09.10.2013 yildagi PQ-2048-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligi va sifatini oshirish, qulay va shinam avtobuslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, transport tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash, yo‘lovchilar tashishni boshqarishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar shahar yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim vazifalari va yo‘nalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish samaradorligini oshirish, avtobus yo‘nalishlarini yanada optimallashtirish, harakatlanadigan tarkibning ratsional miqdorini aniqlash maqsadida Toshkent shahar jamoat transportining barcha turlarida yo‘lovchilar oqimini tizimli asosda o‘rganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning turli vaqtlarida yo‘lovchilar oqimi oz-ko‘pligiga qarab bitta yo‘nalishda katta va o‘rtacha sig‘imli avtobuslardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi harakatlanadigan tarkibdan foydalanishning prinsipial yangi tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar atrofi yo‘nalishlarining oxirgi to‘xtash punktlarini Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashtirgan holda yo‘lovchilarning shahar atrofi yo‘nalishlaridan shahar yo‘nalishlariga chiqib o‘tirishlari uchun eng qulay bo‘lgan joylarda yo‘lovchi tashish avtostansiyalarini qurish va shahar atrofida qatnovchi liniyadagi taksilarning to‘xtash joylari uchun maydonchalar barpo etish asosida shahar va shahar atrofi yo‘nalishlari sxemalarini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimiga shahar yo‘lovchilarini tashishni boshqarish, jamoat transporti qatnovi grafiklari va intervallariga qat’iy rioya etishni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, harakatlanadigan tarkibning qatnovi ustidan “on-layn” tartibida masofadan turib nazorat qiladigan (GPS) tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar jamoat transporti korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligi va rentabelligini oshirish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish, yonilg‘i-moylash materiallaridan samarali foydalanish, transport vositalarining o‘zini o‘zi qoplashini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tarif stavkasiga nisbatan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ulushini oshirishga qaratilgan transport korxonalari xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2014-2015-yillardagi davrda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2014-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Toshkent shahrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liniyalardagi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bir-birini takrorlab qatnashiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobus saroylari tarkibida yo‘lovchilarni yo‘nalishli taksilarda tashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtokolonnalar barpo etiladi, ular malakali haydovchi xodimlar bilan va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi talablariga mos keladigan zamonaviy harakatlanadigan tarkib bilan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan ijara shartlari asosida jalb qilingan avtotransport vositalari (avtobuslar va mikroavtobuslar)dan shaharda yo‘lovchilar tashishda foydalanish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarni xususiy yo‘nalishli taksilarda tashishning zarur bo‘lgan tizimi va tartibini ta’minlashga, birinchi navbatda yo‘lovchilar tashish xavfsizligining qat’iy texnik talablariga javob beradigan transport vositalari bilan ta’minlanishiga, shuningdek ularning saqlanishiga, avtobus saroylarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida o‘tkazilishiga, avtotransport vositalari qatnovga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan va haydovchilar tibbiy ko‘rikdan majburiy o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasi xususiy yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashish to‘g‘risida maxsus nizom qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 2014-yilning 1-yanvariga qadar muddatda yo‘lovchilar tashish xavfsizligi bo‘yicha texnik talablarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va yana ham qattiqroq talablar o‘rnatsin, harakatlanadigan tarkibning texnik holati ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5525-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yo‘lovchi tashish bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va uning tarkibiga kiruvchi “Toshavtobustrans” va “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyalari, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tugatilayotgan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi negizida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil qilinsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati “Toshshahartransxizmat” uyushmasining, “Toshavtobustrans”, “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyalarining hamda “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilishi hamda uning nizomi qabul qilinishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan tashkilotlarning balansida bo‘lgan binolar va inshootlarni sotishdan tushgan mablag‘lar obyektlarni baholash va sotish bilan bog‘lik xarajatlarni chiqarib tashlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli 400 ta avtobusni sotib olish uchun jalb etilgan kreditlarini qaytarishga yo‘naltiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘lar, shuningdek, 2016 — 2019-yillarda obyektlarni sotishdan tushgan mablag‘lar soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2048-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ–262-son qarorining 1-bandi va qarorga 1 — 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini yo‘lovchi tashish avtobuslari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 6-maydagi PQ–1109-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning uchinchi xatboshidagi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi mablag‘lari, shuningdek oladigan avtobuslar miqdoriga mutanosib ravishda “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi va” so‘zlari “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari, shuningdek oladigan avtobuslar miqdoriga mutanosib ravishda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Belgilansinki, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tarkibiy bo‘linmalarga “EvoBus GmbX” (Germaniya) firmasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli 200 ta shahar yo‘lovchi tashish avtobuslarini, ularga ehtiyot qismlarni, shu jumladan avtobuslardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ishdan chiqqan qismlar o‘rniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar va materiallar qo‘shilgan qiymat solig‘i solish obyekti hisoblanmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining yo‘lovchi avtobuslari saroylarini yanada yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 5-martdagi PQ-1721-son qarorining 9-bandidagi “uyushma” so‘zi “aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshi hamda qarorga 4 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning birinchi xatboshidagi “Toshavtobustrans” so‘zi “Toshshahartransxizmat” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yo‘lovchi tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilar tashish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha yo‘nalishda nazoratni amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari hamda shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandidagi “uyushma” so‘zi “aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 6-martdagi 57-son qaroriga 1-ilovadagi “Muxamedjonov Sh.Sh. — “Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ–1392-son qarori)” 2010-yil 31-dekabrdagi 325-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 76-modda) 2-bandi birinchi xatboshidagi va 3-bandidagi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi” so‘zlari “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida cheklangan tariflar bo‘yicha aholiga xizmatlar ko‘rsatish munosabati bilan shaharda yo‘lovchilarni muntazam tashish bilan band bo‘lgan tashuvchilar ko‘radigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi yettinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 69-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tushumlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlarini hisobga olgan holda, cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar va bagajni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi munosabati bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari ko‘radigan zararlarni qoplash”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar yo‘lovchi avtobuslari parklarini yanada yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 3-maydagi 119-son qarorining 10-bandidagi “uyushma” so‘zi “aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 41-son, 545-modda; 2017-y., 8-son, 116-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)