Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 9-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2155-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-fevral,
3/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/8-son “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2155, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 47-son, 438-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 21-fevraldagi 4/6-son “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2155-1, 2014-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil, 11-son, 130-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/1-son “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2155-2, 2016-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil, 51-son, 588-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/1-son “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2155-3, 2017-yil 4-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 49-son, 1200-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/12-son “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2155-4, 2019-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-yil, 15-son, 303-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2020-y., 10/20/2155-5/0265-son)