1-ILOVA
ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Ijro muddati | ||||
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari |
1. Atmosfera havosining ifloslanish manbalaridan namuna olish va tahlil qilish. 2. Oqova suvlar, yer usti suvlari (oqova suvlar tashlash manbalari joylashgan hududlarda) va yer osti suvlari (aniqlangan va potensial ifloslantiruvchi manbalar joylashgan hududlarda) namunalarini olish va tahlil qilish. 3. Tuproqni potensial ifloslantiruvchi manbalari joylashgan hududlarda tuproq namunalarini olish va tahlil qilish. 4. Idoraviy mansub hududlarda yovvoyi oʻsimliklar monitoringi. 5. Idoraviy mansub hududlarda yovvoyi hayvonlar va ularning yashash muhiti monitoringi. |
har oy har chorak
har yili | |||
|
|
||||||
|
“Oʻzgidromet” markazi |
1. Avtomatik stansiyalar yordamida atmosfera havosi sifatining nazorati 2. Respublikaning asosiy suv oqimlarida yer usti suvlari namunalarini olish va tahlil qilish 3. Tuproq namunalarini olish va tahlil qilish. 4. Yirik shaharlar atrofidagi tuproqdan sanoat toksikantlariga namuna olish va tahlil qilish 5. Fon monitoringi oʻtkazilganda: atmosfera havosi; yer usti suvlari; atmosfera yogʻingarchiliklari; tuproq va oʻsimliklardan namunalarini olish va tahlil qilish. |
onlayn-rejimda har yili
yogʻinlar yogʻishiga qarab har yili | ||||
|
|
||||||
|
Suv xoʻjaligi vazirligi |
Quyidagi obyektlarda suv namunalarini olish va tahlil qilish: respublikaning asosiy kollektorlari; meliorativ quduqlar. |
har oy har yili | ||||
|
|
||||||
|
Davergeodezkadastr |
1. Qishloq xoʻjaligi yerlari tuprogʻidan namuna olish va tahlil qilish. 2. Tabiiy yaylovlar oʻsimliklari monitoringi. |
yiliga ikki marta har yili | ||||
|
|
||||||
|
Davlat geologiya qoʻmitasi |
1. Yer osti suvlari namunalarini olish va tahlil qilish. 2. Xavfli geologik jarayonlar monitoringi. |
monitoring dasturiga binoan | ||||
|
|
||||||
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
1. Aholi punktlarining seliteb hududida, sanoat korxonalarining sanitariya-himoya zonalarida, transport intensiv harakatlanadigan asosiy magistrallar, chorrahalar va tumanlarda, avtomagistrallarga tutashib ketgan turar joy tumanlarida atmosfera havosi namunalarini olish va tahlil qilish. 2. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti va rekreatsion foydalanish manbalari hisoblangan ochiq suv havzalari suvidan namunalar olish va tahlil qilish. |
monitoring dasturiga binoan
| ||||
|
|
||||||
|
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
Yer fondi va idoraviy mansub obyektlardagi oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringi. |
har yili | ||||
|
|
||||||
|
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ifloslanish manbalarida namunalar olish va tahlil qilish. |
monitoring dasturiga binoan | ||||
|
|
||||||
|
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, “Moʻynoq akvasanoat” DUK |
Tasarrufidagi koʻllarda hayvonot dunyosi monitoringi. |
har yili | ||||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari |
1. Olingan natijalar maʼlumotlarini atrof-muhit ifloslanishi manbalari monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. 2. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
sutka mobaynida
| |||
|
|
||||||
|
“Oʻzgidromet” markazi |
Atmosfera havosi, yer usti suvlari holati va fon monitoringi maʼlumotlarini atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
sutka mobaynida | ||||
|
|
||||||
|
Suv xoʻjaligi vazirligi |
Olingan suv namunalari natijalari boʻyicha maʼlumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
sutka mobaynida | ||||
|
|
||||||
|
Davergeodezkadastr |
1. Olingan tuproq namunalari natijalari boʻyicha maʼlumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. 2. Oʻsimlik dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
sutka mobaynida
| ||||
|
|
||||||
|
Davlat geologiya qoʻmitasi |
Olingan suv namunalari natijalari boʻyicha va xavfli geologik jarayonlar boʻyicha maʼlumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
sutka mobaynida | ||||
|
|
||||||
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Atmosfera havosidan va suv havzalari suvidan olingan namunalar natijalari boʻyicha maʼlumotlarni atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
sutka mobaynida | ||||
|
|
||||||
|
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
30 sutka mobaynida | ||||
|
|
||||||
|
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
Atrof-muhit holati boʻyicha olib borilayotgan kuzatuvlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga yuborish. |
har yili 1-martgacha | ||||
|
|
||||||
|
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, “Moʻynoq akvasanoat” DUK |
Hayvonot dunyosi monitoringi natijalarini atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
30 sutka mobaynida | ||||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari |
1. Atrof-muhit ifloslanishi manbalari monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Markazga yuborish. 2. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini atrof-muhit monitoringi tizimining maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun Markazga yuborish. |
har chorak har yili | |||
|
|
||||||
|
“Oʻzgidromet” markazi |
1. Atmosfera havosi, yer usti suvlari ifloslanishi monitori?gi hamda fo? mo?itoringi boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. 2. Tuproq ifloslanishi toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. |
har chorak
| ||||
|
|
||||||
|
Suv xoʻjaligi vazirligi |
Muayyan hududda kollektor-drenaj suvlarining ifloslanishi monitoringi va atrof-muhit holatini baholash boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. |
har chorakda | ||||
|
|
||||||
|
Davergeodezkadastr |
1. Yerlar ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. 2. Ishonib topshirilgan hududdagi oʻsimlik dunyosi monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Markazga yuborish. |
yarim yilda bir marta
| ||||
|
|
||||||
|
Davlat geologiya qoʻmitasi |
1. Yer osti suvlari ifloslanishi monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. 2. Xavfli geologik jarayonlar monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. |
har chorakda
| ||||
|
|
||||||
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi va sanitariya-gigiyena monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. |
har chorakda | ||||
|
|
||||||
|
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborish. |
har chorakda | ||||
|
|
||||||
|
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, “Moʻynoq akvasanoat” DUK |
Ishonib topshirilgan hududdagi hayvonot dunyosi monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Markazga yuborish. |
har yili 15-fevralgacha | ||||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Atrof tabiiy muhit monitoringining umumlashtirilgan maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (qogʻoz shaklida) yuborish. |
har yili 1-maygacha | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisida milliy maʼruzani tayyorlash va nashr etish. |
har yili 15-maygacha |
2-ILOVA
3-ILOVA