Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2155-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/9-sonli “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2155-5, 09.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/8-son qarori (roʻyxat raqami 2155, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 438-modda) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-noyabr,
32/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 8-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega boʻlgan subyektlar bevosita mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda taqdim etishi yoki ularni chaqirib olishi mumkin.”.
2. 12-band “mijozlarning tizimga kirish va chiqish vaqtlari” degan soʻzlardan keyin “, IP manzillari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 22-banddagi “(roʻyxat raqami 2528, 2013-yil 21-noyabr)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/2155-3/0360-son)