Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimining
qarori
Tuman xududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2017-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan 2017-yilda tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni uyushqoqlik bilan, sifatli tashkil etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Tumandagi avtobuslar, mikroavtobuslar, avtomobillar, mototsikllar va tirkama ulamalarni (keyingi oʻrinlarda matnda “transport vositalari” deb yuritiladi) davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish tuman IIB YHXG (I. Xurramov) va tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (B. Neʼmatov)lar zimmasiga yuklatilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
mulkchilik shakli va sigʻimidan qatʼiy nazar, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi:
birinchi marta 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi marta 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilishi tashkillashtirilsin.
tumandagi yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin;
tuman fuqarolariga tegishli boʻlgan barcha turdagi, shaxsiy transport vositalari 1-yanvardan 31-avgustga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari texnik koʻrik uchun muddatidan oldin belgilangan tartibga rioya qilingan xolda taqdim qilinishi mumkin.
5. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
barcha transport vositalarining texnik holatini teshirishda ularni tayyorlagan zavod koʻrsatmalariga asosan ishlatish qoida qoʻllanmalariga har bir harakatlanish qismini talabga javob berishi;
korxona va tashkilotlar rahbarlaridan yoʻl xarakati qoidalarida koʻrsatilganidek transport vositalaridan foydalanishni taʼqiqlovchi shartlarga asosan texnik soz xolda taʼminlanishini;
maxsus mashinalar, xarkatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jixozlanganligiga aloxida eʼtibor qaratish topshirilsin.
6. 2017-yil davomida texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan, sifatli oʻtkazish maqsadida, tuman komissiyasi tuzilsin. Komissiya aʼzolarining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Tuman IIB YHXG (I. Xurramov) ga har bir korxona tashkilot va muassasalarda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilishi boʻyicha 2-ilovaga* asosan tasdiqlangan reja jadvalni tashkilotlar rahbarlariga yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlash;
* 2-ilova berilmaydi.
texnik koʻrikni oʻtkazish sharti boʻyicha tegishli tartibda tuman hokimligi yigʻilishi muhokamasiga kiritish topshirilsin.
8. Tumandagi har bir tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda shaxsiy avtomashina egalariga:
Avtotransport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazish, ularning texnik jihatdan sozligini taʼminlash va oʻz vaqtida reja-jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish;
korxona tashkilot va muassasalar rahbarlariga aloxilda tartib oʻrnatish va xalq xoʻjaligi hisobida boʻlgan ishga yaroqsiz tiklanmaydigan va ishlatilmaydigan mashinalarni hisobdan chiqarish choralarini texnik koʻrikka qadar koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
10. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v.v.b Q. Karimov zimmasiga yuklatilsin
Tuman hokimi U. QOSIMOV
Muzrabot t.,
2017-yil 20-fevral,
327-son
Tuman hokimining 2017-yil 20-fevraldagi 327-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2017-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish boʻyicha tuman hokimligi qoshida tuzilgan komissiya
tarkibi
|
I. Xurramov |
— |
Tuman IIB YHXG rahbari, komissiya raisi |
|
Komissiya aʼzolari | ||
|
B. Neʼmatov |
— |
Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi |
|
A. Xamdamov |
— |
Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tuman kengashi rahbari |
|
A. Egamov |
— |
Tuman “Avtomotohavaskor” jamiyati mutaxassisi |
|
Z. Normurodov |
— |
Tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi |
|
M. Aliyev |
— |
Tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi |
|
A. Mengliboyev |
— |
Tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari |
|
Lavozimiga koʻra |
— |
“Agrosugʻurta” AJ boʻlimi boshqaruvchisi |
|
T. Safarov |
— |
“Mahalla” XJF tuman boʻlinmasi raisi v.b. |
|
F. Egamov |
— |
“Muzrabot avtomobillarda yuk va yoʻlovchi tashish” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari |