Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Foydalanilmayotgan obyektlarni aniqlash va xoʻjalik faoliyatiga jalb etishning yangi tartibi belgilanganligi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu Farmon 2019-yil 13-noyabrdan kuchga kiradi.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-noyabr,
PF-5868-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzi hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilovaning 23-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaning 43 va 47-bandlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilovaning 21-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2895-son “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3541-son “Mulkdorlar tomonidan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona, maqsadli va samarali foydalanishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4064-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5868/4009-son)