06.03.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik sheriklik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlarining tarixiy va madaniy umumiyliklari, doʻstona va ahil qoʻshnichilik munosabatlarini inobatga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida 1996-yil 16-yanvardagi Shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida 2004-yil 19-noyabrdagi Shartnoma, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida 2007-yil 18-oktabrdagi Shartnomaga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi yuksak masʼuliyatni anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama munosabatlarni oʻzbek-turkman hamkorligi zamonaviy rivojining salohiyati va haqiqiy ehtiyojlariga munosib boʻlgan sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik asosida shartnomaviy-huquqiy mustahkamlanishi barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishiga boʻlgan ishonchdan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaga muvofiq Tomonlar uzoq muddatli va barqaror strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatdilar hamda ularni suverenitet va hududiy yaxlitlikni oʻzaro hurmat qilish, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, tenglik va oʻzaro manfaatdorlik, tinch-totuv yashash va oʻzaro ishonch prinsiplariga tayangan holda har tomonlama rivojlantirishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, eng avvalo, oliy va yuqori darajada muntazam uchrashuvlar mexanizmidan foydalanib va uni takomillashtirib, oʻzaro ahamiyatga molik boʻlgan ikki tomonlama munosabatlar masalalari va dolzarb xalqaro muammolar boʻyicha muntazam fikrlar almashgan hamda pozitsiyalarni kelishgan holda strategik sheriklikni mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqa Tomon suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga ziyon keltiruvchi har qanday xatti-harakatlardan, shu jumladan uchinchi davlatlar bilan shartnomalar tuzishdan tiyilish majburiyatlarini yana bir bor tasdiqlaydilar. Tomonlardan hech biri oʻz hududidan boshqa Tomon davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga ziyon keltirgan holda uchinchi davlatlarning foydalanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro xavfsizlik manfaatlariga yoki ulardan birining xavfsizlik manfaatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, bunday vaziyatni bartaraf etish boʻyicha pozitsiyalarni kelishib olish va amaliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun oʻzaro kelishuv asosida tegishli maslahatlashuvlar mexanizmini ishga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi olib borayotgan chuqur oʻylangan tashqi siyosatni hamda Turkmanistonning doimiy neytralitet maqomini hurmat qilgan va qoʻllab-quvvatlagan holda, tashqi siyosiy sohada oʻzaro ishonch va strategik hamjihatlikni har tomonlama mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotida, uning ixtisoslashgan muassasalarida va boshqa koʻp tomonlama davlatlararo tuzilmalarda oʻzaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantiradilar. Tomonlar oʻz milliy manfaatlariga daxldor boʻlgan masalalarni koʻrib chiqishda bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar hamda oʻz pozitsiyalarini kelishib olish maqsadida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi Shartnoma va uning barcha koʻrinishlarida tarqatmaslik rejimini samarali amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar BMTning global va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash borasidagi xalqaro saʼy-harakatlariga koʻmaklashish maqsadida Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi Shartnoma doirasida hamkorlik boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarini davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik asosida Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman Qoʻshma komissiyasining rejalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi rolidan toʻliq hajmda foydalangan holda, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, investitsiyaviy, neft va gaz, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama amaliy hamjihatlikni har tomonlama va muvozanatlashgan tarzda rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz qonunchiliklari va ular ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq, shuningdek oʻzaro manfaatdorlik asosida oʻrta va uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik dasturlarini ishlab chiqadilar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ishbilarmon doiralar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni izchillik bilan har tomonlama rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz qonunchiliklari va ular ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalar qoidalariga muvofiq oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, tovar aylanmasi barqaror oʻsishini taʼminlash va uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish, tizimli va uzoq muddatli asoslarda oʻzaro mahsulot va xizmatlar yetkazib berish hajmini koʻpaytirish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikkala Tomon iqtisodiy manfaatlariga mos keladigan hamda xalqaro bozorlarga eng qisqa va samarali chiqishni taʼminlaydigan ishonchli va xavfsiz transport yoʻlaklarini yaratishni qoʻllab-quvvatlaydilar va shu munosabat bilan ular ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalarni amaliy tatbiq etish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarini davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy va xalqaro transport infratuzilmalarini birgalikda rivojlantirish va ulardan foydalanish, ularning raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirish, shuningdek oʻz hududlarida yuklarni tranzit tashishni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlash borasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Markaziy Osiyoda suvdan foydalanishning adolatli tizimini rivojlantirishda suv-energetika sohasidagi barcha masalalarni hal qilishni, shu jumladan transchegaraviy daryolarda yangi gidrotexnik inshootlar barpo etishni xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga muvofiq va mazkur mintaqa barcha davlatlarining manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzaro kelishilgan yagona pozitsiyani egallaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish, Markaziy Osiyo suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida mintaqa mamlakatlarining hamkorligi uchun universal platforma hisoblangan Orolni qutqarish Xalqaro Fondi faoliyatini mustahkamlash va takomillashtirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar atrof muhit ifloslanishining oldini olish va tabiatdan oqilona foydalanish uchun zaruriy choralar koʻradilar. Tomonlar ekologik halokatlar va tabiiy muhitga antropogen, shu jumladan transchegaraviy jihatdan taʼsir oqibatlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasida hamkorlik qiladilar hamda alohida xalqaro shartnomalar asosida ikkala davlat tegishli idoralarining aloqalariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xavfsizlikka yangi tahdid va xurujlarning boshqa koʻrinishlariga qarshi kurashish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini muvofiqlashtiradilar va birlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar fan va texnika, sogʻliqni saqlash, taʼlim va madaniyat, turizm va sport sohasidagi hamkorlikni yanada ragʻbatlantiradilar va mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vakolatli organlari, ilmiy, madaniy, ijodiy, jamoat tashkilotlari va uyushmalari oʻrtasida aloqa va almashinuvlarni yoʻlga qoʻyish hamda qoʻllab-quvvatlash, koʻrsatilgan yoʻnalishlarda qoʻshma dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar hamda ikki davlat fuqarolari oʻrtasidagi aloqalarga har tomonlama koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlari ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalar, shuningdek oʻz qonunchiliklariga muvofiq bir Tomon hududida boshqa Tomon yuridik va jismoniy shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan va Tomonlarning ular ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Shartnoma qoidalarini amalga oshirishda. vujudga kelishi mumkin boʻlgan nizo va kelishmovchiliklarni muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuvga muvofiq mazkur Shartnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin boʻlib, ular mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi hamda Shartnomaning 16-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim hamda ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning Shartnoma amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisidagi tegishli yozma xabarnomasini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashxobod shahrida 2017-yil 6-martda har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma qoidalarini talqin qilish maqsadida Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)