31.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3215
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qarori, 31.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3215
Кучга кириш санаси
31.01.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3215]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya qo‘mondoni B. TASHMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining 2019-yil 30-dekabrdagi 46, 105, 36, 39 va 35-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar (bundan buyon matnda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari uchun ballarni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guruh (bo‘linma) komandirlari tomonidan o‘quv yili dasturi asosida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari ularga o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi butun o‘quv yili davomida jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallarida qayd qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallarida muddatli harbiy xizmatchiga o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar uning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallarida qayd qilingan baholar mazkur Nizomning tegishliligiga ko‘ra 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllardagi jadvallarga kiritiladi hamda o‘quv fanlarining qo‘yilgan bahoning oylik yoki yillik (yakuniy) o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, barcha o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar yig‘indisi o‘tilgan o‘quv fanlarining soniga bo‘linadi. Masalan, agar muddatli harbiy xizmatchi oy davomida otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida 4 baho, taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 5 baho, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 4 baho olgan bo‘lsa, o‘rtacha ko‘rsatkich quyidagicha hisoblanadi: 4+5+4=13; 13:3=4,3.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘quv yili yakunida test sinovlari o‘tkazilishidan oldin harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatida bo‘lgan hamda o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan past bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchiga ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi uchun berilgan ballar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyting natijalarining yig‘ma jadvaliga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oy yakunlari bo‘yicha har oyda muddatli harbiy xizmatchilarning o‘quv fanlaridan qayd etgan ko‘rsatkichlari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pasayib borish tartibida tuziladigan Reyting natijalarining oylik jadvali rasmiylashtiriladi hamda vzvod (bo‘linma) komandirlarining o‘rinbosarlari bilan kelishilgan holda har oyning to‘rtinchi payshanba kuni batalon (batalonga tenglashtirilgan bo‘linma) komandiriga taqdim etiladi. Reyting natijalarining oylik jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Batalon komandiri vzvod (bo‘linma) komandirlari tomonidan taqdim qilingan muddatli harbiy xizmatchilarning reytingi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishni tashkillashtirib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq O‘rtacha ko‘rsatkichlar reyting jadvalini rasmiylashtiradi va batalon komandirining o‘rinbosarlari bilan kelishgan holda har oyning to‘rtinchi juma kuni harbiy qism komandiriga taqdim etadi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar reyting jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Harbiy qism komandiri butun o‘quv yili davomida muddatli harbiy xizmatchilar reyting natijalarining oylik monitoringi olib borilishini ta’minlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallari muddatli harbiy xizmatchilarning baholari qayd etib boriladigan asosiy hujjat hisoblanadi hamda ularga o‘zgartirishlar kiritilmasligi va but holatda saqlanishi uchun guruh (bo‘linma) komandirlari mas’ul bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jurnallarning to‘g‘ri yuritilishi va baholarning haqqoniyligini tekshirib borish maqsadida har oyda bir marta vzvod (bo‘linma), batalon komandiri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘rganish tadbirlari o‘tkaziladi. O‘rganish natijalari unda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolangan holda tegishli jurnallarga qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Namunali harbiy intizom uchun ballarni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har bir harbiy qismdagi harbiy intizom holati xolisona qayd etib borilishi zarur. Namunali harbiy intizom uchun harbiy xizmatchilarga ballarni chiqarishda xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati guruh, vzvod, batalon va harbiy qism komandirlarining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar muddatli harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida ko‘zda tutilgan tartibda namunali harbiy intizom uchun rag‘batlantirilsa (oldin berilgan intizomiy ta’zirni bekor qilish hollari bundan mustasno), harbiy qism komandiri tomonidan unga qo‘shimcha 10 ball qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muddatli harbiy xizmat davomida necha marta rag‘batlantirilganidan qat’i nazar, muddatli harbiy xizmatchilarga namunali harbiy intizomi uchun 10 balldan ortiq ball qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunali harbiy intizom uchun beriladigan ball mazkur Nizomning 3-ilovasi tegishli ustuniga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muddatli harbiy xizmatchilarning barcha rag‘batlantirilishlari harbiy qism komandirlarining buyruqlari bilan e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir muddatli harbiy xizmatchini rag‘batlantirish masalasi uning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda bevosita harbiy xizmatchi komandirining bergan tavsiyasiga asosan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muddatli harbiy xizmatchi uchun berilgan rag‘batlantirishlar haqidagi ma’lumotlar uning xizmat varaqasiga qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Test sinovlari o‘tkazilishidan besh kun oldin mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Reyting natijalarining yig‘ma jadvali tuziladi. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali bevosita komandirlar, komandir o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi hamda harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng berilgan rag‘batlantirishlar uchun ball qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Reyting natijalari yig‘ma jadvalining nusxasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i (unga tenglashtirilgan shaxs) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin bo‘linmalarda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Test sinovlarini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash, shuningdek ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM deb yuritiladi) tomonidan har bir harbiy qismda test sinovlari o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlariga barcha muddatli harbiy xizmatchilar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Test sinovlarini o‘tkazish muddati tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Test sinovlari o‘tkazilishidan bir oy avval tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan DTM bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qo‘shin turlaridagi jangovar-xizmat vazifalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda muddatli harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik dasturlariga mos namunadagi test savollari tuziladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Matematika va fizika fanlari bo‘yicha hamda mantiqiy test savollari DTM tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar ishtirokida umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlarini inobatga olgan holda tuziladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Test savollari muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda har yili tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan DTM bilan hamkorlikda qaytadan ko‘rib chiqilishi lozim.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi — jangovar tayyorgarlik, 20 tasi — ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi — matematika fani, 10 tasi — fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek qolgan 20 tasi — mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir to‘g‘ri javob uchun: jangovar tayyorgarlik bo‘yicha — 1,2 ball, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha — 1,1 ball, matematika bo‘yicha — 1 ball, fizika bo‘yicha — 1 ball, mantiqiy savollar bo‘yicha — 1 ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Test sinovlarini o‘tkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bunda, test sinovi uchun 2 soat 30 daqiqa, javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. DTMdan test sinovlarining natijalari haqida rasmiy ma’lumotlar olinganidan so‘ng, har bir harbiy qismda test sinovlarining natijalari va muddatli harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat mobaynida to‘plagan ballari ko‘rsatilgan, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yakuniy jadval tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy jadval to‘plangan ballarning pasayib borish tartibida tuziladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakuniy jadval nusxasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i (unga tenglashtirilgan shaxs) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTMdan olingan test natijalariga oid rasmiy hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Harbiy qismlarning saf bo‘limida mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shaklda tuzilgan jadvallar ro‘yxatga olinadi va ularning qat’iy hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tavsiyanomalarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni qabul qilish maqsadida guruh (bo‘linma), batalon, vzvod komandirlari, shuningdek harbiy qism komandiri va uning o‘rinbosarlari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida yakuniy yig‘ilish o‘tkaziladi. Yakuniy yig‘ilish davomida har bir muddatli harbiy xizmatchining xizmat faoliyati baholanadi, test sinovlarining natijalari, namunali harbiy intizomi va o‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi uchun berilgan ballarining (agar mavjud bo‘lsa) umumiy yig‘indisi jamlanadi hamda muddatli harbiy xizmatchilarga e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yakuniy yig‘ilish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish to‘g‘risida xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati shaxsan harbiy qism komandirining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatida bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta harbiy xizmatchilar teng miqdorda ball to‘plashi natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ballarning pasayib borish tartibi bo‘yicha cheklov doirasiga kirishi lozim bo‘lgan oxirgi muddatli harbiy xizmatchi bilan teng miqdorda ball to‘plagan harbiy xizmatchilarning barchasiga tavsiyanoma berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xizmat mobaynida Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchilar test sinovlarining natijalaridan qat’i nazar tavsiyanoma olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash mobaynida qo‘pol intizomiy xatti-harakatlar sodir etgan muddatli harbiy xizmatchilarga, agar ular bo‘yicha xizmat surishtiruvlari o‘tkazilgan va harbiy qism komandirlarining tegishli buyruqlari mavjud bo‘lsa, to‘plagan yakuniy ballari miqdoridan qat’i nazar tavsiyanoma berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Harbiy qism komandirining tavsiyanoma berilgan muddatli harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z harbiy burchini vijdonan ado etgan _____________ga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zi to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz, shuningdek oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi tavsiyanoma berildi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Harbiy guvohnomaning “Alohida qaydlar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi jumla yozib qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zi to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga, shuningdek oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yilida tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lish uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ___ seriyali, ______ raqamli tavsiyanoma berildi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tavsiyanoma harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilayotgan muddatli harbiy xizmatchiga tantanali ravishda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tavsiyanoma blankasi qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanib, hisobga olish seriyasi va raqami hamda himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Tavsiyanoma blankalari mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tavsiyanoma blankalarining hisobini yuritish va ularning butligini ta’minlash hamda ulardan maqsadli foydalanish mas’uliyati harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha (soha yo‘nalishi bo‘yicha) o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Har yili mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari ko‘rsatilgan hisobotlar, shuningdek tavsiyanomalarni olgan harbiy xizmatchilar ro‘yxati va yakuniy yig‘ilishi bayonnomalarining nusxalari vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalariga taqdim etiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Muddatli harbiy xizmatchiga berilgan tavsiyanomalarning koreshoklari harbiy qism arxivida besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tavsiyanoma egasining arizasiga asosan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma o‘rniga harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan uning dublikati beriladi. Tavsiyanoma egasi tavsiyanomani yo‘qotganligi haqida davriy nashrda e’lon qilishi hamda harbiy qismga nashr nusxasini taqdim qilishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tavsiyanomaning yuqori o‘ng burchagida “Dublikat” degan shartli yozuv bo‘lgan yangi blankada, asl nusxasida (koreshokda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgan holda rasmiylashtiriladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” __________da berilgan _____-sonli tavsiyanoma o‘rniga berilgan” degan so‘zlar yoziladi va harbiy qism gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Reyting natijalarining oylik

JADVALI

20__/__ o‘quv yilining ________ oyi uchun

qism: “___________”_____ guruhi

T.r

Harbiy xizmatchining F.I.O. va harbiy unvoni

O‘quv fanlarining nomi

20__ yilning _____ oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkich

Otish tayyorgarligi

Taktik tayyorgarlik

Umumharbiy nizomlar

Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik

1

2

3

4

5

1.

2.

3.

“___” ___________komandiri____________________________________

(F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 1 — 4-ustunlarga vazirliklar va idoralarning xizmat faoliyatidan kelib chiqqan holda o‘quv fanlarining nomi kiritiladi. O‘quv fanlarining soni o‘quv yili dasturidan kelib chiqib belgilanadi. 5-ustunda barcha o‘quv fanlaridan olingan baholar ko‘rsatkichlarining umumiy yig‘indisi hamda o‘rtacha qiymati kiritiladi.
(1-ilovaning izohi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘rtacha ko‘rsatkichlar reyting
JADVALI

________ bataloni, _________ vzvodi

20__/__ o‘quv yili

T/r

F.I.O.

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

20__ yilning______oyi

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

O‘rtacha ko‘rsatkich

Yakuniy

o‘rtacha ko‘rsatkich

1.

2.

3.

Ko‘rsatkichlar to‘g‘riligini tasdiqlayman

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________

(harbiy unvon, F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “20__ yilning ______ oyi” ustuniga mazkur Nizom 1-ilovasining 5-ustunidagi tegishli ko‘rsatkichlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkich” ustuniga jadvaldagi “O‘rtacha ko‘rsatkich” ustunida keltirilgan ko‘rsatkichlarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”
‎_______-harbiy qism
‎komandiri

Reyting natijalarining yig‘ma
‎JADVALI

20__/__ o‘quv yili

________________________________________

20 ___ yil “___” ____________

(bo‘linma nomi)

T.r.

Harbiy unvoni

‏F.I.O.

O‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi va qo‘shimcha ball miqdori‎‎

Namunali harbiy intizom uchun ball

Umumiy ball miqdori

O‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi

Qo‘shimcha ball miqdori

Kim tomonidan rag‘batlantirilgan (buyruq soni)‎‎

Ball miqdori‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i _____________‎‎ Harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ________ Harbiy qism komandirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari __________

(imzo)

(imzo)

(imzo)
Harbiy qism komandirining Harbiy qism komandirining Batalon (vzvod) komandiri __________
front orti bo‘yicha o‘rinbosari __________ qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari __________ (imzo)
(imzo) (imzo)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Mansabdor shaxslarning lavozimlari nomlanishi tegishli vazirliklar va idoralar harbiy qismlari va muassasalarining shtat tuzilishiga ko‘ra to‘ldiriladi.
(3-ilovaning izohi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN” ______-harbiy qism komandiri

20 ___ yil “___” ____________

‎‎_____________________ muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida muddatli harbiy xizmatchilar

(bo‘linma nomi)

bilan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari va to‘plangan ballarning
‎YAKUNIY JADVALI

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

Javob varaqasi raqami

Test sinovlari natijalari

Test sinovlari natijalari bo‘yicha umumiy ballar

Mazkur Nizomning 3-ilovasidagi umumiy ball miqdori

To‘plangan ballarning umumiy miqdori

To‘g‘ri javoblar umumiy soni

Shu bilan birga‎‎

jangovar tayyorgarlik bo‘yicha‎‎

ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha

matematika fanidan

fizika fanidan

mantiqiy testlar bo‘yicha

To‘g‘ri javoblar soni‎‎

Ballar miqdori‎‎

To‘g‘ri javoblar soni

Ballar miqdori

To‘g‘ri javoblar soni

Ballar miqdori

To‘g‘ri javoblar soni

Ballar miqdori

To‘g‘ri javoblar soni

Ballar miqdori

1.‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
2.‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i __________‎‎ Harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari __________ Harbiy qism komandirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari __________

(imzo)

(imzo) (imzo)
Harbiy qism komandirining Harbiy qism komandirining Batalon (vzvod) komandiri __________
front orti bo‘yicha o‘rinbosari __________ qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari __________

(imzo)

(imzo)

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/3215/0119-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)