21.02.2012 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qaroriga asosan tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomiga asosan tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda viloyat hokimligining 2012-yil 10-fevraldagi 03-05/004-sonli yigʻilish bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hokimiligining 2012-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori talablarining bajarilishi toʻgʻrisida”gi 03-05/004-sonli yigʻilish bayonnomasi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) organlaridan roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, mikroavtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidai tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ulardagi tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tirkamlar koʻrikka transport vositasi shatakli transport vositalari uchun belgilangan muddatlarda taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari DYXXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31oktyabrgacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-yanvardan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrigi belgilangan muddatda oʻtkazish tuman Ichki Ishlar boʻlimining yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi boʻlinmasi (E. Toʻychiyev) va tuman mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi (A. Baratov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning 3-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar tuman hududida joylashgan barcha tashkilot, korxona va xoʻjalik rahbarlariga, foydalanishda boʻlgan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish davomida shu korxona va tashkilotda ishlovchi xodimlarning shaxsiy transport vositalarini ham birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun xodimlarning roziligi bilan tegishli toʻlovlarni yaʼni sugʻurta, texnik koʻrik, ekologiya taloni uchun toʻlovlarini oylik maoshlaridan ushlab qolib, tegishli hisob raqamlariga oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2012-yilgi davlat texnik koʻrigini uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish boʻyicha tumanning maxsus komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida Davlat texnik koʻrigini sifatli va belgilangan muddatlarda. oʻtkazish uchun yetarlicha muhandis va texnik xodimlar hamda mutaxassislar bilan birgalikda soliq inspeksiyasi, davlat sugʻurta idoralari vakillari va mudofaa ishlari boʻlimining xodimlari ishtirok etilishini taminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qarori talablariga asosan yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalari haydovchilarining bir yilda bir marta 30 soatlik dastur asosida mashgʻulot oʻtishlari qattiq nazorat ostiga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoxoʻjaliklar, korxona va tashkilotlar rahbarlaridan hamda shaxsiy avtotransport egalaridan ularga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik holatini yaxshilashda ularning qayta jihozlanganligi, yani qoʻshimcha yonilgʻi idishi, yoxud boshqa turdagi dvigatel oʻrnatilganligi, avtobus va mikroavtobuslarning oʻrindiqlarini qonun doirasida boʻlishligi hamda gaz yonilgʻisida qayta jihozlanganligiga eʼtibor qaratib, belgilangan muddatda oʻtkazilishini taʼminlashni nazorat ostiga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik yigʻilishlarida ichki ishlar, mudofaa boʻlimlarining, tashkilot, korxona va xoʻjaliklarning yillik texnik koʻrigi natijalari boʻyicha hisobotlarni hamda yoʻl harakati xavfsizligini taminlash, transport vositalarini texnik holatini yaxshilash chora-tadbirlarini yetarli darajada amalga oshirmagan rahbarlarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy va intizomiy choralar qoʻllash masalasini koʻrib chikish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti va uning joylardagi boʻlinmalaridan texnik koʻrik oʻtkazish davomida xodimlarni qatnashishini taminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaxsiy avto ulov vositalari egalaridan undirib olinadigan transport soligʻi hamda majburiy transport sugʻurta toʻlovlarini qonuniy ravishda oʻz vaqtida undirib olish ishlari tuman davlat soliq boʻlimi (R. Meliboyev) tuman Agrosugʻurta idorasi (Z. Kamolova)ga hamda mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinlari raislari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati (N. Jumayev), Oʻzbekiston mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti (A. Eshboyev), tuman ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (E. Tuychiyev) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qaroriga asosan yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositala haydovchilarini bir yilda bir marta yul harakati qoidalari va yul harakat xavfsizligi fanidan 30 soatlik dastur asosida mashgʻulot oʻtishlari uchun shart-sharoitlar yaratgan holda toʻliq jalb etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Texnik koʻrik oʻtkazish muddatlarida komissiya aʼzolarining oʻrtacha oylik maoshlari asosiy ish joylarida toʻliq saqlangan holda boshqa ishlardan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalari boʻyicha har oy yakunida yozma ravishda taqdimnomalar kiritilsin hamda komissiya yigʻilishlarida muhokama etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Umarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi H. MINGBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sariosiyo t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-son