Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
ILOVA
|
T/r |
Xizmatlarning nomi |
|
1. |
Yongʻin xavfsizligi choralarini qoʻllash, oʻzini tutish qoidalari va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullarini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini oʻrgatish. |
|
2. |
Poligrafiya mahsulotlarini (oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari, jurnallar va boshqa bosma mahsulotlar), favqulodda vaziyatlar va yongʻindan himoya qilish boʻyicha materiallarni, oʻquv filmlarni sotish. |
|
3. |
Suv havzalarida, choʻmiluvchilarning ommaviy toʻplanish joylarida (plyajlarda, hovuzlarda va boshqalarda) qutqaruvchi gʻavvoslarni�g navbatchilik oʻtashi*. |
|
4. |
Suv ostida texnik, kema koʻtarish ishlarini, choʻkib ketgan predmetlarni qidirish boʻyicha ishlarni, suv obyektlari quyi qismini tozalash va gʻavvoslik ishlarining boshqa turlarini bajarish. |
|
5. |
Belgilangan tartibda xizmat itlarining kuchuklarini sotish. |
|
6. |
Itlarni vaqtincha parvarishlash (itlar uchun mehmonxona). |
|
7. |
Balandlikdagi ishlarni bajarish (panellararo choklarni germetizatsiyalash, turli xil inshootlarni montaj va demontaj qilish, balandlikda oynalarni yuvish, fasadlarni tozalash va taʼmirlash, daraxtlarni olib tashlash va kesish va boshqalar). |
|
8. |
Shaxsiy himoya vositalarini tekshirish va sinovdan oʻtkazish, radiatsion razvedka oʻtkazishga moʻljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilish. |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga reklama va marketing axborotlarini uzatish uchun avtomatlashtirilgan ogohlantirish va axborot berish tizimidan foydalanish. |
|
10. |
Yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yongʻin xavfsizligi sohasida mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash. |
|
11. |
Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligi va suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish. |
|
12. |
Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yongʻin xavfsizligi va suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy-texnik konsultatsiya va ekspertiza oʻtkazish. |
|
13. |
Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalarni va uskunalarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha sinovlarini oʻtkazish. |
|
14. |
Qurilish konstruksiyalarining katta oʻlchamli qismlarini va ularning elementlarini yongʻinga chidamliligi va yongʻin havfsizlgini sinovdan oʻtkazish. |
|
15. |
Yongʻinga qarshi himoya texnik vositalari, yongʻin avtomatikasi va favqulodda vaziyatlarni aniqlash va tugatishning boshqa texnik vositalari ishlab chiqarish va sotish. |
|
16. |
Yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash. |
|
17. |
Yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarini ishchi holatini tekshirish. |
|
18. |
Yongʻinga qarshi aslaha-anjomlarni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, olovni oʻchirish moddalarining sifatini tiklash. |
|
19. |
Tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa hududlarni yongʻinlardan himoya qilish**. |
|
20. |
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida evakuatsiya rejalarini, yoʻriqnomalarni, pasportlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish). |
|
21. |
Hisoblashni bajarish: xonalar va binolardan odamlarni evakuatsiya qilish vaqti, shuningdek yongʻinning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan darajaga yetish sharoitidaga davomiyligi; portlash-yongʻin va yongʻin xavfsizligi boʻyicha xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalari; keltirilgan metallning qalinligi va metall konstruksiyalarning yongʻinga chidamliligi chegaralari; binolar orasidagi minimal yoʻl qoʻyiladigan masofa (issiqlik oqimining kritik zichligini aniqlash); turli maqsaddagi bino xonalarida yongʻin boʻlishi ehtimolida harorat rejimi va issiqlik yuklamasi; yongʻinlarning oldini olish va oʻchirishni amalga oshiruvchi boʻlinmalarning ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kuchlar va vositalar miqdori. |
|
22. |
Sunʼiy suv havzalari, yertoʻlalar va yoniga borib boʻlmaydigan joylardan suvlarni chiqarib olish (toʻldirish). |
|
23. |
Moʻrilarni tozalash. |
|
24. |
Avto yoʻllarning qulashiga olib kelishi xavfi bor boʻlgan yonbagʻirlaridagi tosh jinslarini tushirish. |
|
25. |
99951 harbiy qism tomonidan pudrat (muhandislik-qurilish) ishlarini bajarish. |
|
26. |
Avtonom dizel generatorlaridan foydalanish. |
|
27. |
Yoʻlovchilar va yuklarni tashish***. |
|
28. |
Muhandislik va boshqa texnikalardan (avtokran, buldozer, ekskavator, evakuator va boshqalar) foydalangan holda ishlarni bajarish |
|
29. |
Tomosha, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda kuchlar va vositalarning navbatchiligi. |
|
30. |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlarining muzeylarida koʻrish va mavzuli ekskursiyalarni oʻtkazish. |
|
31. |
Yordamchi xoʻjalik mahsulotlarini sotish****. |
|
32. |
Kichik kemalar haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. |