29.10.2019 yildagi PQ-4500-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, sportning har xil turlarini, shu jumladan regbini yanada ommalashtirish, sport bilan shugʻullanish uchun qulay shart-sharoitlar va infratuzilma yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda regbi respublikamizda jadal rivojlanayotgan sport turlaridan biridir. Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi hamda faoliyat koʻrsatmoqda, regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi nufuzli xalqaro musobaqalarda (“Asian Olympic Pre-Qualifier”, “Asian 7ʼs”) faol ishtirok etib, sharafli oʻrinlarni egallab kelmoqda, ushbu jamoa Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida kuchli sakkizlikka kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, moddiy-texnik baza va infratuzilmaning yetarli emasligi, regbi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uygʻun tizimi yaratilmaganligi sohaning yanada rivojlanishiga hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regbini yanada rivojlantirish, uni respublika aholisining keng qatlamlari oʻrtasida faol targʻib qilish va ommalashtirish, yuqori sifatli oʻquv-mashq jarayonini taʼminlash, regbichilar, trenerlar va hakamlarning mahorat darajasi va malakasini doimiy oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, regbichi-sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston regbi federatsiyasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir olimpiya zaxiralari kollejlarida regbi boʻlimlarini ochish;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazishning toʻrt bosqichli tizimini joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — sport klublari, seksiyalari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda — tuman (shahar) sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi bosqichda — hududiy sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019 — 2022-yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida quyidagi ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya ishlari) faoliyatining samaradorligini oshirish va regbi boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini sifatli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regbini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari, seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb qilish, ulardan keng foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlar, hakamlar va regbi boʻyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun uning sifatli va samarali tayyorgarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro musobaqalarning gʻoliblari va sovrindorlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, trenerlar, hakamlar va regbi boʻyicha boshqa mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regbining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy regbi federatsiyalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlarning rahbar kadrlari orasidan nomzodlarni hududiy regbi federatsiyalari raisi lavozimiga tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda professional regbining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, kamida bitta professional regbi klubini tashkil etish, regbi mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun stadionlar, shuningdek, tegishli hududiy regbi federatsiyalarini joylashtirish uchun binolar ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston regbi federatsiyasi faoliyatini va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari quyidagilar ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining sport klublari stadionlarida muntazam ravishda regbi boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar va musobaqalar oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratib berilishini begʻaraz asosda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni bilan tasdiqlangan Olimpiya sport turlarini 2018 — 2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturining 21-bandiga muvofiq Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishlogʻida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tomonidan oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston regbi federatsiyasining sport bazasini qurish koʻzda tutilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport bazasini saqlash va zarur jihozlar bilan taʼminlash Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishlogʻida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishini 2020-yilga moʻljallangan jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, professional regbi klublari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlarga muvofiq olib kiriladigan, regbi boʻyicha sport obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport uskunalari, inventar va maxsus professional sport anjomlari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida regbi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlovchi yoʻnalishlar ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu bandni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrsin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda regbini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish, fuqarolarning ushbu sport turiga qiziqishini shakllantirish choralari koʻrilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablarining zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan sport jihozlari va inventar, regbi uchun sport kiyimlari va poyabzal bilan taʼminlanishi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regbi infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarining tashkil etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida regbi boʻlimlarini ochish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasining buyurtmanomasiga binoan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasining buyurtmanomasiga binoan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojini undirmasdan koʻp martalik vizalarni berish va ularni uzaytirish hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasining buyurtmanomalariga binoan xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish uchun ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, mazkur xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning oʻrnatilgan toʻlovlar undirilmasdan berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida regbining rivojlanishini, regbi jamoalari, trenerlar va regbi boʻyicha boshqa mutaxassislar faoliyatini muntazam ravishda va keng yoritib borish hamda regbi boʻyicha rasmiy musobaqalar oʻtkazilishini targʻib qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4500-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktabrdagi PQ-4500-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2022-yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Iqtidorli sportchi yoshlarni tanlash (seleksiyalash) va regbi boʻyicha oʻquv-mashgʻulot jarayonini sifatli tashkil qilish faoliyati samaradorligini oshirish

1.

Taʼlim va sport-taʼlim muassasalarida, shuningdek, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublikaning boshqa tashkilotlarida regbi boʻyicha boʻlimlar, seksiyalar, toʻgaraklarni xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

2.

Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi-7 va regbi-15 boʻyicha tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish.

2019-yil dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltaboyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

3.

Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi boʻyicha seleksionerlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

2019-yil dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltaboyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

4.

Sport maktablarining regbi boʻyicha boʻlimlarida oʻquv-mashgʻulot jarayonining samarali tashkillashtirilishini monitoring qilish tizimini joriy etish.

2019-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltaboyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

5.

Regbi boʻyicha seleksionerlarni moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil yanvar

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

6.

Regbi boʻyicha iqtidorli oʻsmir sportchilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida sport taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida tizimli asosda musobaqalarni tashkillashtirish.

Kalendar rejaga muvofiq

Mahalliy budjet,

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

7.

Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga ishga qabul qilinayotgan regbi boʻyicha trenerlar nomzodlarini Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bilan kelishish tartibini ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil yanvar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

8.

Regbi boʻyicha taniqli mahalliy hamda xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilgan holda, yosh sportchilar uchun festivallar, shuningdek, mahorat darslarini oʻtkazish.

Kalendar rejaga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

9.

Iqtidorli regbichilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida regbi musobaqalarini tashkillashtirish.

Kalendar rejaga muvofiq

Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Regbi boʻyicha saralash (seleksiya) ishlarini amalga oshirish maqsadida yoshlar, ayniqsa uning uyushmagan qismi oʻrtasida “Oltin oval” turnirini va boshqa musobaqalarni tizimli asosda oʻtkazish.

Kalendar rejaga muvofiq

Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (T. Poyonov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

II. Regbini ommalashtirish, yoshlarni sport klublariga, seksiyalarga va toʻgaraklarga faol jalb qilish, ularda keng shugʻullanish imkoniyatlarini yaratish

11.

Mamlakatda regbining rivojlanishi, aholi turli qatlamlari, eng avvalo yoshlar oʻrtasida ushbu sport turiga boʻlgan talab va takliflarning mutanosibligi monitoringini oʻtkazish.

2019-yil noyabr

-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

12.

Mamlakatda regbini ommalashtirish va targʻib qilish media rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

2019-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

13.

Regbini rivojlantirayotgan tashkilotlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, bosma nashrlar va internet-resurslarda maqolalar eʼlon qilish, shuningdek, telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish.

Doimiy

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

14.

Regbi boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish hujjatlarini, shuningdek, regbi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish.

2019-yil oktabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

15.

Sport maktablari, umumtaʼlim maktablari, respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari qoshida qoʻshimcha seksiya va toʻgaraklarni tashkil etish orqali bolalar va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, voyaga yetmaganlarni regbi bilan shugʻullanishga jalb qilish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil qilish.

Doimiy

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

16.

Mavjud sport salohiyati, sport zaxiralari, trenerlar tarkibi va moddiy-texnik bazadan kelib chiqqan holda respublikaning har bir hududida regbini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil oktabr

-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

17.

Yoshlar, talabalar, oʻquvchilar va aholining boshqa qatlamlarini regbi bilan shugʻullanishga jalb qilish, taʼlim muassasalari, sport jamiyatlari, tashkilotlar, mahallalarda regbi toʻgaraklari va seksiyalarini tashkil qilish, tuman, hududiy va respublika musobaqalarini oʻtkazish.

2019 — 2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

18.

“Yoshlik”, “Talaba”, “MHSK”, “Dinamo”, “Lokomotiv”, “Kasaba uyushmalari” va boshqa jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarining regbi boʻyicha klublarini tashkil etish.

2020-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Milliy gvardiya (B. Toshmatov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

III. Regbi boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida regbini rivojlantirayotgan trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishlarini tashkil qilish.

Doimiy

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

20.

Regbi boʻyicha terma jamoalar va sport maktablari boʻlimlari uchun zaxira tarkibini samarali tayyorlashni taʼminlash maqsadida ilmiy-uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

2020-yil yanvar

Ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltabayev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

21.

Regbi boʻyicha malakali trener kadrlarni tayyorlash maqsadida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan shaxslar uchun lokal trenerlik kurslarini oʻtkazish.

Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

22.

Regbini rivojlantirayotgan trenerlar, sportchilar va tashkilotlarning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

2019-yil noyabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

23.

Taniqli mahalliy va xorijiy trenerlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda, hududiy jamoalar trenerlari uchun respublika trenerlik kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish.

Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

24.

Regbi boʻyicha trener va hakamlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni (stajirovkasini) tashkil qilish.

Grafik-rejaga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

25.

Taniqli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, faoliyat yuritayotgan trener va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazish.

Grafik-rejaga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

26.

Oʻzbekiston Respublikasida regbi boʻyicha hakamlarni tanlash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil yanvar

-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

27.

Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, regbichilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari boʻyicha har yilgi ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarni oʻtkazish.

Grafik-rejaga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

28.

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi vakillarining yetakchi xorijiy markazlarda stajirovkalarini tashkil qilish.

Grafik-rejaga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

IV. Regbi boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarligini taʼminlash

29.

Istiqbolli oʻyinchilarni jalb qilgan holda regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangilangan tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.

2020-yil fevral

-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov)

30.

2024 va 2028-yillarda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida Oʻzbekiston regbi sportchilarini xalqaro malakaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun tayyorlash rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil fevral

-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov)

31.

Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari, Osiyo va Yevropa jamoalari bilan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining regbi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlarini tizimli asosda tashkil etish.

2019 — 2022-yillar davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov)

32.

Regbi boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining (oʻsmirlar, yoshlar, kattalar) har yili 3 — 6 ta oʻquv-mashq yigʻinlarida va 4 — 8 ta xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.

2019 — 2022-yillar davomida

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov)

33.

Regbi infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etish.

2019 — 2022-yillar davomida

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov)

34.

Regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2022-yilda Xanchjou shahri (Xitoy)da oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlarida ishtirokini taʼminlash.

2022-yil sentabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov)

V. Milliy va xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash, shuningdek, regbi boʻyicha trenerlar va mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish

35.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazishning toʻrt bosqichli tizimini joriy etish:

I bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

II bosqichda — sport klublari, seksiyalari oʻrtasidagi sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

III bosqichda — tuman (shahar) sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

IV bosqichda — hududiy sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).

Kalendar rejaga muvofiq doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

36.

Regbi boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun tanlab olingan milliy va xalqaro musobaqalarning gʻoliblari va sovrindorlarini — mamlakat hududlaridagi iqtidorli oʻsmir sportchilarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish.

2020-yil fevral

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

37.

Regbi boʻyicha yuqori natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoasi va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlariga energiya sarflanishining oʻrnini toʻldirish va jismoniy resurslarni tiklash mablagʻlari toʻlanishini taʼminlash.

Doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

38.

Eng yaxshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaxassislar, shu jumladan regbini rivojlantiruvchi tashkilot rahbari va homiy nomiga ega boʻlish uchun respublika tanlovi oʻtkazilishini tashkil etish.

Yil yakunlari boʻyicha

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

39.

Regbi boʻyicha trener va mutaxassislarning ijtimoiy-maishiy va moddiy shart-sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil fevral

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

VI. Regbining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish

40.

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda sport maktablarining regbi boʻlimlarini zamonaviy talablarga javob beradigan sport jihozlari va inventar, sport kiyimlari va poyabzali bilan taʼminlash.

Doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

41.

2020-yilga moʻljallangan jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturiga Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishlogʻida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishini kiritish.

2019-yil noyabr

Davlat budjeti va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

42.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi boʻyicha oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2020-yil fevral

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

43.

Quyidagi sport bazalarini Oʻzbekiston regbi federatsiyasiga biriktirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi stadioni;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi stadioni;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti stadioni;

“Toʻqimachi” stadioni.

2019 — 2022-yillar davomida

-

Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

44.

Olimpiya zaxiralari kollejlarida regbi boʻlimlarini ochish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish.

2020-yil sentabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

45.

Quyidagi sport boʻlimlarini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy regbi inventari va uskunalari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash:

Samarqand shahridagi olimpiya zaxiralari kollejini;

Fargʻonadagi sportning oʻyin turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabini;

hududlardagi regbi boʻyicha bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini.

2020-yil avgust

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 07/19/4500/3973-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)