10.01.2019 yildagi PF-5623-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda shaharlar aholisi farovonligining o‘sishi va barqaror rivojlanishiga yetaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga olinmagan. Natijada so‘nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 1071 gacha ko‘paygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy talablariga javob bermaydi va jahon tendensiyalaridan sezilarli darajada qolib ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror xususiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish, bunda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan ta’minlangan, ipotekani kreditlash va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan kam va o‘rta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya jarayonlarini ma’muriy tartibga solish tizimini takomillashtirish yo‘li bilan aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin harakatlanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik shaharlar aholisining farovonligini ta’minlash, iqtisodiy va sanoat resurslaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga ushbu shaharlar aholisini to‘liq va samarali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida texnoparklar tashkil qilish va ularning tizimini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalambor sanoat, xizmat va servis sohalarida aholining daromadlarini oshirish va barqaror ish joylarini yaratish omili sifatida aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda tutgan holda o‘rta shaharlarni, shu jumladan tuman markazlarini boshqarishda ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik shaharlarga tutash bo‘lgan va qulay transport aloqasiga ega yo‘ldosh-shaharlar tarmog‘ini kengaytirish, yirik shaharlarning markaziy qismida sanoat va boshqa zonalar hududlarini qisqartirgan holda ijtimoiy-ishbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini qonunchilikka muvofiq xususiylashtirish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir, ularga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirish faqatgina unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan holda hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘langanda amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan birinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyunga qadar xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan to‘lovlar miqdorlari, shuningdek ularni to‘lash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, shuningdek mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2019-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda, shu jumladan kompleks uy-joylar qurilishi hisobidan yangi shaharlar va yo‘ldosh-shaharlar tashkil etishni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatlashtirish siyosatining sur’atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“o‘sish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta’lim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga o‘qitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yo‘l-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yo‘ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bilan birgalikda tabiiy-iqtisodiy salohiyatni aniqlash maqsadida yirik shaharlarga tutash aholi punktlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni ta’minlasin, amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra 2019-yil 1-noyabrga qadar tizimli urbanizatsiya jarayoni amalga oshirilishini, yangi sanoat korxonalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari bilan kompleks joylashtirishni hisobga olgan holda o‘rta muddatli davrda yo‘ldosh-shaharlarga aylantiriladigan aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va Agentlik tomonidan rejalashtirilgan aholini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarining natijasi hamda xalqaro talablar bo‘yicha urbanizatsiya darajasini hisoblash metodologiyasidan kelib chiqqan holda, shahar aholisining hisobini yuritish va statistik hisobotlarni takomillashtirishni ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar 2020 — 2025-yillarda kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan turar joylar hududlarini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlarni, keyinchalik ularni infratuzilmaviy rivojlantirish va sotish uchun Jamg‘armaga berishni nazarda tutgan holda, xatlovdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ilgari qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan uy-joylar qurish bo‘yicha amaldagi davlat dasturlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish, bo‘shaydigan mablag‘larni kompleks uy-joy qurish davlat dasturlari doirasida tegishli uy-joylarni qurishga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarini ularga mos ravishda moliyalashtirish manbalari, qurilish materiallari resurslari hamda pudratchi qurilish tashkilotlari quvvatlari bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan bino va inshootlarning muayyan qismini faqat muqobil energiya manbalari bilan jihozlash va ta’minlash bo‘yicha majburiy talabni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Jamg‘armaga berilgan bo‘sh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan turar joy binolari hududlari, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar xususiylashtirilgan hisoblanadi va keyinchalik belgilangan tartibda quruvchilarga sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Konsepsiyani amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tegishli hududlar va aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Konsepsiya doirasida belgilangan yer uchastkalarida zarur muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga mazkur “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati to‘g‘risidagi axborotni kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik, iste’mol, ipoteka va boshqa kreditlar yuzasidan bankka murojaat qilish joyi bo‘yicha ro‘yxatda turish majburiyligi haqidagi talabni bekor qiladigan kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda shartnoma asosida mustaqil konsultantlar va ekspertlarni, texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarni jalb qilgan holda, urbanizatsiya sohasida eng muhim xalqaro reytinglar va indikatorlarning ko‘rsatkichlari, ularni shakllantirish metodologiyalari chuqur o‘rganilishini ta’minlasin, shuningdek ko‘rsatilgan reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini, uning mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutgan holda, tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5623-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni ta’minlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l xarita”si
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish shakli

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Urbanizatsiyani tartibga solish va davlat uy-joy siyosatini takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprelga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Vazirlar Mahkamasi,

vazirliklar va idoralar

2.

Uy-joy siyosatining uzoq muddatli strategiyasini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-avgustga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi,

Oliy sud, Yergeodezkadastr,

3.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirilishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyulga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Yergeodezkadastr,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

4.

Yer solig‘i stavkasini oshirish va xususiylashtirilgan va egalik qilingan yer uchastkalari uchun rag‘batlantiruvchi mol-mulk solig‘i stavkasini belgilash.

har yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

5.

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga shahar va qishloq aholi punktlarini ajratish mezonlarini aniq belgilovchi, turli toifadagi shaharlarni kompleks rivojlantirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

2019-yil

1-mayga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

6.

Yuridik shaxslarga tegishli binolar va inshootlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Binolar va inshootlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uchastkalar chegaralarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Yergeodezkadastr,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qurilish vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

9.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Yergeodezkadastr,

Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Shahar va qishloq joylaridagi eng muhim shaharlarni ajratib olgan holda 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

1-iyunga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Hududlar kesimida uy-joy va ijtimoiy obyektlarning maydoni va sonidan kelib chiqib, kompleks qurilish doirasida aholi punkti uchun zarur bo‘lgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma quvvatlarini aniqlash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

1-iyulga qadar

Normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari

Qurilish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Yergeodezkadastr

II. Urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solishni tashkil etish

12.

Yo‘ldosh-shaharlarni shakllantirish uchun istiqbollarini aniqlash maqsadida aholi punktlarini xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun eng qulay maqomini uzaytirishi bilan birga birinchi navbatdagi katta bo‘lmagan sanoat korxonalarini joylashtirish uchun istiqbolli qishloq aholi punktlari, shahar posyolkalari va kichik shaharlar ro‘yxatini shakllantirish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyulga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Texnik ko‘mak mablag‘lari
va boshqalar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi,

xalqaro moliya institutlari

15.

Rejalashtirilayotgan aholini hisobga olish ishlari va urbanizatsiya darajasining xalqaro reytingini inobatga olgan holda, shaharlar va hududlarning alohida toifalari kesimida shahar aholisining hisobini va statistik hisobotini yuritishni takomillashtirish.

har yili

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Milliy statistika qo‘mitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

xalqaro moliya institutlari

16.

Urbanizatsiya jarayonida qamrab olingan alohida toifalardagi shaharlarga maxsus maqom berilishini nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish, xususan:

shahar budjetida qoladigan prognoz tushumlaridan oshadigan summa bo‘yicha soliq turlarini ko‘paytirish;

yer uchastkalarining kimoshdi savdosidan tushgan va shahar budjetiga o‘tkazib beriladigan mablag‘larni shahar budjetiga o‘tkaziladigan ulushini ko‘paytirish;

shahar budjetida mavjud bo‘lgan mulkdan samarali foydalanishga yo‘naltirishga qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlarni joriy etish.

2019-yil

1-iyunga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

III. Urbanizatsiya va shaharlarni kompleks rivojlantirishni tartibga solish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

17.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining avval qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, ularni moliyalashtirish manbalari va tartibini saqlab qolgan holda uy-joylarni qurish bo‘yicha davlat dasturlarini optimizatsiya qilish, shuningdek kompleks uy-joy qurilishi davlat dasturlari doirasida bo‘shaydigan mablag‘larni tegishli qurilishlarga yo‘naltirish.

2019-yil

1-avgustga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi

18.

Qurilgan va qurilayotgan binolar va inshootlarning tarixiy va milliy qiyofasini tiklash maqsadida bir qator yetakchi mahalliy va xorijiy madaniyat arboblaridan, me’morlar, tarixchilar, arxeologlar, shu jumladan chet eldagi vatandoshlardan iborat me’moriy kengashni tashkil etish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Qurilish vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining pudratchi qurilish tashkilotlarning quvvatlari, qurilish materiallari resurslari va moliyalashtirish manbalari bilan parallel ta’minlash.

2019-yil

1-iyunga qadar

Chora-tadbirlar rejasi

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“O‘zqurilishmateriallari” AJ

20.

O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasini, O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasini, hamda O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Jadvalga muvofiq

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Shaharsozlik va shaharni rejalashtirish sohasidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda shaharlarning bosh rejalarini va aholi punktlarining batafsil joylashuv rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlovlar, shu jumladan xalqaro tanlovlarni o‘tkazish.

har yili

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha

Qurilish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Kompleks uy-joy qurish massivlarining joylashtirilishini hisobga olgan holda, aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi sxemalariga tuzatishlar kiritish.

har yili

Chora-tadbirlar rejasi

Asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Ushbu Farmonning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari, xorijiy investorlarga tushuntirish maqsadida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali taqdimotlar, seminarlar, matbuot anjumanlari va shunga o‘xshash boshqa tadbirlar o‘tkazish.

har yili

Amaliy
chora-tadbirlar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Matbuot va axborot agentligi, MTRK,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Qurilish vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: zarur hollarda mazkur “Yo‘l xarita”siga muvofiq ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari o‘zgartirilishi, birlashtirilishi yoki qayta nomlanishi mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5623/2461-son; 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)