Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2019 18.04.2017 yildagi PQ-2895-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatimizning mustaqil rivojlanishi davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat obyekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o‘rta korxona xususiy mulk qilib sotildi. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko‘prog‘i, sanoat ishlab chiqarishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to‘g‘ri kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo shu bilan birga, tanqidiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, respublika mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va korxonalarni uzoq muddatli rivojlantirish bilan shug‘ullanmayotgani, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni tiklamayotganligi va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etmayotganligini ko‘rsatmoqda. Mazkur holatlar Toshkent shahrida avval xususiylashtirilgan “Rele va avtomatika”, “Algoritm” zavodlari, Samarqand shahridagi “Qizil dvigatel” va Liftsozlik zavodlari, G‘ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda fabrikasi, Termiz shahridagi “16-sonli g‘isht zavodi” va boshqa ko‘plab obyektlar misolida ko‘rinib turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabelli va zarar ko‘rayotgan kam quvvatli xo‘jalik subyektlari, shu jumladan, mingdan ortiq ishlamayotgan hamda deyarli bo‘sh yotgan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish xonalari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o‘rganish, ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, mavjud muammolarni tahlil etish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko‘mak berish bilan sust shug‘ullanmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzaga kelgan holat vakolatli organlarning xususiylashtirilgan korxonalarga yondashuvlari, ular bilan ishlash prinsiplari va usullarini tubdan o‘zgartirishni, faoliyat samaradorligini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishlab chiqarishni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatining asoslarini o‘rgatish, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalarini kengaytirishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishdagi muhim vazifa sifatida xususiy mulkning ustuvor rolini kuchaytirish va xususiylashtirilgan obyektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarning mavjud ulkan iqtisodiy va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga olgan holda, ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportni jadallashtirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hisobiga ular iqtisodiy o‘sishning lokomotivi bo‘lib qolishlari kerak. Xususiylashtirilgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yaqin yillarda respublika mintaqalari va butun mamlakatni rivojlantirishda kuchli omil bo‘lishini ta’minlashi darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bularning barchasi xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni respublika Hukumatining va tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining g‘oyat muhim vazifalaridan biri etib qo‘ymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirishni, xususiylashtirilgan korxonalar negizida amalga oshirilayotgan loyihalarni tizimli va manzilli qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, shuningdek, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vakolatli organlar faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha Komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalarning reyestrini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish, ular faoliyatining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-rejalar ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliya boshqaruvi masalalari va boshqa fanlar bo‘yicha xususiylashtirilgan korxonalar rahbarlari va ishlab chiqarish-texnik xodimlari uchun doimiy faoliyat yuritadigan o‘quv kurslarini tashkil etishga yo‘naltirilgan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va uning hududiy filiallarini barpo etish hamda ular faoliyatini samarali tashkillashtirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining kadrlar salohiyatini mustahkamlash, qo‘mita kadrlarini tizimli ravishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rahbarlari, markaziy apparati bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlarining boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, bo‘ysunuvchi tuzilmalarning boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshira oladigan yuqori malakali, tashabbuskor va vijdonan ishlaydigan rahbar kadrlar bilan ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari rahbarlarining o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish, xususiylashtirilgan korxonalarni qayta tiklash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan aniq chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari muntazam tinglab turilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2895-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2895-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha Komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri

B.A. Xodjayev

moliya vaziri

A.A. Abduhakimov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

M.M. Ikramov

adliya vaziri

Sh.X. Shermatov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

B.R. Parpiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

A.X. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

lavozimi bo‘yicha

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

U.J. Sunnatov

Bosh prokuror o‘rinbosari

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

B.M. Mirusmonov

Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

U.Z. Salimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Kasb-hunar ta’limi markazi direktori

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparatining bosh mutaxassisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 16-son, 270-modda;Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)