05.12.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2352-7
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2352-7]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
529-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb yuritiladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishga ham tatbiq etiladi, ushbu Uslubiy koʻrsatmalarning 30 va 34-bandlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida kelishish qismi qonun hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyihalarga tatbiq etilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Loyihani ishlab chiquvchi organ, ishlab chiqilayotgan loyihaning turini belgilashi lozim. Bunda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organ vakolati va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 10 va 11-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga eʼtibor qaratish lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 68-banddan “va eʼlon qilingan tegishli rasmiy manbasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 76-band ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matnidagi “posledovatelnix” degan soʻz “posledovatelnost” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 83-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 84-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“84. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qoʻllanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu loyiha boʻyicha yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 871-banddagi “kiritilishi mumkin” degan soʻzlar “kiritiladi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 872-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“872. Loyihaning jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazish, loyihalar matnlarini va ularga tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yoʻli bilan, shuningdek boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 875-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barcha loyihalar loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 876-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 877-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Loyihalarni jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan (keyingi oʻrinlarda muhokama ishtirokchilari deb yuritiladi) kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadvalda (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 1a-ilova) koʻrsatilishi majburiydir.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 878-banddan “jamoatchilik va (yoki)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 88-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“88. Loyiha yuridik xizmat tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin, ishlab chiquvchi loyihani birinchi rahbar darajasida imzolaydi va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali manfaatdor organlar va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda manfaatdor organlar deb yuritiladi) uni uzil-kesil kelishish (imzolash) uchun yuboradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“89. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan, rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelishishning yakuniy bosqichida huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishdan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan mablagʻlar ajratish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obyektlariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi bilan — nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiluvchi masalalarga oid loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish masalalariga oid loyihalar majburiy tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 90 — 93-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 95-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“95. Agar loyiha boʻyicha manfaatdor organning taklif va mulohazalari mavjud boʻlsa, u oʻzining taklif va mulohazalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida asoslar bilan koʻrsatadi va loyihani taklif va mulohazalar bilan imzolaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 97-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“97. Loyihaga, loyihaning mazmuni va tuzilmasini jiddiy oʻzgartirayotgan mulohaza va takliflar mavjud boʻlganda, manfaatdor organ ishlab chiquvchiga oʻzining loyiha variantini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali taklif qilishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 101 va 102-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidan “ushbu organlarning taklif va eʼtirozlari bayon etilgan xatlar nusxalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadval (bundan keyin takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadval deb yuritiladi).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 105-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“loyiha mutaxassislar muhokamasining oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 1091-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1091. Takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadvalda (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 1a-ilova) quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning tarkibiy tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif (izoh) muallifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif (izoh);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqish natijasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadvaldan yuqorida loyihaning turi va nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadval ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 110-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadvalni ilova qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 115-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“115. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan ishlab chiquvchiga qaytariladi, agar u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplariga zid;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni talab etadi, va u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha sifatida taqdim etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada nazarda tutilgan masalalar teng yoki yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinganligi sababli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishiga zarurat yoʻq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha eʼtirozlar va takliflarning, shu jumladan jiddiy (konseptual) kamchiliklarning koʻpligi sababli butunlay qayta ishlanishi lozim, yaʼni loyiha ushbu eʼtirozlar va takliflar inobatga olingan holda qayta ishlanishi uning mazmuni tubdan oʻzgarishiga olib keladi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan qayta kelishishni talab etadi degan xulosaga kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha boʻyicha tegishli eʼtirozlar va takliflar Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida koʻrsatiladi va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning turi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning nomlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Loyihaning tarkibiy tuzilmasi

Taklif (sharh)

muallifi

Taklif

(sharh)

Koʻrib chiqish natijasi

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)