Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 148-modda) 19-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
1) 5-moddasidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Radiochastotalarni taqsimlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar oʻrtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) 4-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) Oʻzbekiston Respublikasi pochta Aloqasi milliy operatorlarining pochta vagonlari va pochta qutilarida”.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 4-moddasi 2-bandining:
“j” kichik bandidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“o” kichik bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda):
1) 4-moddasining sakkizinchi xatboshisidagi “soliq sohasidagi jinoyatlar” degan soʻzlar “soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi”;
3) 18-moddasining:
nomi va birinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Departament boshligʻining oʻrinbosari” degan soʻzlar “Departament boshligʻining oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VI. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi, 59-moddasidagi, 81-moddasining uchinchi qismidagi, 95-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 101-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
1) 2-moddasi ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“Oʻzdavstandart”)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “(Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi)” degan soʻzlar “(Davarxitektqurilish” qoʻmitasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddasining:
birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”, “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddasining uchinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi qismlaridagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-moddasi:
birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”, “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzdavstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish xamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar”;
5) 9-moddasi uchinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari”.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
1) 1-moddasining:
oʻn birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oxirgi ikki xatboshilari quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — oʻlchovlarni bajarish uslubiyotining unga qoʻyilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazish;
“oʻlchovlarning bajarilish uslubiyoti” — operatsiyalar va qoidalar majmui boʻlib, ularning bajarilishi xatolari maʼlum boʻlgan oʻlchov natijalari olishni taʼminlaydi”;
2) 4-moddasi:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“Oʻzdavstandart”)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini taʼminlash qoidalarini belgilash”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro oʻlchov tizimi va boshqa mamlakatlarning oʻlchovlar tizimlari bilan uygʻunlashuvini taʼminlash;
isteʼmolchilar huquqlarini, fuqarolarning sogʻligʻi va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini notoʻgʻri oʻlchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish”;
3) Qonun quyidagi mazmundagi 41-modda bilan toʻldirilsin:
“41-modda. Oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid normativ hujjatlar
Oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni “Oʻzstandart” agentligi amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid boʻlmagan normativ hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin”;
4) 5-moddasining birinchi qismidagi, 6-moddasining ikkinchi qismidagi, 7-moddasining ikkinchi qismidagi, 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 10-moddasining birinchi qismidagi, 16-moddasining ikkinchi qismidagi va 17-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”ning”, “Oʻzdavstandart” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
5) 15-moddasining:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻlchov vositalarini hamda oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish”;
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik va jismoniy shaxslarning oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shugʻullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻlchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat metrologiya nazorati:
oʻlchov vositalarini tayyorlash, taʼmirlash, ularning ijarasi bilan shugʻullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qoʻllanilishi (fizik oʻlchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, oʻlchov tizimlarini qoʻshgan holda);
oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qoʻllanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 171-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 18-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18-modda. Oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shugʻullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish
Ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan doirada qoʻllanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shugʻullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”;
8) Qonun quyidagi mazmundagi 181-modda bilan toʻldirilsin:
“181-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan doirada qoʻllanilishi va foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish, kalibrlash, taʼmirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
9) 20-moddasining:
sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisi “shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini taʼminlash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn birinchi xatboshisi “davlat” degan soʻzdan keyin “metrologiya” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
10) 21-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq toʻlash
Oʻlchov vositalarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, oʻlchovlarning bajarilish sifatini baholash boʻyicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq toʻlanadi”.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7–8, 217-modda):
1) 5-moddasining:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan keyin “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”ning” va “Oʻzdavstandart” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar oʻtkazish faoliyatini amalga oshiradilar.
Mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi”;
5) 9-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 10-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda):
1) 38-moddasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) davlat bojxona xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari — tegishincha bojxona, soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha”;
2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 27-moddasining birinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlar” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) Kodeks quyidagi mazmundagi 2001-modda bilan toʻldirilsin:
“2001-modda. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish
Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “171-moddasining birinchi qismi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin; qism “200” raqamidan soʻng “2001” raqami bilan toʻldirilsin;
4) 263-moddasining:
nomi va birinchi qismidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” degan soʻzlar “Aloqa va axborotlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining Davlat Aloqa inspeksiyasi boshligʻi, shuningdek Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat Aloqa inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir”;
5) 264-moddasining:
birinchi qismidagi “168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “168, 171-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 267-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“267-modda. Davlat statistika organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika boʻlimlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir”;
7) 287-moddasining 8-bandidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 289-moddasining uchinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 290-moddasining uchinchi qismi “soliq” degan soʻzdan keyin “va valyutaga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 291-moddasi birinchi qismining “d” bandidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4–5, 126-modda) 16-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”da” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 57-moddasining:
uchinchi qismidagi “kreditorlar bilan birgalikda oʻzining bankrotligini eʼlon qilish hamda ixtiyoriy suratda oʻzini tugatish haqida qaror qabul qilishi mumkin” degan soʻzlar “bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “yoki yuridik shaxsning oʻz bankrotligini eʼlon qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 262-modda) 9 va 38-moddalari matnidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 58-modda) 25-moddasining uchinchi qismidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 59-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda):
1) 23-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (bundan buyon matnda “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 26-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 27-moddasi uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda):
1) 14-moddasining birinchi qismidagi “davlat notarial idoralari uchun belgilangan shtatlar soni va ish haqi fondi doirasida mansab okladlari chizmasiga rioya qilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 15-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab boʻlmaydi, uning ayrim harakatlarini belgilangan tartibda noqonuniy deb topish hollari bundan mustasno”;
3) 22-moddasining:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat notarial idoralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablagʻ bilan taʼminlanadi”;
ikkinchi qismi “boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan” degan soʻzlardan keyin “va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ajratmalar oʻtkazib boʻlinganidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 44-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44-modda. Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash
Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga yoki garovga qoʻyuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Uy-joyni (uy-joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bogʻ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshoot yoki imoratni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar shu mol-mulk joylashgan hududda tasdiqlanadi”.
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 14-moddasi:
birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning qonun hujjatlari talablarini buzganligi aniqlanganda”;
uchinchi xatboshisidagi “yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning oʻz kasbiy faoliyatini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab boʻlmaydi”;
2) 15-moddasining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
3) 16-moddasi birinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisidagi “litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsga nisbatan sud chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda”.
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4–5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 8-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan investorlarga, ularning pudratchilariga va ikkilamchi pudratchilariga soliq solish “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi”;
2) 31-moddasining:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 27-band bilan toʻldirilsin:
“27) dividendlar koʻrinishida olingan va yuridik shaxsdan olinib, uning ustav kapitaliga (fondiga) yoʻnaltirilgan daromadlar boʻyicha”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning 11, 14, 17, 18, 19-bandlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrning bir yili oʻtguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi”;
3) 59-moddasi birinchi qismining 1-bandi quyidagi mazmundagi “z” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“z) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega boʻlgan xodimlari”;
4) 71-moddasi:
36-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam koʻrsatish uchun insonparvarlik yordami va begʻaraz texnik koʻmak sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlar”;
46-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga:
chet el kreditlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
chet el investitsiyalariga asoslangan korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, lizingga topshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
xususiylashtiriladigan korxonalar uchun chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan olib kirilayotgan texnologik jihozlar”;
quyidagi mazmundagi 47-band bilan toʻldirilsin:
“47) chet el investitsiyalariga asoslangan, bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarishlarida foydalanish uchun olib kirilayotgan xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan isteʼmol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, ushbu moddaning 36, 38, 42, 46 va 47-bandlarida nazarda tutilgan tovarlar bundan mustasno. Tovarlarni isteʼmol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
5) 80-moddasi:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam koʻrsatish uchun insonparvarlik yordami va begʻaraz texnik koʻmak sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlarga”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan isteʼmol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarlarni isteʼmol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5, 118-modda):
1) 6-moddasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan buyon “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddasining toʻrtinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 33-moddasi:
1) yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam koʻrsatish uchun insonparvarlik yordami va begʻaraz texnik koʻmak sifatida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar”;
2) oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlarga mansub boʻlgan va ulardan olib kiriladigan tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlar;
chet ellik investorlar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollaridan ziyod boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa;
mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlar olib borish uchun moʻljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek investor tomonidan olib kiriladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli boʻlgan mahsulot;
reklamalar va taqdimotlar uchun olib kiriladigan tovarlar;
budjetdan taʼminlanadigan tashkilotlar tomonidan (yoki ularning buyurtmalari boʻyicha) budjet mablagʻlari hisobidan oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
chet el kreditorlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
chet el investitsiyalariga asoslangan korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kiriladigan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, lizingga topshirish uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan oʻzlari tashkil etayotgan ishlab chiqarishlar uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar”;
3) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarlarni isteʼmol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 6-moddasining birinchi qismi:
12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12) davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga meros huquqi boʻyicha oʻtgan xazinalarning va mol-mulkning hisobini yuritishlari, ularni baholashlari va ularning oʻtkazilishini nazorat etishlari”;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121) davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazorat olib borishlari, shuningdek davlat organlariga begʻaraz oʻtkazilgan mol-mulk hisobini olib borishlari”.
XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi va 6-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XXIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 7-moddasining 1-bandidagi “oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti hisoblanuvchi bajarilgan ishlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning natijalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 16-moddasi:
ikkinchi qismining 13-bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Rejimlarning qoʻllanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
3) 19-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin”;
“30-modda. Tovarlarni qayta ishlash
Tovarlarni qayta ishlashga quyidagilar kiradi:
tovarlarni bevosita qayta ishlash yoki ularga ishlov berish, shu tovarlarning va foydalanilayotgan boshqa tovarlarning yoʻqoladigan oʻziga xos xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda;
yangi tovarlarni tayyorlash, shu jumladan tovarlarni ularning asosiy xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish;
tovarlarni taʼmirlash, shu jumladan ularni tiklash, yangilash va tartibga keltirish, ularning shikastlangan yoki eskirib qolgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, shuningdek nuqsonlarini bartaraf etish;
tovarlarni qayta ishlashga yordam beradigan yoxud bunday ishni yengillashtiradigan boshqa tovarlardan toʻliq yoki qisman foydalanish.
Ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlash rejimidan foydalanishga doir cheklovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
31-modda. Tovarlarni qayta ishlash shartlari
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan quyidagi hollarda beriladi:
tovarlarni ularning qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilanadigan hollar bundan mustasno;
qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari vakolatli organ bilan kelishilgan boʻlsa;
tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasi boʻlsa;
alohida xususiyatga ega boʻlgan tovarlar roʻyxatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi boʻlsa;
bojxona ishi haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashga doir boshqa talablar bajarilgan boʻlsa.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish yoki bunday ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror uni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bojxona organi tomonidan qabul qilinib, ariza beruvchi bu haqda yozma ravishda xabardor etiladi.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish, agar ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlsa, shuningdek ushbu Kodeks talablariga rioya etilmagan boshqa hollarda rad etilishi mumkin.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojxona organi bu haqda ariza beruvchini rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni ariza beruvchi bartaraf etgan boʻlsa, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
32-modda. Bojxona hududida qayta ishlash
Bojxona hududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular oʻzga rejim ostida joylashtiriladi.
Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida har qanday tovarlar joylashtirilishi mumkin, ana shunday rejim ostida joylashtirilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin. Mazkur tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda eksport rejimi ostida joylashtirilib, keyinchalik bojxona hududida qayta ishlash rejimida deklaratsiyalanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar va qayta ishlash mahsulotlari ularni olib chiqish paytida eksport bojlari va soliqlardan ozod qilinadi. Mazkur tovarlar va qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi.
Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilganda import bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun foydalanilgan tovarlarning qiymati hamda ularga nisbatan qoʻllanilgan toʻlovlar stavkalariga qarab toʻlanadi.
Qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
33-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar eksport bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda qayta ishlash uchun olib chiqilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish rejimida olib kiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida erkin muomalada boʻlgan har qanday tovarlar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin, olib kirilishi (olib chiqilishi) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin emas:
agar tovarlarni olib chiqish import bojlari va soliqlarning toʻlangan summalarini qaytarishni, import bojlari va soliqlardan ozod qilishni yoki olib chiqish chogʻida toʻlovlar olishni talab qilish uchun asos boʻlsa;
import bojlari va soliqlardan ozod etishning amal qilib turgan vaqti mobaynida, agar uning amal qilishi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda ularni qayta ishlash uchun olib chiqilgunga qadar foydalanilgan boʻlsa;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Qayta ishlash mahsulotlarini chet el tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida import bojlari va soliqlar qayta ishlash qiymatiga hamda qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qoʻllaniladigan bojlar va soliqlar stavkalariga qarab toʻlanadi.
Qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlar qaytarib olib kirilganda import bojlari va soliqlar toʻlanmaydi.
Qayta ishlash mahsulotlari, agar qayta ishlashdan maqsad olib chiqilgan tovarlarni qonun hujjatlari yoki shartnomaga binoan begʻaraz taʼmirlashdan iborat boʻlganligiga bojxona organi belgilangan tartibda ishonch hosil qilsa, import bojlari va soliqlardan ozod qilinadi, tovarlarni erkin muomalaga dastlabki chiqarishda nuqsoni mavjudligi hisobga olingan hollar bundan mustasno.
Tovarlarni qayta ishlash uchun olib chiqqan va tovarlarni qaytarmagan yoki qayta ishlash mahsulotlarini belgilangan muddatda olib kirmagan shaxs ushbu Kodeks 23-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda javobgar boʻlmaydi.
34-modda. Tovarlarni qayta ishlash muddatlari
Tovarlarni qayta ishlash muddati bojxona organi tomonidan belgilanadi va bu muddat ikki yildan ortiq boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan qayta ishlashning bir muncha uzaytirilgan muddatlarini belgilashi mumkin.
Tovarlarni qayta ishlash muddatini belgilashda tovarlarni qayta ishlash jarayoni qancha davom etishi va qayta ishlash mahsulotlarini tasarruf etish hisobga olinadi.
Tovarlarni qayta ishlash muddati tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovarlar alohida tovar turkumlari qilib olib kirilganda (olib chiqilganda) esa tovarlarning birinchi turkumi tegishli rejim ostida joylashtirilgan kundan eʼtiboran oʻta boshlaydi.
35-modda. Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash
Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona maqsadlari uchun qiyoslash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar haqidagi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi texnologiyalar haqidagi mufassal maʼlumotlarni taqdim etish yoʻli bilan yoki qayta ishlash vaqtida bojxona nazoratini olib borish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslashga nisbatan qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash quyidagi hollarda talab etilmaydi:
qayta ishlash chogʻida ishlab chiqarishning uzluksiz turkumlariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa;
qayta ishlash chogʻida qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarning bojxona hududida xuddi shunday va (yoki) ayni bir xil qayta ishlash mahsuloti ishlab chiqarilishini istisno etuvchi noyob texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa.
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini qiyoslash uchun bojxona organlari tovarlarning ishlab chiqarilgan joyi haqidagi sertifikatlardan, shuningdek mazkur tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga taalluqli boshqa hujjatlardan foydalanishlari mumkin.
36-modda. Bojxona maqsadlarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi muayyan miqdordagi tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻladigan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori yoki ularning foizdagi ifodasidir. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi qayta ishlash uchun ruxsatnoma berilayotganda qayta ishlash amalga oshiriladigan sharoitlarni hisobga olgan holda bojxona organlari tomonidan belgilanadi yoki ular bilan kelishib olinadi. Qayta ishlash mahsulotlarini tavsiflash, ularning sifati va miqdori qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari asosida belgilanadi.
Ekspert tashkilotlarining xulosalari asosida bojxona organlari qayta ishlash mahsulotlari chiqishining majburiy normalarini, agar bu bojxona maqsadlarida zarur boʻladigan boʻlsa yoki tovarlarni qayta ishlashni amalga oshirishga yordam beradigan boʻlsa, belgilashga haqli.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari qayta ishlash uchun beriladigan ruxsatnomada koʻrsatiladi”;
5) Kodeks quyidagi mazmundagi 361-modda bilan toʻldirilsin:
“361-modda. Tovarlarni qayta ishlashni tugallash
Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs tovarlarni qayta ishlashni ushbu Kodeksning 34-moddasiga muvofiq belgilangan muddat tugaydigan kundan kechiktirmasdan:
bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqqan holda;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirgan holda tugallashi shart.
Qayta ishlash olib kirilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish rejimida, olib chiqilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni esa, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida eksport rejimida joylashtirish bilan tugallanishi ham mumkin. Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxsning arizasiga binoan bojxona organi tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni bojxona hududida qayta ishlash rejimining yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimining amal qilishini tugallashga, agar buning uchun sabablar asosli deb topilgan boʻlsa hamda basharti ayni shu rejimlar talablariga rioya etiladigan boʻlsa, ruxsat berishi mumkin. Bunday holda qayta ishlash rejimlarining amal qilishi yangi rejimlarning amal qilishi muddatiga toʻxtatib qoʻyiladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasi orqali bir necha turkum qilib olib oʻtishda qayta ishlash mahsulotlari miqdorining ruxsatnomada koʻrsatilganiga muvofiqligini tekshirib turish vaqti-vaqti bilan, ammo uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. Agar ana shunday tekshirib koʻrish natijasida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs bojxona toʻlovlarini toʻlashi shart boʻlsa, bunda mazkur toʻlovlarning summasiga, basharti bu summalar ularni toʻlash zarurligi haqida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida toʻlanadigan boʻlsa, penya hisoblab chiqarilmaydi”;
7) 61-moddasining beshinchi qismi “yoki bojxona kuzatuviga olingan” degan soʻzlardan keyin “yoxud bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi garov summalari kiritilgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 64-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona tashuvchisi tovarlar tashishni bojxona kuzatuvini qoʻllamagan va bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi garov summalarini kiritmagan holda bojxona nazorati ostida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.
Bojxona tashuvchisi ushbu Kodeks asosida tashuvchiga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya etishi, shuningdek:
bojxona tashuvchisini roʻyxatga olgan bojxona organining faoliyat zonasidagi bojxona rasmiylashtiruvi joyiga juda boʻlmaganda bitta transport vositasi 24 soat ichida yetib kelishini taʼminlay oladigan zarur miqdordagi maxsus jihozlangan transport vositalariga ega boʻlishi;
ushbu Kodeks 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi;
bojxona nazorati ostida tashishlarning hisobini yuritishi va bojxona organlariga tegishli hisobot taqdim etishi shart.
Bojxona tashuvchisining tovarlarni joʻnatuvchi bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
9) 65-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65-modda. Bojxona organining litsenziyasi
Bojxona organi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun besh yil muddatga litsenziya beradi. Litsenziya besh yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga binoan berilishi mumkin.
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan taʼsis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun berilgan litsenziya bojxona organi yoki sud tomonidan bekor qilinishi, uning amal qilishi esa toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun litsenziya berish, uni qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
11) 73-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati besh yilga beriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati bojxona organi tomonidan bekor qilinishi yoki uning amal qilishi toʻxtatib turilishi yoxud tugatilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati, agar bunday attestat belgilangan tartibni buzgan holda berilgan boʻlsa yoki attestat uni berish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etgan, biroq toʻliq boʻlmagan yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar asosida berilgan boʻlsa, bekor qilinadi. Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka attestati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi bojxona organi tomonidan:
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga nisbatan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda olti oygacha boʻlgan muddatga;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis oʻz majburiyatlarini insof bilan bajarganligiga shubha qilish uchun yetarli asoslar boʻlgan taqdirda ikki oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻxtatib turiladi:
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis sifatida foydalanish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan bojxona brokeri tomonidan bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish shartlariga rioya etilmaganda;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaxs tugatilgan yoki qayta tashkil etilganda.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda malaka attestatining amal qilishini toʻxtatib turgan bojxona organi mazkur holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiq olingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida attestatning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis oʻzining malaka attestati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
bojxona organi tomonidan belgilangan muddat ichida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilmaganda;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis ushbu Kodeksning 145, 146, 164, 167 va 168-moddalarida javobgarlik belgilangan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzganda;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis ushbu Kodeksning 171-moddasida, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184 va 246-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikka tortilganda;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi muddati tugaganda.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bunday attestatning amal qilishi tugatiladi.
Sudning qaroriga binoan ham bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati bekor qilinishi yoki uning amal qilishi tugatilishi mumkin.
Malaka attestati berish toʻgʻrisidagi takroriy ariza malaka attestati bekor qilingan, uning amal qilishi tugatilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin, buning uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda yoki sud belgilagan muddat oʻtganidan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berish, attestatni bekor qilish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish tartibi, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
12) 74-moddasi chiqarib tashlansin;
13) 101-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona brokeri oʻzini vakil qilgan shaxs hisobidan va uning topshirigʻiga binoan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni oʻz nomidan oʻtkazuvchi hamda bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.
Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qoʻyilishi mumkin emas.
Yuridik shaxs bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borish uchun:
xodimlar shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga ega boʻlishi;
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi shart.
Yuridik shaxslarning bojxona brokeri sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
14) 102-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis bojxona organi tomonidan berilgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi — deklarant bilan mehnat shartnomasi tuzgan va shu deklarant nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha harakatlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxsidir”;
“bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bogʻliq ruxsatnomalarni berganlik uchun yigʻimlar;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻimlar”;
16) 130-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
17) 132-moddasi:
birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo asosiy jazo sifatida qoʻllaniladi, ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jazo esa ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo sifatida qoʻllanilishi mumkin”;
18) 133-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay, lekin qonunbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran uch yildan kechiktirmay, davlat budjetiga boj toʻlovlari toʻlanmaganligi bilan bogʻliq ishlar boʻyicha esa besh yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin”;
20) 153-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklovlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi miqdori, tovarlarni qayta ishlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibiga doir belgilangan talablarga, cheklovlar va shartlarga rioya etmaslik —
qayta ishlashga moʻljallangan tovarlar qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
21) 167-moddasining:
dispozitsiyasidagi “160, 163 va 164-moddalarda” degan soʻzlar “160 va 163-moddalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “litsenziyaning amal qilishini tugatib yoki tugatmay” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
22) 171-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“171-modda. Bojxona brokeri sifatidagi faoliyat shartlarini buzish
Bojxona brokeri sifatidagi faoliyat shartlarini buzish —
eng kam ish haqining yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
23) 172-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“172-modda. Bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish
Bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish —
eng kam ish haqining ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
24) 185-moddasi:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
25) 186-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “litsenziyaning yoki malaka attestatining amal qilishini tugatish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
26) 196-moddasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda) 21-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda) 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi va 19-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XXVII. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 16-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bogʻliq oʻzgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qatʼiy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun bir muncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi oʻzgarishlar deb hisoblanmaydi”;
uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari chiqarib tashlansin.
XXVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 72-modda) 26-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XXIX. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-moddasi):
1) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash”;
2) 9-moddasi birinchi qismining 5-bandidagi “raisi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash hamda ularni” degan soʻzlar “raisini tayinlash hamda uni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XXX. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-moddasi) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-aprel,
482-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son; 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)