek oʻz oʻlchamlariga koʻra koʻzdan kechirishdan oʻtish imkoni boʻlmaydigan boshqa apparaturalarni tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
70. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida kichik uy hayvonlari va qushlarni, agar bu veterinariya qoidalari bilan taqiqlanmagan boʻlsa (veterinariya maʼlumotnomasi mavjud boʻlganda) barcha vagonlarda tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Kichik uy hayvonlari qutilar, savatlar, qafaslarga joylashtirilgan boʻlishi va qoʻl yuki tashilishi uchun ajratilgan joylarda bemalol joylashishi kerak.
71. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida katta zotli itlarni, shu jumladan xizmat itlarining tashilishi (veterinar maʼlumotnomasi mavjud boʻlganda) quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) ushbu poyezdda ketayotgan egalari yoki kuzatuvchilari nazorati ostida, bagaj vagonlarida poddonli maxsus konteyner yoki qutilarda;
b) ushbu vagonda ketayotgan egalari yoki kuzatuvchilari nazorati ostida, lokomotiv orqasidan birinchi ulangan platskart vagoni ishlamaydigan tamburda (koʻpi bilan ikkita it);
v) egalari nazorati ostida, shaharlararo qatnovchi poyezd tamburida (koʻpi bilan ikkita it);
g) egasining ixtiyoriga koʻra it uchun toʻliq qiymatli chipta sotib olinishi yoki yoʻlovchi tashish poyezdlari kupe vagonlarida butun kupe sotib olinishi mumkin.
Kichkina zotli itlarni va kuchuk bolalarini oʻzi bilan birga ularni tara (sumka, savat, qafas va boshqalar)ga joylashtirgan holda yoʻlovchi tashish poyezdlarining barcha vagonlarida olib yurish mumkin. Itlar, taralarga joylashtirilganidan tashqari, burunbogʻ bilan va yetaklash arqonida (jumladan shaharlararo qatnovchi poyezdlarda ham) tashiladi.
Yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar, yirik va mayda shoxli mollar va otlar tashilishiga ruxsat etilmaydi.
Bir guruh itlarni tashishga, faqat tashuvchi nomiga yoʻlovchi tashish poyezd joʻnashidan 5 sutka oldin taqdim qilinadigan buyurtmanomalarga asosan alohida vagonlarda ijara shartlarida yoʻl qoʻyiladi.
Itlarni tashish toʻlovi mazkur Qoidalarning 161-bandida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Koʻzi ojiz boʻlgan shaxslar kuzatuvchi itlarini oʻzi bilan birga barcha vagonlarda bepul olib yuradilar.
72. Kichik uy hayvonlari va qushlarni yoʻlovchi oʻzi bilan birga yoʻlovchi tashish poyezdlarida olib yurishi belgilangan tariflar boʻyicha, yoʻlovchiga (shaharlararo qatnovchi poyezdlardan tashqari) old qismida “Yoʻlovchi qoʻlidagi bagaj” yozuvli bagaj kvitansiyasi taqdim etilishi bilan rasmiylashtiriladi.
§ 2. Unutib qoldirilgan va topilgan buyumlar
73. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida unutib qoldirilgan yoki yoʻqotilgan buyumlar aniqlangan barcha holatlarda topilgan buyumlarning tashqi koʻrinishi va ularni aniqlash holatlari batafsil bayon etilgan umumiy shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri tomonidan buyumni aniqlagan shaxs va transportdagi ichki ishlar organlari xodimlarining majburiy ishtirok etgan holda vagon kuzatuvchisi bilan birga tuziladi.
Vokzalda yoki oxirgi manzil punktiga yetib kelgan yoʻlovchi tashish poyezdi tarkibida aniqlangan unutib qoldirilgan buyumlar, ushbu vokzal boshligʻiga topshiriladi.
Topshirishdan oldin buyumlar transportdagi ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida ochib koʻriladi.
Ochib koʻrish natijalari toʻgʻrisida ikki nusxada alohida dalolatnoma va buyumlar roʻyxati tuziladi, ushbu roʻyxatning bir nusxasi vokzal boshligʻiga, ikkinchisi — transportdagi ichki ishlar organi xodimiga beriladi.
Yoʻnalishda harakatlanayotgan yoʻlovchi tashish poyezdida qoldirilgan buyumlarni yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri, ushbu poyezdning oxirgi manzil punkti vokzali boshligʻiga dalolatnoma bilan birga tilxat orqali topshiradi.
74. 30 kun oʻtgandan keyin topib olingan va talab qilib olinmagan buyumlarni vokzal boshligʻi dalolatnoma va roʻyxat bilan hujjatsiz yuklar omboriga joʻnatadi. Yoʻlovchilar tomonidan yuk saqlash xonalaridan olinmagan buyumlar chiqarib olinganda, buyumlar roʻyxati bilan birga dalolatnoma tuzilishi kerak. Yuk egasining joylashgan joyini aniqlash mumkin boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, unga zudlik bilan buyumlar joylashtirilgan joy haqida xabarnoma joʻnatiladi.
75. Topilgan buyumlarni talab qilib oluvchi shaxs, oʻzining buyumlari egasi ekanligini, buyumlarning aniq alomatlarini, ular nimadan iborat ekanligini yozma ravishda koʻrsatgan yoki buyumlarni qulflovchi qulflarga kalitni taqdim qilgan holda isbotlab berishi kerak. Agar buyumlar ular topib olingan yoki topshirilgan vokzalda saqlanayotgan boʻlsa, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilgandan keyin, vokzal boshligʻi farmoyishiga asosan egasiga topshiriladi.
Buyumlarni qabul qilib olishda uning egasi tashuvchiga lozim boʻlgan barcha toʻlovlarni (saqlash, oʻrash, bagaj tarifi boʻyicha tashish va eʼlonni chop etish, agar bu qilingan boʻlsa) toʻlashi, shuningdek buyumlarni qabul qilib olganlik haqida tilxatni, unda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjati maʼlumotlarini koʻrsatib taqdim qilishi kerak. Buyumlarni saqlash uchun barcha toʻlovlar belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
76. Agar yoʻlovchi vagondan chiqib, uning tomonidan vagonda buyumlar unutib qoldirilganligini oʻzi aniqlasa, u vokzal boshligʻiga murojaat qilishi kerak. Vokzal boshligʻi yoʻlovchi yozma arizasiga binoan bu haqdagi xabarni, ushbu xabarda yoʻlovchi egallagan vagon va joy raqami, unutib qoldirilgan buyumlar bayonini hamda ularning egasi joylashgan manzilga yetkazilish talabini koʻrsatgan holda zudlik bilan yoʻlovchi tashish poyezdining harakatlanayotgan yoʻnalishdagi birinchi yirik stansiya yoki yoʻlovchi tashish poyezdi yetib kelish stansiyasi boshligʻiga yoʻllaydi.
Bunday holatlarda, buyumlarni qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (xabar yoʻllash, oʻrash, tashish va boshqalar) buyum egasi hisobiga amalga oshiriladi.
IV bob. Bagajni tashish
§ 1. Bagajni qabul qilish shartlari
77. Tashishga oʻz oʻlchamlari, oʻrami va xususiyatlariga koʻra belgilangan tartibda koʻzdan kechirish tartibotlaridan oʻtishi, yoʻlovchi bagajlariga zarar yetkazmasdan, qiyinchiliksiz bagaj vagoniga yuklanishi va joylashtirilishi mumkin boʻlgan yuklar va buyumlar qabul qilinadi. Bagaj bagajni qabul qilish va berish operatsiyalarini amalga oshiradigan stansiyalargacha tashiladi. Yoʻlovchi bagajni tashishga oldindan, lekin yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashidan 2 soatdan kechiktirmasdan topshirishi mumkin, bunda bagajni saqlaganlik uchun toʻlovlar Qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxatiga muvofiq belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Har bir bagaj joyi uni ortish, qayta ortish va tushirishda olib yurish imkonini beruvchi qurilmaga ega boʻlishi yoki moslashtirilishi kerak. Jamadonlar, sandiqlar, savatlar, yashiklar, quti va toylar mahkam bogʻlangan boʻlishi kerak. Tara va oʻram buyumlar saqlanishini butun tashish mobaynida taʼminlashi kerak.
Televizor va boshqa shunga oʻxshash maishiy texnika oʻramiga talablar mazkur Qoidalarning 111-bandida keltirilgan.
Velosipedlar, aravachalar va bolalar karavotlari, protez aravachalari va hokazolar oʻrami bilan va oʻramsiz qabul qilinishi mumkin. Bagajni tashishga bir joy ogʻirligi 80 kg dan ziyod, uzunligi esa 3 m dan ortiq yuk va buyumlar qabul qilinmaydi. Vazni 80 kg dan ortiq boʻlgan boʻlinmaydigan joylar (muzlatgich, gaz plitalari va boshqalar) bagaj tashishga, yaʼni yoʻlovchi tashish poyezdida har bir rasmiylashtirilgan joyga bir birlik miqdoridagi chipta boʻyicha qabul qilinadi. Bu miqdordan ortiqcha qabul qilingan boʻlinmaydigan buyumlar tashilishi yuk bagaj tarifi boʻyicha toʻlanadi. Ularni tashish tartibi mazkur Qoidalarning 111-bandida bayon etilgan.
78. Bagaj tashishga nosoz oʻramda taqdim etilganda, tashuvchi uni tashishga qabul qilishni rad etadi.
Oʻrami bagajning yoʻqolishi yoki buzilishi xavfini vujudga keltirmaydigan bunday kamchiliklarga ega boʻlgan bagaj, tashish hujjatlarida ushbu kamchiliklar koʻrsatilgan holda tashishga qabul qilinishi mumkin.
79. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻlovchilar tashish poyezdlarida tashish taqiqlangan va cheklangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxatiga kiritilgan yuklar va buyumlar bagaj sifatida tashishga ruxsat etilmaydi.
80. Tashuvchi yoʻlovchi tomonidan bagajning boshqa buyumlari orasida oʻragan sinuvchi va moʻrt buyumlar, tez buziladigan mahsulotlar, shuningdek alohida oʻralgan sinuvchi va moʻrt buyumlar (oyna, chinni, televizorlar, priyomniklar) qoniqarsiz holati yoki shikastlanganligi uchun, agar bunda bagaj shikastlanishini keltirib chiqaruvchi oʻramning bironta tashqi buzilishlari mavjud boʻlmasa, bagaj egasi oldida javob bermaydi.
81. Bagaj yoʻlovchi joʻnash stansiyasida ham, harakat yoʻnalishidagi bagaj operatsiyalari uchun ochiq boʻlgan har qanday oraliq stansiyasida ham tashish uchun topshirilishi mumkin. Manzil stansiyasi sifatida faqat yoʻlovchi boradigan oxirgi stansiya emas, balki harakat yoʻnalishida joylashgan va bagaj operatsiyalarini bajarish uchun ochiq boʻlgan har qanday stansiya xizmat qilishi mumkin. Joʻnash dastlabki stansiyada chipta boʻyicha bagaj qabul qilish, uning vazniga bogʻliq ravishda bir yoki bir nechta bagaj kvitansiyalarini taqdim qilish bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
82. Yoʻlovchi tomonidan chipta koʻrsatilganda tashuvchi bagajni tashish uchun qabul qilishi va uni tegishli manzil boʻyicha tarkibida bagaj vagoni boʻlgan birinchi yoʻlovchi tashish poyezdida yoki pochta-bagaj poyezdida joʻnatishi shart.
§ 2. Bagajni rasmiylashtirish va qabul qilish
83. Tashishga topshirilayotgan bagajning har bir joyi, belgilangan markirovkalash qoidalariga muvofiq markirovkalanadi. Tashuvchi tomonidan tashishga topshirilayotgan bagaj joyi markirovkalangan holatlarda, joʻnatuvchidan Qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxatiga muvofiq belgilangan yigʻim undiriladi.
Markirovkalash yorliq taqib qoʻyish yoki yozuv yozish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Alohida bagaj joyining vazni 5 kg dan kam boʻlmasligi kerak.
84. Bagajni tashishga qabul qilinishini tasdiqlash uchun yoʻlovchiga bagaj kvitansiyasi taqdim etiladi. Bagaj kvitansiyasida chipta raqami, yoʻlovchi xohishiga koʻra, bagaj yetib kelganligi haqida xabar yoʻllanishi mumkin boʻlgan pochta manzili koʻrsatiladi, bunda tashish hujjatlarining “alohida qaydlar” ustuniga joʻnash stansiyasida “xabar yoʻllanishi bilan” degan qayd kiritiladi.
85. Bagajga oʻralmagan velosiped va hokazolar qabul qilinganda, bagaj kvitansiyasida albatta velosiped raqami, rusumi (erkaklarniki, ayollarniki, bolalarniki va boshqalar) va u bilan birga qanday anjomlar (qoʻngʻiroq, nasos, fonar, sumka va boshqalar) mavjudligi koʻrsatilishi kerak.
Avtomobil shinalari bagaj va yuk bagaj tashishlariga bagaj kvitansiyasidagi “kamera bilan” yoki “kamerasiz”, “yangi” yoki “ishlatilgan” qaydlari bilan faqat oʻralmagan holda qabul qilinadi. Bunda eʼlon qilingan qiymat uchun yigʻimlarning oshishi avtomobil shinalariga tatbiq qilinmaydi.
§ 3. Qiymatni eʼlon qilish
86. Yoʻlovchi bagajni topshirayotgan vaqtda belgilangan tarifga muvofiq yigʻimni toʻlagan holda uning qiymatini eʼlon qilishi mumkin. Agar tashishga bir nechta bagaj joyi taqdim qilinayotgan boʻlsa, yoʻlovchi har bir joy qiymatini alohida yoki barcha joylar umumiy qiymatini eʼlon qilishi mumkin. Qiymatni eʼlon qilish ogʻzaki tarzda amalga oshiriladi. Agar yoʻlovchi bagaj qiymatini eʼlon qilgisi kelmasa, yoʻlovchi imzolayotgan bagaj kvitansiyasining “Eʼlon qilingan qiymat” ustunida “Qiymat eʼlon qilishni rad etaman” degan qayd kiritilishi kerak.
Eʼlon qilingan qiymat umumiy miqdori bagaj kvitansiyasida raqamlar va yozuvlarda ifodalanadi, agar tashishga bir nechta bagaj joylari taqdim qilinayotgan boʻlsa, har bir alohida joy qiymati va vazni raqamlar bilan yoziladi. Eʼlon qilingan bagaj qiymati umumiy miqdori yoʻlovchi tomonidan soʻmlarda aytilishi va bagajdagi buyumlar haqiqiy narxlaridan kelib chiqishi kerak.
Tashuvchi tomonidan bagajning eʼlon qilingan qiymati uchun joʻnatuvchidan belgilangan tartibda qoʻshimcha yigʻim undiriladi.
87. Agar yoʻlovchi oʻz bagaj qiymatini eʼlon qilganda, bagaj boʻlimi xodimida uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa, u tekshirish uchun yoʻlovchidan bagajni ochishni talab qilishi mumkin.
Bagaj boʻlimi xodimi va joʻnatuvchi oʻrtasida eʼlon qilingan qiymat boʻyicha nizolar yuzaga kelganda nizoni bagaj boʻlimi boshligʻi, vokzal boshligʻi hal qiladi.
Yoʻlovchi bagajni tekshirish uchun ochishdan yoki vokzal boshligʻi taklif etgan eʼlon qilingan qiymatdan norozi boʻlganda, bagaj eʼlon qilingan qiymat bilan tashishga qabul qilinmaydi.
§ 4. Itlar, mayda uy hayvonlari, qushlar va arilarni tashish
88. Bagaj vagonida tashish uchun itlar, mayda uy hayvonlari, arilar va qushlar harakatlanayotgan yoʻnalishda qayta yuklanmaydigan holatda qabul qilinadi.
89. Itlar, mayda uy hayvonlari va qushlar vagondagi mavjud boshqa bagajga zarar yetkazmaslikni kafolatlovchi, vagonni esa ifloslanishdan saqlovchi maxsus konteynerlarda yoki joʻnatuvchining poddonli tarasida (qafaslar, savatlar, qutilarda) tashilishi mumkin. Ushbu tara tashilayotgan hayvonlar oʻlchami va miqdoriga mos kelishi va haddan tashqari qoʻpol boʻlmasligi kerak. Nizoli holatlarda tara masalasini bagaj boʻlimi boshligʻi hal etadi.
Itlar, qushlar va mayda uy hayvonlarini boqish va parvarishlash majburiyati ularning egalari va kuzatuvchilari zimmasiga yuklanadi, ularni tashishda tashuvchi aybi bilan kechiktirish hollari bundan mustasno.
90. Arilar bagaj vagonida tashishga tashqi havo temperaturasi +10o S dan ortiq boʻlmagan holatda qabul qilinadilar. Arilar ari uyalarida yoki fanerli paketlarda, shu yoʻlovchi tashish poyezdida ketishi lozim boʻlgan kuzatuvchi nazorati ostida tashiladi. Vagonda ari uyalari va paketlar shunday oʻrnatiladiki, ari uyalarini shamollatish tirqishlari toʻsilib qolmasligi va ularga erkin borilishi taʼminlanishi lozim.
91. Mayda uy hayvonlari, qushlar va arilarni tashishga tegishli yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashiga kamida uch soat vaqt qolganda qabul qilinadi. Yovvoyi hayvonlarni bagaj bilan tashishga qabul qilinmaydi. Bagaj bilan itlar, qushlar, mayda hayvonlar va arilar tashilishiga bagaj kvitansiyasi taqdim etiladi, unda: “It qafasda”, “Qush qafasda” va shu kabi qaydlar, uning tara bilan umumiy vazni hamda tashilayotgan hayvon va qushlar soni koʻrsatiladi.
92. Qushlar, mayda hayvonlar va arilar yoʻlovchi tashish poyezdining belgilangan manzil stansiyasiga yetib kelgandan keyin 12 soatdan kechiktirmasdan yoʻlovchi tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
93. Hayvonlar, qushlar va arilar tashiladigan bagaj kvitansiyasi yoʻqotilgan holatlarda, yoʻlovchi ularni oʻziga tegishli ekanligini isbotlagach, qabul qilib oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar maʼlumotlari koʻrsatilgan tilxat bilan yoʻlovchiga berilishi mumkin.
94. Bagaj vagonlarida mayda uy hayvonlari, itlar va arilarni tashish, tegishli shakldagi veterinariya guvohnomalari taqdim qilinishi boʻyicha amalga oshiriladi.
§ 5. Bagajni yoʻlda berish
95. Yoʻlovchi oʻz bagajini harakat yoʻnalishida olishni xohlasa, u dastlab, bu manzil stansiyasiga yetib kelishidan 30 daqiqa oldin, yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri orqali yoki shaxsan bagaj vagoni qabul qiluvchi-topshiruvchisini ogohlantirishi kerak. Agar bagaj vagonini ortish va yoʻlovchi bagajini olishni ixtiyor qilgan stansiyada poyezdning toʻxtash sharoitlariga koʻra buning iloji boʻlsa — qabul qiluvchi-topshiruvchi bagajni beradi, yoʻlovchidan olingan kvitansiyani yoʻl vedomosti bilan birga bagaj topshirilgan stansiyaga stansiya shtempelini qoʻyish va navbatdagi topshirish hisoboti bilan tashuvchiga joʻnatish uchun beriladi.
Yoʻlovchi tashish poyezdlaridagi bagaj va yuk bagaj qabul qiluvchi-topshiruvchisi kvitansiyada “Bagaj vagondan yoʻlovchiga berildi” degan belgini stansiya qabul qiluvchi-topshiruvchisi xuddi shunday maʼnodagi belgini topshirish roʻyxatiga kiritishi lozim. Bagajning bosib oʻtilmagan masofasi uchun chipta toʻliq qiymati bu hollarda qaytarilmaydi.
96. Bagajni tashish xizmatlari uchun toʻlovlar joʻnatish vaqtida amalga oshiriladi. Kvitansiyada koʻrsatilgan vaznga qarshi nomuvofiqliklar aniqlangan har bir holatda, manzil stansiyasi tijorat dalolatnomasi tuzadi va uni tegishli choralar koʻrish uchun joʻnatish stansiyasiga yuboradi, yoʻlovchi bilan esa bagaj tashish boʻyicha xizmatlar uchun qayta hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
§ 6. Bagajning yetib kelishi va uni berish
97. Bagajni berish faqat qabul qiluvchida bagaj kvitansiyasi va chipta mavjud boʻlganda amalga oshiriladi. Qabul qiluvchida chipta boʻlmaganda, agar u harakat yoʻnalishida boshqa poyezdga oʻtish bilan yurgan boʻlsa va boshqa poyezdga oʻtish stansiyasidan manzil stansiyasigacha bilet boʻlmasa, u holda undan yuk bagaji tarifi boʻyicha qoʻshimcha haq undiriladi. Bagaj kassasi bagaj kvitansiyasini olib qoʻyadi, uni yoʻl vedomostiga yopishtiradi va tashuvchiga joʻnatadi.
Yoʻlovchi xohishiga koʻra, manzil stansiyasi sutkalik muddat oʻtgach (kelish kunini hisoblamasdan) qabul qiluvchiga telefon, buyurtma xati yoki boshqa yoʻllar bilan uning nomiga bagaj yetib kelganligi toʻgʻrisida xabar beradi. Qabul qiluvchining nomiga bagaj yetib kelganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi uchun qabul qiluvchi tomonidan tashuvchi belgilagan tarif boʻyicha haq toʻlanadi. Agar manzil stansiyasi yoʻlovchini yetib kelgan bagaj haqida belgilangan muddatda ogohlantirmasa, xabarnoma joʻnatilgunga qadar bagaj saqlangan kunlarga toʻlanmaydi.
98. Yetib kelgan bagajni, stansiya yoʻlovchi tashish operatsiyalari uchun ochiq boʻlgan butun vaqti mobaynida beriladi. Tashuvchi oraliq stansiyalarda yoʻlovchi tashish poyezdi oʻtganidan keyin bir soatdan kechiktirmasdan, oxirgi stansiyalarda bagaj vagoni tushirilgandan keyin yetib kelgan bagajni berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishi shart. Stansiyada transport vositalari mavjud boʻlganda, yoʻlovchi xohishiga koʻra bagaj u koʻrsatgan manzilga belgilangan tariflar boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlash bilan yetkazilishi mumkin.
99. Manzil stansiyasi yoʻlovchi tomonidan berilishi talab etilgan bagaj yetib kelmaganda, bagaj kvitansiyasining orqa tomoniga yetib kelish muddati tugagach “Bagaj yetib kelmadi” degan belgi, yil, oy va sanani ifodalovchi shtempelni qoʻyishi va yoʻlovchidan unga bagaj yetib kelishi haqida xabarnoma joʻnatish manzili koʻrsatilgan arizani qoʻshimcha yigʻimlarni undirmasdan olishi shart.
100. Bagaj yetkazish muddati bagaj qoʻshib joʻnatilgan yoʻlovchi tashish poyezdining manzil stansiyasigacha yetib kelish vaqtidan kelib chiqib aniqlanadi. Agar bagaj qayta ortish mavjud harakat yoʻnalishida ketib borsa, bagajni yetkazish muddati ushbu yoʻnalish boʻyicha kelishilgan poyezdlarning yurishi vaqtiga har bir qayta yuklash uchun bir sutkadan qoʻshish bilan hisoblanadi.
101. Qidirilgan bagajning yetib kelishi haqida manzil stansiyasi uni yetib kelish kunida yoʻlovchiga telefon, buyurtma xati yoki boshqa yoʻl bilan xabar berishi kerak.
§ 7. Bagaj, chipta yoki bagaj kvitansiyasining yoʻqotilishi
102. Agar bagaj stansiyaga yetib kelish muddatidan 10 kundan keyin yetib kelmasa, bagaj yoʻqotilgan hisoblanadi va yoʻlovchi uning qiymatini tiklab berishni talab etish huquqiga ega. Yoʻqotilgan bagaj uchun pul kompensatsiyasi mazkur Qoidalarning 105-bandiga muvofiq toʻlanadi.
Yoʻqotilgan bagaj uchun pul kompensatsiyasi toʻlangan vaqtda berilgan tilxatda, yoʻlovchi topilgan bagajni unga temir yoʻl stansiyalaridan biriga bepul yetkazilishi toʻgʻrisida maʼlum qilishi mumkin. Bagaj qidirish va yetkazish holatida bagaj egasi uni bagaj yetib kelganligi toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida olishi shart. Bagaj olayotganida u pul kompensatsiyasini qaytarib berishi shart.
103. Tashish amalga oshirilgan chipta, bagaj kvitansiyasi yoʻqotilganda, yoʻlovchiga bagaj undan yuk bagaji tarifi boʻyicha tashish toʻlovi farqini undirilgandan keyin yozma arizaga binoan (joʻnatma unga tegishliligi isbotlari taqdim etilganda) shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar maʼlumotlari koʻrsatilgan tilxat bilan beriladi. Yoʻl vedomostida yoʻlovchi va stansiya boshligʻi imzolari bilan tasdiqlangan chipta, bagaj kvitansiyasi taqdim etilmasdan bagajni berish sabablari toʻgʻrisida belgi kiritiladi.
§ 8. Tashish nuqsoni
104. Vazni yoki joy qismi yetishmaganda, shuningdek bagaj shikastlanganda uch nusxada tijorat dalolatnomasi tuziladi. Agar yoʻlovchi uni shu ahvolda olishga rozi boʻlsa, bagaj beriladi, bagaj kvitansiyasi temir yoʻl stansiyasida qoladi, yoʻlovchiga uning talabiga binoan bagaj joyi ochilgandan va bagaj tarkibi tekshirilgandan keyin (yoʻlovchi taqdim qilgan roʻyxatga binoan), yetishmaslik va shikastlanish maʼlumotlaridan tashqari, shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari hamda agar eʼlon qilingan qiymat miqdori koʻrsatilgan boʻlsa, uning toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ifodalangan tijorat dalolatnomasining ikkinchi nusxasi beriladi. Ushbu dalolatnoma boʻyicha yoʻlovchi tashuvchiga daʼvo qilishi, shuningdek izlab topilgan yetishmayotgan bagaj joylarini olishi mumkin.
105. Qiymati eʼlon qilingan bagaj yoʻqolgan taqdirda yoʻqotilgan bagaj uchun pul kompensatsiyasi sutka mobaynida eʼlon qilingan qiymat va toʻlangan yoʻl haqi miqdorida stansiya boshligʻi tomonidan stansiya tushumidan toʻlanadi. Qiymati eʼlon qilingan bagaj yoki yuk bagaj yoʻqotilganda temir yoʻl pul kompensatsiyasi sifatida yoʻqotilgan bagajning eʼlon qilingan qiymati miqdorini toʻlaydi. Bagaj yoki yuk bagaj qisman yoʻqotilganda temir yoʻl yetishmayotgan eʼlon qilingan qiymat miqdorining har bir kilogrammi uchun tegishli ulushini toʻlaydi.
Qiymati eʼlon qilinmasdan tashishga topshirilgan bagaj toʻliq yoki qisman yoʻqotilganda, tashuvchi yoʻlovchiga yetishmayotgan har bir kilogrammi brutto ogʻirligi uchun 2 (ikki) shveysariya frankidan oshmagan miqdorda yoʻqotilgan bagaj yoki uning yoʻqotilgan qismi haqiqiy qiymatini toʻlaydi.
Bagaj shikastlangan yoki buzilganda, yoʻlovchiga oʻtkazilgan ekspertizada aniqlangan baholashga muvofiq, biroq yoʻlovchi qiymatni eʼlon qilgan boʻlsa, eʼlon qilingan bagaj qiymati miqdoridan oshirmasdan toʻliq bagaj yoki uning qismi uchun qiymat qaytariladi. Agar bagaj buzilishi uning yetkazish muddatidan oʻtib ketganligi sababli yuzaga kelgan, u esa qiymati eʼlon qilinib topshirilgan boʻlsa, eʼlon qilingan qiymat yoʻlovchiga buzilgan bagaj vazniga mutanosib ravishda toʻlanadi.
106. Agar qidirib topilgan bagaj egasiga uning daʼvosiga binoan muqaddam kompensatsiya toʻlangan boʻlsa, bagaj olingan mablagʻlarni qaytarish sharti bilan beriladi.
Agar bagaj olinishi bilan daʼvo batamom tugatilsa, tijorat dalolatnomasi bagaj taqdim qilgan tashuvchida, faqat daʼvo qismi hal etilganda, dalolatnoma nusxasida stansiya boshligʻi imzosi bilan bagaj qidirib topilgan joylarni berish toʻgʻrisida belgi kiritiladi va daʼvo batamom hal qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladigan stansiyaga yuboriladi.
§ 9. Yetib kelgan bagajni saqlash
107. Manzil stansiyasiga yetib kelgan bagaj, yetib kelish kuni hisobga olinmasdan bir sutka mobaynida bepul saqlanadi.
108. Bagaj bir sutkadan ortiq saqlanganda, yoʻlovchilar tomonidan saqlanganlik uchun toʻlovlar belgilangan tariflarga muvofiq toʻlanadi.
V bob. Yuk bagajini tashish
§ 1. Yuk bagajini tashishga qabul qilish shartlari
109. Yuk bagajini tashishga oʻz oʻlchamlari, oʻrami va xususiyatlariga koʻra belgilangan tartibdagi koʻzdan kechirish tartibotlaridan oʻtishlari mumkin boʻlgan yuklar va buyumlar qabul qilinadi. Fuqarolardan yuk bagaji yozma arizalarga binoan temir yoʻl chiptasi taqdim qilinmasdan qabul qilinadi. Yuridik shaxslardan yuk bagaji stansiya (vokzal) bagaj boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari ruxsati bilan qabul qilinadi. Jismoniy va yuridik shaxslardan qabul qilib olingan yuk bagajini tashish toʻlovi yuk bagaj tarifi boʻyicha amalga oshiriladi.
Yuk bagaji tashishga mazkur Qoidalarning 79-bandida koʻzda tutilgan yuklar va buyumlar, bir bagaj joyiga vazni 80 kg dan va uzunligi 3 m dan ortiq boʻlgan buyumlar, shuningdek shisha idishlardagi suyuqliklar qabul qilinmaydi.
Tez buziladigan yuklar harakat yoʻnalishida qayta yuklanmasdan mazkur Qoidalarning 113-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tashiladi.
Stansiya boshligʻi yoʻlovchi tashish poyezdi toʻxtab turish vaqti yoki bagaj vagonidagi mavjud joylarga bogʻliq ravishda bir vaqtning oʻzida tashish uchun qabul qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining vazni va miqdorini chegaralash huquqiga ega. Bunday hollarda uning joʻnatilishi bir nechta joʻnatmalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Shishali yoki oynali buyumlar barcha yoʻlovchi tashish poyezdlarining bagaj vagonlarida tashishga harakat yoʻnalishida qayta ortishsiz qabul qilinadi.
Yuk bagaji tashishga, agar yuk bagajini joʻnatish va yetkazish manzil stansiyasida yoʻlovchi tashish poyezdi toʻxtab turishi 5 daqiqadan kam boʻlmasa, qabul qilinadi.
Yuk bagaji oldindan qabul qilinishi mumkin. Oldindan qabul qilingan yuk bagaji saqlanishi uchun belgilangan tariflarga muvofiq toʻlanadi.
110. Yuk bagajini tashishga oʻralgan va oʻralmagan holda qabul qiladilar. Yuk bagajini oʻrami bilan qabul qilish, oʻram mavjud boʻlmaganda uni saqlanishi kafolatlanmaganda yoki ushbu yuk bagaj bilan birga tashilayotgan boshqa buyumlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hollarda majburiydir. Bu hollarda oʻram, mazkur Qoidalarning 77 va 78-bandlarida bagajga qoʻyilgan talablariga javob berishi kerak. Yogʻoch yashiklar temir hoshiyalarga ega boʻlishi kerak.
Shishali yoki oynali buyumlarni tashishga qabul qilish, shisha yoki oyna butunligi yuklash va tushirishda kafolatlovchi oʻramlarda amalga oshiriladi. Har bir bagaj joyida “Ehtiyot boʻling, shisha” yozuvi boʻlishi kerak.
Televizor va shunga oʻxshash maishiy texnikani harakat yoʻnalishida qayta ortishsiz tashishda ularning saqlanishini taʼminlovchi oʻramlarda, qayta yuklash bilan tashishlarga — faqat qattiq oʻramlarda (yashik yoki panjarada) qabul qilinadi. Televizor va shunga oʻxshash maishiy texnikani tashish rasmiylashtirilganda oʻramga tepasida yoki yon devorlarining birida “Ehtiyot boʻling, maishiy texnika” yozuvi yoziladi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yashiklar, savatlar, qoplarga, asal esa — metall flyagalar yoki yogʻoch bochkachalarga joylashtirilishi kerak. Oʻram tashilayotgan mahsulotning saqlanishini kafolatlashi kerak.
Motorli velosipedlar, mototsikllar, motorollerlar, moped va motorli aravachalar baklari yonilgʻi va moydan tozalangan boʻlishi kerak. Mototsikllar (vazni 165 kg li), motorollerlar va mopedlar tashishga zavod oʻramida yoki boshqa qattiq oʻram (panjarasimon oʻram)da qabul qilinadi.
111. Jismoniy va yuridik shaxslardan yuk bagaji bagaj operatsiyalari uchun ochiq temir yoʻl stansiyalari oraliqlarida vazni bir bagaj joyiga 80 kg dan oshmaydigan alohida bagaj joylarida tashishga qabul qilinadi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan yuk bagaj tashishga vazni 165 kg gacha boʻlgan boʻlinmaydigan joylar (gaz plitalari, muzlatgichlar va boshqalar)ni qabul qilish, harakat yoʻnalishida qayta ortishsiz yuk bagaj operatsiyalari uchun ochiq stansiyalardan va stansiyalargacha amalga oshiriladi.
112. Tez buziladigan yuklar harakat yoʻnalishida yoʻlovchi tashish poyezdining bagaj vagonlarida harorat rejimini bir maromda saqlamasdan (yuk joʻnatuvchi javobgarligida) tashiladi.
113. Tez buziladigan yuklar stansiya boshligʻining ularni aynan qaysi yoʻlovchi tashish poyezdi bilan joʻnatish mumkin boʻlishini aniqlagandan keyin, joʻnatish stansiyalari tomonidan qabul qilinadi.
Qabul qiluvchining tez buziladigan yuklarini qabul qilish uchun kelishi vaqti haqida xabardor qilish majburiyati joʻnatuvchi zimmasidadir.
114. Tashuvchi tez buziladigan yukning tabiiy xossalari yoki iqlim sharoitlari natijasida buzilishi uchun, agar yuk taqdim qilish muddati mobaynida yetkazilgan va qabul qiluvchiga topshirilishi mumkin boʻlsa va tashuvchi aybi bilan yuk buzilishini keltirib chiqaruvchi oʻram shikastlanishiga yoʻl qoʻyilmagan boʻlsa, javobgar emas.
§ 2. Yuk bagajni tashishga qabul qilishni rasmiylashtirish
115. Yuk bagajni joʻnatish haqida joʻnatuvchi bagaj boʻlimi boshligʻiga ariza topshiradi, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) joylar soni, oʻram vazni va turi;
b) yuk bagaj nomi;
v) manzil stansiyasi;
g) qabul qiluvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va pochta indeksi koʻrsatilgan uning manzili;
d) joʻnatuvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va pochta indeksi koʻrsatilgan uning manzili.
Tashuvchi belgilangan tariflarga muvofiq joʻnatuvchini ushbu arizalar blankasi bilan taʼminlashi va ularni toʻldirish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Yuk bagajni tashishga qabul qilishda bagaj boʻlimi boshligʻi yuk bagaj qabul qilish vaqtini (sana, oy, soat) belgilaydi, bu arizada qayd qilinadi.
116. Yuk bagajni joʻnatishga qabul qilish arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq belgilangan shakldagi tashish hujjatlarini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Joʻnatuvchiga joʻnatuvchi va qabul qiluvchi nomi va manzillari koʻrsatilgan kvitansiya taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslardan yuk bagaj qabul qilib olinganda bagaj kvitansiyasida chiptalar raqami oʻrniga “Ariza boʻyicha” belgisi koʻrsatiladi. Yuk bagaj toʻgʻri nomlanishiga shubha tugʻilsa, tashuvchi yuk bagajni koʻrishi uchun oʻram ochilishini talab qilishi mumkin. Agar joʻnatuvchi oʻram ochilishiga rozilik bermasa, yuk bagaj tashishga qabul qilinmaydi.
117. Joʻnatuvchi barcha yuk bagaj joylarini talab qilinayotgan markirovkalash yozuvlari bilan taqdim qilishi kerak. Tashishga topshirilayotgan yuk bagaj tashuvchi tomonidan markirovkalansa, joʻnatuvchidan belgilangan tarif boʻyicha yigʻim undiriladi.
118. Joʻnatuvchiga bagaj uchun belgilangan tartib va shartlarda tashilayotgan yuk bagaj qiymatini eʼlon qilish huquqi taqdim etiladi. Eʼlon qilingan qiymat uchun yigʻim va tashish haqi joʻnatilish vaqtida belgilangan tarif boʻyicha toʻlanadi.
Joʻnatuvchi yuk bagaj qiymatini eʼlon qilishni rad etsa, joʻnatuvchi imzolaydigan yuk bagaj kvitansiyasida “Qiymatni eʼlon qilishni rad etaman” degan qayd qilinadi.
§ 3. Koʻchatlar va oʻsimliklarni tashish
119. Fuqarolardan tashishga oʻsimliklar, koʻchatlar va boshqa ekiladigan narsalar, agar ularning oʻrami tashish saqlanishini kafolatlasa va ular boshqa yoʻlovchilar bagajini ifloslantirmasa, qabul qilinadi. Bu holda bagajning har bir joy vazni 25 kg dan va balandligi 2 m dan oshmasligi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan joʻnatmalar karantin eʼlon qilingan hududlarda joylashgan stansiyalarda, yuk egasi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq tashish huquqini beruvchi karantin hujjati taqdim etilganda qabul qilinadi.
§ 4. Yuk bagajning yetib kelishi va uni taqdim etish
120. Manzil stansiyasi qabul qiluvchini uning nomiga yuk bagaj yetib kelganligi toʻgʻrisida telefon, buyurtma xat yoki boshqa yoʻllar bilan xabardor qilishi shart. Xabarnoma uchun tashuvchi tomonidan belgilangan tarif boʻyicha yigʻim undiriladi.
121. Yuridik shaxslar manziliga yetib kelgan yuk bagaji, yuk bagaj qabul qilib olishga vakolatlangan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilgan va yoʻl yuk bagaj vedomosti orqa tomonida imzo chekkan holda qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonch qogʻozi boʻyicha beriladi.
Yuk bagaj qabul qilib olishda yuk bagaj kvitansiyasini koʻrsatishi shart emas. Yuk bagaj qabul qilib olishga vakolatlangan shaxs, yoʻl yuk bagaj vedomostidan nusxa koʻchirib olish huquqiga ega, bagaj kassasi uni imzo va stansiya shtempeli bilan tasdiqlashi kerak.
Alohida shaxslar manziliga yetib kelgan yuk bagaj qabul qilib oluvchiga (yoki uning ishonch qogʻozi boʻyicha boshqa shaxsga) shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganda, yoʻl yuk bagaj vedomosti orqa tomonida imzo chekkan va shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini koʻrsatgan holda beriladi.
Qabul qiluvchi yuk bagaj qabul qilganda uning vaznini tekshirish huquqiga ega. Stansiya vaznni tekshirganligi uchun belgilangan tarifga muvofiq yigʻim undiradi, agar tekshirilganda vazn yetishmovchiligi aniqlanmasa.
§ 5. Yuk bagajni saqlash
122. Manzil stansiyasiga yetib kelgan yuk bagaj bir sutka mobaynida (yuk bagaj tushirib olingan kun hisoblanmaydi) bepul saqlanadi. Keyingi saqlash uchun belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlanadi.
123. Yuk bagajni yetkazish muddati, u tashilayotgan yoʻlovchi tashish (pochta-bagaj) poyezdining harakat yoʻnalishi vaqti bilan belgilanadi.
VI bob. Yuk saqlash xonalarida buyumlarni saqlash tartibi
§ 1. Yuk saqlash xonalarida buyumlar saqlanishini rasmiylashtirish va saqlaganlik uchun toʻlovlar toʻlash
124. Buyumlarni saqlash uchun qabul qilinganda omborchi yoʻlovchiga jeton taqdim qiladi va maxsus kitobning “Berish” ustuniga uning tartib raqamini yozib qoʻyadi. Yoʻlovchi tomonidan qoʻl yuki qaytarib olinganda omborchi ushbu jeton tartib raqamini “Olish” ustuniga yozib qoʻyadi.
125. Buyumlarni saqlaganlik uchun belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlanadi. Yuk saqlash xonalarida buyumlar jeton koʻrsatuvchiga beriladi. Bunda jeton qaytarib beriladi.
§ 2. Buyumlar yoki kvitansiyalarning yoʻqotilishi
126. Jetonlar boʻyicha saqlashga topshirilgan buyumlar yoʻqotilganda, isbot qilish uchun taqdim qilingan daʼvolar tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Buyumlar topilgan taqdirda, ular egasiga, yoʻqotilgan bagajni topshirish uchun belgilangan qoidalarga koʻra, yuk egasining zararni qoplash uchun olingan mablagʻni tashuvchiga qaytarish shartlarda beriladi.
127. Jeton yoʻqotilganda yuk saqlash xonasiga qabul qilingan buyumlar egasiga ushbu buyumlarning unga tegishliligi dalillarini bagaj uchun belgilangan tartibda taqdim qilganda beriladi. Yoʻlovchi tomonidan yoʻqotilgan jeton qiymatining miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi.
§ 3. Talab qilib olinmagan buyumlar
128. Yuk saqlash xonalariga topshirilgan buyumlar u yerda 30 kalendar kun mobaynida saqlanadi. Agar koʻrsatilgan muddat tugagach, qandaydir sabablarga koʻra buyum egasi oʻz buyumlarini olib ketmasa, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
VII bob. Tashishlar nazorati
§ 1. Umumiy shartlar
129. Temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlarini amalga oshirish nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
130. Temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlari nazoratini amalga oshirishda quyidagilar tekshiriladi:
a) yoʻlovchilarda chiptalar, yoʻl bagaj vedomostlarining mavjudligi;
b) vagon kuzatuvchilari tomonidan chipta foydalanganligini toʻgʻri qayd qilish;
v) poyezd brigadasi tomonidan vagonlarni talab darajasida tutish va yoʻlovchilarga madaniy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;
g) tashish hujjatlarining toʻgʻri taqdim qilinishi va rasmiylashtirilishi;
d) chiptalar sotilishini tashkil etish;
e) yoʻlovchi tashish poyezdlari, vokzallarda yoʻlovchilar, shuningdek temir yoʻl transporti xodimlari tomonidan jamoat tartibining saqlanishi va ular tomonidan mazkur Qoidalarning bajarilishi;
j) qoʻl yuki saqlash xonalari va bagaj boʻlimlari ishlari;
z) yoʻlovchi tashish poyezdlaridagi boʻsh va boʻshayotgan joylar hisobi hamda joylar haqida maʼlumotlar berish tartibi;
i) vagonlardan (xizmat, ijara, boshqa vazirliklarga tegishli va boshqalar) toʻgʻri foydalanish.
131. Stansiya hamda yoʻlovchi tashish poyezdlarida chiptalar sotishni va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni tashkil qilishda kamchiliklarni aniqlagan tekshirishlar oʻtkazayotgan nazoratchi shaxslar, ularni bartaraf etish choralarini koʻradilar.
132. Bepul yoki bolalar chiptasi bilan tashilayotgan bolalar yoshiga nisbatan shubhalar tugʻilganda, nazorat qiluvchi shaxs yoʻlovchidan bola yoshini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, ota-onalari pasportidagi yozuv va hokazolar) taqdim qilinishini talab qilishi mumkin.
Agar chiptalarni birinchi marta tekshirish vaqtida nazorat qiluvchi shaxsda bunday shubhalar tugʻilmagan boʻlsa, keyingi tekshirishlarda nazorat qiluvchi shaxslar va yoʻlovchilar orasidagi bolalar yoshi borasida bahslarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shaharlararo qatnash uchun imtiyozli abonement chiptalari tekshirilganda, nazorat qiluvchi shaxs yoʻlovchidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
§ 2. Chiptalarni nazorat qilish
133. Yoʻlovchi tashish poyezdini nazorat qilishda chiptasiz yoki familiyasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatga mos kelmaydigan yoki oʻzgartirilgan (toʻgʻrilangan) chipta bilan, shuningdek undan foydalanish huquqini taqdim qiluvchi tegishli hujjatlarsiz imtiyozli chiptasi bilan aniqlangan yoʻlovchi belgilangan tartibda jarima toʻlashi kerak.
Yoʻlovchi tashish poyezdlarida ketayotgan chiptasiz yoʻlovchidan, toʻlangan jarima bilan bir vaqtda, belgilangan shakldagi kvitansiya boʻyicha yoʻlovchi oʻtqazilgan joydan manzil yoki boshqa poyezdga oʻtish punktigacha chiptaning toʻliq qiymati undiriladi. Yoʻlovchi yoʻlovchi tashish poyezdini tark etish toʻgʻrisida maʼlum qilganda, u jarimadan tashqari, oʻtqazish joyidan eng yaqin stansiyagacha chiptaning toʻliq qiymatini toʻlashi kerak. Shaharlararo qatnovchi poyezdlarda chiptasiz ketayotgan yoʻlovchidan jarima toʻlanishi bilan birga belgilangan shakldagi kvitansiya berilgan holda chiptaning toʻliq qiymati undiriladi.
Chiptalar rasmiylashtirish texnologiyasi buzilganda, chipta yoʻlovchidan olib qoʻyiladi va yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan birgalikda xizmat tekshiruvini oʻtkazish uchun tashuvchiga yuboriladi, yoʻlovchi esa manzil stansiyasigacha ketadi.
Yoʻlovchi tashish poyezdlaridan yoʻlovchilarni aholi punktlaridan yiroqda joylashgan stansiyalarda chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 3. Temir yoʻl chiptalaridan notoʻgʻri foydalanish
134. Yoʻlovchi tashish poyezdida shaharlararo qatnovchi poyezd chiptasi bilan aniqlangan yoʻlovchi chiptasiz yoʻlovchi hisoblanadi.
135. Yoʻlovchi chiptasida koʻrsatilgan yoʻnalishdan boshqa notoʻgʻri yoʻnalish poyezdiga adashib chiqqan yoʻlovchi, poyezdni eng yaqin stansiyada tark etishi kerak. Bu holatda, yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri oʻtqazish asosiy stansiyasiga yoʻlovchini bepul qaytish huquqini beruvchi dalolatnoma tuzadi. Boshqa notoʻgʻri yoʻnalish poyezdiga adashib chiqqan yoʻlovchidan jarima undirilmaydi.
136. Chiptada koʻrsatilgan muddatdan oldin yoʻlovchi tashish poyezdiga oʻtirgan yoʻlovchi tashish poyezdidan chiqarilmaydi. Yoʻlovchi poyezd yetarli toʻxtash vaqtiga ega boʻlgan yoʻldagi birinchi stansiyada oʻz chiptalarini qaytarishga topshirishi va ushbu poyezdga chiptalar rasmiylashtirishi kerak. Foydalanilmagan chipta qaytarilishi umumiy asosda amalga oshiriladi.
137. Yuqori baholanuvchi toifa vagoniga unda ketish huquqini bermaydigan chiptalar bilan kirib qolgan yoʻlovchidan jarima undirilmaydi. Yoʻlovchi bu holda uning chiptasiga mos keluvchi vagonga oʻtishi shart yoki boʻsh joylar mavjudligida ushbu vagonda belgilangan tartibda tegishli qoʻshimcha toʻlab qolishi mumkin.
138. Yoʻlovchi tashish poyezdida qalbaki yoki unga tegishli boʻlmagan chipta bilan aniqlangan yoʻlovchi, undirilgan jarimadan qatʼi nazar, poyezd harakat yoʻnalishi boʻyicha eng yaqin stansiyadagi transport ichki ishlar organlariga topshiriladi, bu haqda poyezd brigadiri tomonidan dalolatnoma tuziladi.
§ 4. Chiptalarni rasmiylashtirishdagi nuqsonlar
139. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan berilgan, qoʻlda yozilgan maʼlumotlarga ega chipta haqiqiy deb hisoblanmaydi. Qoʻlda yozish usuli bilan kompostersiz manzil stansiyasi koʻrsatilmasdan, stansiyalarning nomlari xato va tashuvchining boshqa xodimlari aybi bilan yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar bilan rasmiylashtirilgan chiptalar nuqsonli deb topiladi va olib qoʻyiladi. Bu haqda dalolatnoma tuziladi, yoʻlovchiga esa yangi chipta beriladi. Bunday chiptalar tashuvchi tomonidan belgilagan tartibda almashtiriladi.
140. Nuqsonli chipta vokzalda poyezdda yurish boshlanishdan oldin yoki nuqsonli chipta bilan yoʻlovchi chipta kassasida aniqlanganda, 3 nusxada dalolatnoma rasmiylashtirilishi kerak. Dalolatnoma vokzal boshligʻi, chipta kassasi mudiri, chipta kassiri tomonidan imzolanishi kerak, dalolatnomaning birinchi nusxasi chiptalar bilan birga chipta kassasiga nuqsonli chipta almashtirilishi uchun, ikkinchi nusxasi stansiya boshligʻiga choralar koʻrish uchun topshiriladi, uchinchi nusxasi chipta kassasi mudirida saqlanadi.
§ 5. Bolalarning poyezdda notoʻgʻri olib yurish
141. Yoshi 5 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolalarni bolalar chiptasisiz yoki ikki va undan ortiq 5 yoshgacha bolalarni katta yoshdagi bir yoʻlovchi bilan poyezdda olib yurilganda, undan bunday holatlar uchun belgilangan miqdorda jarima undiriladi, bunda mazkur Qoidalarning 31-bandiga muvofiq yoʻlovchi keyinchalik yoʻlida davom etishi uchun bolalar chiptalari sotib olishi kerak.
142. 10 yoshdan oshgan bolalarning bolalar chiptasi bilan poyezdda yurganda yoʻlovchilarni kuzatib kelayotgan shaxslarga belgilangan miqdorda jarima solinadi. Bundan tashqari, ular dastlabki joʻnash stansiyasidan manzil stansiyasigacha toʻliq va bolalar chiptasi oʻrtasidagi farqni toʻlashi shart. Bunday holatda chiptalar bahosining farqi chipta kassasi yoki belgilangan shakldagi kvitansiya taqdim etgan holda nazorat qiluvchi shaxs tomonidan undiriladi.
143. Kuzatuvchilarsiz ketayotgan va chiptasiz boʻlgan bolalar, eng yaqin joylashgan yirik stansiyada transportdagi ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilishi kerak.
§ 6. Qoʻl yukini notoʻgʻri tashish
144. Yoʻlovchi tashish poyezdlarini nazorat qiluvchi shaxslar yoʻlovchi tomonidan belgilangan meʼyordan ortiq qoʻl yuki tashilayotganini aniqlaganda, unga jarima va bagaj tarifi boʻyicha butun harakat yoʻnalishi boʻyicha (boshlanish stansiyasidan) chiptaning toʻliq qiymatini toʻlashni taklif etishi kerak.
§ 7. Foydalanilgan chiptalarni qaytarish
145. Yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnatilgach, kuzatuvchi yoʻlovchilardan chiptalarni olib qoʻyishi va foydalanganlik belgisini qoʻyishi kerak. Harakat yoʻnalishida toʻxtashni xohlagan yoʻlovchilar bundan mustasno. Bunday chiptalarga foydalanganlik belgisi yoʻlovchilarni bevosita manzil stansiyasiga yetib kelishidan oldin qoʻyiladi.
Blankli chiptalarga foydalanganlik belgisini qoʻyish tashuvchi tomonidan belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
VIII bob. Tariflar va yigʻimlar
§ 1. Yoʻlovchilar tariflari va yigʻimlari, tarif turlari
146. Tashuvchi tomonidan quyidagi yoʻlovchi tariflari qoʻllaniladi: umumiy yoʻlovchi — yoʻlovchi tashish poyezdlarida yurishda; shaharlararo qatnash — shaharlararo yoʻlovchi tashish poyezdlarida yurishda (shahar atrofi hududi chegarasida 150 km gacha, ushbu masofa ham hisobga olinadi). Shaharlararo qatnash tariflari zonaviy va abonementliga boʻlinadi.
147. Shaharlararo yoʻlovchi tashish poyezdlaridagi chiptaning toʻliq qiymati, ushbu poyezdlarni tashkil qilish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq amaldagi xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
148. Yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlari bilan bogʻliq qoʻshimcha yigʻimlar shartnoma asosida toʻlanadi.
149. Yoʻlovchi tashish poyezdlarini amaldagi jadval bilan belgilangan harakat yoʻnalishidan vaqtinchalik ogʻish hollarida (texnik sabablarga koʻra 15 kundan koʻp emas), qoʻshimcha bosib oʻtilgan masofa uchun yoʻlovchi haq toʻlamaydi.
§ 2. Umumiy tarif tuzish sxemasi
150. Chiptaning toʻliq qiymatini aniqlash uchun tarif stavkalari qoʻllanilganda haqiqiy tarif masofasi poyezdda yurish qiymati jadvallarida nazarda tutilgan tarif zonalari boʻyicha yaxlitlanib olinadi.
151. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida yoʻlovchilarning poyezdda yurish qiymati, poyezdda yurish uchun yaratilayotgan qulaylik sharoitlari bilan aniqlanadigan vagon turiga, shuningdek poyezd toifasiga koʻra: yuqori tezlikdagi yuqori qulaylik, tezkor, yoʻlovchi, firma, shuningdek qatnash masofasiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
§ 3. Poyezdda yurishga chegirmalar
Oldingi tahrirga qarang.
152. Temir yoʻl transportida chiptalar yoʻlovchilarga toʻliq qiymatda sotiladi, qonunchilik hujjatlari bilan poyezdda imtiyozli yurish belgilangan fuqarolar bundan mustasno.
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab temir yoʻl transportidan yiliga ikki marta bepul foydalanish huquqi taqdim etilgan.
Temir yoʻllarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
1941 — 1945-yillardagi urushda I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogironligi boʻlgan shaxslarga;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, ularni kuzatuvchi shaxsga;
1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga.
Temir yoʻllarda chiptaning toʻliq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga berilgan:
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironligi boʻlgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga;
Sobiq SSSR Ittifoqini himoya qilish paytida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya yoki mayib boʻlish oqibatida, yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va turmush oʻrtoqlariga.
Temir yoʻllarda chipta toʻliq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta (borish va kelishga) yurish huquqiga ega shaxslarga, ularning xohishiga koʻra ikki yilda bir marta ikki yillik (oldingi va joriy yil uchun) foydalanilmagan chegirmalar oʻrniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) huquqi taqdim qilinadi. Bu holda toʻgʻri yoʻnalishda bunday yurish “borish” ikki yillik chegirma oʻrniga, qaytishga esa — “kelish” ikki yillik chegirma oʻrniga rasmiylashtiriladi. Ushbu tartib 1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar hamda 1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironligi boʻlgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarga hamrohlik qiluvchi shaxsga ham tatbiq etiladi.
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari tomonidan bepul yoki imtiyozli chipta olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Axborot tizimidan olinadi.
1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni kuzatib kelayotgan shaxslarga (bittadan koʻp boʻlmagan kuzatuvchiga), yiliga bir marta (borish va kelishga) chiptaning toʻliq qiymatidan ellik foiz chegirma beriladi. Kuzatuvchi shaxsga chipta rasmiylashtirilayotganda faqat joriy yil uchun belgilangan chegirma qabul qilinadi. Oʻtgan va keyingi yil uchun chegirma hisobga qabul qilinmaydi.
Axborot tizimida bepul yoki chegirma olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda bepul yoki imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga bepul yoki imtiyozli chipta olish huquqini beruvchi “urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs guvohnomasi”, “urush qatnashchisi guvohnomasi” yoki “imtiyozga huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi” taqdim qilinishi kerak.
“Faxriy temiryoʻlchi” nishoni bilan taqdirlangan temir yoʻl transporti xodimlari yil mobaynida MDH boʻylab bepul yurish huquqiga (borish va kelishga) egadir, buning uchun xizmat guvohnomasi va yozib berilgan temir yoʻl chiptasi taqdim qilinishi zarur.
10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta boʻyicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:
a) harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km gacha boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 10 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 15 foiz;
b) harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 20 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 30 foiz.
Ekskursiyaga guruh bilan poyezdda yurish qiymatini naqd pul va toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha toʻlashga ruxsat etiladi.
Oʻquvchilarning shaharlararo qatnovchi poyezdlarda va ichki temir yoʻl aloqalarida qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida yolgʻiz yurganda chipta kassalari belgilangan tartibdagi imtiyozli chiptalarni, ularda taqdim qilingan hujjatlar raqamini, zarur hollarda — belgilangan shakldagi qoʻshimcha toʻlovlar kvitansiyasini koʻrsatib beradi.
Imtiyozli chiptalar bilan poyezdda yurayotgan shaxslar, vagonga oʻtirayotganlarida va poyezdda yurish vaqtida, kuzatuvchilar va nazorat qiluvchi shaxslar talabiga binoan chipta sotib olingan hujjatini taqdim qilishi shart.
Imtiyozli chiptalarni tekshirishda tegishli hujjatlarni taqdim qilmagan yoʻlovchilar chiptasiz deb hisoblanadilar va belgilangan miqdorda jarimaga tortiladilar. Bundan tashqari, ulardan chiptalar berilgan stansiyadan manzil stansiyasigacha chipta qiymatining farqi (imtiyozli va toʻliq tarif oʻrtasidagi) undiriladi.
Imtiyozli tarif boʻyicha chiptalar notoʻgʻri berilgan har bir holat toʻgʻrisida nazorat qiluvchi shaxslar dalolatnoma tuzishlari va uni choralar koʻrish uchun tashuvchi rahbariyatiga joʻnatishlari shart.
(152-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
§ 4. Sugʻurta tarifi
153. Temir yoʻl transporti yoʻlovchilari poyezdda yurish va stansiya (vokzal)da boʻlishlari vaqtida baxtsiz hodisalardan qonunchilikda koʻzda tutilgan tartibda majburiy shaxsiy sugʻurta qilinadilar.
Foydalanilmagan chiptalar boʻyicha pullar qaytarilganda sugʻurta tarifi toʻliq toʻlanadi, qisman foydalanganlari uchun — sugʻurta tarifi toʻlanmaydi.
Sugʻurta holati vujudga kelish joyiga qarab, stansiya (vokzal) boshligʻi yoki yoʻlovchi tashish poyezdi brigadiri dalolatnoma tuzishi va uni yoʻlovchi yoki uning qarindoshlariga taqdim qilishi shart.
§ 5. Abonement chiptalari
154. Shaharlararo chipta kassalarida, bir martalik chiptalardan tashqari, turli xildagi abonement chiptalari, shu jumladan imtiyozli abonement chiptalarini sotish ham amalga oshiriladi. Barcha turdagi abonement chiptalari qiymatlari va ularni sotish tartibini tashuvchi belgilaydi.
Abonement chiptalari ularda koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha barcha shaharlararo qatnovchi poyezdlarda yurish huquqini beradi. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida shaharlararo qatnash chiptalari bilan yurishga, tashuvchi koʻrsatmasiga binoan yoʻl uchastkasida shaharlararo qatnash harakati mavjud boʻlmaganda 150 km gacha masofada ruxsat etiladi.
Abonement chiptalari sotish oldindan, biroq ularni amal qilish muddatidan 30 sutkadan koʻp boʻlmagan muhlatda amalga oshiriladi. Bunday hollarda chiptalarga chipta amal qilish muddati sanasi koʻrsatilgan komposter qoʻyiladi.
Shaharlararo qatnash bir yoʻnalishdagi toʻxtash punktidan shaharlararo qatnash boshqa yoʻnalishdagi toʻxtash punktigacha (shu jumladan bir vokzalga kelish va boshqasidan joʻnash bilan) uzel punktlari orqali yurishlar uchun bir dona abonement (imtiyozli-abonement) chiptasini sotilishiga ruxsat etiladi. Bu holatda poyezdda yurish umumiy masofasi 150 km dan oshmasligi kerak. Bunday chipta narxi uzel punktigacha va undan ketish tariflari yigʻindisi boʻyicha belgilanadi.
Imtiyozli abonement chiptalarida: yoʻlovchining familiyasi, joʻnash toʻxtash punkti, manzil va uzel punktlari nomlari, agar bular mavjud boʻlsa, shuningdek chipta qiymati koʻrsatiladi.
155. Nomiga berilgan abonement (imtiyozsiz) chiptalar yuridik shaxslarga, kimga sotib olinayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilib sotiladi. Abonement chiptasi: oylik chipta uchun — 50-marta poyezdda yurish qiymati, mavsumiy — tegishli ravishda 200-marta poyezdda yurishning, yarim yillik — 300-marta poyezdda yurishning va yillik — 600-marta poyezdda yurishning qiymati hisobidan, bu uchastkada shaharlararo qatnash yoʻnalishida qoʻllaniluvchi tarif (kilometrli, umumiy) boʻyicha toʻlanadi. Zonaviy tarif qoʻllaniluvchi uchastkalarda abonement chiptalari qiymatini hisoblash kilometrli tarif stavkalari boʻyicha amalga oshiriladi.
IX bob. Bagaj va yuk bagaj tariflari
§ 1. Qoʻllanish shartlari
156. Umumiy bagaj va yuk bagaj tariflari, umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan doimiy foydalanishga kiritilgan barcha temir yoʻl liniyalarida qoʻllaniladi.
§ 2. Tashish toʻlovlarining umumiy tartibi
157. Bagaj va yuk bagaj joʻnatishning hisoblangan eng kam ogʻirligi – 10 kg. Yuk bagajining vazni 10 kg gacha boʻlgan bagaj va yuk bagajning qiymatini tashish uchun hisoblashda yuk bagaj vazni 10 kg gacha deb toʻliq yaxlitlanadi. Bagaj vazni barcha holatlarda 10 kg gacha toʻliq yaxlitlanadi. Eng kam vazni 5 kg boʻlgan bagaj va yuk bagajni 10 kg kabi toʻlagan holda joʻnatiladi.
158. Bagaj vagonida tashilayotgan donabay hisoblangan buyumlar (motorsiz va motorli velosipedlar, protez aravachalar, bolalar aravachalari va bolalar avtomobillari) 20 kg li bagaj yoki yuk bagaj sifatida toʻlanadi. Velosiped, bolalar aravachasi va boshqalar bilan birga boshqa buyumlar taqdim qilingan taqdirda, unda ularning barchasi birga tarozida tortilishi va umumiy vazn uchun toʻlov bitta kvitansiya boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Mototsikllar, motorollerlar, mopedlarni amaldagi vazni boʻyicha tashishga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
159. Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan bittadan ortiq boʻlmagan uch, toʻrt gʻildirakli aravachalarni yoʻlovchi tashish poyezdida tashishga, istisno tariqasida, faqat yoʻlovchi ketayotgan poyezd tarkibini shakllantirish va aylanma stansiyasidan stansiyasigacha yoʻl qoʻyiladi.
(159-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Aravachaning amaldagi butun vazni bagaj tarifi boʻyicha toʻlanadi. Yuridik shaxslardan yoʻlovchi tashish poyezdlari bagaj vagonida aravachalarni tashish uchun qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 3. Belgilangan stavkalar
160. Yoʻlovchi oʻzi bilan birga yoʻlovchi vagonlarida, shuningdek yoʻlovchi tashish poyezdlarining bagaj vagonlarida itlar, mayda hayvonlar va qushlarni olib yurishlari donasi yoki joyi uchun 20 kg bagaj sifatida haq toʻlanadi. Shahar atrofiga qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida yoʻlovchi bilan birga itlar va boshqa mayda hayvonlar, shaharlararo qatnash chipta kassalarida sotiladigan chiptalar boʻyicha tashiladi.
Shahar atrofiga qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida uy hayvonlari, qushlar, velosipedlar va qoʻshimcha vaznli qoʻl yukini tashish tarif stavkalari miqdorlari tashuvchi tomonidan Qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxatiga muvofiq belgilanadi.
§ 4. Eʼlon qilingan qiymat uchun yigʻim
161. Yuk bagajning eʼlon qilingan qiymati uchun yuk bagaj joʻnatuvchisidan tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda qoʻshimcha yigʻim undiriladi.
§ 5. Yukni saqlaganlik va vaznini tekshirganlik uchun yigʻim
162. Yetib kelgan bagaj va yuk bagajni har bir joyidan sutkasiga saqlaganlik uchun, bepul saqlash vaqti va oldindan qabul qilishni hisobga olmasdan, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda quyidagi yigʻimlar undiriladi:
a) yetib kelgan bagajni saqlaganlik uchun;
b) yetib kelgan yuk bagajni saqlaganlik uchun;
v) bagajni bagaj joʻnatiladigan yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashidan 2 sutka oldin, oldindan qabul qilinganlik uchun;
g) yuk bagajini ham jismoniy, ham yuridik shaxslardan oldindan qabul qilinganligi uchun birinchi kalendar va keyinchalik har bir sutkalar uchun.
163. Bagaj vaznini qoʻshimcha ravishda tekshirishga haq toʻlanmaydi. Yuk bagaj vazni tekshirilganligi uchun tashuvchi tomonidan belgilanadigan miqdorda yigʻim undiriladi. Ushbu operatsiyaning toʻlov kvitansiyasida qayta tortilgan butun yuk bagaj vazni koʻrsatiladi. Bagaj yetishmagan va tijorat dalolatnomasi tuzilgan taqdirda tarozida tortilganligi uchun pul undirilmaydi.
§ 6. Qoʻl yuki, katta gabaritli yuklar va buyumlarni saqlash xizmatlari qiymati
164. Yoʻlovchiga yuk saqlash xonasida bir kalendar sutkasi muddatiga joy taqdim qilish xizmati omborchilar yoki vokzal boshligʻining navbatchi yordamchisi tomonidan koʻrsatiladi va yoʻlovchi tomonidan unga belgilangan shakldagi kvitansiya taqdim qilgan holda belgilangan tariflar boʻyicha har bir saqlash joyi uchun haq toʻlanadi.
Kalendar sutkasi muddati tugagach yuklarni saqlash keyingi har bir sutkasi uchun yoʻlovchilar tomonidan tashuvchining belgilagan tariflari boʻyicha haq toʻlanadi.
§ 7. Chiptalar sotganlik uchun vositachilik yigʻimlari
165. Aholiga chiptalar sotish va joylarni zaxiraga qoʻyishda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun vositachilik yigʻimlari har bir rasmiylashtirilgan joy uchun shartnomaviy narxlar boʻyicha tashuvchi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vositachilik yigʻimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari, maxsus ijaraga olingan vagonlar va yoʻlovchi tashish poyezdlarida ketayotgan shaxslarga, bepul xizmat va bir martalik chiptalar boʻyicha temir yoʻlchilar, urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar chiptalarini rasmiylashtirishda undirilmaydi.
(165-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldindan sotishda koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar (chiptani uyga, ish yoki dam olish joyiga yetkazib berish, qatnovchi kassir tomonidan chiptani bevosita yoʻlovchi tashish poyezdida rasmiylashtirish va hokazolar) Qoʻshimcha ishlar va xizmatlar roʻyxatiga muvofiq shartnomaviy narxlar boʻyicha tashuvchi tomonidan tasdiqlagan stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
§ 8. Toʻlovlarni qaytarishdagi yigʻimlar
166. Foydalanilmagan chipta toʻlovlarini qaytarilishini rasmiylashtirish boʻyicha operatsiyalar uchun vositachilik yigʻimi har bir chipta uchun tasdiqlangan kalkulyatsiyaga asosan tashuvchi tomonidan belgilangan miqdorda undiriladi. Guruhiy chiptalarni qaytarishda vositachilik yigʻimi yoʻlovchilar soniga muvofiq undiriladi.
167. Chipta sotish kassasiga oldindan va sutkalik sotilgan chiptalar uchun toʻlangan vositachilik yigʻimi ular qaytarib berilganda qaytarilmaydi.
168. Quyidagilar boʻyicha rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar uchun toʻlovlar qaytarilishini rasmiylashtirish boʻyicha operatsiyalar uchun vositachilik yigʻimi undirilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) mazkur Nizomning 152-bandida nazarda tutilgan shaxslar boʻyicha;
(168-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)
b) xizmat, maishiy va shaxsiy zaruratlar boʻyicha berilgan bepul temir yoʻl chiptalari boʻyicha.
§ 9. Bagaj va yuk bagajini rasmiylashtirish xizmatlari toʻlovi
169. Tashuvchi bagaj va yuk bagaj joʻnatuvchini talabiga binoan unga talabnoma blanki va yorliq berishi kerak. Yorliq, talabnoma berganlik, yorliqni toʻldirganlik (joʻnatuvchi iltimosiga koʻra) yoki joʻnatish markirovkasini qayd etganlik uchun joʻnatuvchi tomonidan tashuvchi belgilagan miqdorda haq toʻlanadi.
170. Qabul qiluvchini uning manziliga bagaj yoki yuk bagaj yetib kelganligi toʻgʻrisida xabarnoma berganlik uchun tashuvchi tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlanadi.
§ 10. Maʼlumot-axborot ishlarini tashkil qilish
171. Stansiyalarda va vokzallarda majburiy tartibda keng miqyosda, shu jumladan yoʻlovchilar uchun avtomatik maʼlumotlar qurilmalari, turli xildagi tablo va koʻrsatkichlar yordamida, radio va telefon orqali, shuningdek maʼlumotlar byurosi orqali koʻzdan kechirishdan oʻtish tartibotlari boʻyicha axborot ishlari tashkil qilinadi.
172. Maʼlumotlar byurosi maʼlumotlarni ogʻzaki taqdim qiladi.
173. Yozma maʼlumotlar faqat yoʻlovchi va shaharlararo yoʻlovchi tashish poyezdlarining kechikishi toʻgʻrisida beriladi.
174. Yoʻlovchilar va yuridik shaxslar iltimosiga koʻra qoʻshimcha yozma maʼlumotlar berilsa tashuvchi tomonidan belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlanadi.
§ 11. Vokzallarda yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan majburiy boʻlmagan boshqa xizmatlar toʻlovi
175. Dam olish xonalari hamda ona va bola xonalaridan, “VIP- zal”dan, “Biznes — zal”dan foydalanish, shuningdek yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan boshqa majburiy boʻlmagan operatsiyalar va xizmatlar (chipta va bagaj yetkazilishi, xabarnomalar joʻnatish, bagaj aravachalaridan vokzal hududidan tashqarida foydalanish, oʻram oʻrash, stansiya radiosi orqali eʼlon berish, mototsikllar, mopedlar, velosipedlarni bagaj omborlarida saqlash va hokazolar) yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tashuvchi tomonidan belgilangan stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
176. Ona va bolalar xonalarida 10 yoshgacha bolalarning yashashi, katta yoshdagi yoʻlovchilar uchun belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
177. Urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilariga, shuningdek “Faxriy temir yoʻlchi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga dam olish xonalarida joylar birinchi navbatda taqdim qilinadi.
(177-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
X bob. Yoʻlovchilar tashishning alohida sharoitlari
§ 1. Boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi vagonlarda yurish
178. Yoʻlovchi tashish poyezdi tarkibidagi boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi vagonlarning (bagaj vagonlaridan tashqari) harakatlanishi joʻnash stansiyasi tomonidan yoʻl vedomosti bilan, bagaj vagonlari esa yuk bagaj vedomosti bilan joʻnatuvchi talabnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq, tashuvchining ulashga ruxsati, tashish uchun toʻlov hujjatlari mavjud boʻlganda rasmiylashtiriladi.
179. Tashish hujjatlari tuzilganda vagon bosib oʻtgan yoʻli va haqiqiy ketayotgan shaxslar soni boʻyicha yoʻlovchi tashish poyezdi turiga koʻra (poyezd toifasidan qatʼi nazar) chiptalar qiymati uchun tarif undiriladi. Qoʻl yukini tashish umumiy belgilangan meʼyorlar va tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
180. Agar harakat yoʻnalishida yoki joʻnatishda tashish hujjatlarida koʻrsatilgandan koʻproq yoʻlovchilarning poyezdda yurish zarurati yuzaga kelsa, yoʻlovchi tashish poyezdi umumiy vagonining tarifi boʻyicha tegishli miqdordagi chiptalar qoʻshimcha ravishda sotib olinishi kerak.
181. Boshqa vazirlik va idora tasarrufidagi yoʻlovchi parki vagoni bosib oʻtgan yoʻli uchun toʻlovlar tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda toʻlanadi.
§ 2. Ijaraga olingan vagonlarda yurish
182. Yoʻlovchi parki vagonlari ijara shartlarida vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. Yoʻlovchi parki vagonlari ijaraga berilishining har bir holatida shartnoma tuziladi. Shartnoma tuzilgandan va zarur toʻlovlar toʻlangandan keyin ijarachiga ijara muddati doirasida vagonlardan foydalanish huquqiga guvohnoma beriladi.
183. Tashish hujjatlari tuzilganda quyidagilar undiriladi:
a) yoʻlovchilarning poyezdda yurishi, bagaj va yuk bagaj tashish qiymatlari bazaviy jadvallar boʻyicha aniqlanadigan, yoʻlovchi tashish poyezdi vagoni turiga mos keladigan (ulanish amalga oshiriluvchi poyezd toifasidan qatʼi nazar) tarif boʻyicha vagondagi joylar soniga muvofiq miqdorda yoʻlovchi chiptalari qiymati;
b) umumiy belgilangan meʼyorlar, tariflar va tashish qoidalariga muvofiq yuk bagaj tashish qiymati.
184. Yoʻlovchilar chiptasining toʻliq qiymati vagonning toʻxtashsiz yoʻnalishi har bir uchastkasi boʻyicha alohida mustaqil yurish sifatida aniqlanadi. Toʻxtash punkti ijarachi talabiga muvofiq vagon uzilishi amalga oshiriladigan, shuningdek vagonning oʻsha uchastkalar boʻylab qayta (takror) harakat boshlanadigan yoʻnalishni oʻzgartiruvchi punkti stansiyasi hisoblanadi.
185. Bolalar tashish uchun yuridik shaxslarga alohida yoʻlovchi tashish poyezdlari yoki vagonlari taqdim etilganda, quyidagi qiymatlari (vagon turi va poyezd toifasiga koʻra) undiriladi:
a) 10 yoshgacha haqiqiy ketayotgan bolalar soni boʻyicha bolalar chiptalari;
b) 10 yosh va undan katta bolalar ketayotgan hamda kuzatib keluvchilar soni boʻyicha, shuningdek yoʻlovchi tashish poyezdi yoki vagonida band boʻlmagan barcha joylar uchun chiptalarning toʻliq qiymatlari;
v) korxonalarga turar joy sifatida vaqtinchalik taqdim qilingan yoʻlovchi vagonlari qiymati aniq vagonning saqlanishi bilan bogʻliq amaldagi xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
186. Yoʻlovchi vagonlaridagi toʻlanishi kerak boʻlgan joylar soni yotoq oʻrinlar soniga qarab aniqlanadi.
Ijara xizmat vagonida (vagon-salonida) ketish uchun ijara qiymatidan tashqari, 11 ta yotoq joyi (hisob-kitob miqdor) uchun toʻlov, tezyurar yoʻlovchi tashish poyezdining ikki oʻrinli kupe vagoni tarifi boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Xizmat vagoni (vagon-saloni)ni boʻsh holatda boshqa joyga oʻtkazilishi belgilangan tariflar boʻyicha toʻlanadi.
Ijarachilarga xizmat vagoni (vagon-saloni)dan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma berish lozim boʻlgan toʻlovlar toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.
187. Barcha harakat yoʻnalishi uchun (borish va kelish) ijara haqi va tashish toʻlovlari undirilishi, ijaraga beruvchi tomonidan poyezdda yurish boshlangunga qadar tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha tashish toʻlovlarini qabul qilishni rasmiylashtirgan va ijarachiga har bir toʻlangan yoʻnalish uchastkasi uchun belgilangan tartibda kvitansiyani taqdim qilingan holda amalga oshiriladi. Kvitansiyada yoʻlovchi vagonida haqiqiy ketayotgan yoʻlovchilar soni koʻrsatiladi. Ijarachiga taqdim qilinadigan vagonlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomonida barcha yoʻnalish uchastkalari, belgilangan shakldagi tegishli kvitansiyalar raqami koʻrsatilishi kerak. Yoʻl vedomostining “Joʻnatishda undirilgan” ustunida “Tashish uchun ... miqdorida tarif belgilangan shakldagi ... – son kvitansiya boʻyicha ... temir yoʻlining ... stansiyasida undirildi” qaydi koʻrsatiladi.
Belgilangan shakldagi kvitansiya yoʻl vedomosti koreshogiga biriktiriladi, ijarachiga uning oʻrniga yoʻl vedomostidan kvitansiya beriladi. Agar yoʻlovchi vagoniga vagon ulash yoʻnalishdan ogʻish bilan ruxsat etilgan boʻlsa, belgilangan toʻlovlar ulash stansiyasida tashish hujjatlarini tuzishda yangi tashish hujjatlari kabi toʻliq undiriladi.
Yoʻlovchi tashish poyezdi bilan ijara vagonini tashish uchun yoʻl vedomosti stansiya tomonidan ushbu vagon harakatlanadigan poyezd brigadiriga topshiriladi.
§ 3. Bemorlarni tashish
188. Izolyatsiyalash talab etiladigan bemorlarni tashish izolyatsiya qilingan kupeda ketayotganlarning sonidan qatʼi nazar, band qilingan kupedagi barcha joylar qiymati toʻlangan holda kuzatuvchilar hamrohligida amalga oshiriladi. Ushbu bemorlarni joʻnatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar, oldindan, lekin 5 kundan kechiktirmasdan alohida kupeni tayyorlash uchun talabnomani berishlari shart.
Ushbu toifa yoʻlovchilarini tashish joylardagi sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining qatʼiy nazorati ostida sanitariya-epidemiologiya meʼyorlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
Bemorlar uchun ajratiladigan kupe vagonning ishlamaydigan tamburi tomonidan eng chekkada boʻlishi, bemor va kuzatuvchi uchun vagonning oʻsha tarafidagi sanitariya uzeli biriktirilgan boʻlishi kerak.
Harakat yoʻnalishida bemorning kupedan chiqishi, uni kuzatuvchi shaxsning — vagondan tashqariga chiqishi (vagon-restoranga, kupe-bufetga va boshqa joylarga borishi) taqiqlanadi.
§ 4. Pochtani tashish
189. Temir yoʻllar boʻylab pochta tashish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
190. Aloqa korxonalari tomonidan yuk bagajni yoki pochta vagonlarini nazorat qilishda aniqlangan pochta joʻnatmalari boʻlmagan, temir yoʻl tashish hujjatlari bilan zarur darajada rasmiylashtirilmagan yuklar qiymatini toʻlash yuk bagaji tarifi boʻyicha uning haqiqiy vazni va vagonni tashish butun masofasi uchun amalga oshiriladi.
§ 5. Vagon-restoranlar va kupe-bufetlar harakatlanishi
191. Vagon-restoranlar va kupe-bufetlar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan yoʻlovchi tashish poyezdlari tarkibida qatnovchi ularning harakatlanish shartlari, shuningdek majburiyatlarni talab darajasida bajarmaganliklari uchun mulkiy javobgarlik choralari tashuvchi bilan tuzilgan ijara shartnomalarida belgilanadi. Yoʻlovchi tashish poyezdlarining vagon-restoranlari va kupe-bufetlarida xizmat koʻrsatish faqat yoʻlovchi xohishiga koʻra amalga oshiriladi.
§ 6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining yuk bagajini tashish
192. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining yuk bagajini tashish uchun tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi bilan belgilangan tariflar boʻyicha yoʻlovchi, bagaj yoki maxsus vagonlar berilishi mumkin.
193. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining tasarrufida boʻlgan yoki ijaraga olingan vagonlarda ularning yuk bagajini tashish, yuk bagaj ortish (shu jumladan boʻsh holatda ham) va kuzatuvchilar sonidan qatʼi nazar, 1 vagon-km uchun, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq, eʼlon qilingan indeksatsiya koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda toʻlanadi.
194. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi vagonlarini (oʻz tasarrufidagilarni ham, ijaradagilarni ham) ulash, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
195. Yuk bagaji bilan bir vaqtda kuzatuvchilarning bepul yurishiga ruxsat etiladi.
Vagonni kuzatuvchi shaxslarga qoʻl yuki belgilangan meʼyor doirasida – bir shaxsga 36 kg ruxsat etiladi. Bu miqdordan ortiq qoʻl yukini tashish bagaj tarifi boʻyicha toʻlanishi kerak.
196. Har bir tashilayotgan yuk bagaj joyi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi plombalari bilan boʻlishi kerak. Yuk bagajni joylar soni va har bir joy vazni koʻrsatilgan ilova xat boʻyicha topshiradilar.
Joylar soni va ularning vazni tashuvchi xodimlari tomonidan tekshirilmaydi.
Ilova xat boʻyicha vagon kuzatuvchisining katta shaxsi imzosi bilan nakladnoy tuziladi.
Nakladnoyning “Yuk bagaj nomi” ustunida “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yuk bagaji” yoki “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuk bagaji” qaydlari koʻrsatilgan, yuk bagaj joylar soni, vazni va kuzatuvchilar soni koʻrsatilmagan boʻlishi kerak.
Shu asnoda toʻldirilgan nakladnoy asosida yoʻl vedomosti tuziladi, vagonning katta kuzatuvchisiga esa chipta boʻlib xizmat qiluvchi kvitansiya beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inkassatori tomonidan alohida kupeda yuk bagaj tashilishi amaldagi joylar soni va vaznidan qatʼi nazar, bagaj tarifi boʻyicha 300 kg uchun haq toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki talabnomasiga binoan oraliq stansiyadan yuk bagaj joʻnatishda tashuvchi birlamchi joʻnash punktidan alohida kupeni band qiladi.
Talabnoma topshirilganda alohida kupeni berish vagon va yoʻlovchi tashish poyezdi toifasiga tegishli kupedagi joylar soni boʻyicha band qilingan kupe harakat yoʻnalishining butun masofasi uchun chipta qiymati kabi toʻlanadi.
Alohida kupe berilganlikni tasdiqlash uchun stansiya tomonidan belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
Qimmatbaho buyumlar tashilishi uchun tashish hujjatlari va kuzatuvchilarning yurishi uchun kupedagi joylar soniga mos chiptalar, yuk bagaj ketayotgan stansiyagacha beriladi.
§ 7. Matbuot asarlarini tashish
197. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida matbuot asarlarini tashish yuk bagaj uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
198. Matbuot asarlari yoʻlovchi tashish poyezdlari orqali boshqa yuk bagaj joʻnatmalariga nisbatan ustunlik bilan tashishga qabul qilinadi.
§ 8. Biopreparatlar tashish
199. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida biopreparatlarni tashishga, yuk bagaj tarifi boʻyicha tashishlar toʻlangan holda tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Alohida kupe berish uchun yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashiga qadar 5 kundan kechiktirmasdan yozma talabnoma berilishi kerak. Bu kupega chiptalar boshqa yoʻlovchilarga sotilmaydi.
Yuk kuzatuvchining poyezdda yurishi umumiy tartibda chipta berish bilan rasmiylashtiriladi. Kupeda band qilinmasdan qolgan joylar toʻliq tarif qiymati boʻyicha toʻlanadi va belgilangan shakldagi kvitansiya, unda “biopreparatlar” qaydi bilan haqi toʻlangan joylar soni va raqamlari bergan holda rasmiylashtiriladi.
Yoʻlovchi vagonlarida tashishga beriladigan biopreparatlar, ularning saqlanishini taʼminlaydigan, shuningdek vagonni shikastlanishi yoki ifloslanishiga yoʻl qoʻymaydigan oʻramga va koʻzdan kechirish tartibotlaridan oʻtish imkonini beradigan hamda vagonga bemalol va tez yuklanishi va joylanishini taʼminlaydigan oʻram gabaritlariga ega boʻlishi kerak. Biopreparatlar yoʻlovchilar oʻtqazilishidan oldin yuklanishi kerak.
Tranzit yoʻlovchi tashish poyezdlaridagi kupeda boʻsh joylar boʻlmaganda oraliq stansiyalaridan biopreparatlarni joʻnatishni taʼminlash uchun mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan shartlarda ularni band qilishga ruxsat etiladi.
§ 9. Feldeger xizmati xodimlarining poyezdda yurishi
200. Feldeger xizmati xodimlarining poyezdda yurishlari, oʻzi bilan birga 150 kg qoʻl yukini bepul tashish huquqini beradigan chiptalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Feldeger xizmati xodimlari yoʻlovchi tashish poyezdlariga yoʻlovchilar umumiy oʻtqazilishlaridan oldin oʻtqazilishni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
§ 10. Mayitlar tashish
201. Temir yoʻllar boʻyicha mayitlar solingan tobutlarni tashish bagaj va pochta-bagaj vagonlarida yoki ular boʻlmalarida harakat yoʻnalishida qayta ortishsiz, tobutni topshiruvchi shaxs tomonidan joʻnash stansiyasida tegishli vakolatli organlarning tashishga ruxsatini taqdim etish bilan amalga oshiriladi. Oʻlgan odamning jasadini yogʻoch qutiga joylashtirilgan, puxta kavsharlangan metall tobutda tashilishi, qutining boʻsh joylari qipiq yoki koʻmir, torf, ohak va hokazolar bilan toʻldirilishi kerak.
202. Mayitlar solingan tobutlar faqat kuzatuvchilar boʻlganda tashiladi. Agar kuzatuvchi yoʻlda qandaydir sabablarga koʻra, mayit solingan tobut olib ketilayotgan yoʻlovchi tashish poyezdidan qolib ketsa, tobutning manzilga yetkazilishi ushlanib qolinmaydi. Kuzatuvchi yoʻlovchi tashish poyezdida ketadi va chipta olishi kerak.
203. Mayit solingan tobutning bagaj va pochta-bagaj vagonlarida yoki ularning maxsus jihozlangan boʻlmalarida tashilishi 300 kg bagaj tashish kabi haq toʻlanadi.
Bagaj vagonlarida xokli urnalar tashilishi 100 kg bagaj tashilishi kabi haq toʻlanadi.
§ 11. Xizmat tashishlari
204. Yoʻlovchi tashish poyezdlarida temir yoʻl transporti tashkilotlari ehtiyojlari uchun xizmat tashishlari mazkur Qoidalarga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
205. Temir yoʻl transporti tashkilotlariga tegishli boʻlgan xizmat va maxsus vagonlarda tashishlar rasmiylashtirilishi va toʻlovi mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
206. Yoʻlovchi tashish poyezdlari tarkibida borayotgan xizmat vagonlarida boʻlgan shaxslar talab darajasida rasmiylashtirilgan bepul yoki belgilangan shakldagi pulli chiptalarga, bagaj uchun esa — tegishli tashish hujjatlariga ega boʻlishi kerak.
XI bob. Toʻlovlarni qaytarish
207. Yoʻlovchi tashish poyezdida (shaharlararolardan tashqari) yoʻlovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yoʻlovchi talabiga binoan joʻnash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun, amalga oshirilmagan bagaj tashilishi uchun esa dalolatnoma orqa tomonida qoʻl qoʻydirib, pullar toʻliq qaytariladi. Yoʻlovchiga oʻsha yoʻlovchi tashish poyezdining oʻzida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, stansiya poyezdda yurish uchun olingan summa va oʻsha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farqni qaytaradi.
Temir yoʻl stansiyasi chipta kassasiga foydalanilmagan chiptalar yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashiga qadar 24 soat kechiktirmasdan qaytarilganda chipta toʻliq qiymati, foydalanilmagan chiptalar 24 soatdan kamroq, biroq yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashiga qadar 6 soatdan kechiktirmasdan qaytarilganda chipta qiymati va platskartaning ellik foiz qiymati, foydalanilmagan chiptalar 6 soatdan kamroq, biroq yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnagandan keyin 3 soatdan kechiktirmasdan qaytarilganda chipta qiymati qaytariladi, platskartaning qiymati qaytarilmaydi. Chiptalar qaytarilganda vositachilik yigʻimi qaytarilmaydi.
Qoʻlda rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar uchun pullar qaytarilishi, yoʻlovchining ogʻzaki murojaatiga asosan vokzal boshligʻi yoki navbatchi maʼmur farmoyishi boʻyicha tilxat boʻyicha amalga oshiriladi. Yoʻlovchi tomonidan chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimlari bilan jihozlangan chipta qaytarish maxsus kassasiga ushbu tizim orqali rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar qaytarilganda, maʼmurning belgisi shart emas.
Kassir (maʼmur belgisidan keyin) yoʻlovchiga tashish toʻlovlarini bir vaqtning oʻzida faqat uchta chipta uchun qaytarish huquqiga ega. Bu miqdordan ortiq, biroq 9 tadan oshmagan chiptalar pullarining qaytarilishiga stansiya (vokzal) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari yoki vokzal boshligʻi navbatchi yordamchisi roziligi bilan ular tomonidan chiptalar tekshirilgandan keyin ruxsat etiladi. Guruhlar uchun olingan chiptalar boʻyicha pullar qaytarilishi (10 kishi va undan ortiq) tashuvchi maʼmuriyati orqali daʼvo tartibida amalga oshiriladi. Guruhiy chiptalar boʻyicha (10 kishi va undan ortiq) oʻquvchilarning poyezdda yurishi uchun naqd pulga sotib olingan chiptalar uchun pul qaytarilishi guruh rahbarining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar maʼlumotlari koʻrsatilgan holda beriladigan arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
208. Yoʻlovchi yoʻlovchi tashish poyezdini kasalligi tufayli tark etganda, yoʻlovchi tashish poyezdida yurishini toʻxtatgan stansiya dalolatnoma tuzishi va yoʻlovchi talabiga binoan ushbu dalolatnoma asosida unga platskarta qiymati va yoʻlovchi tomonidan bosib oʻtilgan masofa qiymatini ayirib, chiptalar uchun pullarni qaytarishi kerak.
209. Yoʻlovchining poyezdda yurishini rad etishini keltirib chiqargan yoʻlovchi tashish poyezdlari harakati uzilishida, yoʻlovchi tashish poyezdlari harakati tanaffusiga bogʻliq holda yoʻlovchi turgan stansiya, yoʻlovchi arizasiga tegishli bosib oʻtilmagan masofa uchun barcha chiptalarga pullarni qaytaradi.
210. Poyezdda yurish harakat yoʻnalishida bekor qilinganda bosib oʻtilmagan masofa uchun chiptalar qiymatini qaytarish (platskarta qiymatidan tashqari) va bosib oʻtilmagan masofa uchun poyezdda yurish qiymatini qaytarish faqat amal qilish muddati manzil stansiyasiga yetib olish imkonini beruvchi chiptalar boʻyicha amalga oshiriladi. Poyezdda yurishni bekor qilish vaqti stansiya (vokzal) boshligʻi tomonidan chiptada “Chipta amal qilish muddati tugadi” degan qaydni, sanani va stansiya shtempelini koʻrsatib tasdiqlanishi kerak. Poyezdda yurish bekor qilinganda pullarni qaytarish yoʻlovchi arizasiga binoan, mazkur bobda belgilangan tartibda, stansiya (vokzal) boshligʻi farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
211. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar boʻyicha toʻlov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qatʼi nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.
212. Chiptalar amal qilish muddati tugaganligi toʻgʻrisida belgilarni, berilgan chiptaga nisbatan bir yoʻlda boʻlgan joʻnatish yoki orqaga qaytish stansiyalari boʻlib xizmat qila olmaydigan stansiyalarda amalga oshirilishi taqiqlanadi.
213. Yuridik shaxslar tomonidan mazkur Qoidalarning 28-bandida koʻrsatilgan talablar boʻyicha sotib olingan chiptalar temir yoʻl chipta kassasiga kamida 7 sutka, biroq yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashiga qadar 3 kundan kechiktirmasdan qaytarilsa, platskarta 50 foiz qiymati ushlab qolinadi, chiptalar (shu jumladan qaytib ketishga ham) yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashiga qadar 3 sutkadan kamroq vaqt qolganda qaytarilganda esa, platskarta qiymati ushlab qolinadi.
214. Chipta toʻliq qiymatidan ushlab qolishlar, yoʻlovchi poyezdlari joʻnashiga qadar chiptalarni qaytarish muddatlaridan qatʼi nazar, chiptada koʻrsatilgan poyezd bekor qilinganda yoki uning yoʻlovchilarni harakat yoʻnalishi punktidan joʻnashi 1 soatdan ortiq ushlanib qolinganda, yoʻlovchilar ketishi ularga chiptalarda koʻrsatilgan joylar taqdim qilinmaganligi va boshqa joylardan foydalanish rad etilishi sababli amalga oshmaganda, yoʻlovchi kasal boʻlib qolganda amalga oshirilmaydi.
Yoʻlovchi tashish poyezdlarining harakat jadvalida nazarda tutilmagan uzilishiga bogʻliq boʻlgan harakat yoʻnalishida poyezdda yurish toʻxtatilganda, bosib oʻtilmagan masofa uchun poyezdda yurish qiymati qaytariladi.
215. Pochta orqali joʻnatilgan foydalanilmagan chiptalar boʻyicha toʻlovlar qaytarilishi, daʼvo tartibida amalga oshiriladi. Bu holda ariza berish muddati uni tashuvchi tomonidan dastlab roʻyxatdan oʻtkazilish sanasidan boshlab hisoblanadi.
216. Foydalanilmagan chiptalar uchun yoʻlovchilarga pullar tashuvchi tomonidan chiptalarda stansiyalar yoki vokzallar tomonidan foydalanganlik qaydlari qoʻyilishi vaqti (sanasi, soati) va foydalanilmagan joylarni berilishi toʻgʻrisida qaydlar mavjud boʻlganda qaytariladi.
217. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali naqd pulsiz rasmiylashtirilgan chiptalar boʻyicha toʻlovlarning qaytarilishi, tashuvchi tomonidan daʼvo tartibida, joylarni tizimga qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi. Ularning haqiqiy ekanligiga shubha uygʻotadigan chiptalar boʻyicha toʻlovlarni qaytarish masalasi barcha holatlarda tashuvchi tomonidan daʼvo tartibida hal etiladi.
218. Boshqa stansiyalardan rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar boʻyicha toʻlovlarni qaytarish, qaytib ketish uchun rasmiylashtirilgan chiptalar boʻyicha toʻlovlarni qaytarish shartlarida amalga oshiriladi.
219. Kelishilgan yoʻlovchi tashish poyezdlari kechikkan holatda boshqa stansiyadan rasmiylashtirilgan yoʻlovchiga berilgan chiptaning amal qilinishi saqlanib qolinadi va chiptada koʻrsatilgan manzil stansiyasiga ketayotgan eng yaqin poyezdga qayta komposter qilinishi kerak.
Tashuvchi aybi bilan yoʻlovchi tashish poyezdlari kechikish tarzida yoʻlovchi poyezdda ketishni va unga chiptalar qaytarilishini rad etganda, tashish toʻlovlari va vositachilik yigʻimlari toʻliq qaytariladi. Bunda qaytarish operatsiyasi boʻyicha vositachilik yigʻimi undirilmaydi. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali taqdim qilingan bepul chiptani almashtirilishiga ruxsat etiladi. Poyezdda yangidan yurishni rasmiylashtirish uchun bepul chipta egasi ilgari sotib olingan chiptani chipta qaytarish kassasiga yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashidan oldin qaytarishi kerak.
Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali qaytarish operatsiyasidan keyin kassir chipta egasiga “komposter yechildi, sana, soat” degan qayd bilan bepul chiptani va poyezdda yangidan yurishni rasmiylashtirish huquqini beruvchi maxsus qaytarish blankasini qaytaradi.
220. Guruhiy chipta boʻyicha guruhning qatnashchilari soni toʻliq boʻlmasdan joʻnaganda, guruh rahbari yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashidan oldin joʻnash stansiyasi (vokzali) boshligʻiga guruhiy chiptaga bu haqda qayd kiritish uchun berishi kerak. Foydalanilmagan joylar chipta kassasiga berilishi kerak.
Harakat yoʻnalishida (vokzallarda va yoʻlovchi tashish poyezdlarida) guruhiy chiptalarda, ularda koʻrsatilgandan kamroq yoʻlovchilar ketayotgani haqida qaydlar qilinmaydi va bosib oʻtilmagan masofa uchun pullar qaytarilmaydi.
Guruhiy buyurtmanoma boʻyicha naqd pulsiz sotib olingan chiptalar uchun toʻlovlar daʼvo tartibida chiptalarni sotib olgan yuridik shaxs hisob raqamiga va naqd pul bilan olingan (oʻquvchilar guruhidan tashqari) chiptalarga esa guruh rahbari pochta manziliga qaytariladi.
Boshqa poyezdga oʻtish punktida toʻliq guruhning poyezdda yurishi rad etilganda, stansiya (vokzal) boshligʻi kelishilgan yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnashidan 5 soatdan kechiktirmasdan, guruhiy chiptaning amal qilinishini toʻxtash huquqiga ega.
221. Bosib oʻtilmagan masofa uchun toʻlovlar tashuvchi tomonidan daʼvo tartibida, chipta amal qilinishi toʻxtatilganligi haqida qaydning mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Foydalanilmagan chiptalar uchun toʻlovlar ularni toʻlovga berish kuni (soat 24-00 ga qadar) qaytariladi.
222. Foydalanilmagan shaharlararo chiptalar uchun pullar, shaharlararo yoʻlovchi tashish poyezdlari qatnashi bekor qilingan hollardan tashqari, qaytarilmaydi.
223. Stansiya, vokzal va toʻxtash punktlari chipta kassalari tomonidan foydalanilmagan chiptalar boʻyicha toʻlovlar qaytarilishi, tashuvchi aybi bilan yoʻlovchi tashish poyezdlari uzilishi 3 soat va undan ortiqni tashkil qilgan holatda amalga oshiriladi.
224. Chiptalar qaytarilganda (shaharlararo yoʻnalishlardagi chiptalardan tashqari, shuningdek mazkur Qoidalarning 207, 209 va 214-bandlarida koʻrsatilgan holatlarda) yoʻlovchidan qaytarish operatsiyalari uchun belgilangan yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar, urush qatnashchilari va temir yoʻl transporti xodimlariga chiptalar qaytarilishi holatlarida, qaytarish operatsiyasi uchun yigʻim undirilmaydi.
(224-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
225. Harakat yoʻnalishida poyezdda yurish bekor qilingan holatda yoʻlovchiga pul qaytarilishida, qaytarilishi kerak boʻlgan tashish toʻlovlarining bir qismi quyidagicha aniqlanadi: toʻliq toʻlangan chiptalar qiymatidan bosib oʻtilgan masofa uchun poyezdda yurish qiymati chiqarib tashlanadi. Hisoblangan farqdan platskarta qiymati chiqarib tashlanadi, soʻnggi hosil boʻlgan summa yoʻlovchiga qaytarilishi kerak.
226. Yoʻlovchini tashuvchining aybi bilan toʻlovi past vagonga oʻtkazilganda, yoʻlovchi xohishiga koʻra chiptaning toʻliq qiymatidagi farqni toʻlash yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnash yoki manzil stansiyasida dalolatnoma yoki tegishli maʼlumotnoma (poyezd, vagon, chipta raqami, sana, oy, boshqa poyezdga oʻtish stansiyasi va yoʻlovchi familiyasi koʻrsatilgan holda) taqdim etilganda amalga oshiriladi. Dalolatnoma yoki maʼlumotnomani yoʻlovchi tashish poyezdi boshligʻi taqdim qiladi va stansiya shtempeli bilan tasdiqlaydi. Yoʻlovchilar toʻlovi past vagonga oʻtkazilganda, chiptaning toʻliq qiymatidagi farqni toʻlash joʻnash stansiyasida yoʻlovchi tashish poyezdi joʻnatiladigan kunda, manzil stansiyasida — poyezd yetib keladigan kunda amalga oshiriladi.
Chiptaning toʻliq qiymatidagi farqni joʻnash yoki manzil stansiyasida olish huquqidan foydalana olmagan yoʻlovchi, uning toʻlanishini daʼvo tartibida talab qilishi mumkin.
227. Stansiya tomonidan foydalanilmagan chiptalar va amalga oshirilmagan bagaj tashishlari uchun pullarni qaytarishning barcha holatlarida yoʻlovchidan barcha chiptalar olib qoʻyiladi hamda stansiya tushumidan pullarni toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
228. Yoʻlovchilarga pul qaytarishning mazkur qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlarida faqat tashuvchi tomonidan daʼvo tartibida amalga oshirilishi mumkin. Bu holatlarda pullarni qaytarish toʻgʻrisida murojaat qilinganda foydalanilmagan chiptalar, tegishli holatlarda esa yana boshqa hujjatlar va maʼlumotnomalar taqdim qilinishi kerak.
Ijaraga berilgan vagonlarda poyezdda yurish amalga oshmaganligi uchun pullarni qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvo vagon ijarasi shartnomasi tuzilgan ijara beruvchi tomonidan koʻrib chiqiladi.
229. Yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlaridan kelib chiqadigan daʼvolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi va koʻrib chiqiladi.
230. Toʻlovlarni qaytarish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
a) yoʻlovchi mast holatda boʻlganda;
b) yoʻlovchi koʻzdan kechirishdan oʻtmaganda;
v) begona pasport boʻyicha chiptalarni qaytarish amalga oshirilganda;
g) chiptada bagajni qabul qilish toʻgʻrisida shtapm mavjud boʻlganda;
d) chipta shikastlanganda (yirtilgan, yopishtirilgan va hokazolar);
e) yoʻlovchining poyezdga tibbiyot muassasasi hujjatisiz kechikishi 3 soat va undan ortiqni tashkil qilganda.
231. Plastik kartochkalar boʻyicha sotilgan chiptalarga toʻlovlarni qaytarish, tashuvchi tomonidan naqd pulsiz asosda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
XII bob. Yakuniy qoidalar
§ 1. Nizolarni hal qilish
232. Temir yoʻl transporti xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslar va oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan temir yoʻl xodimlari oʻrtasida nizoli holatlar yuzaga kelganda, temir yoʻl transporti xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslar temir yoʻlning tegishli mansabdor shaxslariga murojaat qilishga haqlidir.
Yoʻlovchilar va oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan tashuvchi xodimlari oʻrtasida yuzaga keladigan barcha nizo va bahslar:
a) stansiyada, vokzalda — stansiya, vokzal boshligʻi yoki boshqa vakolatlangan shaxs tomonidan;
b) harakatlanayotgan yoʻlovchi tashish poyezdlarida — poyezd brigadiri tomonidan hal qilinadi.
§ 2. Tomonlar javobgarligi
233. Yoʻlovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar mazkur Qoidalar, shuningdek temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish, harakat xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini, temir yoʻl transportida sanitariya-gigiyena va sanitariya-epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganliklari, qurilmalar, transport vositalari va ularning ichki jihozlarini shikastlaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda javob beradilar.
234. Tashuvchi yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlari boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda javob beradi.
§ 3. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
235. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishining davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, davlat boshqa organlari qonun hujjatlari bilan berilgan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
(235-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 180-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda, 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)