1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish bo‘yicha bitimlar. Uy-joyni berish.;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika shaharlarida yashayotgan aholini, shu jumladan yosh oilalarni, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarni va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash orqali ularning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharlarda tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilmalariga ega bo‘lgan 5, 7 va 9 qavatli kompleks ko‘rinishiga ega, energiya samarador, arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish 2017 — 2020-yillarda respublika shaharlarida imoratlar barpo etish va shahar qiyofasini yangilashning ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaharlarda energiya samarador, arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2017 — 2020-yillarga mo‘ljallangan dasturning (keyingi o‘rinlarda — Dastur) asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Dasturga muvofiq qurilgan, energiya samarador, arzon ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar asosan yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlarga, shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” AJ. “O‘ztransgaz” AK, “O‘zbektelekom” AK, bosh pudrat tashkilotlari va tijorat banklari rahbarlari zimmasiga Dasturning tasdiqlangan parametrlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin, bunda quyidagilarni ta’minlaydigan chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi hisobga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish massivlarining muhandislik jihatidan o‘z vaqtida tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarning loyiha-smeta hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishda narxlarning asoslangan tarzda shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik kommunikatsiyalar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadallik bilan qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturni amalga oshirish doirasida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishga buyurtma beruvchilarga kreditlar berish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni sotib olish uchun qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish yo‘li bilan kvartiralarni sotish funksiyalarini yuklagan holda “Ipoteka bank” ATIB — moliyalashtiruvchi tijorat banki etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini, namunali loyihalarni rasmiylashtirish, ko‘p kvartirali uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan texnik nazorat olib borish funksiyalarini yuklagan holda “O‘zshahar qurilish invest” IK — buyurtmachi etib (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal sohada, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha Idoralararo tender komissiyasi (B.I. Zakirov) tomonidan Pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan, mazkur obyektlarni qurishda tajribaga va tegishli moddiy-texnik bazaga ega bo‘lgan pudrat tashkilotlari ishtirokida tender savdolarini o‘tkazish yakunlariga ko‘ra — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan birga ko‘p kvartirali uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bosh pudrat tashkilotlari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo tender komissiyasiga (B.I. Zakirov) Dastur doirasida 2017-yilda qurilishi nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha pudrat tashkilotlarini, istisno tariqasida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan aniqlab olishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ipoteka bank” ATIB:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilga mo‘ljallangan Dasturni amalga oshirish doirasida “O‘zshahar qurilish invest” IKga ko‘p kvartirali uyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun uning loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar obyekt qiymatining 95 foizigacha miqdorda yiliga 7 foiz stavka bilan kredit liniyalarini ochsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartiralar aholiga sotilgunigacha bo‘lgan davrda “O‘zshahar qurilish invest” IKning kreditlar bo‘yicha majburiyatlari ta’minoti sifatida kelgusida ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni sotishdan tushadigan mablag‘larni garovga qabul qilsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilariga 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, dastlabki 5 yil mobaynida yiliga 7 foiz stavka bilan (2020-yilga mo‘ljallangan Dastur amalga oshirila boshlangach bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada) hamda keyingi davrlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan realizatsiya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zshahar qurilish invest” IKga ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun berilgan kreditlarni hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash to‘liq hajmda xonadonlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilsin;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalaridan arizalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kvartiralar ular qiymatining kamida 50 foizini avvaldan to‘lash shartlari asosida va 6 oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 10 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan aholining boshqa qatlamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda sotilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning bosh ofisida va filiallarida ko‘p kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va monitoring olib borish hamda aholiga kreditlar berish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar tashkil etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Ipoteka bank” ATIBga qarz oluvchilar tomonidan o‘zlarining kredit majburiyatlarini kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq to‘liq bajarmagunicha qurilishi tugallanmagan ko‘p kvartirali uylarni, shuningdek, kvartiralarni tasarruf etish yuzasidan ustunlik huquqi berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2017-yilda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish parametrlari va manbalari 2-ilovaga muvofiq belgilansin, jumladan:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotlariga kredit berish va Dasturni amalga oshirishda qatnashuvchi jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berish uchun “Xalq banki” ATB tomonidan “Ipoteka bank” ATIBning buyurtmanomalariga asosan milliy valyutada banklararo depozit hisob raqamiga yiliga 6,5 foizlik stavkada, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 20 yil muddatga beriladigan 751,1 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand xodimlari uchun uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda ulush qo‘shib qatnashishga tayyorligini bildirgan nodavlat tashkilotlarning o‘z mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dastur doirasida, istisno tariqasida quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-aprelga qadar ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtda ishlab chiqqan holda qurilish ishlarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilda “Ipoteka bank” ATIBning buyurtmanomalari asosida 2017-yil Dasturi hisobiga zaxira yaratish bo‘yicha ishlarni boshlash uchun “Xalq banki” ATB tomonidan 100 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali arzon uy massivlarini qurish uchun pudrat tashkilotlariga markazlashgan holda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va uskunalarni “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan tender savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan xarid qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy banki bilan birgalikda har yili 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga Dasturni keyingi davrlarda amalga oshirishni moliyalashtirishning aniq manbalari bo‘yicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, zarurat bo‘lganda, arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishning asosiy parametrlariga va manzilli ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirishda shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, yong‘inga qarshi va boshqa majburiy norma va qoidalarga so‘zsiz rioya etilishiga yo‘naltirilgan yagona siyosat olib borilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017-yil 1-fevralga qadar 2017-yilgi Dastur doirasida potensial qarz oluvchilar aniqlanishini, ularning dastlabki badallari shakllantirilishini ta’minlasin, shuningdek, belgilangan tartibda keyingi yillar uchun Dastur parametrlarini tayyorlash doirasida har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-aprelga qadar — O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” va “Davarxitektqurilish” davlat qo‘mitalari bilan kelishilgan holda, ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalaridan va ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan yer uchastkalari ro‘yxatini shaharlarning tasdiqlangan bosh rejalarini hisobga olgan holda shakllantirish, keyinchalik ularni ko‘p kvartirali uylar qurish uchun buyurtmachiga berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-aprelga qadar — potensial qarz oluvchilarni aniqlash, ularning dastlabki badallari shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-iyunga qadar — loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan birga ko‘p kvartirali uylar massivlarini qurish loyihasi tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-iyulga qadar — O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, loyihalash tashkilotlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda namunaviy loyihalarni joylarga bog‘lash hamda ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-avgustga qadar — qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlari tasdiqlanishini ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish qismida — “Ipoteka bank” ATIB tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan birga ko‘p kvartirali uylar massivlarini qurish loyihasini tayyorlash qismida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mahalliy budjetlari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz faoliyat ko‘rsatish ta’minlanishini hisobga olgan holda tortib kelinadigan va maydon ichki elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlarini qurish qismida — tegishli ravishda “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK va “O‘zbektelekom” AKning o‘z mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘orish suv quvuri, irrigatsiya novlari va tashqi yoritish tizimlari o‘rnatilishini hisobga olgan holda, tortib kelinadigan va maydon ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, tutash hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish qismida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mahalliy budjetlari mablag‘lari Dasturni amalga oshirish doirasida moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tegishli budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi manfaatdor loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda ko‘p kvartirali uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorlikni sifat jihatidan oshirishni hamda qurilish va rekonstruksiya qilishning qiyosiy qiymatini tushirishni ta’minlaydigan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlaridan keng foydalanishni, shaharlarning bosh rejalarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilishning arxitektura-rejalashtirish yechimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish konstruksiyalari, kvartiralarni yoritish, isitish tizimlarini barpo etish va qurishda hamda zamonaviy hisobga olish priborlarini majburiy ravishda o‘rnatishni nazarda tutgan holda ichimlik suvini barqaror yetkazib berishni tashkil etishda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar uchun dam olish joylari tashkil etilishi, bolalar maydonchalari, chiqindi yig‘ish punktlari oqilona joylashtirilishi va qurilishi, jihozlangan avtomobil to‘xtash joylarini hamda tutash hududlar obodonlashtirilishini hisobga olgan holda qurilayotgan uy-joy komplekslari hududlarining ko‘cha va hovlilarini funksional jihatdan aniq ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi va “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda ikki oy muddatda davlatning bank ustav kapitalidagi ulushini ko‘paytirish hisobidan “Ipoteka bank” ATIB ustav kapitalini 100 mlrd so‘mga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliyalashtirish tashkilotlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etsin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-iyulgacha Dasturni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar sotib olingan kvartiralar bo‘yicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar)ning mulk solig‘idan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvargacha Dasturni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudrat va subpudrat tashkilotlari — “tayyor holda topshirish” shartlarida ko‘p kvartirali uylar obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar hajmi qismida barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportini ishlab chiqaruvchi (respublika hududidagi) tashkilotlar — ko‘p kvartirali uylar obyektlarini “tayyor holda topshirish” shartlarida qurish uchun “O‘zshahar qurilish invest” IK va pudrat tashkilotlariga sotiladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportini hajmi qismida qo‘shilgan qiymat solig‘i va yagona soliq to‘lovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlari — ko‘p kvartirali uylar obyektlarini qurish uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan xomashyo, buyumlar, uzellar, konstruksiyalar, qurilish materiallari, qurilish texnikasi va asbob-uskunalar, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar, avtotransport vositalari, shu jumladan yo‘l-qurilish texnikasi uchun bojxona (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qiluvchi tashkilotlar — import qilinadigan qurilish materiallari, buyumlari, xomashyo, uzel va konstruksiyalari, shu jumladan yog‘och-taxta materiallari va tom yopish uchun metall listlar, yo‘lovchi liftlari, alohida isitish qozonlari, ular uchun uskunalar va ehtiyot qismlar, shu jumladan ularni ishlab chiqarish (yoki yig‘ish) uchun ehtiyot qismlar va materiallar uchun bojxona (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lovlaridan, shuningdek, import qilinayotgan tovarlarni “O‘zshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlari manziliga yetkazib berish qismida qo‘shilgan qiymat solig‘i va yagona soliq to‘lovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar (xizmatlar)ni bajaruvchi tashkilotlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — Dasturni amalga oshirish bilan bog‘liq qismida qo‘shilgan qiymat solig‘i va yagona soliq to‘lovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zshahar qurilish invest” IK — barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020-yil 1-iyulgacha “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan 2017 — 2019-yillarga mo‘ljallangan Dastur doirasida qurilgan uy-joylar (ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar) sotilishi bo‘yicha aylanma qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish masalalari bo‘yicha pudrat tashkilotlari bilan nizolarni hal etish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda kvartira sotib olish uchun berilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish to‘g‘risidagi da’volari bo‘yicha umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat boji to‘lovlaridan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yilgi moddiy balanslarda Dastur doirasida ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlariga e’lon qilingan narxlarda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha zarur hajmlarda metall prokati va sement ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda, belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan arxitektura-qurilish, texnik va mualliflik nazorati olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognozlashtirilayotgan davrda quriladigan ko‘p kvartirali 1 kvadrat metr uy-joyning qiymati, boshqa va ko‘zda tutilmagan xarajatlarni hisobga olgan holda har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilishini ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Markaziy banki, “Ipoteka bank” ATIB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturning maqsad va vazifalarini, shuningdek, uni amalga oshirish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil etsin, mazkur mavzudagi ko‘rsatuv va maqolalarni ijtimoiy reklama axboroti shaklida joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Moliya vazirligi, “Ipoteka bank” ATIB hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ko‘p kvartirali uyning tannarxini aniqlash uchun buyurtmachi, pudratchi va moliyalashtiruvchi bank xarajatlari tarkibining hisob-kitobini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ko‘p qavatli uylarning parametrlariga tegishli shaharlarning bosh rejalarini kelishishda aniqlik kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uylarni qurish dasturini amalga oshirishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI VA MANBALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Parametrlar turar joylar umumiy maydonining 1 m.kv uchun Toshkent shahrida — ko‘pi bilan 1,94 mln so‘m, respublika shaharlarida esa 7 qavatli uylar uchun — ko‘pi bilan 1,77 mln so‘m, 5 qavatli uylar uchun 1,94 mln so‘m miqdoridagi hisoblangan qiymatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash yakunlariga ko‘ra aniqlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish bo‘yicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Zokirov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari
B. Xodjayev
—
iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
M. Mirzayev
—
moliya vaziri o‘rinbosari
S. Arabov
—
“Davergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi
A. Tadjiyev
—
“Davarxitektqurilish” raisi o‘rinbosari
A. Yuldashev
—
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
S. Xodjayev
—
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
I. Mahkamov
—
“O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori
A. Abdullayev
—
“Xalq banki” AK boshqaruvi raisi
O. Musayev
—
“Ipoteka-bank” ATB boshqaruvi raisi
F. Salomov
—
“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi
Sh. Maxmudov
—
“O‘ztransgaz” AK boshqaruvi raisi
B. Abdullayev
—
“O‘zshaharsozlikLITI” DUK direktori
A. Muxamadiyev
—
“ToshkentboshplanLITI” DUKdirektori
lavozim bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
B. Qodirov
—
Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi, Komissiya kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh zarurat bo‘lganda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.