05.03.2018 yildagi PF-5368-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilishni ta’minlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilagan holda, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo‘yicha nodavlat sektor bilan o‘zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qo‘llab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmasligiga olib kelgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy ta’minotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli o‘quv-mashq jarayonining yo‘lga qo‘yilishini ta’minlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan va ushbu sohada suiiste’molchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) Vazirlik tasarrufiga berish, uni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy manzilda joylashtirish, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida uning filiallarini tashkil qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun poytaxt mintaqasida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishda, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda alohida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini o‘qitish hamda tayyorlashning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha respublikaning bazaviy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot xamda ilmiy-uslubiy muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus, professional ta’lim, shuningdek oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktorlari), kafedra mudirlari, ta’lim muassasalari va sport tashkilotlari trenerlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida ta’lim muassasalarining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida — boshlang‘ich gimnastika va harakatli o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga qiziqishni shakllantirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim maktablarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sinfdan tashqari sport to‘garaklari va seksiyalari mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 4 soatdan);
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turi bo‘yicha trenerlarni jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sinfdan tashqari sport to‘garaklari hamda seksiyalari mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 6 soatdan);
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarida — iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktori) hamda oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va kafedra mudiri lavozimlariga xalqaro darajadagi sport musobaqalari g‘oliblari tayinlanishi mumkin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (kafedra mudirlari) oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan Vazirlik vakili ishtirokida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov natijalariga ko‘ra lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash o‘quvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlash (seleksiya)da, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor va kafedra mudirlari)ni moddiy rag‘batlantirish ular faoliyatining shaxsiy ko‘rsatkichlarini reyting tizimida baholashga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar rejalari tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan ta’minlashni moliyalashtirish tegishliligi bo‘yicha “Yoshlik”, “Barkamol avlod” va “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (uyushma)lari va boshqa sport tashkilotlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilinishini ta’minlaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu obyektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi tasarrufiga beg‘araz o‘tkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shug‘ullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Olimpiya sport turlarini 2018 — 2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqsin va kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda bolalar va o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarning ishlash tartibini tashkil etish tizimini tanqidiy jihatdan o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish hamda ularni moliyalashtirish tizimini tartibga solish yuzasidan hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda sportchilar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yo‘riqchilari haqidagi ma’lumotlarni hamda ta’lim muassasalarida sport turlari bo‘yicha imtihon qilish tizimi tahlillari natijalarini o‘z ichiga olgan Yagona axborot tizimi yaratilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar va o‘quv tayyorgarlik mashqlari davomida sportchilarni tibbiy ta’minlashni tashkil etish va kuzatib borish tartibini, shu jumladan sport tibbiyot muassasalari tarmoqlarini yaratishni o‘z ichiga olgan holda, tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari qoshida sport klublarini tashkil etish, faoliyat olib borishi hamda moliyalashtirilishi tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda respublika hududida jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishning yagona talablarini belgilashni ta’minlovchi, olimpiya sport turlari bo‘yicha tayyorgarlikning yagona me’yorlarini sport ta’limi muassasalari faoliyatiga tatbiq etishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-iyunga qadar sportning qishki va o‘yin turlarining rivojlanishi va ommalashishining amaldagi holatini har tomonlama va tanqidiy tahlilini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida sportning qishki va o‘yin turlarini yanada rivojlanishi yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qoshida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish taklifini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi nizomini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kontingentini to‘liq qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatini qamrab olgan holda ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha turdagi ta’lim muassasalarida ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqilsin, ta’limning har bir bosqichida umumiy ta’lim yuklamasidan oshmagan holda, dars soatlarini oshirish yordamida, sport tarmoqlari bo‘yicha baholash tizimini joriy qilish, natijalarni tizimli tahlil qilish ishlari olib borilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qurilish-montaj ishlari, zamonaviy sport jihozlari, texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash, uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot jarayoni va sportchilar, trener hamda boshqa mutaxassis va ishchilar yashashi uchun sharoit yaratishni inobatga olgan holda olimpiya tayyorgarlik markazlari faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qabul kvotalarini sport turlari bo‘yicha eng kam miqdorini hisobga olgan holda kerakli bo‘lgan samarali ta’lim tizimi tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga yo‘naltirilgan hukumat qarori qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning sport infratuzilmasini tashkil etish va tizimli tarzda ishchilarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish amaliyotini joriy etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ikki oy muddatda Mudofaa vazirligining sport klubi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish va kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatini tiklash, shuningdek, idoraviy sport bazalarini modernizatsiya qilish, ular qoshida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun barchaning shug‘ullanishiga imkoni bo‘lgan seksiya va to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik hamda Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-son Farmoni birinchi bandi uchinchi xatboshisi va uchinchi bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5368-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 ― 2021-yillarda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I. Sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiyasi),

tayyorlash va mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish

1.

Musobaqalarni o‘tkazishning quyidagi to‘rt bosqichli tizimi asosida olimpiya sport turlari bo‘yicha chempionatlarni tashkillashtirish:

I bosqich — sport maktabi chempionati (sport maktabi sportchilari orasida);

II bosqich — tuman (shahar) chempionati (tumandagi har bir sport maktabi chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida);

III bosqich — viloyat chempionati (tuman (shahar) chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida);

IV bosqich — respublika chempionati (viloyat chempionatlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida).

doimiy

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

2.

2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va kiritish.

2018-yil
30-martgacha

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

3.

Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport maktablari ishini tashkil etishning amaldagi tizimini tanqidiy o‘rganish va uning yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasini kiritish.

2018-yil
10-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

4.

O‘quv-mashg‘ulot jarayoni hamda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish davomida sportchilarni tibbiy jihatdan ta’minlash va kuzatib borishni tashkillashtirish tartibini, shuningdek, sport tibbiy muassasalari tarmog‘ini yaratish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil
20-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish (tiklash), shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda hammabop sport seksiyalari va t�garaklarini tashkil etish.

2018-yil
20-aprelgacha

Ijrochilarning mablag‘lari

Mudofaa vazirligi , Milliy gvardiya, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

6.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sport kadrlarini tayyorlashning o‘quv-mashq jarayonida ilmiy-metodik texnologiyalarni takomillashtirish maqsadida mutaxassislar guruhlari (sport bo‘yicha olimlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar)ning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini uyushtirish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, MOQ, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

7.

Respublikaning butun hududida sport tayyorgarligini tashkil etishning yagona talablari o‘rnatilishini ta’minlaydigan olimpiya sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligining yagona standartlarini ishlab chiqish va sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish.

2018-yil
20-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

8.

Olimpiya sport turlarini, jumladan respublikaning ta’lim muassasalarida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha klublar, to‘garaklar va seksiyalarni tashkil etish.

2018-2020-yillar

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

9.

Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) hamda sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

10.

Joylarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini jalb etgan holda ayniqsa qishloq yoshlari, qizlar va ayollar o‘rtasida olimpiya sport turlarini ommalashtirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish.

Kalendar reja asosida

Ijrochilarning mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, “Mahalla” Jamg‘armasi, MTRK, O‘zMAA, O‘zA, EOAVMA, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

11.

Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) maqsadida paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tizimli asosda tashkillashtirish orqali parolimpiya sporti zaxirasi tarkibini mustahkamlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va hayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

12.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha idoralararo memorandumlar tuzish hamda BMT tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida sport tadbirlarini tashkil etish.

Kalendar reja asosida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ

II. Sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sport infratuzilmasini takomillashtirish

13.

Jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar (Adidas, Reebok, Nike, Li-Ning, Eleiko, Janssen Fritsen, Gymnova va boshqalarni) jalb etgan holda sport kiyim-kechaklari, anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga ixtisoslashayotgan “Sport” EIZ faoliyatini tashkil etish.

2018-yil
30-iyungacha

Budjet va investorlarning mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi , Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

14.

Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida yengil konstruksiyalardan tayyorlanadigan muz qoplamli sport saroylarini bosqichma-bosqich qurish va foydalanishga topshirishni tashkillashtirish:

birinchi bosqich - 2018-2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida;

ikkinchi bosqich - 2020-2021-yillarda Samarqand, Xorazm va Andijon viloyatlarida.

2018-2021-yillar mobaynida

Investorlar va xayriya mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlari hokimliklari, MOQ, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar

15.

Eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Toshkent shahar Chilonzor tumanining “Beshyog‘och” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Bo‘zsuv”, kanalida slalomda o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish uchun moddiy-texnika bazasini yaratish.

2018-yil
30-martgacha

Ijrochilar vaxayriya mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekenergo” AJ, O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi

16.

Sport yakka kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktabi va dyuzdo bo‘yicha R.Sobirov nomli sport klubi sportchilarini joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Dinamo” JTSJ hududida 120 o‘rinli mehmonxona qurilishi.

2018-2019-yillar

Ijrochilarning mablag‘lari

Milliy gvardiya

17.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chimgan” qishlog‘ida joylashgan “Paxtakor” Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bazasini qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport maktabi balansiga topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash.

2019-yil
30-sentabrgacha

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

18.

Toshkent shahrining suv sporti turlarini rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markaz hududida suvga sakrash va suv polosi bilan shug‘ullanish uchun basseynlar, sportchilar hamda boshqa mutaxassislar uchun 50 o‘rinli mehmonxona qurish.

2019-2020-yillar mobaynida

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

19.

O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi akademiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahrida binoni beg‘araz asosda ajratib berish.

2018-yil
30-sentabrgacha

Xorijiy investorlar va xayriya mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi

20.

Toshkent shahrida, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlarida Qilichbozlik federatsiyasining bo‘linmalari uchun inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish.

2018-2019-yillar mobaynida

Xorijiy investorlar va xayriya mablag‘lari

Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi

21.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qishlog‘ida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tomonidan o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishi.

2019-2021-yillar mobaynida

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, xayriya mablag‘lari,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, MOQ, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi

22.

Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida gandbol bo‘yicha sport zali qurilishi.

2019-yil
30-maygacha

“Ipoteka bank” ATIB

“Ipoteka bank” ATIB, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Gandbol federatsiyasi

23.

Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida o‘q-yoy otish bilan shug‘ullanish uchun yengil konstruksiyalardan qurilma, shuningdek, og‘ir atletika bo‘yicha sport zali qurilishi.

2019-yil
30-iyungacha

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, xayriya mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston o‘q-yoy otish federatsiyasi

24.

Farg‘ona viloyatining Qirguli shahridagi “Kimyochilar” stadioni hududida o‘q-yoy otish bazasini tashkil etish.

2018-yil
30-iyungacha

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston o‘q-yoy otish federatsiyasi

25.

Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy sport-sog‘lomlashtirish majmuasi” sport kompleksini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Jismoniy tarbiya-sport jamiyatiga hamda Toshkent shahridagi kollejlardan birining bo‘shayotgan binolari va inshootlarini Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari markazini tashkil etish uchun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga beg‘araz asosda topshirish.

2018-yil
30-martgacha

Ijrochilarning mablag‘lari

�chki ishlar vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

26.

Respublika hududlarida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari bo‘yicha sport mahorati maktablarini tashkil etish uchun binolar ajratish.

2018-yil
30-martgacha

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari – binolarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha ishlarga

Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

27.

Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa a’zolari uchun baza yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qo‘rg‘onida joylashgan sobiq pionerlar uyini O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasiga beg‘araz asosda topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2018-yil 30sentyabrgacha

O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi va xayriya mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi

28.

O‘zbekiston Suzish federatsiyasiga tutash bo‘sh yotgan yer uchastkasini beg‘araz asosda ajratib berish, shuningdek, bu erda 70 o‘rinli mehmonxona qurish.

2018-yil
30-oktabrgacha

NKMK mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi, NKMK, O‘zbekiston Suzish federatsiyasi

29.

Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida respublikaning har bir tumani va shahrida basketbol maydonchalari qurish uchun yer maydoni ajratib berish.

2018-2020-yillar

Investorlar va xayriyajamg‘armalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi

30.

Olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnika bazasi va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Kamalak” sport-sog‘lomlashtirish sihatgohini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash.

2019-2020-yillar

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va xayriya mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

31.

Respublikadagi barcha mavjud sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish. Sport inshootlarining tegishli pasportlariga ega bo‘lmagan barcha sport obyektlari, shu jumladan ta’lim muassasalaridan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash.

2018 — 2020-yillar mobaynida

Ijrochilarning mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

32.

Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 2018-yilgi XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarida milliy terma jamoamiz ishtiroki yakunlarini har tomonlama va tanqidiy tahlil qilishni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2018-yil
1-iyungacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, vazirliklar va idoralar

33.

2018-yil Buenos-Ayres shahri (Argentina)da o‘tkaziladigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan litsenziyali musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlanishini ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

34.

2018-yilda Pekin shahri (Xitoy)da VI Osiyo Plyaj o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

35.

2019-yilda Neapol shahri (Italiya)da o‘tkaziladigan XXX Butunjahon talabalar o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

36.

2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

37.

2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

38.

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro turnirlar, Osiyo va jahon chempionatlarini, shuningdek, boshqa sport tadbirlarini yuksak darajada tashkillashtirish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

39.

Sport maktablarining o‘quvchilari — 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi va o‘quv-mashq yig‘inlarining uzluksizligini ta’minlash orqali ularning sport mahorati va malakasi oshirilishini ta’minlash.

2018 — 2021-yillar

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

40.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘-chang‘i trassalarida tog‘-chang‘i sporti va snoubord bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlarini, xalqaro sport musobaqalarini, o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mab�ag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, MOQ

41.

O‘zbekiston sport terma jamoasining qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

III. Terma jamoalarning a’zolarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan ta’minlash hamda imtiyozli chuqur tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish, ularning ruhiy bardoshliligini oshirish

42.

Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida asosiy tarkibdagi sportchilarni – Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga nomzodlarni yiliga kamida ikki marta beg‘araz asosda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, zarur bo‘lganda esa ularni davolash.

doimiy

Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazining mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

43.

Mamlakat terma jamoalari a’zolarining musobaqalarda va o‘quv-mashq yig‘inlarida qatnashishlari vaqtida ularni tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borishni takomillashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

44.

Sportda dopinglar va taqiqlangan preparatlar hamda usullardan foydalanishga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar turkumini tashkil etish, o‘quv-metodik qo‘llanma va dasturlar ishlab chiqish, ular bilan sport muassasalarini ta’minlash.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

45.

Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari jarayonida sportchilarning psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini muttasil o‘rganish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

46.

Sport farmakologiyasi, sportchilarni farmokologik jihatdan korreksiya qilish va jismoniy holatini tiklash, chidamliligini oshirish bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar ishlab chiqish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

47.

Sportchilarning normalangan ratsional ovqatlanishi tizimini takomillashtirish, sportchilarning jismoniy holati va salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi mahalliy mahsulotlardan tuzilgan taomnoma va ovqatlanish rejimini nazarda tutgan holda sportchilarning me’yorlangan ratsional ovqatlanishi bo‘yicha sport turlari federatsiyalari (assotsiatsiyalari) uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzurid�gi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

IV. Aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish

48.

Mamlakat sporti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni yoritish borasidagi faoliyat samaradorligini yaxshilash, ularning mazmunini boyitish, shuningdek, mamlakatda va chet ellarda o‘tkaziladigan sport sohasidagi muhim tadbirlarni yoritish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida “Sport” gazetasi tahririyati Davlat korxonasini qayta tashkil etish orqali Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida “Sport” Media-markazini tashkil qilish.

2018-yil
30-sentabrgacha

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

49.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari Kalendar rejasida belgilab qo‘yilgan olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy va xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladigan joylardan ommaviy axborot vositalarida ularni keng yoritish va translatsiyalarni tashkillashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

50.

2018-yilda o‘tkaziladigan Pxyonchxan shahri (Koreya Respublikasi)dagi XXII qishki Olimpiya o‘yinlarini, Buenos-Ayres shahri (Argentina)dagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarini, Palembang shahri (Indoneziya)dagi Yozgi Osiyo o‘yinlarini respublikaning televizion kanallari orqali keng yoritishni tashkillashtirish.

musobaqalar o‘tkaziladigan davrda

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

51.

Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning jismoniy tarbiya-sport musobaqalari to‘g‘risidagi axborotni beg‘araz asosda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

52.

Olimpiya sport turlarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha videoroliklar va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, materiallarni e’lon qilishni tashkillashtirish.

Kalendar reja asosida

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

53.

Sog‘lom avlodni tarbiyalashga, sog‘lom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan O‘zbekistonda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targ‘ib etishga, milliy qahramonlar – Olimpiya o‘yinlari chempionlari to‘g‘risidagi qisqa metrajli hujjatli filmlarni ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)