Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
qarori
Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami,2003-y.,1-2-son 17-modda;) asosan, tumandagi transport vositalarining 2019-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, qaror qilaman:
1. Bogʻot tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruxi (J. Ollaberganov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlansinlar:
a) tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 30-iyungacha va 1-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
Ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, mazkur bandning “b” kichik bandida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandiga asosan transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan bir qismi miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Transport vositalarini texnik koʻrikga jalb qilishda tuman ichki ishlar boʻlimi YHXGga, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2017-yil 28-yanvardagi 129-k-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruxi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2018-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari U. Matyaqubov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-fevral,
552-son