12.01.2019 yildagi 417/47-5-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududiy chegaralarini oʻzgartirish va yangi mahalla fuqarolar yigʻinlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi (Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 111-modda;), Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4944-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 69-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 107-modda) talablaridan kelib chiqqan holda, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Toshkent shahar kengashi va tuman hokimliklarining ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari hududiy chegaralarini qayta koʻrib chiqish va yangi mahalla fuqarolar yigʻinlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududiy chegaralarini qayta koʻrib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlar roʻyxati va ularning nomlari 1-ilovaga, boʻlinishi hisobiga tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yigʻini chegaralari tavsiflari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari soni 508 ta deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalla fuqarolar yigʻinlari hududiga oʻzgartirish kiritilgan tuman hokimliklari va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Toshkent shahar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari (F. Maxmudxoʻjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining toʻliq shakllanishi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarga oʻzgartirish kiritilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi (L. Ismatullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlarni mahalliy budjetdan belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Toshkent shahar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari (F. Maxmudxoʻjayev), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Gʻ. Rasulov), Davlat soliq boshqarmasi (N. Tursunov): mazkur qarorga asosan hujjatlarga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (F. Aminov): mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin hamda www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Ijtimoiy-madaniy, rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari E. Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari T. MATIBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417/47-5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2019-yil 12-yanvardagi 417/47-5-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi mahallalarning hududiy chegaralarini qayta koʻrib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahallalar roʻyxati va ularning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahallaning hozirgi nomi

Mavjud mahallalarni boʻlish hisobiga yangi tashkil etilgan mahallalar nomi

Izoh

Sergeli tumani boʻyicha:

“Mehrigiyo” mahallasi

“Bunyodobod” mahallasi

Hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2660 qaroriga bilan uchun 23 ta yangi uy aholiga foydalanishiga topshirilgan.

“Noʻgʻay-Qoʻrgʻon” mahallasi

“Qubay tepa” mahallasi

Joyga oid tarixiy nomlardan biri

Yashnobod tumani boʻyicha:

“Maʼrifat” mahallasi

“Oʻqchi-Olmazor” mahallasi

Hududdagi aholini Shayxontohur tumanidagi nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2019-yil 12-yanvardagi 417/47-5-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinishi hisobiga tashkil etilayotgan mahalla chegaralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sergeli tumani
“Mehrigiyo” mahalla fuqarolar yigʻini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Sergeli koʻchasidan Mehrigiyo koʻchasigacha, Yangi Sergeli koʻchasi bilan Mehrigiyo koʻchasi kesishgan joydan Jaxonaro koʻchasigacha, Jaxonaro koʻchasidan Kanalboʻyi hududigacha, Kanalboʻyi hududidan 32,33,34 uylarni qamrab olgan holda Yangi Sergeli koʻchasigacha, Yangi Sergeli koʻchasidan Mehrigiyo koʻchasigacha boʻlgan hududlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunyodobod” mahalla fuqarolar yigʻini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Sergeli koʻchasining chap tomoni boʻylab Kanal boʻyigacha. Kanal boʻyi hududining chap tomoni boʻylab Habibiy mahallasi maʼmuriy-hududiy chegarasigacha. Habibiy mahallasi maʼmuriy-hududiy chegarasining chap tomoni boʻylab Oʻzgarish mahallasi maʼmuriy-hududiy chegarasigacha. Oʻzgarish mahallasi maʼmuriy-hududiy chegarasining chap tomoni boʻylab Kichik halqa yoʻligacha. Kichik xalq yoʻlining chap tomoni boʻylab Yangi Sergeli koʻchasigacha boʻlgan hududlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Noʻgʻayqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent halqa yoʻli koʻchasidan oʻng tomon boʻylab Yangi Sergeli koʻchasigacha, Yangi Sergeli koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Saʼdiiy koʻchasigacha, Saʼdiiy koʻchasi oʻng tomoni boʻylab Kubaytepa koʻchasigacha, Kubaytepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Parizod koʻchasigacha. Parizod koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Moxidil tor koʻchasigacha. Moxidil tor koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Toshkent halqa yoʻli koʻchasigacha boʻlgan chegaralarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qubay tepa” mahalla fuqarolar yigʻini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Sergeli koʻchasi bilan Saʼdiiy koʻchasi kesishgan joydan oʻng tomon boʻylab Toshkent-Samarqand temiryoʻli hududigacha. Toshkent-Samarqand temiryoʻli hududining oʻng tomoni boʻylab Toshkent-Qoʻqon temiryoʻli hududigacha. Toshkent-Qoʻqon temiryoʻli hududining oʻng tomoni boʻylab Toshkent halqa yoʻli koʻchasigacha. Toshkent halqa yoʻli koʻchasining oʻng tomoni boʻylab kanal boʻyidan Moxidil tor koʻchasigacha. Moxidil tor koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Parizod koʻchasigacha. Parizod koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Kubaytepa koʻchasigacha. Kubaytepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Saʼdiiy koʻchasigacha. Saʼdiiy koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Yangi Sergeli koʻchasigacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashnobod tumani
“Maʼrifat” mahallasi fuqarolar yigʻini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona yoʻli koʻchasidan Fargʻona yoʻli tor koʻchasi boʻylab Axsikat koʻchasi bilan Murgʻob koʻchasi kesishgan joygacha, Murgʻob koʻchasining chap tomoni boʻylab Radishev koʻchasigacha, Radishev koʻchasi boʻylab Fargʻona yoʻli koʻchasigacha boʻlgan hudud bilan chegaralarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻqchi-Olmazor” mahallasi fuqarolar yigʻini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo 2-tor koʻchasi va Qashqadaryo koʻchasi kesishgan joydan, Qashqadaryo koʻchasining chap tomoni boʻylab, Qashqadaryo 1-tor koʻchasigacha, Qashqadaryo 1-tor koʻchasining chap tomoni boʻylab Murgʻob tor koʻchasigacha, Murgʻob tor koʻchasining chap tomoni boʻylab Qashqadaryo 2-tor koʻchasigacha boʻlgan hududda yangi qurilgan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va 17, 18, 19, 20, 21 koʻp-qavatli uylarni oʻz ichiga olgan chegaralarda.