Xorazm viloyati hokimining
qarori
Urganch shahri hududidagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish bilan bogʻliq xizmatlar uchun toʻlov tariflarini belgilash toʻgʻrisida
“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 381-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. “URGANCH AVTO EKO TRANS” maʼsuliyati cheklangan jamiyatining Urganch shahar hududidagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar, shuningdek, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz texnikasi bilan markaziy chiqindi saqlash obyektiga qattiq maishiy chiqindilarni olib borib joylashtirganligi uchun toʻlov tariflari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Urganch shahridagi mahalla fuqarolar yigʻini raislariga hamda koʻp xonadonli uylarga xizmat koʻrsatuvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga “URGANCH AVTO EKO TRANS” maʼsuliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholidan chiqindilarni toʻplab olib ketganligi uchun toʻlovlarni vaqtida toʻlanishida yaqindan amaliy yordam koʻrsatishlari tavsiya qilinsin.
3. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (M. Iskandarov) viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi (B. Panayev) bilan birgalikda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning harajatlar smetasida qattiq maishiy chiqindilarini tashib chiqarish xarajatlari boʻyicha belgilangan normativlar asosida zarur mablagʻlarni rejalashtirilishini taʼminlasinlar.
4. Mazkur qaror “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish hamda “Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi” (lex.uz)da rasmiy eʼlon qilish uchun uch kunlik muddatda viloyat adliya boshqarmasiga yuborilsin.
5. Xorazm viloyat hokimligining “Axborot xizmati” (Sh. Qarriyev) mazkur qarorni hokimlikning veb-saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari K. Igambergenov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim F. ERMANOV
Urganch sh.,
2019-yil 18-aprel,
185q-son