Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda):
1) 7-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoʻshinlaridan boʻshatilganlarga”;
2) 8-moddasining:
nomi va birinchi qismidagi “va Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita va Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa — mahalliy mehnat organi amalga oshiradi”;
3) 21-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnatga haq toʻlash fondidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi majburiy ajratmalar, bu xarajatlarni mahsulot tannarxiga qoʻshish sharti bilan”.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 394-modda; 1993-yil, № 1, 19-modda, № 9, 329-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 6-moddasining 1-bandi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Birja ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birja davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim”;
12-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birjaning joylashgan yeri (pochta manzili)”.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 13-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda):
1) 3-moddasi:
2-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taʼsis etilayotgan jamiyat va shirkatning firma nomi hamda uning joylashgan yeri (pochta manzili)”;
3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)”;
2) 17-moddasining 1-bandi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, basharti qonun hujjatlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1-bandining “s” va 2-bandining “g” kichik bandlaridagi “moliya va soliq idoralari” degan soʻzlar “moliya idoralari, monopoliyaga qarshi organlar va soliq organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandining “r” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“r) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) oʻz ustav fondini shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar yuzasidan”.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda, 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda):
1) 3-moddasining yettinchi xatboshisidagi “Qurolli Kuchlarda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklari va idoralarining harbiy mahkamalarida, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 23-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “harbiy qismlar” degan soʻzlardan keyin “vazirliklar va idoralarning harbiy mahkamalari, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 24-moddasi birinchi qismining ikkinchi va toʻrtinchi hamda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshilari “harbiy qismlar”, “harbiy qismlarning” degan soʻzlardan keyin tegishincha “vazirliklar va idoralarning harbiy mahkamalari, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari”, “vazirliklar va idoralar harbiy mahkamalarining, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralari xodimlarining darajali maxsus unvonlari toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 31-modda) 14-moddasidagi “qurolli kuchlarda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklari va idoralarining harbiy mahkamalarida, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 33-modda):
1) nomi va 1-moddasidagi “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan” degan soʻzlar “Jazoni ijro etish muassasalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddasi quyidagi mazmundagi “v” bandi bilan toʻldirilsin:
“v) oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan”;
3) 8-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi asosli taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi:
a) ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki va undan koʻproq marta hukm etilgan, jazoni ijro etish muassasalarida turgan shaxslarga nisbatan, — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan, mahkumning tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar boʻlgan taqdirda, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
b) oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarga nisbatan, — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
v) jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslarga nisbatan, — ichki ishlar idorasi boshligʻi tomonidan, shaxs jazoni ijro etish muassasasidan boʻshatilganidan keyin jamiyat uchun zararli tarzda kun kechirayotganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida”;
4) 9-moddasidagi “ozodlikdan mahrum qilish joylaridan” degan soʻzlar “jazoni ijro etish muassasalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 10-moddasining birinchi qismidagi “4-moddasining “a” bandida” degan soʻzlar “4-moddasining “a” va “v” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 12-moddasidagi “Axloq tuzatish-mehnat muassasasi” va “ozodlikdan mahrum etish joyidan” degan soʻzlar tegishincha “Jazoni ijro etish muassasasi” va “jazoni ijro etish muassasalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 13-moddasidagi “ozodlikdan mahrum etish joylarida”, “axloq tuzatish-mehnat muassasasi” va “ozodlikdan mahrum etish joylaridan” degan soʻzlar tegishincha “jazoni ijro etish muassasalarida”, “jazoni ijro etish muassasasi” va “jazoni ijro etish muassasalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a) nazorat ostiga olingan shaxsning xulq-atvori toʻgʻrisida ish beruvchidan, mazkur shaxs oʻqiyotgan joyning maʼmuriyatidan, u yashayotgan joydagi jamoat birlashmasi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan maʼlumotlar talab qilib olish”;
“v) nazorat ostiga olingan shaxsni suhbat uchun militsiyaga chaqirish, zarurat boʻlganda bunday suhbatlarni ish beruvchining, jamoat birlashmasi va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining vakillari, nazorat ostiga olingan shaxsning qarindoshlari, shuningdek suhbat mavzuiga aloqador shaxslar ishtirokida oʻtkazish”;
9) 20-moddasining ikkinchi qismidagi “ozodlikdan mahrum etish joylaridan” degan soʻzlar “jazoni ijro etish muassasalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
1) quyidagi mazmundagi 8-2-modda bilan toʻldirilsin:
“8-2-modda. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daʼvo muddatlari
Veksellarga nisbatan quyidagi maxsus daʼvo muddatlari qoʻllaniladi:
veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi daʼvo talablari boʻyicha — belgilangan muddatda amalga oshirilgan protest kunidan boshlab yoki xarajatsiz aylantirish oldindan shart qilib qoʻyilgan boʻlsa, toʻlov muddati kunidan boshlab bir yil;
indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga daʼvo talablari boʻyicha — indossant vekselni toʻlagan kundan boshlab yoki unga daʼvo taqdim etilgan kundan boshlab olti oy.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan oʻzga hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha daʼvo muddatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
2) 9-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaxs, bir guruh shaxslar tomonidan aksiyalarning aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ovoz berish huquqi bilan sotib olinishi, bunda ana shu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalarning oʻttiz besh foizdan koʻprogʻini tasarruf etish huquqini oladigan boʻlsa, monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish talab etiladi. Bunday talab aksiyadorlik jamiyatini tuzish vaqtida aksiyadorlik jamiyati muassislariga tatbiq etilmaydi, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashkil etish hollari bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 167 va 168-moddalar):
1) 7-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishida qarzdor majburiyatlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talabnomalar bildirayotgan, ovoz berish huquqi bor kreditorlar hozir boʻlgan taqdirda, yigʻilish vakolatli hisoblanadi. Kreditorlarning manfaatlarini yigʻilishda ishonchli shaxs ifodalashi mumkin. Kreditorlar yigʻilishida kvorum boʻlmasa, oʻn kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, bu yigʻilish oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida kreditorlar tegishli ravishda xabardor etilgan taqdirda, hozir boʻlgan kreditorlar ovozidan qatʼi nazar, yigʻilish vakolatli hisoblanadi”;
2) 8-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida xoʻjalik sudi tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan joy va vaqt haqidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishi ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi ajrim asosida xoʻjalik sudi tomonidan chaqiriladi hamda kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan joy va vaqt haqidagi xabar matbuotda eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran bir hafta ichida boʻlib oʻtishi kerak. Eʼlon qilish xarajatlari qarzdor hisobidan qoplanadi”;
3) 9-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar kreditorlarning yigʻilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun zarur kreditorlar ovozi soni yetarlicha hozir boʻlmagan boʻlsa, kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, bu yigʻilish oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida kreditorlar tegishli ravishda xabardor etilgan taqdirda bunday qarorlarni yigʻilish hozir boʻlgan kreditorlar ovozi soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilishga vakolatlidir”;
4) 16-moddasi:
ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“tashqi boshqaruvchilar va ishonchli shaxslar tariqasida faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslarga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
5) 26-moddasining birinchi qismidagi “ommaviy axborot vositalarida yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining rasmiy nashrida” degan soʻzlar “matbuotda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 40-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda xoʻjalik sudi qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli”;
7) quyidagi mazmundagi 401-modda bilan toʻldirilsin:
“401-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish muddati
Xoʻjalik sudining majlisida bankrotlik toʻgʻrisidagi ish ariza koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim”;
8) 42-moddasining birinchi qismidagi “rasmiy nashrda” degan soʻzlar “matbuotda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 46-moddasining toʻrtinchi qismidagi “qayta tiklanadi” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 64-moddasi:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tashqi boshqaruvchi korxonani kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, xaridor oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli”;
uchinchi — oʻn yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
11) 65-moddasi:
ikkinchi qismidagi “toʻqqizinchi” degan soʻz “oʻninchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tashqi boshqaruvchi mol-mulkning bir qismini kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, xaridor oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Tashqi boshqaruvchi arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkni, shuningdek xomashyo va tayyor mahsulot qoldiqlarini tashqi boshqaruv jarayonida kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, auksion savdosi oʻtkazmasdanoq oldi-sotdi shartnomalari asosida sotishga haqli”;
12) 77-moddasining:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik sudi bankrotlik toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda ayni shu sud tomonidan ishonchli shaxs boshchiligida tugatish komissiyasi tuziladi. Mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan qarzdor bankrot deb eʼlon qilingan taqdirda, ishonchli shaxs boshchiligidagi tugatish komissiyasini bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tuzadi. Ishonchli shaxsni xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlash tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan qarzdor-bankrot tugatish komissiyasining eng koʻp ish muddati, qoida tariqasida, bir yildan oshishi mumkin emas. Tugatish komissiyasining ish muddati alohida hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻpi bilan yana olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Qarzdor-bankrotni tugatish bilan bogʻliq ishlar tugatish komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda tugallanmagan va kreditorlar mol-mulkning bir qismini qarzni qoplash hisobiga olishdan bosh tortgan taqdirda mol-mulkning realizatsiya qilinmagan qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mulkiga oʻtadi.
Tugatish komissiyasining xatti-harakatlari ustidan xoʻjalik sudiga shikoyat qilish mumkin”;
13) 80-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Qarzdorning balansida belgilanganidan boshqa maqsadda yoki tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin boʻlmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma obyektlari boʻlgan taqdirda, qarzdor bankrot deb eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tugatish komissiyasining qarori bilan ular qoldiq qiymati boʻyicha mahalliy hokimiyat organlariga beriladi. Mazkur obyektlarni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar tugatish massasiga kiritiladi”;
14) 89-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ishonchli shaxs tomonidan hisobot taqdim etilganidan soʻng agar mol-mulk egasi ikki haftalik muddat ichida kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida ariza bermagan boʻlsa, ishonchli shaxs bu xususda mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi”;
15) 127-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) ustav fondini shakllantirmaganligi munosabati bilan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan qarzdor-yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirishga yetarli boʻlmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi. Shu bilan birga davlat yuridik shaxsning kreditori boʻlgan taqdirda, yuridik shaxsni tugatish qonun hujjatlarida ana shu toifadagi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda tugatish komissiyasi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni koʻrishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart”.
Keyingi tahrirga qarang.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda):
1) 51-moddasining birinchi qismidagi “giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda sotish (272-moddaning ikkinchi qismi)” degan soʻzlar “giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish (273-moddaning beshinchi qismi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 73-moddasi toʻrtinchi qismining “g” bandidagi “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ozginadan koʻproq miqdorda gʻayriqonuniy ravishda sotish” degan soʻzlar “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 111-moddasining uchinchi qismi sanksiyasidagi “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 131-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 132-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
6) 167-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “olti oygacha qamoq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 173-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
8) 176-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 177-moddasi:
birinchi qismining dispozitsiyasi “shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh yilgacha” degan soʻzlar “uch yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan sakkiz yilgacha” degan soʻzlar “besh yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 180-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
11) 181-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
12) 184-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foydalar (daromadlar) boʻyicha soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
13) 1861-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1861-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
14) 187-moddasi:
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “olti oygacha qamoq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 189-moddasi:
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “olti oygacha qamoq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
16) 198-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
17) 205-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 206-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
19) 228-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi “yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
20) 2291-moddasining sanksiyasidagi “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
21) 233-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
22) 257-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan sakkiz yilgacha” degan soʻzlar “besh yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 258-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yoxud besh yilgacha” ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan sakkiz yilgacha” degan soʻzlar “besh yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 259-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan sakkiz yilgacha” degan soʻzlar “besh yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 260-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “sakkiz yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
26) 262-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
27) 266-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “yetti yildan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
28) 272-moddasi chiqarib tashlansin;
29) 273-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“273-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek ularni koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda oʻtkazish —
olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan koʻproq miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida;
g) oʻquv yurtlarida yoki oʻquvchilar, studentlar oʻquv, sport va jamoat tadbirlarini oʻtkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud oʻzganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi”;
30) 302-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 5, 124-modda):
1) 480-moddasi ikkinchi qismining 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy prokurori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 511-moddasi ikkinchi qismining 3-bandidagi “Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 512-moddasining ikkinchi qismidagi “Qurolli Kuchlar Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, garnizonlar harbiy prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, harbiy prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda):
1) 126-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismi” degan soʻzlar “bir baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravari” degan soʻzlar “ikki baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 127-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha” degan soʻzlar “bir baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 166-moddasi:
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “spirtli ichimliklar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin, shu qismning sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar esa “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 170-moddasining dispozitsiyasidagi “Eng kam ish haqining oʻn baravaridan oshmaydigan miqdordagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 1762-moddasining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi yoki oʻzi qayta roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻn kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etish — ”;
6) 178-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organning qoidabuzarlikni tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talablarini yoxud boshqa qonuniy koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 186-moddasining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 2451-moddasidagi “1762” raqamlari chiqarib tashlansin;
9) 248-moddasi ikkinchi qismining 6-bandidagi “(yoʻl-patrul xizmati vzvod komandiri bundan mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 264-moddasining birinchi qismi “176-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “176-2-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 283-moddasining birinchi qismi “ikkidan bir qismidan” degan soʻzlardan keyin “yoʻl harakati qoidabuzarliklari toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan esa — bir baravaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda):
1) 68-moddasining:
birinchi qismi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlardan keyin “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa — mahalliy mehnat organi amalga oshiradi”;
2) 117-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonadagi bunday ishlarning roʻyxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida belgilab qoʻyiladi, agar ular tuzilmagan boʻlsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, mehnat sharoitlariga baho berishning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan uslubiyati asosida belgilanadi”;
3) 136-moddasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarga (137-modda)”;
4) 137-moddasining:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlar uchun beriladigan yillik qoʻshimcha taʼtil”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat sharoiti oʻziga xos boʻlgan ishlar uchun, shuningdek oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoiti uchun qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddati, bunday taʼtilni berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi”;
5) 181-moddasi birinchi qismining 2-bandidagi “yigirma foizidan” degan soʻzlar “oʻttiz foizidan” degan soʻzlar bilan, “qirq foizidan” degan soʻzlar esa “ellik foizidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 43-moddasining toʻrtinchi qismi “uning joylashgan yeri” degan soʻzlardan keyin “(pochta manzili)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 46-moddasi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxs oʻzi bilan boʻladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim hamda oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart”;
toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “va joylashgan yeri” degan soʻzlar “va joylashgan yeri (pochta manzili)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan yoxud olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmagan, dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq”;
4) 55-moddasi:
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish, shuningdek ularni muassislari yoʻqligida tugatish taomili va xususiyatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
oʻninchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin;
5) 490-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi shart emas, ushbu Kodeksning 110-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) quyidagi mazmundagi 291-modda bilan toʻldirilsin:
“291-modda. Banklarning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazishni davom ettirishni toʻxtatib qoʻyish majburiyati
Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, banklar ularning hisobvaraqlarini yopib qoʻyishi hamda axborotini korxona hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etishi shart.
Korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qoldiqlari foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga banklar tomonidan kiritib qoʻyiladi, korxonalarning toʻlanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi koʻzda tutilmagan holatlar alohida hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilganidan keyin ularning nomiga kelib tushayotgan mablagʻlar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qoʻyiladi.
Foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarda jamlangan mablagʻlar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning budjet va budjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarini qoplash uchun, qolgan summa esa ularning kreditorlik qarzini toʻlovlarning kalendar navbati boʻyicha qoplash uchun yoʻllanadi.
Korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiya korxona faoliyatini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlagan paytdan eʼtiboran bu korxonaning hisobvaraqlari tasarrufi tegishincha korxonaning oʻziga yoki tugatish komissiyasiga oʻtadi”.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda):
1) 15-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“firmaning toʻliq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili)”;
2) 20-moddasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda) 8-moddasining uchinchi qismidagi “ikki oy” degan soʻzlar “bir oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 54-modda):
1) 3-moddasining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ustun mavqe — oʻrnini bosuvchisi boʻlmagan tovar bozorida yoki bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) oʻziga (oʻzlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi oltmish besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) mavqeyi ustun mavqe deb eʼtirof etiladi”;
2) 5-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish imkoniyatlari mavjud boʻlgan taqdirda shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortish”;
3) 7-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
4) 12-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan unga kerakli hujjatlar va boshqa axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi shart”;
5) 14-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qoʻshib yuborilgan, birlashtirilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektning muassislari, qoʻshib yuborish, birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar bu haqda faoliyatning turini, mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hajmlarini koʻrsatgan holda monopoliyaga qarshi davlat organini oʻn besh kunlik muddat ichida xabardor qilishlari lozim”;
6) 17-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy, jinoiy va boshqa tarzda javobgarlikka tortilishi mumkin”;
7) 18-moddasining:
birinchi qismi 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etmaganlik yoki ataylab notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik yoxud ushbu Qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmay amalga oshirganlik uchun quyidagi miqdorlarda:”;
ikkinchi qismidagi “boshqaruv organi yoki mansabdor shaxs” degan soʻzlar “yoki boshqaruv organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 19-moddasining birinchi qismidagi “va mahalliy” degan soʻzlar “yoki mahalliy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda):
1) 8-moddasi:
birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan kichik korxonalar aksiz soligʻini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda toʻlaganlari taqdirda soddalashtirilgan soliq solish tizimiga oʻtishlari mumkin”;
quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, alkogolli mahsulot uchun aksiz soligʻini istisno etganda, amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yigʻimlar oʻrniga yagona yer soligʻi toʻlaydilar. Yagona yer soligʻi toʻlash tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
2) 92-moddasining:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“chet el krediti hisobiga olingan uskunalarning, shu kreditni qoplash muddatiga, lekin besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga”;
ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
3) 102-moddasi birinchi qismining 6-bandi chiqarib tashlansin;
4) 113-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“113-modda. Ekologiya soligʻi boʻyicha imtiyozlar
Ishlovchilari umumiy miqdorining kamida ellik foizi nogironlar boʻlgan yuridik shaxslar ekologiya soligʻidan ozod qilinadi, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanayotganlari bundan mustasno”;
5) 119-moddasining oʻn ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 7-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:
“10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalari oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan eʼtiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar”.
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda):
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishlab chiqaruvchi korxonalarga eksport mahsuloti ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan import qilinayotgan moddiy-texnika resurslari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha uni toʻlashni foiz undirilmagan holda toʻqson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 91-modda) 18-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir yil ichida oʻz ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, belgilangan tartibda tugatiladi. Shu bilan birga oʻz ustav fondini belgilangan muddatda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantira olmagan korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlmagan darajada kamaytirishi yoki oʻzi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
832-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda, 2001-y., 1-2-son, 23-modda, 2001-y., 9-10-son, 171-modda; 2002-y., 1-son, 11-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 2012-y., 1-son, 5-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 03/19/532/2873-son, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)