Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining
qarori
Shahardagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda;) asosan Urganch shahridagi transport vostitalarning 2018-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Urganch shahar IIO FMB YHXB (V.Vapayev) Urganch shahridagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda YHX boshqarmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, shuningdek trolleybuslar, zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish mos lamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda, teknika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishi taʼminlansin:
a) shahardagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, trolleybuslar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vazinli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 30-iyungacha va 1-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, mazkur bandning “b” kichik bandida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi shahar komissiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandiga asosan transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish hakining oʻndan bir qismi mikdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan mikdorlarda yigʻim undiriladi.
Mazkur qarorning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
4. Transport vositalarini texnik koʻrikga jalb qilishda Yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga, shahar mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, shahar Ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatishlari tavsiya etilsin.
5. Urganch shahar IIO FMB YXH boʻlimi transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha Urganch shahar hokimligiga 2018-yil 10-noyabrgacha yozma axborat berish vazifasi topshirilsin.
6. Ushbu qaror Urganch shahar hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Urganch oqshomi” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan Urganch shahar hokimining 2017-yil 1-martdagi 564k-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat kilish Urganch shahar hokimining oʻrinbosari M. Madrimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. SAPAYEV
Urganch sh.,
2018-yil 23-fevral,
472k-son