08.04.2019 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmonining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvardan boshlab Internet jahon axborot tarmog‘ida pilot loyihasi sifatida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda Yagona elektron tizim deb ataladi) sinov tariqasida ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqilgan Yagona elektron tizim quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish (viza qo‘yish) uchun, shu jumladan ularning keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish uchun bir vaqtning o‘zida va tezkor jo‘natish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan harakatlarni avtomat tarzda rasmiylashtirish, taqdim etish va qabul qilish sanalarini qayd etish orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish (viza qo‘yish) jarayonining shaffofligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini, shu jumladan vizalarning haqiqiyligi va ularning dolzarbligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish (viza qo‘yish) jarayonida amalga oshirilgan harakatlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflari va e’tirozlari to‘g‘risida axborotni to‘plash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoni hamda kelishish Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilgan manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari to‘g‘risidagi axborotni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining yagona elektron bazasini yuritish, shuningdek, axborot-tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantirishda yagona elektron bazadan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qo‘yish) jarayonini real vaqt rejimida boshqarish, monitoring va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qo‘yish) jarayonida vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli tejash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Yagona elektron tizimni joriy etish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramasdan, alohida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Yagona elektron tizimni sifatli tashkillashtirish va to‘laqonli ishga tushirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar yetarli bo‘lmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimdan foydalanishga o‘rgatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida o‘tkazilgan maqsadli seminarlar bilan ushbu tashkilotlarning barchasi, shu jumladan birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtiroki to‘liq qamrab olinmadi. Mazkur holat vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda mas’ul ijrochilarining Yagona elektron tizimda ishlash ko‘nikmalari hanuzgacha past darajada qolayotganligini, mazkur tashkilotlar rahbarlari esa elektron raqamli imzo bilan to‘liq hajmda ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimni, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida joriy etish va uzluksiz ishlashini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish) jarayonining zaruriy shaffofligini ta’minlash hamda tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona elektron tizimda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini elektron ko‘rinishda kelishish (viza qo‘yish) “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-maydan 1-iyulga qadar — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish)da Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi hamda ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan tartibda qog‘oz ko‘rinishida yoxud Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyuldan 1-oktabrga qadar — Vazirlar Mahkamasi apparatida Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi va unga ko‘ra manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan va kelishilgan (viza qo‘yilgan) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalari Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda ustuvor ravishda Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrdan boshlab va keyingi davrda — manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan va kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalari kelishish (viza qo‘yish) hamda keyinchalik qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga faqat Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qo‘yish) va kiritishning mazkur qaror bilan belgilangan tartibini norma ijodkorligi faoliyatiga joriy etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish) ning yagona elektron tizimini samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi guruh (Davletov)ning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizim orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritish tartibini o‘z vaqtida joriy etish uchun barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yagona elektron tizimga tezkor ulash bo‘yicha choralarni ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun Yagona elektron tizim orqali ishlash mohiyati va tartibini tushuntirish bo‘yicha tanishtiruv seminarlarini tizimli asosda o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizim orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish) masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va kiritish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul shaxslarini Yagona elektron tizim doirasida to‘laqonli ishlashi uchun elektron raqamli imzo bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan Yagona elektron tizim orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish) jarayonini doimiy monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizim orqali ishlash tartibi va mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan, uni vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning idoraviy elektron hujjat aylanishi axborot tizimlariga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimning sifatli va uzluksiz ishlashini, shuningdek, unga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini faqat Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritishning belgilangan tartibi talablarini muntazam ravishda buzayotgan va unga rioya etmayotgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtiruvchi guruh (Davletov) Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini elektron ko‘rinishda kiritishda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Yagona elektron tizim orqali o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi tegishli choralarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish)ning yagona elektron tizimini to‘laqonli joriy etish va sifatli ishlashiga qaratilgan birinchi navbatdagi tadbirlar jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish)ning yagona elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish va kiritishning tashkiliy va bosqichma-bosqich sxemasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yagona elektron tizimdan foydalanish doirasida quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda o‘tkazib borilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruh qarori asosida Yagona elektron tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda Yagona elektron tizimning axborot xavfsizligini ta’minlash;
(7-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning ushbu tizimdan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarini hisobga olgan holda Yagona elektron tizimni takomillashtirish va modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning Yagona elektron tizimdan samarali amaliy foydalanishlarini ta’minlash, shuningdek undan norma ijodkorligi faoliyatida foydalanish masalasiga uslubiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini faqatgina Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritish jarayonini doimiy monitoringini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritish masalalarini, shuningdek, ushbu tizim orqali ishlash tartibi va mexanizmini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
(7-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda innovatsion ish uslublarini yanada keng joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa davlat organlari va tashkilotlar — Yagona elektron tizim foydalanuvchilarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda va muddatlarda o‘z norma ijodkorligi faoliyatini Yagona elektron tizim orqali elektron muhitga to‘laqonli o‘tkazish bo‘yicha tezkor tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini elektron ko‘rinishda ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritish jarayonida Yagona elektron tizimdan majburiy foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritish uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartib va muddatlarga qat’iy amal qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ o‘rtasida Yagona elektron tizimni ishlab chiqish, maslahat berish, uzluksiz faoliyat ko‘rsatish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan tegishli shartnomalar tuzilganligi hamda ular asosida moliyalashtiruvchi taraf Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2019-yil 1-oktabrdan e’tiboran Yagona elektron tizimning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi, shuningdek adliya organlari va muassasalarining boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar mas’ul organlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrga qadar — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrdan so‘ng — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy asosda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali kelishish (viza qo‘yish)da foydalaniladigan elektron raqamli imzolarni tezkor taqdim etish, shuningdek, uzluksiz va beto‘xtov faoliyat ko‘rsatishi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-oktabrga qadar muddatda Yagona elektron tizimni beg‘araz asosda Adliya vazirligiga berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul shaxslarini ushbu tashkilotlarning buyurtmanomasi bo‘yicha istisno tariqasida bepul asosda elektron raqamli imzolar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-mayga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarni puxta tahlil qilgan va mas’ul shaxslar kontingentini belgilagan holda, alohida tasdiqlangan rejalar asosida Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binolarida Yagona elektron tizim orqali ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish bo‘yicha tanishtiruv seminarlarini o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron tizimda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Hukumati hujjatlari loyihalarini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning taklif va e’tirozlari asosida birgalikda yakuniy puxta ishlanishini nazarda tutuvchi funksional imkoniyatini yaratish masalasini ko‘rib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri R.K. Davletov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Umumiy bo‘limi, Yuridik ta’minlash boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish)ning yagona elektron tizimini samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari

2.

Sh.M. Sadikov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

N.D. Toychiyev

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari o‘rinbosari

4.

kelishuvga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining vakili

5.

A.Ya. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

S.I. Saifnazarov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari

7.

X.A. Shakirov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

8.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i o‘rinbosari

9.

D.N. Kalandarov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i

10.

A.M. Karaxanov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi mudiri

11.

F.P. Usanov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limi mudiri

12.

A.A. Madaminov

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi boshlig‘i

13.

Sh.M. Yaminov

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori, Muvofiqlashtiruvchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish)ning yagona elektron tizimini to‘laqonli joriy etish va sifatli ishlashiga qaratilgan birinchi navbatdagi tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar:

Vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi apparatidan

I.Tashkiliy-tayyorgarlik va texnik tadbirlar

1.

1.1. Quyidagilarni o‘rganish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazish:

ularni Yagona elektron tizimga ulash;

mazkur tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

Yagona elektron tizimda ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarni biriktirish.

1.2. Xatlov yakunlari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilarni (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) elektron raqamli imzo bilan, shuningdek, Yagona elektron tizimga bosqichma-bosqich ulanishni ta’minlash jadvalini ishlab chiqish
va tasdiqlash.

2019-yil
20-aprelga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

2.

2.1. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.



2.2. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilarini O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumati foydalanuvchilari yagona identifikatsion tizimida tegishli login va parollarni olish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish.



2.3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini Yagona elektron tizimga ulash, shuningdek, Yagona elektron tizim orqali ishlash uchun mas’ul rahbarlar va ijrochilarini biriktirish.

Tasdiqlangan jadvalga asosan

Davlat soliq qo‘mitasi,

Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

3.

Yagona elektron tizim orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini elektron shaklda kelishish (viza qo‘yish) da foydalaniladigan elektron raqamli imzolarning uzluksiz va muammosiz ishlashini, shuningdek tezlashtirilgan holda berilishini ta’minlash.

doimiy
asosda

Davlat soliq qo‘mitasi,

Adliya vazirligi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

4.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa mahalliy davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mas’ul shaxslari uchun Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining binolarida quyidagilar bilan tanishish bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish:

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshirilayotgan norma ijodkorligi jarayonining xususiyatlari, uning ijobiy tomonlari va ustunliklari;

Yagona elektron tizimga ulanish va undan maqsadli foydalanish tartibi;

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshirilayotgan norma ijodkorligi jarayoni sohasida qonun hujjatlari talablari;

Yagona elektron tizimdan foydalanganda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar.

2019-yil
20-aprelga qadar


2019-yil
10-aprelga qadar — seminarlar jadvalini ishlab chiqish
va tasdiqlash


2019-yil
15-aprelga qadar — seminarlar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

5.

Yagona elektron tizimi orqali normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish qismida zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

2019-yil
1-oktabrga

qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Yuridik ta’minlash boshqarmasi,

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

6.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish) ning yagona elektron tizimini samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi guruhga Yagona elektron tizimni joriy etish va foydalanishga oid kelib tushayotgan savollarni ko‘rib chiqish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Yuridik ta’minlash boshqarmasi,

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

II. Pilot loyihani joriy etish

(2019-yil 1-maydan 1-oktabrgacha)

7.

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarining loyihalarini Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish, kelishish (viza qo‘yish) va kiritish tartibini o‘z vaqtida joriy etish uchun barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini Yagona elektron tizimiga ulash.

2019-yil
1-mayga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,
Yuridik ta’minlash boshqarmasi,
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

8.

8.1. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.


8.2. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi elektron Hukumati foydalanuvchilarining Yagona identifikatsiyalash tizimida tegishli login va parollarni olish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish.


8.3. Vazirlar Mahkamasi apparatini Yagona elektron tizimga ulash, shuningdek, Yagona elektron tizimning lozim darajada ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash.

2019-yil
1-mayga
qadar



2019-yil
1-mayga
qadar



2019-yil
1-mayga
qadar

DSQ,

Adliya vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati



Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish bo‘limi, Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Umumiy bo‘lim

9.

Quyidagilar bilan tanishtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati mas’ul xodimlari uchun seminarlar tashkil etish:

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshiriladigan norma ijodkorligi jarayonining xususiyatlari, uning ijobiy tomonlari va afzalliklari;

Yagona elektron tizimga ulanish va undan maqsadli foydalanish tartibi;

Yagona elektron tizim doirasida amalga oshiriladigan norma ijodkorligi jarayoni sohasidagi qonunchilik talablari;

Yagona elektron tizimdan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashga doir talablar.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq,

keyinchalik zarurat bo‘lganda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi,

Umumiy bo‘lim,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

10.

Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga qabul qilish mexanizmini joriy etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish.

2019-yil
1-mayga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish bo‘limi, Telekommunikatsiyalar,

IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Umumiy bo‘lim,

Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi

11.

Yagona elektron tizimda O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjati loyihasini manfaatdor vaziliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar va e’tirozlarni hisobga olgan holda birgalikda yakuniy qayta ishlashni nazarda tutuvchi funksional imkoniyatni yaratish masalasini ko‘rib chiqish.

2019-yil
1-iyulga
qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

12.

Yagona elektron tizimning ishlashi bilan bog‘liq vujudga kelayotgan texnik va boshqa muammoli masalalarni aniqlash va ularni tezkor hal etish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh,

vazirliklar va idoralar

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

13.

Yagona elektron tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha choralarni ko‘rish, shuningdek, mazkur tizimdan foydalanishda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga texnik ko‘mak ko‘rsatish.

doimiy
asosda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

14.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimni Adliya vazirligiga beg‘araz asosda o‘tkazib berilishini ta’minlash.

2019-yil
1-oktabrga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

15.

Yagona elektron tizimning yaratilishi, uzluksiz ishlashi, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur pul mablag‘larini ajratish bo‘yicha choralarni ko‘rish.

2019-yil
1-oktabrga
qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

III. Yagona elektron tizimni to‘laqonli ishga tushirish va uni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlar

(2019-yil 1-oktabrdan)

16.

Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish va kelishish uchun faqatgina Yagona elektron tizim orqali kiritish mexanizmini Vazirlar Mahkamasi apparatida majburiy qo‘llash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish.

2019-yil
25-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish bo‘limi,

Umumiy bo‘lim,
Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

17.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari, Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini elektron ko‘rinishda kiritishda Yagona elektron tizim orqali o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish.

2019-yil
1-oktabrga
qadar

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish bo‘limi,

Umumiy bo‘lim,
Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

18.

Yagona elektron tizimi faoliyatini texnik va axborot ko‘llab-quvvatlashni, shuningdek axborot xavfsizligini hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida foydalanilishini ta’minlash.

doimiy asosda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

19.

Manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarini faqatgina Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqish va kelishish jarayonini doimiy monitoring qilib borish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati

20.

Yagona elektron tizim orqali ishlash tartibi va mexanizmini, shu jumladan uni davlat organlari va tashkilotlarning elektron hujjat aylanish idoraviy axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish bo‘limi, Umumiy bo‘lim, Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Yuridik ta’minlash boshqarmasi,
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

21.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini faqatgina Yagona elektron tizimdan foydalangan holda ishlab chiqish va kelishishning belgilangan tartibiga muntazam ravishda rioya etmayotgan yoki buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qo‘llash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

doimiy
asosda

Muvofiqlashtiruvchi guruh

Yuridik ta’minlash boshqarmasi,

Telekommunikatsiyalar,
IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish (imzolash) va kiritishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. 2019-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha bo‘lgan davrda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining elektron shaklini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun Yagona elektron tizimga joylashtirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qog‘oz shaklida yoki Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish uchun yuborish.

Belgilangan muddatlarda


2-bosqich

Vazirliklar, idoralar
va boshqa tashkilotlar

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qog‘oz shaklida yoki elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qog‘oz shaklida yoki elektron shaklda idoraviy elektron hujjat aylanishi orqali ish yurituviga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ko‘rib chiqish. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taklif, e’tirozlar yoki ijobiy xulosa tayyorlash.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qog‘oz shaklida yoki Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish (imzolash).

5. Kelishilgan (imzolangan) normativ-huquqiy hujjat loyihasini qog‘oz shaklida yoki Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda ishlab chiquvchiga yuborish yoki qayta ishlash uchun unga qaytarish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Yagona elektron tizim orqali kelishilgan normativ-huquqiy hujjatni belgilangan tartibda qog‘oz yoki elektron shaklda qabul qilish.

2. Idoraviy elektron hujjat aylanmasida ish yurituvida kelishilgan normativ-huquqiy hujjatni belgilangan tartibda qog‘oz yoki elektron shaklda qabul qilish.

3. Kelib tushgan taklif va e’tirozlar asosida (agar zarurat bo‘lganda) normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qayta ishlash.

4. Yagona elektron tizim orqali takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasining oxirgi variantini belgilangan tartibda qog‘oz yoki elektron shaklda kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda Adliya vazirligiga yuborish.

Belgilangan muddatlarda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Yagona elektron tizim orqali normativ-huquqiy hujjatni qog‘oz yoki elektron shaklda belgilangan tartibda qabul qilish.

2. Idoraviy elektron hujjat aylanmasida qog‘oz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va huquqiy xulosa tayyorlash.

4. Yagona elektron tizimda orqali qog‘oz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasiga belgilangan tartibda elektron raqamli imzo qo‘yish yo‘li bilan huquqiy xulosa berish.

Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Yagona elektron tizim orqali qog‘oz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini hamda huquqiy xulosani belgilangan tartibda qabul qilish.

2. Idoraviy elektron hujjat aylanmasida ish yurituviga qog‘oz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini hamda huquqiy xulosani belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Adliya vazirligining takliflari asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini (agar zarurat bo‘lsa) puxta ishlash va oxirgi variantini tayyorlash.

4. Yagona elektron tizim orqali qog‘oz yoki elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Belgilangan muddatlarda


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

 

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda yoki belgilangan tartibda qog‘oz shaklda ish yuritishga qabul qilish.

2. Qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan, moliyaviy, iqtisodiy
va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ko‘rib chiqish.

3. Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelgusida puxta ishlash uchun Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda yoki belgilangan tartibda qog‘oz shaklda ishlab chiquvchiga qaytarish.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga axborot berish hamda himoya qilish uchun belgilangan tartibda qog‘oz shaklda tayyorlash.

5. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyati tomonidan ma’qullangan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qog‘oz shaklda va uning nusxasini elektron shaklda kelishish yoki qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda


7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xulosasini belgilangan tartibda qog‘oz shaklda ish yuritishga qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xulosasi takliflarini hisobga olgan holda puxta ishlash (zarur hollarda).

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini axborot berish uchun qog‘oz shaklda Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga kiritish.

4. Hukumat hujjati loyihasini imzolash uchun, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarini esa Bosh vazir bilan kelishish va belgilangan tartibda qabul qilishga yuborish uchun qog‘oz shaklda tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. 2019-yilning 1-iyulidan 1-oktabrigacha bo‘lgan davrda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining elektron versiyasini umumxalq muhokamasi uchun Yagona elektron tizimda joylashtirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish uchun yuborish.

O‘rnatilgan muddatlarda


2-bosqich

Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada elektron shaklda idoraviy elektron hujjat aylanishi orqali ish yurituviga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ko‘rib chiqish. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taklif, e’tirozlar yoki ijobiy xulosa tayyorlash.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda kelishish (imzolash).

5. Kelishilgan (imzolangan) normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda ishlab chiquvchiga yuborish yoki qayta ishlash uchun unga qaytarish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda


3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ustuvor darajada belgilangan tartibda Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda qabul qilish.

2. Kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini idoraviy elektron hujjat aylanmasi orqali ustuvor darajada elektron shaklda belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Kelib tushgan e’tiroz va takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini (agar zarurat bo‘lsa) qayta ishlash.

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining oxirgi variantini zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga ustuvor darajada Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda yuborish.

O‘rnatilgan muddatlarda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda, asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda, asosan elektron shaklda elektron hujjat aylanish idoraviy tizimi orqali amalga oshirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish, huquqiy xulosa tayyorlash.

4. Huquqiy xulosa asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda belgilangan tartibda taqdim etish

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjat loyihasini asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda belgilangan tartibda taqdim etish.

2. Huquqiy xulosa va normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda asosan elektron shaklda elektron hujjat aylanish idoraviy tizimi orqali ish yurituvga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Adliya vazirligining huquqiy xulosasini inobatga olgan holda yakuniy qayta ishlab chiqish (zarur hollarda).

4. Hukumatga* asosan elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali belgilangan tartibda taqdim etish.

O‘rnatilgan muddatlarda


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjat loyihasini asosan, elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali belgilangan tartibda ish yurituvga qabul qilish.

2. Normativ-huquqiy hujjatni ko‘rib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish.

3. Zarur holda, normativ-hujjatni ishlab chiquvchiga yanada takomillashtirish uchun belgilangan tartibda elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali qaytarish.

4. Vazirlar Mahkamasining apparati rahbariga hisobot va himoya qilish uchun belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini qog‘oz shaklida tayyorlash.

5. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tomonidan ma’qullangan normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish yoki qabul qilish uchun qog‘oz shaklida va uning nusxasini elektron tashuvchida belgilangan tartibda yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda


7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi xulosasi va normativ-huquqiy hujjat loyihasini qog‘oz shaklda ish yuritishga belgilangan tartibda qabul qilish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining takliflarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli tartibda qog‘oz shaklda (zarur hollarda) qayta ko‘rib chiqish.

3. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini hisobot uchun qog‘oz shaklda kiritish.

4. Hukumat qarori loyihasini qog‘oz shaklda imzolash uchun tayyorlash, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini esa, Bosh vazir bilan kelishish va qabul qilishga yuborish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 2019-yilning 1-oktabridan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining elektron shaklini keyinchalik umumiy muhokama qilish uchun Yagona elektron tizimga joylashtirish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini elektron shaklda Yagona elektron tizim yordamida elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun yuborish.

O‘rnatilgan muddatlarda


2-bosqich

Vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar

1.Yagona elektron tizim orqali normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda olish.

2. Idoraviy elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali kelishilgan normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ko‘rib chiqish. Ko‘rib chiqish natijasida takliflar, e’tirozlar yoki ijobiy xulosa tayyorlash.

4. Belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini elektron raqamli imzodan foydalangan holda Yagona elektron tizim orqali kelishish.

5. Yagona elektron tizimi orqali belgilangan tartibda loyiha ishlab chiquvchisiga kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini yuborish yoki uni qayta ishlash uchun qaytarish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda


3-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Yagona elektron tizim orqali kelishilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda olish.

2. Idoraviy elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali kelishilgan normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilish.

3. Belgilangan tartibda kelib tushgan taklif va e’tirozlarni inobatga olgan holda (zarurat bo‘lganda) normativ-huquqiy hujjat loyihasini qayta ishlash.

4. Zarur bo‘lgan materiallarni ilova qilgan holda normativ-huquqiy hujjatning yakuniy loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Yagona elektron tizim orqali Adliya vazirligiga yuborish.

O‘rnatilgan muddatlarda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Yagona elektron tizimdan belgilangan tartibda olish

2. Belgilangan tartibda huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjatlarni idoralararo elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul qilish

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, huquqiy xulosa tayyorlash.

4. Yagona elektron tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda huquqiy xulosasini belgilangan tartibda olish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va huquqiy xulosasini Yagona elektron tizimdan belgilangan tartibda olish.

2. Huquqiy xulosa va normativ-huquqiy hujjatlarni idoralararo elektron hujjat aylanish tizimi orqali belgilangan tartibda qabul qilish

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Adliya vazirligi xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy ko‘rib chiqish

4. Elektron shaklda Yagona elektron tizim orqali Hukumatga kiritish

O‘rnatilgan muddatlarda


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ish yuritishga yagona elektron tizim orqali elektron shaklda belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ko‘rib chiqadi, moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kelishadi.

3. Zarurat bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjatning loyihasini ishlab chiquvchiga belgilangan tartibda uni Yagona elektron tizim orqali yanada takomillashtirish uchun qaytarib beradi.

4. Vazirlar Mahkamasi rahbariyatida himoya qilish va axborot berish uchun belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlaydi.

5. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tomonidan ma’qullangan normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda qabul qilish yoki kelishish uchun yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda


7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xulosasi va elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Yagona elektron tizim orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qilish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi takliflarini inobatga olgan holda elektron shakldagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqish (agar zarur bo‘lsa).

3. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatida himoya qilish va axborot berish uchun normativ-huquqiy hujjatning loyihasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.

4. Hukumat hujjati loyihasini imzolash uchun, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini Bosh vazir bilan kelishish uchun tayyorlash, belgilangan tartibda elektron shaklda qabul qilish uchun yuborish.

Vazirlar Mahkamasining Reglamentida o‘rnatilgan muddatlarda

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentining 71 — 74-bandlarida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalari alohida vazirlik va idoralar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishi mumkin.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi misolida — ishlab chiqaruvchi Axborot texnologiyalari vazirligi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2019-y., 09/19/284/2911-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)