O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Taxiatosh tumani hamda Toshkent viloyatining Toshkent tumani tashkil etilishi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-noyabr,
PF-5250-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son; 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)