25.02.2019 yildagi PQ-4210-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mas’ul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini o‘z ichiga olgan tegishli ma’lumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini (keyingi o‘rinlarda — Milliy monitoring tizimi) yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini o‘lchash, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikadagi tadqiqot institutlariga ularga biriktirilgan alohida xalqaro reytinglar bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past ko‘rsatkichlariga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zini o‘zi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirishga to‘sqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborotlar ma’lumot bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni o‘rganish uchun ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, shuningdek, mamlakatda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar to‘g‘risida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste’mol qilishga undovchi usullarni qo‘llash taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarni yig‘ish uchun haqiqiy “mijoz” ko‘rinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar (“sirli mijozlar”)dan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sirli mijoz” tomonidan monitoring nafaqat bevosita obyektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari shaxsiy bo‘lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi va tavsiyaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti faoliyatini yuritish bilan bog‘liq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar Internet tarmog‘ida quyidagilarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalini yaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o‘rganish va e’lon qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglar indikatorlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasiga oid axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli reytinglar yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik fikri so‘rovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida to‘liq va aniq ma’lumotlar, shu jumladan statistik ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli reytinglar bo‘yicha turli ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro reyting metodologiyasi bo‘yicha onlayn o‘qitish resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etish imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangilash bo‘yicha mas’ul organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalida e’lon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alohida reytinglar uchun mas’ul bo‘lgan tadqiqot institutlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va qonunchilik talablarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan tegishli reytinglar metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-mayga qadar tegishli reytingda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishi tendensiyalari haqidagi ma’lumotlarni, baholanayotgan yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborotlar ma’lumot bazasini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyunga qadar vazirlik va idoralar xodimlarini baholash metodologiyasi bilan tanishtirish, ularda reytinglar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha seminar-treninglarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda xalqaro reytinglarni tuzuvchilar, shuningdek xalqaro reytinglarga aloqador boshqa xalqaro, ilmiy-tadqiqot, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda tadqiqot institutlariga hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda va grantlar, shu jumladan xorijiy grantlarni jalb etishda har tomonlama ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda “davlat xizmatlarining sirli mijozi” tomonidan monitoringni o‘tkazishning aniq maqsadlari, parametrlari, obyektlari va mezonlarini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotlarning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4210-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 07/19/4210/2666-son; 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son; 15.01.2021-y., 07/21/4951/0033-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 29.12.2022-y., 07/22/462/1135-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)