ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Masʼul organ |
|
I. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish | ||||
|
1. |
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi axborot tizimlari bilan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning doimiy yangilanib borishini taʼminlash maqsadida integratsiya qilish. |
tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-fevral |
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev) |
|
2. |
Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimiga barcha banklar va ularning filiallarini integratsiya qilish choralarini koʻrish. |
tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr |
Markaziy bank (Nurmuratov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
3. |
Tadbirkorlik subyektida muhr mavjudligi haqidagi talab bekor boʻlganligidan kelib chiqib, idoraviy hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish. |
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019-yil 1-dekabr |
Markaziy bank (Nurmuratov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Energetika vazirligi (Sultanov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Transport vazirligi (Maxkamov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
II. Qurilish uchun ruxsatnomalar olish | ||||
|
4. |
Quyidagi tartiblarni belgilash: qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan xabarnoma yuborish tartibini bekor qilish, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari bundan mustasno; obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyiha hujjatlari yuzasidan ijobiy ekspertiza xulosasi va qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotni davlat xizmatlari markazlari tomonidan bir vaqtda tadbirkorlik subyektlari va hududiy qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyalariga obyektni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborish; obyektlar boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi mavjud boʻlmaganda qurilish-montaj ishlarini boshlashni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Qurilish vazirligi (Zakirov), Adliya vazirligi (Davletov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5577-son Farmoni talablari asosida qurilayotgan obyektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruvni amalga oshiruvchi mutaxassislarga sertifikat berish tartibini ishlab chiqish. |
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yil 1-yanvar |
Qurilish vazirligi (Zakirov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
6. |
Qurilish va loyihalashtirish sohasidagi mutaxassisliklar (arxitektor, muhandis, konstruktor, texnolog, loyihachi, nazoratchi va hokazo) boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini oʻrganib chiqish hamda uni jahon standartlari asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 15-dekabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Qurilish vazirligi (Zakirov) |
|
III. Elektr taʼminoti tizimiga ulanish | ||||
|
7. |
Quvvati 140 kilovattgacha boʻlgan elektr uskunalarini elektr tarmoqlariga ulash jarayonida sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlik subyektining xohishiga koʻra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan soʻrovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari hisobidan amalga oshirish tartibini joriy etish. Mazkur mablagʻlar tadbirkorlik subyektlari foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qoʻshiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinishini belgilash. |
normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
8. |
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan kuchlanishi 110 kV gacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning muddatlarini va eng baland qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi yagona kalkulyatsiyani tasdiqlash. |
normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-fevral |
Energetika vazirligi (Sultanov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
9. |
Elektr taʼminoti tizimiga ulanish jarayonida hujjatlarni koʻrib chiqish, kelishish va qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish. |
normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Energetika vazirligi (Sultanov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
10. |
Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirishning umumiy va soddalashtirilgan (“foydalanishga tayyor holda” ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xususiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali) imkoniyatlarini yaratgan holda elektr tarmoqlariga ulanish muddatlari va sarf-xarajatlarini optimallashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Adliya vazirligi (Davletov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) |
|
IV. Mulkni roʻyxatdan oʻtkazish | ||||
|
11. |
Internet tarmogʻida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi mulkka oid maʼlumotlarni quyidagi maʼlumotlardan birini kiritish orqali qidirish imkoniyatini taqdim etish: koʻchmas mulkning kadastr raqami; mulkdorga tegishli boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jismoniy shaxsning pasport maʼlumotlari. Bunda Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlarini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha toʻliq holda hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishini taʼminlash. |
tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 15-dekabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov) |
|
12. |
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulk, uning mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga real vaqt rejimida elektron tarzda yuborish tartibini joriy etish. |
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi |
2019-yil 15-dekabr |
Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
|
Bunda davlat soliq xizmati organlari ham koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarga zarur maʼlumotlarni (STIR, JSH SHIR va h.k.) real vaqt rejimida elektron tarzda yuborilishini belgilash. |
tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 15-dekabr | ||
|
13. |
Toshkent shahri boʻyicha Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarni kartografik materiallar bilan integratsiya qilish hamda ularni interaktiv koʻrinishda Internet tarmogʻiga joylashtirish ishlarini yakunlash. |
tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-mart |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
|
14. |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tarkibida koʻchmas mulkni roʻyxatga olish, tegishli davlat kadastrlarini yuritishga masʼul boʻlgan mustaqil tashkilotni tuzish masalasini koʻrib chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev) |
|
15. |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolar boʻyicha mustaqil komissiyalarga murojaat qilish imkoniyatini yaratish. |
tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev) |
|
16. |
Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini taraflardan birining talabi boʻyicha notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklarni tekshirish talabini bekor qilish. |
normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) |
|
V. Kreditlarni olish | ||||
|
17. |
Kommunal tashkilotlar, davlat soliq xizmati organlari, chakana savdo tashkilotlari bilan oʻzaro axborot almashish tizimi hamda kredit axboroti manbalarini kengaytirish orqali “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi” MCHJ faoliyatini takomillashtirish. |
normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Markaziy bank (Nurmuratov), Energetika vazirligi (Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) |
|
18. |
Kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning billing tizimlariga jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari hamda ularga tegishli obyektlarning kadastr raqamlarini integratsiya qilish ishlarini yakunlash. |
tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-yanvar |
Davlat personallashtirish markazi (Turaxodjayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Energetika vazirligi (Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
VI. Minoritar aksiyadorlarni himoya qilish | ||||
|
19. |
Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni kiritish: manfaatdor shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlar boʻyicha ularni amalga oshirishdan avval tashqi auditor xulosasini olish; jamiyat yillik hisobotida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot bilan birgalikda affillangan shaxs bilan bitim tuzilayotganda yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish; ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, jamiyatning boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish; jamiyat affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar haqidagi maʼlumotni Korporativ axborotning yagona portalida va oʻzining rasmiy veb-saytida 72 soat mobaynida oshkor qilish. |
normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil 15-dekabr |
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
VII. Soliq solish tizimi | ||||
|
20. |
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan qismini qaytarishning quyidagi tartibini belgilash: qaytarish toʻgʻrisidagi elektron shaklda beriladigan arizadan tashqari boshqa hujjatlarini talab etilishini taqiqlash; soliq toʻlovchi ariza bergan kundan boshlab 60 kundan ortmagan muddatda qaytarish. |
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) |
|
VIII. Xalqaro savdo | ||||
|
21. |
Respublikaning eksport tarkibidan kelib chiqqan holda “Biznes yuritish” hisobotning “Xalqaro savdo” indikatori boʻyicha qoʻllaniladigan metodologiyada asosiy eksport mahsulotini qayta koʻrib chiqish boʻyicha Jahon banki ekspertlari bilan muzokaralar oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-fevral |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) |
|
22. |
Meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subyektlaridan toʻlov undirish talabini bekor qilish. Mazkur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq vakolatli organlarning xarajatlarini Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqarov), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev) |
|
23. |
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy etish, bunda vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integratsiya qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-fevral |
Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqarov), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
24. |
Vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi platformasida tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, ekologik nazorat oʻtkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etishni yakunlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-fevral |
“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqarov), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
25. |
Muvofiqlikni baholash lozim boʻlgan tovarlar nomenklaturasini qayta koʻrib chiqish va yagona roʻyxatni tasdiqlash orqali ushbu nomenklaturani tizimlashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqarov) |
|
26. |
Vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, ekologik nazorat oʻtkazish va muvofiqlikni baholash uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorini vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilash va ularni bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlagan holda optimallashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yil 1-fevral |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqarov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
27. |
Vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat oʻtkazish uchun shartnomalarni oferta shakliga oʻtkazish va xizmatlar uchun toʻlovlarni elektron tarzda amalga oshirish imkonini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi |
2020-yil 1-fevral |
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqarov) |
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarning oʻtishi uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish jarayonlari va toʻlovlarni amalga oshirishni elektron shaklga oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yil 1-aprel |
Transport vazirligi (Maxkamov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
|
29. |
Yuk tashuvchilar tomonidan yuk hujjatlari maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan dastlabki elektron axborotni bojxona idoralariga taqdim etish tartibini joriy etish orqali bojxona rasmiylashtiruv jarayonlarini tezlashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yil 1-fevral |
Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Transport vazirligi (Maxkamov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Energetika vazirligi (Sultanov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Hosilov), “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ |
|
IX. Shartnomalar ijrosini taʼminlash | ||||
|
30. |
Nizoni sudgacha hal qilish usullaridan biri sifatida yuboriladigan talabnomani koʻrib chiqish muddatini 15 kun qilib belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
31. |
Sud ish yurituviga axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish choralarini koʻrish, shu jumladan yuridik shaxslar tomonidan daʼvo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda sudga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyatini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-fevral |
Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Oliy sud (Kamilov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
|
32. |
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunga sud raislari vakolatidan ishlarni taqsimlash bilan bogʻliq normalarni chiqarib, ishlarni sudyalarga faqat avtomatik ravishda taqsimlanishini belgilovchi oʻzgartirishlarni kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
33. |
Iqtisodiy protsessual kodeksda ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimni chiqarish muddatini belgilash boʻyicha oʻzgartirish kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
34. |
Sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantirish hamda rasmiy veb-saytda shaxssizlantirmagan holda chop etilishini taʼminlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-iyul |
Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
|
35. |
Taraflar uchun sud ish yurituvida boʻlgan har bir ishni masofadan turib monitoring qilish imkonini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-iyul |
Oliy sud (Kamilov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
|
X. Toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish | ||||
|
36. |
Yangi tahrirda ishlab chiqilgan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunni ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-may |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Oliy sud (Kamilov), Advokatlar palatasi (Ernazarov) |
|
37. |
Bankrotlik jarayonida soliq hisoblashni sogʻlomlashgandan keyin toʻlash sharti bilan toʻxtatib turish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-may |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov) |
|
XI. Tashkiliy tadbirlar | ||||
|
38. |
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingining alohida yoʻnalishlari boʻyicha “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti keng qoʻllanilishini taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
Har oyda |
Adliya vazirligi (Davletov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Biznes ombudsman (Kasimov), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sharaxmetov) |
|
39. |
Savdo-sanoat palatasining businessinfo.uz saytida “Biznes yuritish” yillik hisobotining har bir indikatori boʻyicha alohida maʼlumotlar bazasini shakllantirish, jumladan: ruxsatnomalarni rasmiylashtirishdagi tartib-taomillar, ularning muddati va narxlari, masʼul idoralar, vakolatlari, tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar; vakolatli idoralar va hududlar boʻyicha shaffof statistik va boshqa rasmiy maʼlumotlar; infografikalar, prezentatsion materiallar va boshqa tahliliy maʼlumotlar yuritilishini taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-yanvardan boshlab doimiy ravishda |
Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
40. |
“Biznes yuritish” yillik hisobotidan kelib chiqib, advokatlar xizmatining oʻrtacha qiymatini tahlil qilish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2020-yil 1-yanvar |
Advokatlar palatasi (Ernazarov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
41. |
Davlat xaridlari tizimini tahlil qilish va mazkur tizimni Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisoboti talablaridan kelib chiqib takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-yanvar |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Transport vazirligi (Maxkamov), Adliya vazirligi (Davletov) |