26.08.2019 yildagi PQ-4427-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini maqbullashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, joriy etiladigan tartibga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkalari) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer uchastkalarini ijaraga berish hollari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “YERELEKTRON” AAT) yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqi beriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” — “v” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) arxitektura va qurilish ishlarini amalga oshirish qismi bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini majburiy ekspertiza qilish talab etilmaydi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining bo‘linmalari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish hamda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyihaviy yechimlarini ekspertiza qilish bir vaqtda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashkilotlari tomonidan (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tashkilotlaridan tashqari) ishlab chiqilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish qurilish organlari tomonidan bino, inshoot va boshqa obyektlarning qurilish loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning kadastr yig‘majildini tayyorlash ularni foydalanishga qabul qilishga qadar Davlat xizmatlari markazlariga berilgan arizalarga asosan amalga oshiriladi. Qabul qilish yakunlanganidan so‘ng Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion g‘olibi yoki yer uchastkasiga nisbatan huquqqa ega bo‘lgan shaxsning aybi bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari tomonidan har chorakda yer uchastkasiga nisbatan investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi amalga oshirilib, natijalari zarur hollarda tegishli choralar ko‘rish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, ushbu qarorning 2-bandida belgilangan tartibning buzilishi davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikning buzilishi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishga oid qonunchilikka so‘zsiz rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarga nisbatan ta’sirchan javobgarlik choralarini qo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2019-yil 1-oktabrga qadar tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar koordinatalarini ko‘rsatgan holda elektron xaritalarni “Davergeodezkadastr” qo‘mitasiga taqdim etsin va kelgusida uni har oyda yangilab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi elektron xaritani shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasining uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida o‘rnatilgan tartibda yer uchastkalari ustidan majburiy nazorat uchib o‘tishlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi 2020-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish bo‘yicha “YER AUKSION” elektron savdo maydonchasini ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda yer uchastkalarini sotish jarayonlarining “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasidan “YER AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy shaxslarga faqatgina “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionda ishtirok etish maqsadida bepul asosda foydalanish imkonini beruvchi Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalarni tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionda ishtirok etish tartibi va qoidalarini yoritib beruvchi tarqatma axborot materiallarini ishlab chiqsin va Davlat xizmatlari markazlarining maxsus xonalarini ular bilan jihozlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Davlat xizmatlari markazlarining maxsus xonalarini kompyuterlar va zarur mebellar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlarni hududiy teleradiokanallarda translyatsiya qilish uchun belgilangan tartibda efir vaqtini ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi ommaviy axborot vositalarining so‘roviga asosan elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda “YERELEKTRON” AAT va “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasining ishlashini takomillashtirish choralarini ko‘rsin, bunda quyidagi imkoniyatlar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha manfaatdor shaxslar, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan Internet tarmog‘i orqali kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish jarayonini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mansabdor shaxslarning harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionning nohalol ishtirokchilari, jumladan yer uchastkasi bahosining to‘liq to‘lanishini ketma-ket ikki marta ta’minlamagan ishtirokchilarning ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni keyingi elektron onlayn-auksionga vaqtinchalik qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligiga materiallarni tayyorlash va kelishish jarayonini masofadan turib har haftalik monitoring qilish, shuningdek, yer uchastkasi materiallarini kelishishda vakolatli tashkilotlarning rad etishi qonuniyligini o‘rganish maqsadida tizimga kirish imkoniyatini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli organlar (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) davlat kadastri geoaxborot tizimlarini tayyorlash ishlarini tezlashtirsin hamda har oyda kadastr obyektlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni “Davergeodezkadastr” qo‘mitasiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi mazkur band ijrosini ta’minlamagan yoki lozim darajada ta’minlamagan vakolatli organlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish haqidagi masalani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli organlarning asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra davlat kadastrini yuritish uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vaqtida o‘zlashtirilmagan yer uchastkalarini ishlatilmayotgan obyektlarga tenglashtirish haqidagi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yer uchastkalarini ushbu qarorga muvofiq berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4427-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 07/19/4427/3653-son; 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)