Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablarini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:

T/r

Xizmatlarning nomi

1.

Yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash, o‘zini tutish qoidalari va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rgatish.

2.

Poligrafiya mahsulotlarini (o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari, jurnallar va boshqa bosma mahsulotlar), favqulodda vaziyatlar va yong‘indan himoya qilish bo‘yicha materiallarni, o‘quv filmlarni sotish.

3.

Suv havzalarida, cho‘miluvchilarning ommaviy to‘planish joylarida (plyajlarda, hovuzlarda va boshqalarda) qutqaruvchi g‘avvoslarni�g navbatchilik o‘tashi*.

4.

Suv ostida texnik, kema ko‘tarish ishlarini, cho‘kib ketgan predmetlarni qidirish bo‘yicha ishlarni, suv obyektlari quyi qismini tozalash va g‘avvoslik ishlarining boshqa turlarini bajarish.

5.

Belgilangan tartibda xizmat itlarining kuchuklarini sotish.

6.

Itlarni vaqtincha parvarishlash (itlar uchun mehmonxona).

7.

Balandlikdagi ishlarni bajarish (panellararo choklarni germetizatsiyalash, turli xil inshootlarni montaj va demontaj qilish, balandlikda oynalarni yuvish, fasadlarni tozalash va ta’mirlash, daraxtlarni olib tashlash va kesish va boshqalar).

8.

Shaxsiy himoya vositalarini tekshirish va sinovdan o‘tkazish, radiatsion razvedka o‘tkazishga mo‘ljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilish.

9.

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga reklama va marketing axborotlarini uzatish uchun avtomatlashtirilgan ogohlantirish va axborot berish tizimidan foydalanish.

10.

Yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yong‘in xavfsizligi sohasida mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash.

11.

Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va suv obyektlarida odamlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish.

12.

Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yong‘in xavfsizligi va suv obyektlarida odamlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy-texnik konsultatsiya va ekspertiza o‘tkazish.

13.

Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalarni va uskunalarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha sinovlarini o‘tkazish.

14.

Qurilish konstruksiyalarining katta o‘lchamli qismlarini va ularning elementlarini yong‘inga chidamliligi va yong‘in havfsizlgini sinovdan o‘tkazish.

15.

Yong‘inga qarshi himoya texnik vositalari, yong‘in avtomatikasi va favqulodda vaziyatlarni aniqlash va tugatishning boshqa texnik vositalari ishlab chiqarish va sotish.

16.

Yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash.

17.

Yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarini ishchi holatini tekshirish.

18.

Yong‘inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, olovni o‘chirish moddalarining sifatini tiklash.

19.

Tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‘inlardan himoya qilish**.

20.

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida evakuatsiya rejalarini, yo‘riqnomalarni, pasportlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish).

21.

Hisoblashni bajarish:

xonalar va binolardan odamlarni evakuatsiya qilish vaqti, shuningdek yong‘inning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan darajaga yetish sharoitidaga davomiyligi;

portlash-yong‘in va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalari;

keltirilgan metallning qalinligi va metall konstruksiyalarning yong‘inga chidamliligi chegaralari;

binolar orasidagi minimal yo‘l qo‘yiladigan masofa (issiqlik oqimining kritik zichligini aniqlash);

turli maqsaddagi bino xonalarida yong‘in bo‘lishi ehtimolida harorat rejimi va issiqlik yuklamasi;

yong‘inlarning oldini olish va o‘chirishni amalga oshiruvchi bo‘linmalarning ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kuchlar va vositalar miqdori.

22.

Sun’iy suv havzalari, yerto‘lalar va yoniga borib bo‘lmaydigan joylardan suvlarni chiqarib olish (to‘ldirish).

23.

Mo‘rilarni tozalash.

24.

Avto yo‘llarning qulashiga olib kelishi xavfi bor bo‘lgan yonbag‘irlaridagi tosh jinslarini tushirish.

25.

99951 harbiy qism tomonidan pudrat (muhandislik-qurilish) ishlarini bajarish.

26.

Avtonom dizel generatorlaridan foydalanish.

27.

Yo‘lovchilar va yuklarni tashish***.

28.

Muhandislik va boshqa texnikalardan (avtokran, buldozer, ekskavator, evakuator va boshqalar) foydalangan holda ishlarni bajarish

29.

Tomosha, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda kuchlar va vositalarning navbatchiligi.

30.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlarining muzeylarida ko‘rish va mavzuli ekskursiyalarni o‘tkazish.

31.

Yordamchi xo‘jalik mahsulotlarini sotish****.

32.

Kichik kemalar haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi