1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish va ularni hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-maydagi PQ-2954-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin va 2017-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-avgustdagi 672-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 09/19/672/3568-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlarining davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan belgilangan tartibga muvofiq 2018-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda quyidagilarni ta’minlasinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma olinmay, biroq texnik talablarga rioya qilgan holda burg‘ulangan foydalanish quduqlarini belgilangan tartibda suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomani rasmiylashtirgan holda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma olinmay hamda texnik talablarga rioya qilinmay burg‘ulangan foydalanish quduqlarini, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga muqobil suv manbalariga suvdan foydalanuvchilarni ulash bo‘yicha takliflar kiritgan holda tugatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasini, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yakka va guruhli tartibda suv olish inshootlarini gidrogeologik tekshirishlarni amalga oshirish uchun va yer osti suvlaridan belgilangan tartibda samarali foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 2024-yil 1-yanvardan boshlab suv sarfini o‘lchash uskunalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanishi (jismoniy shaxslarga shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 kub metrgacha bo‘lgan miqdorda yer osti suvlarini olish bundan mustasno) belgilab qo‘yilsin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-avgustdagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 78-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-avgustdagi 672-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 09/19/672/3568-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari davlat monitoringi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida yer osti suvlari davlat monitoringining maqsadi, asosiy vazifalari, obyektlari va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer osti suvlari davlat monitoringi (keyingi o‘rinlarda davlat monitoringi deb ataladi) tabiiy muhit va yer qa’ri monitoringining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer osti suvlari ularning maqsadi va foydalanish xarakteri va sifatidan qat’i nazar, Davlat monitoringi obyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat monitoringi kuyidagi tizimlardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari (shu jumladan, mineral, termal va sanoat ahamiyatiga molik suvlar) holatini muntazam kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suv resurslari va zaxiralari, ularning suv iste’molchilari tomonidan foydalanilishi hamda suv olish inshootlari (yer osti suvini olishda foydalaniladigan ekspluatatsion burg‘ilash quduqlari, buloqlar, quduqlar va boshqa inshootlar) hisobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari miqdori va sifati ko‘rsatkichlarini baholash va o‘zgarishini prognozlashtirish.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qaroriga asosan birinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat monitoringi ma’lumotlaridan davlat hisobotlari va rasmiy nashrlarda, belgilangan tartibda idoralararo va xalqaro darajada ma’lumot almashish hamda obyektlarni qurish va loyihalashtirish, yer osti suvlari muhofazasi va foydalanish hisobi va davlat suv kadastrini yuritishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasida tabiiy muhit monitoringi Dasturi va har yilgi respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti monitoringi muayyan vazifalaridan kelib chiqilgan holda davlat va ishlab chiqarish darajasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat monitoringining maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat monitoringining asosiy maqsadi yer osti suvlari holati miqdori va sifat o‘zgarishini o‘z vaqtida aniqlash, ularni baholash va prognoz qilish, salbiy hodisalar va ular oqibatining oldini olish uchun takliflar ishlab chiqish va ogohlantirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Davlat monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari holatini doimiy kuzatishni amalga oshirish va tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suv resurslari, zaxiralari va ulardan foydalanishning davlat hisobini yuritish;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari zaxirasi va resurslariga texnogen ta’sir darajasi va xususiyatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlarining kamayib ketishi va ifloslanish darajasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlarining gidrokimyoviy va gidrodinamik tarkibi o‘zgarishini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa va uzoq muddatli davrlar uchun yer osti suvlari holati o‘zgarishini baholashni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idora va tashkilotlarini yer osti suvlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat monitoringi yer osti suvlari holati, sifat va miqdor ko‘rsatkichlari va prognozi o‘zgarishini baholash uchun belgilangan bo‘lib, shu jumladan yer osti suvlari konlaridan foydalanilayotgan, yer osti suvlari zaxirasi va resurslari prognozi hamda ulardan foydalanilishini hisobga olish, davlat suv kadastrining yer osti suvi bo‘limiga qo‘shish uchun ma’lumotlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat monitoringi obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat monitoringi obyektlari quyidagilarga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chuchuk va kam sho‘rlangan suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral, termal va sanoat ishlab chiqarishi yer osti suvlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chuchuk va kam sho‘rlangan yer osti suvlari davlat monitoringi gidrodinamik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va holatini kuzatish axborot-o‘lchash, yer osti suvlari va ulardan foydalanish hisobi hamda ularni suv kadastri talablariga muvofiq baholash tizimlaridan iborat.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yer osti suvlarining mineral, termal va sanoat ishlab chiqarishidagi davlat monitoringi gidrodinamik va gidrokimyoviy tarkibning o‘zgarishi va holatini kuzatish axborot-o‘lchash tizimi bilan birga ishlab chiqarishda va birga uchraydigan nodir komponentlarni ajratib olish mumkinligini baholashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yerning gidrodeformatsion maydoni davlat monitoringi yer osti suvlarining gidrodinamik tartibi o‘zgarishi va holatini kuzatish axborot-o‘lchash tizimi, ya’ni yer qobig‘idagi chuqurlikdagi seysmotektonik aktivliklarni kuzatishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat monitoringini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat monitoringi respublika (respublikaning butun hududini qamrab oladi) va mahalliy darajalarda (fizik-geografik, ma’muriy va boshqalar bilan cheklangan hududni qamrab oladi) olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) hududiy gidrgeologiya stansiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishlab chiqarish (mahalliy) monitoringi yer osti suvlariga texnogen ta’sir ko‘rsatuvchi alohida uchastkalar hududida joylashgan bir qancha quduqlarni yoki yakka quduqlarni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish (mahalliy) yer osti suvlari monitoringi yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat monitoringi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat monitoringi kuzatuv punktlarida yer osti suvlari holatini doimiy o‘lchash hamda yer osti suvlari va ulardan foydalanish bo‘yicha axborotlar yig‘ish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat monitoringi kuzatuv punktlari tarmoqlari gidrometrik postlar, quduqlar, buloqlar, yakka va guruhli burg‘ulangan quduqlardan tashkil topgan bo‘lib, ularda yer osti suvlarining gidrodinamik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi yuzasidan tizimli kuzatuv olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv punktlarini joylashtirish va tanlash mezonlari yer osti suvlari monitoringini yuritish metodikasi asosida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha kuzatuv punktlari balandlik va plandagi joylashishiga ko‘ra topografik o‘lchovlar natijasida bog‘langan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kuzatuv quduqlarini barpo etish uchun Davlat geologiya qo‘mitasining so‘roviga binoan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ularni sozlash va ta’mirlash uchun katta gabaritli texnikalar kirishini inobatga olgan holda tegishli yer uchastkalari ajratiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Yer osti suvlari va ulardan foydalanish hisobi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suv resurslari va zaxiralari hisobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvidan foydalanuvchi suv iste’molchilari (shu jumladan, suv olish inshootlari) hisobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olinayotgan yer osti suvlari hajmi hisobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlarining hosil bo‘lishi va sarflanishi bilan bog‘liq omillar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat suv kadastri (yer osti suvlari qismi bo‘yicha) ma’lumotlar bazasini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Yer osti suvlaridan foydalanuvchi barcha suv iste’molchilari va suv olish inshootlari Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli hududiy gidrogeologiya stansiyalarida qayd etilishi va hisobga olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrogeologiya stansiyalari manzillari va aloqa qilinadigan raqamlari Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Mavjud suv olish inshootlarini boshqa suv iste’molchisiga vaqtincha yoki doimiy foydalanishga o‘tkazish, konservatsiyaga qo‘yish va undan chiqarish hamda tugatish ishlari hududiy gidrogeologiya stansiyalari bilan kelishgan holda yer osti suv hisobiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish maqsadida dalolatnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Foydalanilmayotgan xo‘jasiz suv olish inshootlari keyinchalik maqsadli foydalanilishi uchun suv iste’molchilariga biriktirib beriladi. Suv iste’molchilari bo‘lmagan taqdirda, suv olish inshootlari Davlat geologiya qo‘mitasining gidrogeologik tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘i hisobidan tugatiladi yoki konservatsiyaga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishda bo‘lgan xo‘jasiz suv olish inshootlari hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari ishtirokida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda ma’lum shaxsga biriktirib beriladi.
(174-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Yer osti suv olish hisobi hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan suv iste’molchilarining 3-ilovaga muvofiq shakldagi yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha idoraviy statistik axborotlarini xamda suv olish inshootlarini kuzatuvdan o‘tkazish natijalarini yig‘ish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Yer osti suvlarining hosil bo‘lishi va sarflanishi bilan bog‘liq omillar bo‘yicha axborotlar hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan faoliyati suv resurslari monitoringi, kadastri, foydalanilishi va muhofaza qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarning hamda tabiiy iqlim kuzatuvi ma’lumotlarini yig‘ish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari davlat monitoringi doirasida so‘ralayotgan ma’lumotlar bepul taqdim etiladi.
(171-176-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat monitoringi obyektlaridan olingan birlamchi ma’lumotlar hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan qayta ishlanishi, izohlanishi va tahlil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish monitoringidan olingan birlamchi ma’lumotlar (shu jumladan, 3-ilovaga muvofiq shakldagi idoraviy statistik axborot) har yili hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraliga qadar suv iste’molchilari tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli hududiy gidrogeologiya stansiyalariga qog‘oz yoki elektron shaklda qayta ishlash, izohlash va tahlil qilish uchun taqdim etilishi lozim.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududlar bo‘yicha yer osti suv monitoringining umumlashtirilgan ma’lumotlari har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5-kuniga qadar hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasining yer osti suv monitoringi va kadastri markaziga taqdim etiladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat kadastri ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va belgilangan tartibda, tegishliligi bo‘yicha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, Davlat soliq qo‘mitasiga hamda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish uchun beriladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yer osti suvlari holati bo‘yicha olingan ma’lumotlarda ruxsat etilgan tarkiblar o‘zgarishi va o‘ta xavfliligi aniqlanganda, zudlik bilan Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat monitoringini olib borishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat monitoringini olib borish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan hududiy gidrogeologiya stansiyalari loyihalari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat monitoringini olib borish bo‘yicha kerakli hujjatlar, tegishli hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi va saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hududiy gidrogeologiya stansiyasi boshlig‘i, yetakchi gidrogeologi hamda Davlat geologiya qo‘mitasining mintaqaviy gidrogeologik tashkilotlari bosh geologlari yer osti suvlari monitoringi davlat inspektorlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari monitoringi bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosari Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat inspektori kuzatuv punktlaridagi, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslar rahbarligidagi ishlab chiqarish (mahalliy) monitoringi punktlaridagi yer osti suvlari holatini doimiy kuzatish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yuridik va jismoniy shaxslar rahbarligidagi ishlab chiqarish (mahalliy) monitoringi kuzatuv punktlarida yer osti suvlari holatini kuzatish uchun oldindan tegishli asoslar bilan ularni xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yuridik va jismoniy shaxslar yer osti suvlari holati bo‘yicha mo‘ljallanayotgan kuzatish to‘g‘risida xabarnoma olganlaridan so‘ng, ishlab chiqarish monitoringini olib borish bo‘yicha ma’lumot bilan birga yer osti suvlaridan foydalanish yuzasidan tegishli hisobotlar nusxasini taqdim etgan holda kuzatuv punktlarini o‘rganishga to‘sqinlik ko‘rsatmasliklari talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yer osti suvlaridan foydalanish va ishlab chiqarish monitoringi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuritilishi hamda suvga quduq burg‘ilash qoidalari buzilganligi aniqlangan taqdirda davlat inspektorlari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma beriladi, kerakli choralarni amalga oshirish va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspektorlari tomonidan ko‘rsatma nusxasi Davlat geologiya qo‘mitasiga hisobga olish va nazorat qilish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatma blankasi keltirilgan. Ko‘rsatma blankasi tartib raqamiga ega bo‘lib, ular maxsus daftarda ro‘yxatga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ko‘rsatmalarning belgilangan muddatlarda bajarilmasligi, yer osti suvlaridan foydalanish shartlari buzilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar bilan birga tegishli davlat nazorati yoki huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish hamda yuridik va jismoniy shaxslarni qonun doirasida javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat inspektorlari o‘z faoliyati doirasida Davlat geologiya qo‘mitasiga javob beradilar, ularning bajarayotgan ishlari hisoboti tizimli ravishda Davlat geologiya qo‘mitasi va gidrogeologik korxonalari ilmiy texnik kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat inspektorlari va yer osti suvlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar davlat va ishlab chiqarish monitoringi natijalari bo‘yicha taqdim etilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi yuzasidan qonunchilik doirasida javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari davlat monitoringini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASI __________________________ GIDROGEOLOGIYA STANSIYASI ____________________________________________________________________________________________ KO’RSATMA № ____ PREDPISANIYE 20__ yil “____” ___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT
Yer osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risida _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________20_____yil uchun
(Suv iste’molchisining ismi na uning idoraviy mansubligi)
1. Suv iste’molchisining manzili ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________,
telefon raqami _______________________________________________, STIR _______________________________________.
2. Suv olish inshootlari to‘g‘risida ma’lumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Suv olish inshooti nomi (quduq, buloq va boshq.), ularning raqami va joylashuvi
Ishga tushirilgan yili
Suv olish usuli (o‘zi chiquvchi, nasos rusumi, quvvati va boshq.)
Suv iste’moli maqsadi (IST, ICHTS, YES, TD YAS, davolash va boshq.*)
Izoh (suv olish inshootlarining umumiy soni, ulardan ishlaydiganlari va boshqa ma’lumotlar)
l
2
3
4
5
6
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer osti suvlarini olish to‘g‘risida ma’lumot
Suv olish inshooti nomi
20 yilda olingan suv hajmi, ming m3
Shu jumladan, oylar bo‘yicha, ming m3
Izoh
I
II
Sh
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XI
XII
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Olingan suv sifati to‘g‘risida ma’lumot
Suv olish inshooti raqami va nomi
Tahlil o‘tkazilish sana
Laboratoriya nomi
Suvning kimyoviy tahlili natijasi
rN
Suvning mineralizatsiyasi,
mg/l
Suvning umumiy qattiqligi,
mg-ekv/l
Izoh
Katnonlar, mg/l
Anionlar, mg/l
Sa
Mg
Na
K
SO4
CL
NO3
NSO3
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotni tayyorladi va topshirdi:
Hisobotni ko‘rib chiqdi va qabul qildi:
_______________________________
(imzo, mansabdor shaxsning F.I.O.)
________________________________
(imzo, mansabdor shaxsning F.I.O.)
Sana: _________
Sana: ________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* — IST-ichimlik suv ta’minoti; ICHTS — ishlab chiqarish texnik suv; YES — yerlarni sug‘orish; TD — tik drenaj; YAS — yaylovlarni sug‘orish; davolash-shifobaxsh, mineral.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-noyabrdagi 670-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 40-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. Quyidagilardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda hisobga olinmagan suvdagi quduqlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhli suv olish uchun (ikki va undan ortiq quduqlardan) belgilangan tartibda tasdiqlanmagan yer osti suvlari ekspluatatsiya zaxiralaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suvni maxsus iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 20-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnomaga suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisining suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv hajmining zarur tarzdagi hisobi yuritilishi, suv bulg‘anishi va kamayib ketishining oldini olish, shuningdek vakolatli davlat organlariga belgilangan tartibda muntazam ravishda hisobot taqdim etish bo‘yicha majburiyatlari ilova qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 231 va 232-bandlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“231. Yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnomaning amal qilish muddati mobaynida ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kuni maxsus jurnalda olinadigan yer osti suvlari hajmining hisobi yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 10-yanvardan kechikmay Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalariga Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha yer osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar uning amal qilishi muddati davrida Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining inspeksiyalari vakillari ishtirokida tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladigan ekspluatatsiya quduqlarini konservatsiya qilish va konservatsiya qilishdan chiqarish huquqiga egadirlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 24-banddagi “uch yilga” so‘zlari “bir yildan ortiq bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 25-bandning to‘rtinchi xatboshiga “va yer osti suvlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish majburiyatlarini zarur tarzda bajarish” so‘zlari qo‘shilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“suvda quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 26-son, 592-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son; 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son, 15.08.2019-y., 09/19/672/3568-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)