26.12.2019 yildagi 5-55/311-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Paxtakor tumanining 2020-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq, 2020-yilda Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlar kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga asosan, 2020-yil uchun tuman mahalliy budjetini qabul qilish boʻyicha Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-589-son Qonuni bilan tasdiqlangan 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti hamda ularni tayyorlash uchun asos boʻlgan makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va 2021-2022-yillar uchun moʻljallar toʻgʻrisida maʼlumotlar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2019-yil 23-dekabrdagi “Jizzax viloyati 2020-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 300/50-sonli qaroriga asosan Paxtakor tumani (Keyingi oʻrinlarda — Tuman deb ataladi) budjetiga Jizzax viloyati budjetidan ajratilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga soluvchi budjetlararo transfert 30 379 873,0 ming. soʻm miqdorida tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman budjetining aylanma kassa mablagʻi 361 000,0 ming. soʻm miqdorda belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjetining 2020-yilgi kontengent daromadlar rejasi prognozi 76 048 347,0 ming. soʻm, mahalliy budjet daromadlar prognoz rejasi 19 302 973,0 ming soʻm (shundan Respublika budjetidan markazlashtirib oʻtkazib beriladigan aksiz (mobil aloqa va alkogol) soligʻi 5 900 000,0 ming) belgilanganligi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga asosan 2020-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Quyidagi soliq turlari tuman budjetida toʻliqligicha qoldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning mulklarni ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sement va ohaktoshdan tashqari, alohida noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr stansiyalaridan boshqa toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan olinadigan soliq (yagona soliq toʻlovi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy toʻlovlar viloyat budjeti hamda tumanlar budjetlari oʻrtasida quyidagi ajratmalar asosida taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 5 foiz tuman budjetiga, 95 foiz viloyat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning foyda soligʻi 17 foiz tuman budjetiga, 83 foiz viloyat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan mulk soligʻi 100 foiz tuman budjetida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi 100 foiz tuman budjetida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning chakana sotuvi uchun aksiz soligʻi 80 foiz tuman budjetida, qolgan 20 foizi viloyat budjetida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim tovarlarni chakana sotish huquqini berish uchun yigʻim 100 foiz tuman budjetida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yigʻimlar (bojxona yigʻimlaridan tashqari) 100 foiz tuman budjetida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilganlik uchun ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan yigʻim 100 foiz tuman budjetida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy toʻlovlar toʻligʻicha viloyat budjetiga ajratma qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji 100 foiz viloyat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalarining sof foydasidan tushum 100 foiz viloyat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarimalar 100 foiz viloyat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi va alkogol maxsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz soligʻidan tushumlar 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra tuman va shahar aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunga asosan tuman budjetining xarajatlar tizimida quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi hamda moliyalashtirish tartibi quyidagicha belgilandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tumandan moliyalashtiriluvchi umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari respublika budjetidan, toʻrtinchi guruh xarajatlari tegishincha tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman mahalliy budjetidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari orqali tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman markazlarini saqlash xarajatlari moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2020-yil uchun tuman budjeti daromadlar prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman budjetidan 2020-yilgi hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Umumdavlat soliqlaridan Paxtakor tuman mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyori 3-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxtakor tuman mahalliy budjetining 2020-yil daromadlari va xarajatlariing chegaraviy hajmi 4-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxtakor tuman mahalliy budjetining 2020-yilgi yuqori budjetdan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdori 5-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Paxtakor tuman mahalliy budjetida yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar (aylanma kassa miqdori) miqdori 6-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 6-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2020-yil uchun tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 734 229,0 ming.soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimligi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini tumanlar budjetida koʻzda tutilmagan, kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman hokimligi, tuman moliya boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar tomonidan tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirilishini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar rasmiy veb-saytlarga oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida moliyaviy hisobotlarni hamda boshqa tegishli maʼlumotlarni joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning qoʻshimcha daromadlarini 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorlarda jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishni taʼminlasin, veb-saytlariga ularning natijalarini joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman hokimligi, choraklar yakuni boʻyicha mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlari hokimlikning faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablagʻlarning tushish ehtimoli boʻlmasa, Viloyat hokimiyatiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan takliflari bilan birga kiritilgan murojaatiga asosan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yoki xarajatlarni maqbullashtirish takliflarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman hokimligi Qonunning 24-moddasiga asosan tegishli ravishda hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini Kengashga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman hokimligi budjet daromadlari va xarajatlarining koʻrsatkichlarini bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatishi uchun tuman Kengashiga doimiy ravishda maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman hokimligi Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror “Paxtakor xayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining paxtakor.jizzax.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi va tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. BABAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtakor sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-dekabr,

5-55/311-son