1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
|
“Bahor” davlat raqs ansamblining ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil 15-fevral |
— |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
|
|
“Bahor” davlat raqs ansamblining shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil 15-fevral |
— |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov) |
|
|
“Bahor” davlat raqs ansambli ijodiy xodimlarining malaka toifalari va lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil 20-fevral |
— |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
|
|
“Bahor” davlat raqs ansamblining Badiiy kengashi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil 20-fevral |
— |
Madaniyat vazirligi |
|
II. “Bahor” davlat raqs ansamblining moddiy-texnik bazasini shakllantirish | ||||
|
|
Madaniyat vazirligining sobiq “Bahor” ansambliga tegishli boʻlgan Yunusobod tumani, Markaz-5 mavzesi, 55-uy, 27-xonadonni xizmat uyi sifatida foydalanish uchun “Bahor” davlat raqs ansambliga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish. |
2020-yil |
— |
Madaniyat vazirligi |
|
|
Balet artistlari uchun sahna, mashgʻulot liboslari, maxsus anjom va boshqa zarur vositalar xarid qilish. |
2020-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (K. Rafikov) |
|
|
Konsert dasturlarini tashkil etish uchun kamida 20 ta raqs asariga moʻljallangan maxsus sahna liboslari, poyafzallar, taqinchoqlar, grimm va boshqalarni xarid qilish. |
2020-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (K. Rafikov) |
|
|
Ovoz va chiroq uskunalari, katta hajmdagi LED monitorlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa jihozlarni xarid qilish. |
2020-2021-yillar |
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (K. Rafikov) |
|
III. “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatini takomillashtirish | ||||
|
|
Joylarda raqs sanʼatiga qiziquvchi yoshlar orasida koʻrik tanlovlar oʻtkazish orqali iqtidorli ijrochilarni aniqlash va “Bahor” davlat raqs ansamblining ijodiy xodimlar zaxirasini shakllantirib borish. |
doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
|
Milliy raqs va xoreografiya sanʼati faxriylarini jalb qilgan holda sobiq “Bahor” ansambli repertuaridan joy olgan raqs asarlarini tiklash va ular asosida ansamblning yangi repertuarini shakllantirish. |
2020-yil 1-mart |
— |
Madaniyat vazirligi |
|
|
Respublikaning barcha hududlarida milliy raqs sanʼatidan aholini bahramand etish, oʻsib kelayotgan yoshlar orasida ushbu sanʼat turini keng targʻib qilish maqsadida har yili eng kamida bir marotaba “Bahor” davlat raqs ansamblining konsert dasturini tashkil etish. |
2020-yildan boshlab doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
|
Oʻzbek milliy raqs sanʼatining oʻziga xos durdona asarlarini dunyo miqyosida keng targʻib etish maqsadida “Bahor” davlat raqs ansamblining xalqaro koʻrik-tanlov, festivallarda ishtirokini taʼminlash va chet ellarda konsert dasturlarini tashkil qilish. |
2020-yil iyun |
Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan respublika budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)) |
|
|
“Bahor” davlat raqs ansamblining ijodiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va targʻib qilish. |
doimiy |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), |
|
IV. Xoreografiya sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini baholash hamda ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish | ||||
|
|
“Bahor” davlat raqs ansambli va boshqa raqs jamoalarining malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganlik holatini oʻrganish, shuningdek, istiqbolli ehtiyojdan kelib chiqib, tegishli oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil 1-mart |
— |
Madaniyat vazirligi |
|
|
“Bahor” davlat raqs ansambli va boshqa raqs jamoalarining rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil etish. |
doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, |
Madaniyat vazirligi |
|
|
Xoreografiya taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun “Bahor” davlat raqs ansambli faxriylari bilan ijodiy uchrashuv va “mahorat darslari”ni tashkil etish. |
doimiy |
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti |
Madaniyat vazirligi |