04.10.2019 yildagi PQ-4473-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini jamoat va davlat ishlarini boshqarishga faol jalb etish fuqarolarning huquqiy madaniyati va yuridik savodxonligini oshirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, tegishli sohalarda davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali qarorlar qabul qilishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning jadal sur’atlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirok etishlaridagi rolini oshirish, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va normalarini inobatga olgan holda ushbu yo‘nalishdagi ularning faoliyatini avj oldirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik fikrini tahlil etish, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining yanada ochiqligini ta’minlash asosida boshqaruv qarorlari qabul qilinishini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, unga muvofiq ishlab chiquvchi-tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin, bunda shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllarini joriy etish;

jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qo‘llash;

davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati, tegishli sohalardagi ishlarning holatini yaxshilashda ularning roli va samarali ishtiroki masalalari.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.S. Qosimov) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish va moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi qarori loyihasini kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

institut tomonidan har yili O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’ruzani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining ko‘rib chiqishi uchun kiritish va shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish;

institut tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishini, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qo‘shgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytirilsin.

2020-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilansin.

5. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman va shaharlar budjetlarining xarajatlariga qo‘shilsin.

Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Belgilansinki, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, ushbu organ va tashkilotlarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va taqdim etsin;

Internet tarmog‘ida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan o‘tkazsin.

Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni keng ko‘lamda tushuntirish va targ‘ib qilishga, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun olimlar, sotsiologlar, tadqiqotchilar, ekspertlar, jamoat arboblari, xotin-qizlar, yoshlar va fuqarolar ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi “munozara maydonchasi”ni tashkil etishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar turkumini tayyorlash va namoyish etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilab qo‘yilsinki, “Jamoatchilik fikri” tahririyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan teleradiokompaniyaga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda markaziy davlat telekanallarida mamlakatning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosida maxsus teleko‘rsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) tashkil etilishini ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va shakllangan milliy huquqni qo‘llash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish uning asosiy vazifasi etib belgilansin.

Ishchi guruh 2020-yil 1-fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini muntazam ravishda tashkil etsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi (A.X. Saidov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan quyidagi loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi to‘g‘risidagi nizom;

Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining xalqaro standartlarini respublikada joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini yoritish yuzasidan maqolalar va mavzuga oid ko‘rsatuvlar tashkil etish tavsiya qilinsin.

12. Mazkur qarorni amalga oshirish bo‘yicha batafsil amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari barcha chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2085-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati sohasida qonunchilikning havolaki normalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini;

qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4473-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

A.X. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

J.J. Shirinov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi o‘rinbosari

4.

A.T. Yunusova

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

5.

A.A. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shu’ba mudiri

6.

J.E. Uzakov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi

7.

A.J. Tashkulov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari

8.

A.Y. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari

9.

D.B. Turayev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari

10.

R.T. Kamilov

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori

11.

A.M. Karimov

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi

12.

A.Sh. Burxanov

“Yuksalish” umummilliy harakatining raisi

13.

P.A. Ubaydullayeva

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori

14.

O.N. Xusanov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori

15.

Z.A. Maxmudov

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i

16.

R.M. Eshboyev

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i, ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4473-son qarorini amalga oshirish bo‘yicha batafsil amaliy chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qaror bandlari

Ijro qilish muddatlari
va amalga oshirish mexanizmlari

Ijro etish va nazorat qilish uchun mas’ullar

vazirlik, idora va boshqa tashkilotlardan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, unga muvofiq ishlab chiquvchi-tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarin� jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir.

2019-yil
5-dekabrgacha

Vazirlar Mahkamasining
2016-yil
17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

345-son qarori, Davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish
va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi uslubiy ko‘rsatmalari (ro‘yxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel), shu jumladan fuqarolar takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha namunani (jadval) ko‘rsatgan holda, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash

Adliya vazirligi

(R. Davletov),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)

Vazirlar Mahkamasi (D. Kalandarov)

2.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin, bunda shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllarini joriy etish;

jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qo‘llash;

davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati, tegishli sohalardagi ishlarning holatini yaxshilashda ularning roli va samarali ishtiroki masalalari.

2020-yil
5-yanvargacha

O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
Qonuni loyihasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov —
kelishuvga asosan)
,
Adliya vazirligi

(R. Davletov),
FJShMQMI
(R. Kamilov),
“Mahalla” jamg‘armasi

(Sh. Javlonov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Sh. Qudbiyev,

R. Qosimov)

3.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.S. Qosimov) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish va moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi qarori loyihasini kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

institut tomonidan har yili O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’ruzani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining ko‘rib chiqishi uchun kiritish va shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish;

institut tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishini, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qo‘shgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
20-oktabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori loyihasi

FJShMQMI
(R. Kamilov),
Adliya vazirligi

(R. Davletov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

4.

4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytirilsin.

2020-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilansin.

2019-yil
5-dekabrgacha

Qonun hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi (D. Kalandarov)

5.

5. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman va shaharlar budjetlarining xarajatlariga qo‘shilsin.

Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

2019-yil
5-noyabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

6.

6. Belgilansinki, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, ushbu organ va tashkilotlarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va taqdim etsin;

Internet tarmog‘ida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan o‘tkazsin.

Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqd�m etilsin.

2019-yil
5-dekabrgacha

Vazirlar Mahkamasining
2013-yil
31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
355-son qaroriga,
shu jumladan mazkur bandning talablaridan
kelib chiqib o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash

Internet tarmog‘ida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan o‘tkazish va natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Respublika davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ularga qo‘yilgan yangi talablarni hisobga olgan holda yangi
veb-saytlarini yaratish
va amaldagilarini modernizatsiya qilish reja-grafikini kiritish

Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (F. Maxmudov)

7.

7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni keng ko‘lamda tushuntirish va targ‘ib qilishga, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun olimlar, sotsiologlar, tadqiqotchilar, ekspertlar, jamoat arboblari, xotin-qizlar, yoshlar va fuqarolar ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi “munozara maydonchasi”ni tashkil etishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar turkumini tayyorlash va namoyish etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilab qo‘yilsinki, “Jamoatchilik fikri” tahririyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan teleradiokompaniyaga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda markaziy davlat telekanallarida mamlakatning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosida maxsus teleko‘rsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) tashkil etilishini ta’minlasin.

O‘zbekiston” telekanalida “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish

2019-yil
20-oktabrgacha

Markaziy davlat telekanallarida (O‘zbekiston
24, O‘zbekiston va boshq.)
doimiy ravishda maxsus teleko‘rsatuvlarni tayyorlash

MTRK (A. Xadjayev), manfaatdor vazirlik
va idoralar

Vazirlar Mahkamasi (S. Ashurov)

8.

8. O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va shakllangan milliy huquqni qo‘llash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish uning asosiy vazifasi etib belgilansin.

Ishchi guruh 2020-yil 1-fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil
15-oktabrgacha

Ishchi guruh yig‘ilishini o‘tkazish, mazkur qarordan kelib
chiqib vazifalarni taqsimlash

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi
(A. Saidov)

Vazirlar Mahkamasi (D. Kalandarov,

S. Ashurov)

9.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini muntazam ravishda tashkil etsin.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi

(A. Karimov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi
(R. Qosimov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

10.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi (A.X. Saidov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan quyidagi loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi to‘g‘risidagi nizom;

Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining xalqaro standartlarini respublikada joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

2019-yil
5-dekabrgacha

Nizom va Reja loyihalarini tayyorlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhni tuzish

Kelishilgan
Nizom va Reja loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi
(A. Saidov),
Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),
FJShMQMI (R. Kamilov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

11.

11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini yoritish yuzasidan maqolalar va mavzuga oid ko‘rsatuvlar tashkil etish tavsiya qilinsin.

Mazkur qarorning maqsad
va vazifalarini ayniqsa mamlakat hududlarida
yoritish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirish

O‘zA (A. Ko‘chimov),
MTRK (A. Xadjayev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (F. Maxmudov)

12.

12. Mazkur qarorni amalga oshirish bo‘yicha batafsil amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari barcha chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar.

Mazkur Rejada belgilangan
chora-tadbirlarni
o‘z vaqtida amalga oshirish

Vazirlik
va idoralar rahbarlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

13.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2085-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.

O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi yangilanishini ta’minlash

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kalandarov)

14.

14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati sohasida qonunchilikning havolaki normalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini;

qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil
5-dekabrgacha

Qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish va Fuqarolik jamiyati institutlari sohasida qonunchilikning havolaki normalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Qonun hujjatlariga mazkur qarordan
kelib chiqadigan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kalandarov)

15.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Mazkur qarorning amalga oshirilishi jarayonini har oyda ko‘rib chiqish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov),
Vazirlar Mahkamasi
(A. Aripov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2085-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari, shuningdek ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nodavlat notijorat tashkilotining turi

Davlat boji stavkalari

Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari

1.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari

bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari miqdorida

2.

Respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari

3.

Viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari

4.

Faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdorlari

1.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari

2.

Respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari

3.

Viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari

”.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 07/19/4473/3864-son)