Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.11.2021 13.08.2019 yildagi O‘RQ-552-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.11.2021
Hujjat 01.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-728-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini (bundan buyon matnda yer uchastkasi deb yuritiladi) xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mulkiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar oʻrnatilmagan va ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni oʻtkazish usuli boʻlib, bunda yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmogʻidagi ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida undan potensial xaridorlarning teng ravishda foydalanishi asosida realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq tarzda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ixtiyoriylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishga boʻlgan huquqlarini oʻz xohish-irodasi bilan va oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishga majburlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Haq toʻlash prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining birligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqi faqat ushbu obyektlarning mulkdorlariga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish bilan birga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni ochiq va shaffof boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi axborotdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan usullar orqali erkin foydalanilishini taʼminlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Xususiylashtirish obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur oʻlchamlardagi yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi deb yuritiladi) berilgan yer uchastkalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan va eʼlon qilingan rejalashtirish sxemalari boʻlmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan, xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek oʻrmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, skverlar, xiyobonlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor boʻlgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlari boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni yoʻnaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida davlat boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari va hududlarni rejalashtirish hamda rivojlantirishga doir shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishi va eʼlon qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun haq miqdorlarini, shuningdek uni toʻlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining bozor qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkalarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga beriladigan yer uchastkalarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining inventarizatsiyasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining xaritalarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining maydoni va chegaralarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilishi lozim boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkalari yuzasidan materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatiga olinishini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirishning ochiq va shaffof mexanizmini savdolar tashkilotchisi orqali taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasining faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi va elektron onlayn-auksionlar oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni jamlab, keyinchalik ulardan urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun maqsadli ravishda foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga berilgan yer uchastkalarini infratuzilmaviy rivojlanishga doir ishlar yakunlanganidan soʻng elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Davlat organlarining hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari maʼlumotlar bazalarining yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga taalluqli qismi boʻyicha axborot almashish orqali hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki ushbu shaxs tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalariga, shuningdek ularga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur oʻlchamlardagi yer uchastkalariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan oʻziga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalariga nisbatan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi jismoniy shaxsga oʻtganda mazkur yer uchastkasini xususiylashtirishga boʻlgan huquq ham oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyekti ulushli yoki birgalikdagi mulk boʻlsa yoxud koʻp kvartirali turar joy boʻlsa, ariza barcha ishtirokchilarning (mulkdorlarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining maydoni va chegaralarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga boʻlgan mulk huquqini yoki ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan yer uchastkalarining maydoni va chegaralari doirasida amalga oshiriladi. Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga oʻzgartishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarga, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlariga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur yer uchastkalari xususiylashtirilayotganda ularning maydoni va chegaralari xususida sud tartibida nizolashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Arizani berish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yer uchastkasi joylashgan yerdagi tuman (shahar) hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yer uchastkalarini xususiylashtirish masalasini Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida uni koʻrib chiqadi va Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga muvofiq oʻz ijobiy yoki salbiy xulosasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning xulosasi tuman (shahar) hokimining yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi yoki ularni xususiylashtirishni rad etish haqidagi tegishli qarorini qabul qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalariga nisbatan tugallanmagan sud muhokamalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari tasdiqlangan bosh rejalarining, shuningdek ariza berilguniga qadar qabul qilingan hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita toʻsqinlik qilayotgan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish, infratuzilma obyektlarini qurish toʻgʻrisida vakolatli davlat organlari hujjatlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada notoʻgʻri, bir-biriga zid boʻlgan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun toʻlovning ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki toʻliq amalga oshirilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun toʻlov Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning ijobiy xulosasi toʻgʻrisida yozma yoki elektron bildirishnoma olinganidan keyin oʻn ish kuni ichida jismoniy va yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkasini xususiylashtirish uchun toʻlovning miqdori yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan hamda xususiylashtiriladigan kunda tegishli yerlar uchun belgilangan yer soligʻi stavkasining karrali miqdorlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun toʻlov miqdorini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yer uchastkalarining, yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalariga, shu jumladan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilingan yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalariga nisbatan tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlarni belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi yoki xususiylashtirishni rad etish haqidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun toʻlov amalga oshirilganidan soʻng uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror suddan tashqari tartibda qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish haqidagi qaror Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning salbiy xulosasi tuzilgan kunda qabul qilinadi va ushbu qaror ustidan maʼmuriy sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Boʻsh turgan yer uchastkalarini, shuningdek Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga berilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh turgan yer uchastkalari aholi punktlarining va hududlarning bosh rejalariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh turgan yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi bilan kelishilgan holda elektron onlayn-auksion orqali yuridik va jismoniy shaxslarga mulk qilib sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlari bilan sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun buyurtma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun buyurtma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Xususiylashtiriladigan boʻsh turgan yer uchastkasi uchun toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan boʻsh turgan yer uchastkasining qiymati oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalarining boshlangʻich narxi ularning elektron onlayn-auksionga qoʻyish paytidagi bozor qiymatiga teng qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zakalat miqdori va qadam narxi boshlangʻich narx foizlarida va pulda ifodalangan tarzda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish xizmatlari uchun toʻlov savdolar tashkilotchisi va elektron onlayn-auksion tashabbuskori oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga berilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga berilgan yer uchastkalari boʻsh turgan yer uchastkalari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga boʻlgan xususiy mulk huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga boʻlgan xususiy mulk huquqi unga boʻlgan huquq Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestriga elektron tarzda tegishli yozuv kiritish orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga boʻlgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va u “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, oʻz xohishiga koʻra va oʻz manfaatlari yoʻlida erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqining har qanday buzilishi bartaraf etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy va boshqa imoratlar hamda inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yer uchastkalarining mulkdorlariga yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini olish chogʻida oʻz zimmasiga yuklatilgan investitsiya majburiyatlarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishining alohida hollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida va xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega boʻlmagan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga oʻtkazish maqsadida tuzilgan hujjatlar, bitimlar va amalga oshirilgan boshqa harakatlar haqiqiy emasdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar bankrot boʻlganligi, merosni qabul qilib olganligi, yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi yoki tugatilganligi oqibatida va boshqa holatlarda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega boʻlmagan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga oʻtgan taqdirda, olingan yer uchastkalari bunday holat yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran olti oy ichida oʻzga shaxsga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini mulkdordan olib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini mulkdordan olib qoʻyishga faqat mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu yer uchastkasiga qaratilganda, shuningdek natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Undiruv qaratilgan, olib qoʻyilayotgan xususiylashtirilgan yer uchastkasining qiymatini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv qaratilgan, olib qoʻyilayotgan xususiylashtirilgan yer uchastkasining qiymati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyilayotgan xususiylashtirilgan yer uchastkasining baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan qiymati yuzasidan sudda nizolashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini natsionalizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya yuridik va jismoniy shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini toʻlov asosida davlat tasarrufiga oʻtkazishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini natsionalizatsiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat davlat va jamoat ehtiyojlari uchun hamda yer uchastkasi mulkdorining roziligi olinganida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining mulkdori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan davlat organi oʻrtasida teng shartlar asosida tuziladigan yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasining shartnoma qiymatini va boshqa zararlarning oʻrnini davlat tomonidan oldindan qoplash sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun natsionalizatsiya qilishga faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun yerlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va temir yoʻllarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini va aviatexnika markazlarini, temir yoʻl transporti obyektlarini, koʻpriklar, metropolitenlar, tonnellarni, energetika tizimlari obyektlarini va elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari bosh rejalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan obyektlarni qurishga taalluqli qismini ijro etish maqsadlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini tijorat maqsadida natsionalizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasini tuzishni davlat organi tomonidan tashabbus qilish yer uchastkalari natsionalizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama oʻtkazilganidan, shuningdek koʻriladigan naf va chiqimlar baholanganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasi shartnoma qiymatining va boshqa zararlarning oʻrnini qoplash natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlatga oʻtkaziladigan paytga qadar toʻliq hajmda amalga oshiriladi yoki yer uchastkasi mulkdorining xohishiga koʻra boshqa teng qiymatdagi yer uchastkasi mulk qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasi shartnoma qiymatining oʻrnini qoplash toʻlovi bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Uni boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi natsionalizatsiyani amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi va xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdori oʻrtasida yer uchastkasi oldi-sotdi shartnomasini tuzish boʻyicha kelishmovchiliklar ustidan sud tartibida nizolashish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya qilingan yer uchastkasining amalda davlatga oʻtishi qaysi mulkdorning va boshqa shaxslarning natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari natsionalizatsiya qilish chogʻida tugatilayotgan yoki cheklanayotgan boʻlsa, faqat oʻsha mulkdor va boshqa shaxslar tomonidan teng qiymatdagi toʻlov olinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, sobiq mulkdorlar uni xususiylashtirishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini rekvizitsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar hollarida va favqulodda xususiyatga ega boʻlgan boshqa holatlarda uning mulkdoridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq olib qoʻyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin, bunda xususiylashtirilgan yer uchastkasining mulkdoriga yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanib, unga rekvizitsiya toʻgʻrisida hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini rekvizitsiya qilish faqat fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini favqulodda holatlar munosabati bilan yuzaga keladigan tahdidlardan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekvizitsiya amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlarning amal qilishi tugagach, rekvizitsiya qilingan yer uchastkasining sobiq mulkdori saqlanib qolgan mol-mulkini oʻziga qaytarishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekvizitsiya qilingan yer uchastkasini uning mulkdoriga qaytarib berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu yer uchastkasi bozor qiymatining oʻrni qoplanadi yoki uning xohishiga koʻra teng qiymatdagi boshqa yer uchastkasi mulk qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yer uchastkasini rekvizitsiya qilish zarurati mavjud boʻlmaganda yer uchastkasi ushbu holatlarning amal qilish muddati davrida vaqtincha foydalanish uchun egallanishi mumkin va yer uchastkasining mulkdoriga uning huquqlari vaqtincha cheklanishi tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining mulkdoriga rekvizitsiya qilingan yer uchastkasining bozor qiymati qaysi baholashga muvofiq qoplansa, oʻsha baholash, rekvizitsiya qilish yoki yer uchastkasi mulkdorining huquqlarini vaqtincha cheklash munosabati bilan yetkazilgan zararlar yuzasidan xususiylashtirilgan yer uchastkasining mulkdori tomonidan sud tartibida nizolashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini musodara qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mulkdordan sud qarori asosida olib qoʻyilishi (musodara qilinishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 2020-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-552-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 03/19/552/3541-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)