Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmoni, 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4112-son va 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4127-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-mart,
PF-5968-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3202-son Farmoni 5-bandida:
birinchi xatboshidan “yoki davlatning ishonchli vakili” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi III boʻlimining 3-bandidan “va davlatning ishonchli vakillari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5468-son Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek, davlatning ishonchli vakillari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmonida:
17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” soʻzlari “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-ilovaning rus tilidagi matni 19-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Sentr po koordinatsii i razvitiyu rinka sennix bumag” soʻzlari “Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2048-son qarorida:
5-bandning birinchi xatboshisidan “, aksiyadorlik va unitar transport tashkilotlari” va “2-ilovaga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkillashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2136-son qarori rus tilidagi matnida:
3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Opredelit, chto AK “Uzmaxsusmontajkurilish” yavlyayetsya pravopreyemnikom po pravam i obyazatelstvam assotsiatsii “Uzmontajspetsstroy”.
4. Odobrit osnovnuyu spetsializatsiyu i territorialnie zoni deyatelnosti montajnix i spetsialnix stroitelnix organizatsiy, vxodyashix v sostav AK “Uzmaxsusmontajkurilish”, soglasno prilojeniyu № 3”;
1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2340-son qarori 6-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2492-son qarori 9-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2515-son qarorida:
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. “Oʻzagroeksport” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin”;
5-ilovaning rus tilidagi matni nomlanishidan “predpriyatiy i” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi “Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2640-son qarorida:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. “Oʻzagrokimyohimoya” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin”;
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 9-bandining 7-kichik bandida:
yigirma birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi xatboshi yigirma birinchi xatboshi deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3408-son qarorida:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. “Oʻzpaxtasanoat” AJning tarkibiga kiruvchi korxonalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin”;
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3852-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni 6-pozitsiyasida:
“Upolnomochenniy organ (organizatsiya), otvetstvenniy za pokazatel” ustunidagi “Gosudarstvenniy komitet po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyam i razvitiyu konkurensii” soʻzlari “Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Gosudarstvennie organi i organizatsii, uchastvuyushiye v administrativnix protsedurax” ustunidan “Sentr po koordinatsii i razvitiyu rinka sennix bumag” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3947-son qarori 6-bandida:
“b” kichik banddan “va lotereyalar tashkil etishni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A.A. Nazirovga — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari xavflari va lotereyalar tashkil etish boʻyicha”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi PF-3358-son Farmoniga ilovaning V boʻlimi 1-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-4045-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4053-son Farmoni 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-4561-son Farmoniga 1-ilovaning 12, 16 va 17-bandlari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5197-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5207-son Farmoniga ilovaning 5-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5250-son Farmoniga ilovaning 9-bandi “a” kichik bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5329-son Farmoniga 1-ilovaning 13-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 10, 12, 27, 28-bandlari va 30-bandi “b” kichik bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5607-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi “Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-424-son qarori.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-446-son qarori 2-bandi va 3-bandining uchinchi xatboshisi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-sentabrdagi “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-461-son qarori.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-475-son qarori 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-oktabrdagi “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-500-son qarori 2-bandi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-506-son qarori 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ–500-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-668-son qarori.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1199-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1340-son qarori.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2454-son qarori 1 va 2-bandlari.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-iyuldagi “Elektr energetika sohasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2559-son qarori 3-bandi hamda qarorga 1 — 3-ilovalar.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2658-son qarori 2-bandi hamda qarorga 1b, 1v, 4 va 5-ilovalar.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-2787-son qarori.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2884-son qarori 3 va 4-bandlari hamda qarorga 1, 2-ilovalar va 5-ilovaning 1-bandi.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2897-son qarori.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2972-son qarori 1 — 3-bandlari hamda qarorga 1 — 3-ilovalar.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3028-son qarori 4 va 16-bandlari hamda qarorga 3 — 5-ilovalar.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3076-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Neft-gaz tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3107-son qaroriga 17-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3277-son qarori 4 va 6-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3280-son qarori 2 va 3-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3310-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3317-son qarori 3-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda qarorga 2 va 3-ilovalar.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-noyabrdagi “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3380-son qarori 3-bandi hamda qarorga 1-ilova.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3929-son qarori 5 va 6-bandlari hamda qarorga 1, 2-ilovalar va 3-ilovaning 2-bandi.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3983-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 3-bandlari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)